Jahon matbuot erkinligi kunida biz butun dunyo bo’ylab o’z jamiyatlarida ma’rifat ulashayotgan, ularni xabardor qilib, o’zaro munosabatga kirishayotgan jurnalistlarning jasoratini sharaflaymiz. Erkin va mustaqil matbuot vatandoshlarga ularning turmushini shakllantiradigan voqealarni tushunishga yordam beradi hamda g’oyalar va fikrlar xilma-xilligini targ’ib qiladi. Bunday erkin axborot almashinuvi har bir demokratik davlatning asosiy bo’lagi sanaladi. Bugungi kunda ko’plab jurnalistlar dunyoda sodir bo’layotgan voqealarni, jumladan, Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushini va Afg’onistondagi inson huquqlarining buzilishini yoritish uchun o’z hayotlarini xavf ostiga qo’yishmoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalarining faoliyati har qachongidan ham muhimroqdir.
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi O‘zbekistonda media sohasidagi ijobiy siljishlarni qo‘llab-quvvatlashga sodiq qoladi. Hamkasblarim va men turli treninglar va ta’lim olish imkoniyatlari orqali qo‘llab-quvvatlayotganimiz o’zbekistonlik jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan hamkorlikni qadrlaymiz. Biz O‘zbekiston jurnalistlari mehnatini nafaqat bugun, balki har kuni sharaflashdan faxrlanamiz.