USAID “Markaziy Osiyo hunarmand ayollari: Suratlar olamiga sayohat” tasviriy to’plamini taqdim etadi

Toshkent, Oʻzbekiston, 2023-yil 20-dekabr – AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) rasman “Markaziy Osiyo hunarmand ayollari: Suratlar olamiga sayohat” tasviriy to’plamining elektron va bosma nashrini taqdim etadi. Ushbu to’plam Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonda yashovchi 50 nafar Markaziy osiyolik hunarmand ayol tomonidan tayyorlangan hunarmandchilik buyumlarni oʻzida jamlagan boʻlib, ularga o’zlarining ajoyib hunarmandchiligini dunyoga namoyish etish va bizneslari uchun yangi tijoriy imkoniyatlarni taqdim etadi.

Butun dunyo bo’ylab to’plamning elektron shaklidan foydalanish imkoniyati hunarmandlarga mahalliy va xalqaro miqyosda o’z hunarmandchiliklarini dunyoga tanitish orqali bizneslarini global miqyosda rivojlantirishga ham imkon beradi.

Milliy hunarmandchilik zamonlar osha go‘zallik, tarix, g‘urur va o‘zlikni anglash, ulkan meros va jamiyat an’analari manbai sifatida xizmat qilib kelmoqda. Qishloq ayollari va ularning oilalari nafaqat xo’jalik daromadlariga hissa qo’shish bilar birga mahalliy, milliy va mintaqaviy tarix va madaniy meros posbonlari sifatida ajralib turadi. Ular azaliy an’analar, jumladan, gilamdo‘zlik to‘qimachilik, kashtachilik, ipakchilik, yog‘och o‘ymakorligi, temirchilik, kulolchilik, zargarlik buyumlari kabi va boshqa murakkab hunarmandchilik san’atlari sohibalaridir.

To’plam madaniyat merosni asrab-avaylash va gender tengligini ta’minlash orqali yanada keng qamrovli, iqtisodiy mustaqil va gullab-yashnagan Markaziy Osiyoni barpo etish yo‘lidagi muhim qadamlardan hisoblanadi. Biznesni samarali boshqarish amaliyoti va yangi bozorlarga kirish imkoniyati hunarmandlar o’z daromadlarini oshirish, bilimlarini mustahkamlash, qishloq oilalari hayotini sezilarli darajada yaxshilash, ayniqsa ayollar va qizlarga foyda keltirish imkoniyatlariga ega bo’ladilar.

To’plam Qozog‘iston Hunarmandlar uyushmasi bilan USAIDning Markaziy Osiyoda savdo loyihasi, Smitson Instituti va AQSh Tijorat departamenti Tijoriy qonunchilikni rivojlantirish dasturi  hamkorligida tayyorlandi.

To’plamni ishlab chiqish bilan birga, loyiha jamoasi tomonidan hunarmandchilik amaliyoti va biznesni targ’ib qilish maqsadida hunarmandchilikda marketing strategiyalari va to’plamdan foydalanishning eng yaxshi usullari bo’yicha onlayn va offlayn treninglar tashkillashtirildi.

To’plam USAIDning Markaziy Osiyoda gender tengligini ta’minlash, shu bilan birga, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, madaniy merosni asrab-avaylash hamda xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish kabi maqsadlarga sodiqligidan dalolat beradi.

USAID dunyodagi yetakchi xalqaro rivojlanish agentligi hamda rivojlanish maqsadlarini boshqaruvchi barqaror ishtirokchi hisoblanadi.

Smitson Hunarmandlar tashabbusi hunarmandchilik amaliyoti barqarorligini yaratishga bag’ishlangan dastur bo’lib, jamiyatga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar va hujjatlar, loyihalashtirish va rivojlantirish, korxonalar xodimlarini o’qitish va hunarmandlar tomonidan bozorlarga kirishda foydalanish mumkin bo’lgan vositalar to’plamini o’zida birlashtiradi. Ma’lumot uchun: www.folklife.si.edu.

1992-yilda tashkil etilgan Tijoriy qonunchilikni rivojlantirish dasturi (CLDP) AQSh Tijorat departamentining tijoriy-huquqiy islohotlar orqali rivojlanayotgan va mojarodan keyingi mamlakatlarda AQSh tashqi siyosati maqsadlariga erishishga ko’maklashuvchi boʻlimidir. CLDPning noyob, hukumatdan hukumatga qaratilgan texnik ko’magi qabul qiluvchi mamlakatlarning huquqiy va biznes muhitida mazmunli va doimiy o’zgarishlarda natijalarga erishish uchun davlat va xususiy sektordagi tajribali nazoratchilar, sudyalar, siyosatchilar, biznes rahbarlari va advokatlarni jalb etadi. Ma’lumot uchun: https://cldp.doc.gov/.