Toshkentdagi Amerika markazida “Bolalar uchun kompyuterda dasturlash” kursi ochilishini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. Bu uch oylik kurs 12 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan.
Kurs davomida quyidagiar o’qitiladi:
– Scratch dasturidan foydalanish
– Wix onlayn platformasida websayt yaratish
– Biror loyiha uchun Powerpoint-taqdimot tayyorlash
Ushbu kurs 1-avgustda boshlanib, haftasiga uch marta, kechki payt o’tkaziladi. Ro’yxatdan o’tish seshanba, 24-iyulga qadar davom etadi. Dastlabki sinovdan o’tish uchun mana bu linkka kiring: https://goo.gl/forms/GCWHoW4J06jMsCjJ3 .
Faqat ro’yxatdan o’tgan, tanlab olingani haqida elektron xabar olgan bolalargina kursda qatnashishi mumkin. Shoshiling, ishtirokchilar soni chegaralangan!
Majburiy hisoblangan boshlang’ich sinov 30-iyul kuni bo’lib o’tadi. Ishtirokchilar matematikani yaxshi o’zlashtirgan hamda kompyuterda dasturlash bo’yicha umumiy bilimga ega bo’lishi lozim. Savollaringiz bo’lsa, uzro0889@gmail.com manziliga yo’llashingiz mumkin.