
2021 yil, 6 dekabrdan boshlab AQShga ketayotgan ikki yosh va undan katta bo’lgan barcha aviayo’lovchilar o’zlarining emlanganlik maqomlaridan qat’iy nazar reyslaridan bir kalendar kuni ichida topshirilgan virusologik KOVID-19 manfiy testini taqdim etishlari shart. Qo’shimcha ma’lumot uchun, iltimos, KOVID-19 ga oid Internet sahifani ko’ring.
AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC)ning 2021 yil, 8 noyabrda kuchga kirgan barcha AQSh fuqarosi bo’lmagan va AQShga noimmigratsion vizalar bilan safar qilayotgan aviapassajirlar to’liq emlangan bo’lishlari va AQShga ketayotgan samolyotga o’tirishlaridan avval emlanganliklarining isbotini taqtim etishlari haqidagi Qarori o’z kuchida qoladi.
Ushbu Qaror AQSh elchixonasiga viza murojaatlarini topshirish tartib-qoidalariga yoki AQSh vizasini berish standartlariga taʼsir qilmaydi.
Ushbu Qaror immigratsion vizalar egalariga ta’sir qilmaydi.
Sayohatchilar AQShga uchadigan samolyotga chiqishdan oldin AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) tomonidan belgilangan emlash bo’yicha dalillarni taqdim etishlari shart. Qabul qilingan COVID-19 vaktsinalari, COVID-19 ga qarshi emlashning maqbul dalillari, toʻliq emlanganlar taʼrifi va cheklangan istisnolar haqidagi maʼlumotlarni quyidagi veb-sahifalarda topish mumkin:
https://www.cdc.gov/coronavirus/2019-ncov/travelers/proof-of-vaccination.html#covid-vaccines
https://www.cdc.gov/quarantine/order-safe-travel/technical-instructions.html#anchor_1635183089047.
Ushbu qoidalar sizga qanday ta’sir qilishini bilish uchun quyidagi sayohatga oid ma’lumotni ko’rib chiqing: https://www.cdc.gov/coronavirus/2019-ncov/travelers/international-travel/travel-assessment/index.html
Siz bu yerda COVID vaksinatsiyasi va testlari haqida tez-tez beriladigan savollar bilan tanishib chiqishingiz mumkin: https://travel.state.gov/content/travel/en/international-travel/emergencies/covid-19-faqs-for-travel-to-the-us-information.html
Istisno holatlar:
Istisno holatlariga to’g’ri keladigan xorijiy davlat fuqarolari toifalariga quyidagilar kiradi:
- 18 yoshgacha bo’lgan bolalar
- Diplomatik yoki rasmiy xorijiy hukumat safarida bo’lgan shaxslar
IIstisno holatlari to’g’risida qo’shimcha ma’lumot va ozod qilingan shaxslar uchun test va attestatsiya talablari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin: https://www.cdc.gov/quarantine/order-safe-travel/technical-instructions.html#anchor_1635183089047