Suhbat murojaatini bekor qilish siyosati

AQSh Elchixonasi, muhim ma’lumot kiritilmagan yoki viza talablariga javob bermaydigan anketa bilan ro’yxatga olingan suhbat o’rinlarini o’chirish huquqini o’zida qoldiradi.

Ro’yxatga olingan suhbat o’rinlari ushbu holatlarda o’chirilishi mumkin:

  • Suhbat uchun ro’yxatdan o’tilgan sahifada yoki DS-160 anketasida noto’g’ri, soxta elektron manzil va telefon raqami kiritilgan yoki ushbu ma’lumot kiritilmagan bo’lsa;
  • DS-160 anketasida uchinchi shaxslar (Masalan: viza vositachilari xizmatidan foydalangan holatda) haqida ma’lumot kiritilmagan bo’lsa;
  • Soxta pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat raqami bilan suhbat uchun ro’yxatdan o’tilgan holatda;
  • Anketada to’ldirilishi talab qilingan qism to’liq to’ldirilmagan yoki soxta ma’lumot kiritilgan holatda;
  • Anketada rejalashtirilgan sayohat qilish muddati o’tib ketgan bo’lsa;
  • Avval suhbatdan o’tish uchun qo’llanilgan DS-160 anketasidan qaytadan foydalanilgan holatda; avvalgi anketangizdagi ba’zi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatingiz bo’lsa-da, har bir yangi suhbat o’rni uchun ro’yxatdan o’tish vaqtida yangi to’ldirilgan DS-160 anketasini qo’llashingiz zarur bo’ladi.

AQSh Elchixonasining Konsullik bo’limi, viza vositachilarining soxta va betartib ma’lumot bilan yoki ma’lumot tushirib qoldirilgan holatda suhbatga yozish holatlarini kuzatmoqda. Agar suhbatga ro’yxatdan o’tish uchun uchinchi shaxs yoki viza vositachilari xizmatidan foydalanishga qaror qilgan bo’lsangiz, vizaga murojaat qilish tartiblarini diqqat bilan o’rganib chiqishingizni so’raymiz.

Vizaga murojaat qilish tartiblari bilan quyida berilgan sahifalar orqali tanishib chiqishingiz mumkin: