USAID Oʻzbekistonda ovqatlanish sifatini yaxshilamoqda

2024-yil 23-yanvar, Toshkent, O‘zbekiston – Bugun Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻzining Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali qiymati 425 000 dollarga teng bo’lgan 131 tonna oziq-ovqatni O’zbekistonga yetkazib berdi. Ushbu yordam 120 dan ortiq sog’liqni saqlash va ijtimoiy himoya muassasasiga tarqatilib, mamlakatdagi eng yordamga muhtoj fuqarolar, xususan, tuberkulyoz va ruhiy salomatlik muassasalaridagi bemorlar, nogironligi bo’lgan bolalar va keksalarni 6,5 million porsiya oziq-ovqat bilan ta’minlaydi.

“Ushbu dastur ovqatlanish sifatini yaxshilash hamda aholining eng zaif qatlamlari sogʻlom va samarali hayot kechirishi uchun yetarli, xavfsiz va toʻyimli oziq-ovqat bilan taʼminlanishi boʻyicha davom etayotgan Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasidagi mustahkam hamkorlikni namoyish etadi”,- dedi oʻz nutqida USAIDning Oʻzbekistondagi missiyasi direktori Devid Hoffman.

USAID boxes

2010-yildan beri USAIDning Oziq-ovqat koʻmagini berish xalqaro hamkorlik dasturi doirasida qiymati 4,4 million AQSh dollaridan ortiq 1500 tonna oziq-ovqat yordami Oʻzbekistonga yetkazib berildi. Beg’araz yordam sifatida berilgan bu oziq-ovqat mahsulotlari AQShning notijorat tashkiloti “Resource and Policy Exchange” tomonidan “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi bilan hamkorlikda tarqatiladi.

O‘zbekistonga olib kelingan ushbu yangi insonparvarlik yordami AQShning mamlakat sogʻliqni saqlash sohasini qoʻllab-quvvatlash doirasidagi qiymati 122 million AQSh dollaridan ortiq uzoq muddatli sarmoyasining bir qismi hisoblanadi. Shu bilan AQSh hukumatining  soʻnggi 20 yil davomida mamlakatga koʻrsatgan yordami miqdori 1 milliard AQSh dollaridan oshdi.

###

USAID O‘zbekiston hukumati bilan mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy savdoni oshirish, sog‘liquchun jiddiy tahdidlarni bartaraf etish va aholi ehtiyojlarini qondirish uchun hukumat salohiyatini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.

Qo’shimcha ma’lumot uchun https://www.usaid.gov/uzbekistan va Facebook sahifasiga tashrif buyuring: https://www.facebook.com/USAIDUzbekistan