USAID administratorining Osiyo bo’yicha yordamchisi o’rinbosari Anjali Kaur O’zbekistonga tashrif buyuradi

2023-yil 25-avgust, Toshkent, O‘zbekiston – 26-30-avgust kunlari AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Osiyo bo‘yicha byuro yordamchisi o‘rinbosari Anjali Kaur AQSh-O‘zbekiston hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Tashrif doirasida Kaur USAIDning mamlakatdagi hamkorlari va hukumat rasmiylari bilan uchrashadi.

Samarqandda Kaur ingliz tili oʻqituvchilari bilan davra suhbati oʻtkazib, USAID yordami davlat maktablari tizimida ingliz tilini oʻqitish qanday yaxshilalangani bilan tanishadi. Shuningdek, u USAID moliyalashtirgan migrantlar uchun maslahat markaziga tashrif buyuradi va agentlik ko‘magida biznesi kengaygan bir qancha tadbirkorlar bilan ham uchrashadi.

Toshkentda Kaur farmasevtika sohasida xalqaro sifat standartlarini ta’minlash hamda O‘zbekistonda xavfsiz va sifatli dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzolaydi.

Anjali Kaurning faoliyat doirasi Janubiy va Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston, shuningdek, butun Osiyo mintaqasi uchun texnik xizmatlarni qamrab oladi.