AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori Samanta Pauer mintaqaviy aloqalar bo‘yicha birinchi C5+1 vazirlar konferensiyasini o’tkazish hamda AQSh hukumatining mintaqadagi mamlakatlar mustaqilligi, suvereniteti va farovonligiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlash maqsadida 23-24-oktabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
2015-yildan beri C5+1 AQSh hukumatining Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish uchun asosiy diplomatik platformasi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Taraqqiyot masalalariga bag’ishlangan vazirlar kengashi mintaqadagi barcha besh mamlakat vazirlarini Markaziy Osiyoda inklyuziv va barqaror iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun birlashtirib, ushbu platformani mustahkamlashni maqsad qilgan.
Kengash doirasida mintaqaviy bog‘liqlik va suverenitet, savdo, iqtisodiy o‘sish va tadbirkorlikni rivojlantirish, iqlim va energiya yechimlari, shuningdek, yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalalariga ham urg’u beriladi.