Amerika Qo’shma Shtatlari Afg’on-O’zbek chegaralararo savdosini qo’llab-quvvatlaydi

Tashkent – USAID Afg’oniston va O’zbekiston o’rtasidagi savdoni rivojlantirish maqsadida “Savdoga ko’maklashish, iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish”mavzusidagi bir haftalik seminarni o’tkazish orqali Afg’onistondagi xususiy sektorning iqtisodiy o’sishini qo’llab-quvvatlamoqda. Seminar ishtirokchilari Jahon Savdo Tashkilotining a’zoligidan foydalangan holda bozorga kirishni ta’minlash; to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar uchun shaffof davlat xaridlari jarayonlarining ahamiyati; yuklar yuborishni tezlatish va mintaqaviy chegaralararo savdo xarajatlarini kamaytirish yo’llari; hamda chegaralararo savdoni rivojlantirishga qanday yordam berish mumkinligi to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishdi.

Prezentatsiyalar va davra suhbatlarini Evropa Ittifoqi, Jahon Savdo Tashkiloti, Xalqaro Savdo Markazi va Xalqaro Avtomobil Transporti Uyushmasi vakillari olib bordi. Qatnashchilar Afg’onistonning 30 dan ziyod davlat organlari xodimlari, 65 ta xususiy Afg’on kompaniyalari, O’zbekiston Davlat Bojxona Qo’mitasi hamda Investitsiyalar va Tashqi Savdo Vazirligining ko’zga ko’ringan vakillaridan iborat bo’ldi. Bundan tashqari, Afg’oniston va O’zbekiston hukumatlari har bir mamlakat uchun muhim sanalgan tarmoqlarni muhokama qilish maqsadida biznes forum; ishbilarmon doiralar o’rtasigadi aloqalarni o’rnatish tadbiri; Afg’oniston-O’zbekiston savdo ko’rgazmasi, Davlat va xususiy sektorlar muloqoti hamda Qo’shma Iqtisodiy va Savdo Komissiyasi majlisini tashkillashtirdilar.

“Markaziy va Janubiy Osiyo o’rtasidagi savdo va mintaqaviy aloqalar kengaytirilishi, yangi bozorlarga kirish va yangi savdo yo’llari orqali barchaga iqtisodiy manfaat keltiradi”, deb qayd qildi AQSh elchisi Deniel Rozenblum.