AQSh ketma-ket beshinchi yil 1 milliondan ortiq chet ellik talaba qabul qildi

VASHINGTON, К.О., 18-noyabr 2020-yil —Bugun chop etilgan Xalqaro ta’lim almashuvi to’g’risidagi 2020-yil Open Doors® hisobotiga ko’ra, Qo’shma Shtatlar 2019/2020-o’quv yilida 1 milliondan ziyod xalqaro talaba (1 075 496) qabul qildi, bu ko’rsatkich ketma-ket beshinchi yil davomida qayd etildi. 2019/2020-o’quv yilida Qo’shma Shtatlardagi chet ellik talabalar soni bir oz pasayishiga (1,8 %) qaramay, ushbu guruh hali ham AQSh oily o’quv yurtlari talabalarining 5,5 foizini tashkil qiladi. AQSh Savdo vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, xalqaro talabalar 2019-yilda AQSh iqtisodiyotiga 44 milliard dollar hissa qo’shgan.

Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat departamenti Ta’lim va madaniyat masalalari byurosi va Xalqaro ta’lim instituti (IIE) tomonidan chop etilgan “Open Doors -2020” hisoboti COVID-19 pandemiyasigacha bo’lgan xalqaro ta’lim almashuvi holati to’g’risida muhim ma’lumot beradi. 2019/2020-o’quv yilida AQSh xalqaro talabalar uchun eng istalgan manzil bo’lib qoldi. Yangi xalqaro talabalarni qabul qilish barqarorlashdi (-0.6%) va oldingi ikki yildagi 7% pasayish bilan solishtirganda ko’rsatkichlar sezilarli darajada yaxshilandi.

«Biz pandemiya davridan oldin ketma-ket besh yil davomida AQShda bir milliondan ortiq xalqaro talaba qabul qilganimizdan xursandmiz», dedi Mari Roys, Davlat kotibining ta’lim va madaniyat masalalari bo’yicha yordamchisi. «Xalqaro talabalarning mobilligi bugungi kunda ham o’z muhimligini saqlab qolmoqda va biz Qo’shma Shtatlarni ta’lim olish uchun eng yaxshi joy deb bilamiz. Ta’lim yanada muvaffaqiyatli kelajak sari yo’l bo’lib, xalqaro ta’lim almashuvi talabalarning hayoti va kelajakdagi kasblarini o’zgartirishi mumkin».

2020-yilgi “Open Doors” hisobotiga ko’ra, Qo’shma Shtatlardagi o’zbekistonlik talabalarning umumiy soni 546 nafarni tashkil etadi, ularning 50,5 foizi bakalavriat darajasida, 31,5 foizi magistratura bosqichida, 11,5 foizi ixtiyoriy amaliy mashg’ulotlarda va 6,4 foizi ingliz tili yoki qisqa muddatli o’qish kabi darajadagi dasturlarda qatnashmoqda. Bu O’zbekistondagi talabalar orasida Amerika ta’limiga bo’lgan qiziqishning ortib borayotganligini ko’rsatadi. Amerika oliy o’quv yurtlari ham o’zbekistonlik talabalarni jalb qilishga qiziqishni kuchaytirmoqda. Qo’shma Shtatlarda o’qish haqida qo’shimcha ma’lumot olishni istagan talabalar “EducationUSA”ning O’zbekistondagi vakolatxonasi bilan Tashkent@educationusa.org elektron manizli orqali  bog’lanishlari mumkin.

“Open Doors” – bu AQSh oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan xalqaro talabalar va chet elda o’zlarining AQShdagi kollejlari yoki universitetlari uchun akademik kreditlarni olish uchun tahsil olayotgan amerikalik talabalar uchun keng qamrovli ma’lumot manbai bo’lib xizmat qiladi. “Open Doors”, shuningdek, AQSh universitetlaridagi chet ellik stipendiatlar soni va akademik ta’lim-oldi intensiv ingliz tili dasturlariga o’qishga kirgan chet ellik talabalar soni to’g’risida ma’lumot tarqatadi. 2020-yilgi “Open Doors” tahliliy natijalari haqida ma’lumot tashkilot vebsaytida joylashtirilgan. Qo’shimcha ma’lumot va infografika uchun quydagi vebsaytga tashrif buyuring: https://opendoorsdata.org/.

“Open Doors-2020” hisoboti haqida ko’proq ma’lumot olish uchun quydagi vebsaytga tashrif buyuring: https://opendoorsdata.org/

Xalqaro talabalarni qabul qilish bo’yicha IIE so’rovi haqida ko’proq ma’lumot olish uchun quydagi vebsaytga tashrif buyuring: https://www.iie.org/Research-and-Insights/Open-Doors/Fall-International-Enrollments-Snapshot-Reports

OAV uchun aloqa:

Matbuot xizmati, IIE: press@iie.org

Davlat departamenti: ECA-Press@state.gov