AQSh hukumati O‘zbekiston hukumatiga Global seysmik tarmoq (GSN) stansiyasi uchun uskunalarni yetkazib berdi

14-dekabr kuni Toshkentdagi elchixona Muvaqqat ishlar vakili Pol Poletes boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Respublika Seysmologik prognozlash monitoringi markaziga (SPMM) bir tonnaga yaqin seysmik uskuna yetkazib berdi. SPMM, San-Diegodagi Kaliforniya universiteti (UCSD) va seysmologiya boʻyicha birlashgan tadqiqot institutlari (IRIS) bilan birgalikda yaqin oylarda Jizzaxdagi Qorasayda doimiy seysmik stansiya oʻrnatadi. Bu O‘zbekistonni jahondagi nufuzli seysmik stansiyalar tarmog‘iga kiritadi. Global seysmik tarmoq (GSN) zilzila monitoringi, ilmiy tadqiqotlar va ta’lim uchun muhim ma’lumotlarni taqdim etadi. U AQSh Geologiya xizmati va AQSh Milliy Ilmiy Jamg’armasi (NSF) tomonidan qo’llab-quvvatlanadi.

Seysmik monitoring stansiyasi AQSh Davlat departamenti va Amerika Qo’shma Shtatlari NSF o’rtasidagi hamkorlikdir. NSF doimiy ma’lumotlarni yig’ish va texnik xizmat ko’rsatishda erdam beradi. UCSD/NSF shuningdek, maydonni tayyorlash va Qorasay uchastkasida seysmik qayd qilish uskunasini o’rnatishda yordam beradi va stansiyadan foydalanish va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha treninglar o’tkazadi.

Qo’shma Shtatlar O’zbekistonda seysmologiya ta’limini faol rivojlantirmoqda. AQShning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU) va Michigan shtat universiteti (MSU) o‘rtasida seysmologiya bo‘yicha virtual treninglarni o‘z ichiga olgan o‘zaro anglashuv memorandumini qo‘llab-quvvatladi. Bundan tashqari, elchixona talabalar uchun seysmik xavf-xatarni yumshatish bo’yicha mutaxassislar ishtirokida seysmik xavf bo’yicha treninglar tashkil etishga yordam berdi. Shuningdek, O‘zMU talabalar uchun ishga tushiriladigan seysmik taʼlim stansiyasini rejalashtirish ustida MDU bilan birgalikda ishlamoqda. Qo’shma Shtatlar hukumati bu faoliyatni qo’llab-quvvatlaydi.