Toshkentdagi AQSh elchixonasining Haitboy Yoqubov vafoti munosabati bilan bergan bayonoti

2021 yil 31-avgust

AQShning Toshkentdagi elchixonasi 28 avgustda vafot etgan xorazmlik huquq himoyachisi Haitboy Yoqubovning yaqinlari, do’stlari va hamkasblariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Haitboy Yoqubov 29 yil inson huquqlari himoyachisi sifatida faoliyat yuritgan va O’zbekistondagi huquqbonlik faoliyatining paydo bo‘lishi bilan bevosita bog‘liqdir. U O’zbekistonda fuqarolik jamiyati va inson huquqlari standartlarini shakllantirishga katta hissa qo’shdi. Biz uning, ayniqsa, O’zbekistonning shimoli-g’arbiy qismida, lavozimini suiste’mol qilish va fundamental huquqlar barcha ko’rinishdagi buzilish holatlaridan aziyat chekkanlarni qo’llab -quvvatlashga bo’lgan ulkan sadoqati va tayyorligidan ruhlanardik.

Yoqubovning adolat va tenglikka erishish yo’lidagi fidoiyligi va shaxsiy jasorati O’zbekistonda inson huquqlarini ta’minlashga intilayotgan fuqarolik jamiyatini yo’naltirgan holda, barchamiz uchun ilhom manbai bo’lib qoladi.