2020 yil 2-noyabr
AQShning O’zbekistondagi elchixonasi yaqinda qamoqdan ozod etilgan siyosiy mahbus va hurmatli olim Andrey Kubatinning 29-oktyabr kuni 36 yoshida vafot etgani munosabati bilan uning oilasi, do’stlari, hamkasblari va talabalariga chuqur hamdardlik bildiradi. Biz u va uning oilasi bilan tanishish sharafiga muyassar bo’lgan edik.
Kovidga qarshi kurashda mag’lub bo’lishdan oldin, Andrey o’zining demokratik tamoyillariga bo’lgan sadoqati, shuningdek o’zining fundamental huquqlari buzilgan chog’da adolatni himoya qilishda ko’rsatgan shaxsiy jasorati bilan ko’pchilikni ilhomlantirdi. Uni taniganlar yoki uning taqdiri to’g’risida bilganlar uning ushbu huquqlar uchun to’g’ridan-to’g’ri va samarali kurashishga bo’lgan qat’iyatidan ta’sirlandilar. U ozodlik va adolat sari intilayotganlarning barchasiga namuna edi.