AQSh Elchixonasi yaqinda O’zbekistonning davlat siyosatidagi muhim o’zgarishlar sababli ozodlikka chiqarilgan uzoq muddatli vijdon mahkumlari Muhammad Bekjonov, Isroljon Xoldorov va Yusuf Ro’zimurodovni mamnuniyat bilan kutib oldi. Biz ozodlikka chiqqan mahbuslarga adolat, sog’liqni qayta tiklash va yangi kuchlar tilaymiz. Biz O’zbekiston hukumatini yana boshqa mahbuslarni ozodlikka chiqarishga va ozod bo’lganlarni ularni to’laqonli ozod inson ekanligini tasdiqlovchi hujjatlari topshirilishiga chaqiramiz. Biz umid qilamizki siyosiy mahbuslarni hibsga olish amaliyoti O’zbekiston o’tmishida qoladi va islohotlar izchil davom ettiriladi.
