Amerika Qo’shma Shtatlari iyul oyida Qoraqalpog’istonda sodir bo’lgan fojiali voqealarga aloqadorlikda ayblangan 22 kishi ustidan bugun Buxoroda boshlangan sud jarayonlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Biz hukumatni ijtimoiy shaffoflik bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga va xavfsizlik kuchlari xodimlari O‘zbekiston qonunchiligini buzgan taqdirda ularni javobgarlikka tortishga undaymiz. Biz Ombudsman boshchiligidagi tergov komissiyasini o’z xulosalarini imkon qadar tezroq e’lon qilishga chaqiramiz.
