AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi 9-iyul kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarini kuzatdi hamda YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (DIIHB) saylovga texnik jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan bo‘lsa-da, u haqiqiy siyosiy plyuralizm va raqobatsiz muhitda o‘tgani haqidagi xulosalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Demokratik tizimlar saylov jarayonlarining yaxlitligini ta’minlashdan tashqari, ovoz berishda qatnashayotgan vatandoshlarni haqiqiy, raqobatbardosh tanlash imkoniyati bilan ham ta’minlashi lozim. Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston hukumatini kelgusi saylovlarda DIIHBning tavsiyalarini to‘liq bajarishga chaqiradi.
AQSh elchixonasi O‘zbekiston vatandoshlarini saylovdagi ishtiroki uchun olqishlaydi hamda saylovda Prezident Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatlaganliklarini qayd etadi. Prezident Mirziyoyev yangi vakolatlari doirasida o’z vazifasini bajarishga kirishar ekan, Qoʻshma Shtatlar uning islohotlar va boshqaruv tizimini takomillashtirish, jumladan, qonun ustuvorligi, hokimiyat tarmoqlari oʻrtasidagi oʻzaro nazorat va muvozanatni taʼminlash, shaxsiy huquqlarni himoya qilish kabi kun tartibida turgan masalalarni ilgari surishda yordam berishga tayyorligini bildiradi. Bu tamoyillarga rioya qilish vakillar boshqaruvining asosi hisoblanadi. Biz Prezident Mirziyoyev va Oʻzbekiston hukumati bilan AQSh va Oʻzbekiston oʻrtasidagi iqtisodiy, taʼlim, odamlar orasidagi o’zaro munosabat va xavfsizlik sohalaridagi aloqalarni yanada chuqurlashtirish yoʻlida hamkorlik qilishni kutib qolamiz.