Toshkentdagi AQSH Elchixonasi O’zbekiston Milliy kutubxonasida bepul ingliz tili kurslarini e’lon qiladi!

Toshkentdagi AQSH Elchixonasi O’zbekiston Milliy kutubxonasida joylashgan “Amerikaga darcha” xonasida bo’lib o’tadigan bepul ingliz tili kurslarini mamnuniyat bilan e’lon qiladi!

Uch oy davom etadigan ingliz tili kurslarida 16 yosh va undan oshganlar qatnashishlari mumkin. Sinov topshirishga ro’yxatdan o’tish uchun quyidagi linkni bosing https://forms.gle/noi5kxtzzxkJHNcG7 , sizning darajangizga mos keladigan kursni tanlang va talab etilgan barcha ma’lumotlarni kiriting.

Ingliz tilni bilish darajangiz boshlang’ich bo’lsa, “English in Use” kurslariga yozilishingiz mumkin. Mazkur kurs ingliz tilini o’rganishni davom ettirish va til malakasini oshirmoqchi bo’lganlar uchun mo’ljallangan.

Agar, ingliz tilni o’rta yoki yuqori darajada bilsangiz, unda “English for Success” kurslariga yozilishingiz mumkin. Ushbu kurs talabalarning universitetlarda muvaffaqiyatga erishishda strategiyalarini ishlab chiqarish va standardlashtirilgan xalqaro TOEFL yoki IELTS kabi imtihon testlariga tayyorlanishlari uchun mo’ljallangan.

Faqatgina testlarning biriga yozilishingiz mumkin.  Ro’yxatdan o’tish chorshanba, 23-mayga qadar davom etadi. Elektron pochtangizga tasdiq xati kelsagina, ro’yxatdan o’tgan hisoblanasiz. Test Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida 27 -31- may kunlari bo’lib o’tadi.

Ingliz tili kurslari 2019 yil 5-iyunda boshlanadi. Quyida ko’rsatilgan kurslar jadvali bilan tanishib o’ting:

  • English in Use: seshanba, payshanba, juma soat 10:00-12:00.
  • English for Success: dushanba, chorshanba, juma soat 10:00-12:00.

Savollaringizni englishforsuccess7@gmail.com elektron manziliga yo’llang.