Ayollar va qizlar uchun o’z-o’zini himoya qilish mashg’ulotlari | Uchinchi raund

Uyda, ishda yoki ko’chada bo’lishingizdan qat’iy nazar shaxsiy xavfsizlik sizning huquqingiz bo’lishi kerak. Afsuski, ayol va qizlarning har uchinchisi o’z hayotida, aksariyat hollarda ular tanigan insonlar tomonidan, jismoniy zo’ravonlikka uchrashi buning aksini ko’rsatmoqda.

Muammo shu qadar keng tarqalganki, ehtimol sizning atrofingizdagi kimdir – oilangiz a’zosi, qo’shningiz, hamkasbingiz, do’stingiz yoki hattoki o’zingiz ham – shunga o’xshash zo’ravonliklarga duch kelgan bo’lishingiz mumkin. Afsuski, ko’chadagi bezorilik va ta’qiblar butun dunyo ayollari uchun kundalik haqiqatdir.

AQShning O’zbekistondagi elchixonasi Fudokan Karate-Do bo’yicha professional instruktorlar – AQSh xalqaro sport almashinuvi dasturining bitiruvchilari – bilan hamkorlikda qizlar va ayollar o’zlarini himoya qilishlari uchun zarur bo’lgan ko’nikmalar va o’z-o’ziga bo’lgan ishonchni rivojlantirishga qaratilgan  o’z-o’zini himoya qilish bo’yicha o’quv dasturining uchinchi raundini Toshkent shahrida boshlamoqda.

Mashg’ulotlar 2021-yil avgust oyidan boshlab Makro supermarketlar tarmog’i tomonidan yordam sifatida ta’minlanadigan zamonaviy sport zalida uch oy davomida o’tkaziladi. Mashg’ulotlarning aniq boshlanish sanasi bo’yicha ma’lumot tanlab olingan barcha ishtirokchilarga qo’shimcha ravishda yetkaziladi. Ikkita yosh boy’icha tuzulgan guruh tayinlanadi, har bir guruh ishtirokchilari soni 30 kishidan oshmaydi.

  • A guruhi: 13 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan qizlar – dushanba, chorshanba va juma soat 15:00 dan 16:00 gacha.
  • B guruhi: 18 yoshdan oshgan ayollar – dushanba, chorshanba va juma soat 21:00 dan 22:00 gacha.

Ishtirokchilar o’zlarini jismoniy zo’ravonlikdan himoya qilish, yaxshi jismoniy holat va osoyishtalikni saqlash uchun bir qator texnika va mashqlarni o’rganadilar. Jismoniy tayyorgarlik dasturi professional psixolog – shuningdek AQShning xalqaro almashinuv dasturining bitiruvchisi -boshchiligidagi ruhiy salomatlik bo’yicha treninglar bilan to’ldiriladi.

Ishtirokchilar o’z-o’zini himoya qilish ko’nikmalaridan tashqari, nizolarni hal qilish, ochiq muloqot va stressni boshqarish usullarini o’rganadilar.

Mashg’ulotlar jismoniy tayyorgarlik darajasidan yoki oldingi mashg’ulot tajribasidan qat’i nazar, 13 yoshdan oshgan qizlar va ayollar uchun mo’ljallangan.

O’zimizni himoya qilish bo’yicha mashg’ulotlarimizning birinchi bosqichiga ro’yxatdan o’tish uchun ushbu linkga o’ting: https://forms.gle/GfxVgXeTQw5bgZA4A

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2021-yil 13-iyul, seshanba.

Ushbu ma’lumotni o’z hududingizdagi qizlar va ayollar orasida tarqating.

MUHIM QAYDLAR:

  • Ushbu loyiha faqat qizlar va ayollar uchun mo’ljallangan.
  • Mashg’ulotlar bepul.
  • Ishtirokchilar qatnashish uchun taqdim etilgan arizalar asosida tanlanadi.
  • Darslar Toshkentdagi BeFit Box fitness-klubida o’tkaziladi. Mashg’ulot zali Makro supermarketlar tarmog’i tomonidan ta’minlanadi.