USAID administratori Samanta Pauer Markaziy Osiyoga qoʻshimcha sarmoya kiritilishini eʼlon qildi

USAID administratori Samanta Pauer Oʻzbekistonda oʻtgan rivojlanish bo’yicha C5+1 mintaqaviy vazirlar yigʻilishida Markaziy Osiyoga qoʻshimcha sarmoya kiritilishini eʼlon qildi

24-oktabr kuni Oʻzbekistonning Samarqand shahrida administrator Samanta Pauer raisligida Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston hukumatlari bilan C5+1 mintaqaviy vazirlar yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda administrator Pauer AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi hamkorlik chuqurlashayotganini namoyish etgan holda mintaqaga AQSh tomonidan qoʻshimcha 14,3 million dollar yordam berilishini eʼlon qildi.

Mintaqaviy aloqa va hamkorlikni kuchaytirish maqsadida vazirlar savdo-sotiqni oshirish va issiqxonadan chiqayotgan gazlarni kamaytirish bo’yicha hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldilar.

Yashil energiyadan foydalanishni qo’llab-quvvatlash

USAID Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kuchaytiradi va uglerod chiqindilarini kamaytirish bo’yicha strategiyalarni o’zaro almashadi. Bular sirasiga Markaziy Osiyoda elektr energiyasini ishlab chiqarishdan butun mintaqada samaraliroq foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va energiya samaradorligini oshirish orqali chiqindilarni kamaytirishga ustuvor ahamiyat berish kiradi.

Chegaralar bo’ylab tovarlar almashinuvini soddalashtirish

USAID Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida bojxona tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha ishlarni qoʻllab-quvvatlaydi, bu esa transchegaraviy savdo va aloqani oshiradi. Har bir davlat avtomatlashtirishni kengaytirish, umumiy protokollardan foydalanish va har bir davlatning shakllari va tartiblarini tan olish hamda savdo-sotiqni osonlashtirish maqsadida tovarlarni chegaradan o’tkazish vaqtini qisqartirishga harakat qiladi. Bu sa’y-harakatlar tovarlarni chegaradan o‘tkazish vaqtini va xarajatlarini qisqartiradi, mintaqaviy savdo aloqalarini mustahkamlaydi va shaffoflikni ta’minlaydi. Ushbu chora-tadbirlarning aksariyati Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zolikning asosiy jihatlari hisoblanadi.

Yangi kelishuvlarga qo’shimcha ravishda, administrator Pauer USAIDning quyidagi mintaqaviy sarmoyalarini e’lon qildi:

Iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun xususiy sektorga kiritiladigan sarmoyalarni rag’batlantirish

Markaziy Osiyoda savdoni kengaytirish va xususiy sektorni mustahkamlash bo‘yicha avval amalga oshirilgan ishlarga asoslanib, USAID 100 tagacha mikro, kichik va o‘rta korxonalarga grantlar taqdim etgan holda xususiy investitsiyalar uchun 10,8 million dollar ajratadi. Bunday korxonalar, birinchi navbatda, faoliyati chegaralangan jamoalar tomonidan boshqariladigan hamda AKT va yashil iqtisodiyot kabi muhim sektorlarda ishlaydigan startaplar bo’ladi. Ushbu sarmoyalar startaplarga yangi texnologiyalarni ishga tushirish, biznes amaliyotini yaxshilash va samaradorlikni oshirish bilan birga mijozlarning biznes amaliyotini yangilovchi va savdo-sotiqni oshiruvchi yangi dasturiy vositalarni yaratishga yordam beradi.

Bundan tashqari, ushbu loyiha 8 000 nafar markaziy osiyolik uchun ish o‘rinlari yaratish va yaxshilashga yordam beradi, shu bilan birga ayollar, yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini 21-asr iqtisodiyoti uchun talab qilinadigan ko‘nikmalar bilan ta’minlaydi.

USAIDning Markaziy Osiyoda axborot yaxlitligi bo’yicha tashabbusi

Markaziy Osiyodagi hamkorlarimiz bilan yo’lga qo’yiladigan qiymati 1,5 million dollarga teng bo‘lgan ushbu yangi mintaqaviy dastur onlayn va ommaviy axborot vositalarida axborot sifatini yaxshilash hamda fuqarolarga noto‘g‘ri ma’lumotni aniqlash va ularga qarshi kurashish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Kuchli axborot muhitini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oldingi tashabbuslarga asoslangan holda, USAID jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlarini eng aniq maʼlumotni chop etishni ragʻbatlantiruvchi surishtiruv va maʼlumotlar jurnalistikasi koʻnikmalari bilan ta’minlash orqali media savodxonligini oshirish va dezinformatsiyaga qarshi kurashish boʻyicha jamoatchilik kampaniyalarini qoʻllab-quvvatlaydi. Shuningdek, USAID noto’g’ri ma’lumot tarqatish va dezinformatsiyani kamaytiradigan siyosatni ishlab chiqish uchun mahalliy hukumatlar bilan ish olib boradi.

Energiya xavfsizligi va mintaqaviy elektr energiyasi savdosini rivojlantirish

10 yildan ortiq vaqt davomida USAID Markaziy Osiyo bo’ylab qayta tiklanadigan energiyaga o’tishni qo’llab-quvvatlab keladi. 2 million dollarlik qoʻshimcha sarmoya orqali USAID xususiy sektor sarmoyalarini koʻpaytirish boʻyicha faoliyatni qoʻllab-quvvatlaydi hamda qayta tiklanuvchi energiyani kengaytirish uchun iqlim o’zgarishi bilan bog’liq loyihalarni moliyalashtirishni yo’lga qo’yadi. Ushbu yangi sarmoya shaffofroq biznes amaliyotlarini joriy etish, mintaqada AQSh kompaniyalari sarmoyalari va innovatsiyalarini ko‘paytirish hamda Markaziy Osiyoda kuchli tijoriy integratsiyaga yo‘l ochadi.

Vazirlar yigʻilishidan soʻng, USAID administratori Pauer va Markaziy Osiyoning beshta davlatidan kelgan vazirlar qoʻshma bayonot qabul qilishdi. Bu bilan ular AQSh va mintaqa davlatlari o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ikki tomonlama savdo va sarmoyaviy aloqalarni kuchaytirish, eksport-import bozorlarini diversifikatsiya qilish, yashil energiya rivojlanishini ragʻbatlantirish hamda energiya samaradorligi va inklyuziv va barqaror iqtisodiy rivojlanishga yordam berishga sodiqliklarini ta’kidlashdi. Ishtirokchilar, shuningdek, inson huquqlari, jumladan, ayollar, bolalar va imkoniyati cheklanganlar huquqlarini himoya qilishga sodiq ekanliklarini tasdiqladilar.