AQSh elchisi Jonatan Henik
19 may, 2023 yil
Xush kelibsiz! Bugun biz bilan birga ushbu tadbirda ishtirok etayotganingiz uchun tashakkur! Faxriy mehmonimiz O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Janobi Oliylarini alohida qutlayman. Biz O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olganimizdan faxrlanamiz va oradan 30 yildan ortiq vaqt o‘tib, ishonch bilan ayta olamanki, munosabatlarimiz hech qachon bugungidek mustahkam bo‘lmagan.
Amerika Qo’shma Shtatlari mustaqillik kunini – bugun – bir necha hafta oldin nishonlar ekanmiz, bu yilgi bayram mavzusini Amerika shtatlariga bag’ishladik. Shtatlar yarmarkasi Qo’shma Shtatlar bo’ylab muntazam o’tkaziladi. Har bir shtat o’z qishloq ho’jalik mahsulotlari, ekinlari, mahalliy taomlari va o’z tarixini namoyish qiladi. An’anaga sodiq qolish uchun va mazkur mavzuni yaxshiroq his etish maqsadida bu yerga pichan, traktorlar olib keldik va o’yingohlar o’rnatdik. Bundan tashqari, biz Alyaska shtatidagi a kapella guruhi iqtidorli “Pipeline Vocal Project”ni taqdim etishdan mamnunmiz. Bu guruhning ayol a’zolari elchixonamizning “Ayollarga keng imkoniyat – kuchli O’zbekiston demakdir” shiori ostida olib borayotgan kampaniyamizni qo‘llab-quvvatlamoqda, bu ikkala davlatimizning gender tenglik qonunlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarini namoyish etadi. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Harbiy orkestriga bugungi tadbirda hozir bo’lganligi uchun minnatdorchilik bildiraman.
1776 yilda Qo’shma Shtatlar o’zining Mustaqillik Deklaratsiyasini e’lon qildi va bugungi kunda butun dunyoda demokratiyani ta’minlashda davom etayotgan ko’plab tamoyillarni joriy qildi. Demokratik g’oyalar nima uchun bardavom bo’ldi va tarqaldi? Chunki ularda insonning erkinlik, tenglik va adolatga bo‘lgan umuminsoniy intilishi aks etadi. Prezident Abraham Linkoln keyinchalik bu tushunchalarni quyidagicha umumlashtirdi: “Xalq hukumati, xalq tomonidan boshqariladi va xalq uchun ishlaydi”. Demokratik mamlakatlarda hukumatlar demokratik jarayon orqali tanlanishi, ular hisobdor bo‘lishi va fuqarolarning ehtiyojlariga xizmat qilishi kerak. Aytish oson, lekin amalda qo’llash juda qiyin.
Mana deyarli 250 yil o’tibdi, lekin Amerika demokratiyasi hamon mukammal emas; biz yangi muammolarni bartaraf etishga harakat qilmoqdamiz; va biz ittifoqimizni takomillashtirishga harakat qilishda davom etmoqdamiz. O‘zbekiston mustaqillikka erishganiga atigi 30 yildan sal ko‘proq vaqt o‘tib, u ham o‘zining demokratik institutlarini mustahkamlash borasida sezilarli yutuqlarga erishmoqda. Qo’shma Shtatlar O’zbekiston hukumati, fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari va xalqi bilan bu islohotlarni yanada ilgari surish uchun hamkorlik qilishga sodiqdir. Zero, uzoq muddatda demokratiya O‘zbekiston suvereniteti, mustaqilligi, xavfsizligi va farovonligining eng yaxshi kafolatidir.
So’nggi voqealar shuni ko’rsatdiki, biz bu tushunchalarni o’z-o’zidan keladigan narsa kabi qabul qilmasligimiz kerak. Prezident Putinning Ukraina suverenitetini buzishi biz mamlakat ichkarisida demokratiyani mustahkamlasak ham, xorijdagi demokratik hamkorlarimiz bilan birga diktatura, repressiya va shafqatsizlikka qarshi turishimiz kerakligini eslatadi.
Bu yerda hozir bo’lgan O‘zbekistonning do‘stlari va hamkorlari bilan bir qatorda ish olib borayotganimizdan, birgalikda nafaqat tinchlikni ta’minlash va farovonlikka ko‘maklashish, nafaqat sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini takomillashtirish, balki ushbu mamlakatning barcha fuqarolari uchun erkinlik, tenglik va adolatni ilgari surish yo’lida ekanimizdan faxrlanamiz.
Bugun biz bilan ekanligingiz uchun tashakkur deymiz! Xudo Amerikani yorlaqasin! Slava Ukraïni! O’zbekistonga shon-sharaflar!