AQSh elchisi o’rinbosari Pol Politis

Pol Politis tashqi ishlar xizmatidagi martabali xodimdir. 1998-yilda diplomatic xizmatga ishga o’tganidan buyon u Afina, Dakka, Bishkek, Tirana, Ashxobod, Riga hamda poytaxt Vashingtonda turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Pol Politis Janubiy Dakota shtatining Su-Fols shahrida voyaga yetgan, Tvin Sitizdagi Minnesota universitetida siyosatshunoslik bo’yicha ta’lim olgan. Shuningdek, u Jons Xopkins nomidagi Xalqaro tadqiqotlar maktabi va Milliy mudofaa universiteti xalqaro xavfsizlik masalalari kollejida magistrlik darajasini olgan.

Pol Politis rus, o’zbek, latish, alban va yunon tillarida so’zlasha oladi. U Davlat departamentida ishlaydigan Katerina Politisga uylangan. Ularning ikki nafar farzandi bor: Aleksandra, AQShda kollej talabasi; va Anton, Toshkentdagi maktab o’quvchisi. Bundan tashqari, ularning oilasida Barsik laqabli ajoyib mushuk ham yashaydi. Pol Politis kitob o’qish, sayohat qilish, ovqat pishirish va tik tepaliklarda velosiped minishni yoqtiradi.