Salom, Hip Hop muxlislari!
Hip hop sizga yoqadimi?
Hip hopni o`rganishni istarmidingiz?
Yoki hip hop bo’yicha o’z mahoratingizni “NEXT LEVEL” guruhi bilan o’rtoqlashmoqchimisiz?
Toshkentdagi AQSh elchixonasi
2018-yil 6-17-avgust kunlari
Toshkent shahridagi Temiryo’lchilar madaniyat saroyida bo`lib o`tadigan
IKKI HAFTALIK bepul mashg`ulotlarda qatnashish uchun
SIZni chorlaydi!
Rap
Hip hop raqsi
DJ
Beat making
Bo’yicha mashg’ulotlarning har biri uchun 15 nafar ishtirokchi tanlab olinadi
HOZIROQ MUROJAAT QILING:
Quyidagilarni 2-iyul soat 17:00 gacha hiphoptashkent@gmail.com elektron manziliga yuboring:
- Harakatlaringiz yoki rep raqsingiz aks etgan MP4 formatdagi 20-30 soniyalik video yoki YouTube, Vimeo kabilarda ko’rish uchun link
- Nima uchun aynan SIZni tanlashimiz kerakligi bayon etilgan ingliz, rus yoki o`zbek tilida 200 ta so’zdan ortiq bo’lmagan matn
Shuningdek, HIP HOP o`yiningizni amerikalik san’at ustalarining “NEXT LEVEL” guruhiga olib kelishga tayyor turing.