AQSh elchixonasi va Amerika Qo’shma Shtatlari xalqi nomidan O’zbekiston xalqiga Navro’z ayyomi munosabati bilan eng ezgu tilaklarimni yetkazishga ijozat bergaysiz.
Mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab, O’zbekiston Navro’z bayramining ommaviy nishonlanishini qayta tikladi. O’sha paytdan e’tiboran, an’anaviy sharqiy yangi yil O’zbekiston bo’ylab oila va jamoalarni bahor kelganini nishonlash maqsadida qo’shiq kuylash, raqsga tushish, daraxt va gullar ekish hamda sumalak pishirish kabi tadbirlar orqali o’zaro bir-biriga yaqinlashtirib keldi.
Ulug’ o’zbek shoiri Alisher Navoiy aytganidek, har kuningiz Navro’z bo’lsin! Ushbu bahoriy tantana munosabati bilan O’zbekiston xalqiga davomiy tinchlik, mustahkam sog’lik va farovonlik tilayman. Navro’z barchamizga baxt hamda do’stlik tuyg’ularini hadya etsin.
Navro’zingiz muborak bo’lsin!