Elchi Jonatan Henikning Inson huquqlari kuni bo’yicha bergan bayonoti

10-dekabr kuni Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 75 yilligi munosabati bilan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ushbu muhim hujjatga hurmat bajo keltiradi hamda butun dunyoda inson huquqlarini himoya qilishga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaydi. Inson huquqlariga bo’lgan hurmat barqaror va farovon jamiyatlar poydevori bo‘lib, biz O‘zbekistondagi hamkorlarimiz bilan ushbu ajralmas huquqlarni ilgari surish va himoya etish bo‘yicha birgalikda qilayotgan sa’y-harakatlarimizdan faxrlanamiz. Shu kuni biz mas’uliyat va oshkoralik tarafdori bo’lgan jasur jurnalistlar, faollar va fuqarolik jamiyatining boshqa a’zolari mehnatini e’tirof etamiz. Biz har bir vatandoshning huquqlari umumeʼtirof etiladigan va hurmat qilinadigan kelajak barpo etishda hukumat va fuqarolik jamiyati vakillari bilan ishlashga tayyormiz.