Deyarli 2,5 yillik tayyorgarlikdan so‘ng, 3-may kuni San-Diegodagi Kaliforniya universiteti (UCSD) va O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Respublika Seysmologik bashorat va monitoring markazi Jizzax shahriga yaqin hududda joylashgan Qorasoyda yangi zamonaviy seysmik stansiya o‘rnatilgani haqida ma’lum qildilar. Yangi seysmik stansiyaning ochilish marosimida AQSH elchisi Jonatan Henik va Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari Muxtor Muhitdinov qatnashdi. Dunyo bo’ylab 150 dan ortiq stantsiyadan iborat AQSh Global seysmik tarmog’ining bir qismi sifatida ushbu stansiyani AQSh hukumati moliyalashtiradi. U AQSh Milliy Ilm-fan Jamg’armasi ko’magida UCSD Xalqaro Akselerometrni joylashtirish dasturi doirasida texnik xizmat ko’rsatish va o’qitish bilan ta’minlanadi. Ushbu stansiyada to’plangan ma’lumotlar butun dunyo bo’ylab foydalanuvchilar, jumladan, olimlar, muhandislar, talabalar va keng jamoatchilik uchun quyidagi veb-sayt orqali mavjud bo’ladi: http://ds.iris.edu/seismon/index.phtml
Stansiya O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda jahon seysmik faolligini yaxshiroq tushunish uchun yaratilgan. Stansiyadan olingan ma’lumotlar zilzilalar joyini aniqlash va ular keltirib chiqaradigan xavflarni kamaytirish uchun ishlatilishi mumkin, bu esa jamoat xavfsizligi va fundamental fan uchun muhimdir.
Qo‘shma seysmik stansiya loyihasi 2020-yil oxirida boshlanganidan buyon AQSh va O‘zbekiston o‘rtasida seysmologiya sohasidagi ilmiy almashinuvlar sezilarli darajada faollashdi.
2023-yilning 20-24-fevral kunlari Toshkentdagi AQSh elchixonasi Amerika Energetika vazirligining seysmik hamkorlik dasturi doirasida doktor Tunu Onur va doktor Anu Agiyarni O’zbekistonga taklif qildi. Doktor Onur zilzila xavfi va risklar bo’yicha mutaxassis va Livermor Lourens (LLNL) milliy laboratoriyasining pudratchisidir. Doktor Aguiar LLNL seysmik hamkorlik dasturi boʻyicha dastur menejerining oʻrinbosari va seysmik hodisalarni aniqlash va mahalliylashtirish boʻyicha mutaxassis sanaladi. Ekspertlar O‘zbekiston hukumati bilan seysmik xavflarni baholashga oid qator masalalar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish maqsadida O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurdilar.
Tashrifning asosiy maqsadlaridan biri O‘zbekistondagi seysmik xavf va zilzilalar xavfi bilan bog‘liq masalalarni yaxshiroq tushunish edi. Yana bir maqsad mahalliy hamkasblar bilan uchrashib, milliy ma’lumotlarni Markaziy Osiyodagi tarixiy seysmik faollikning mintaqaviy integratsiyalashgan ma’lumotlar bazasiga kiritish masalasini muhokama qilish bo’ldi. Ushbu integratsiyalangan ma’lumotlar mintaqada seysmik xavfni ehtimoliy baholashning (PHSA) yanada ilg’or modellarini ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Doktor Onur va Agiyar Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti (ISS), shuningdek, Qurilish vazirligi (MIS), Mexanika va binolarning seysmik chidamliligi instituti (XMT), Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, “Toshuyjoy” va O‘zbekiston Milliy universiteti mas’ul xodimlari bilan uchrashdilar.
2022-yil oktabr oyida doktor Onur O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU) talabalari uchun PSHA usullari bo‘yicha virtual trening o‘tkazdi. Seysmik xavflarning qurilish me’yorlari va standartlariga ta’siri, zilzila xavfini baholash usullariga alohida e’tibor qaratildi. Doktor Onur o’zining tashrifi davomida O’zMU talabalariga sertifikatlarini topshirish imkoniga ega bo’ldi. Aprel oyida doktor Onur FVV, SI va QV uchun PSHA usullari bo’yicha maqsadli trening o’tkazdi. Treningdan koʻzlangan maqsad Oʻzbekiston hukumati bilan Shimoliy Amerikaning qatʼiy standartlariga muvofiq xavfsizroq qurilish meʼyorlarini modellashtirish boʻyicha oʻz tajribasini baham koʻrishdan iborat bo’ldi.
Elchixona, shuningdek, AQShdagi Michigan shtat universiteti (MU) va OʻzMU o’rtasida seysmologiya bo’yicha ta’lim almashinuvi bo’yicha o’zaro anglashuv memorandumini ishlab chiqishda yordam berdi. May oyida mazkur kelishuvga muvofiq, MU Xalqaro fan-texnika markazining moliyaviy koʻmagida Chotqol togʻlarida joylashgan OʻzMU geologik lagerida oʻquv seysmologik stansiyasini oʻrnatadi. Loyiha O‘zbekistonda yosh seysmologlarni o‘z stansiyasini boshqarish orqali tayyorlashga qaratilgan.