XTV va AQSh elchixonasi “English Speaking Nation” dasturi doirasida O’zbekistonda 25 nafar ingliz tili ekspertni iliq kutib oldi

Xalq ta’limi vazirligi va O’zbekistondagi AQSh elchixonasi “English Speaking Nation” (ESN) dasturi doirasida O’zbekistonda 25 nafar ingliz tili o’rgatuvchi ekspertni iliq kutib oldi

2021-yil 2-avgust, Toshkent, O’zbekiston – Xalq ta’limi vaziriligining Xalqaro grantlar va loyihalar bo’yicha vazir maslahatchisi Ulug’bek Qosimxo’jayev va O’zbekistondagi AQSh elchixonasining madaniyat va ta’lim masalalari bo’yicha maslahatchisi Joanne Kramb “English Speaking Nation: English Summer Excellence Training” (ESN: ESET) dasturining bir qismi sifatida O’zbekistonga 25 amerikalik ingliz tili o’rgatuvchi mutaxassisni iliq kutib oldi. Ushbu 25 nafar ingliz tili o’qitish bo’yicha ekspert O’zbekistondagi 420 nafardan ortiq o’rta maktab ingliz tili o’qituvchisi uchun mo’ljallangan 108 soatlik ingliz tili mashg’ulotlarini o’tkazishda 7 nafar mahalliy biriktirilgan amerikalik o’qituvchi-murabbiy safiga qo’shiladi. 18 kunlik treningdan maqsad o’zbekistonlik ingliz tili o’qituvchilariga ingliz tilida gapirish, yozish, tinglash va taqdimot ko’nikmalarini takomillashtirishda yordam berishdan iborat.

25 nafar ingliz tili o’qitish mutaxassisi yurtimizning yettita viloyat – Andijon, Namangan, Samarqand, Termiz, Qarshi, Buxoro va Urganch shaharlarida 1–22-avgust kunlari mahalliy davlat maktablari va malaka oshirish markazlarida mashg’ulotlar olib boradi. Treninglar davomida umumiy ingliz tilini kundalik faoliyatda, shuningdek, sinf o’qituvchilari va o’quvchilari bilan muloqotda ishlatishga etibor qaratiladi. Ingliz tili o’qitish bo’yicha ekspertlar 15 kishidan iborat bo’lgan o’qituvchilar guruhlariga ta’lim berishadi va bu to’g’ridan-to’g’ri ingliz tili ona tili bo’lgan ekspertlar bilan aloqaga kirishishga imkon yaratib beradi. Umumiy ingliz tili va sinfdagi amaliyotdan tashqari, ESN: ESET dasturi o’quvchilarga faqat ingliz tilida darslar o’tish va murakkablashtirilgan micro-o’quv sessiyalarida faqat ingliz tilida taqdimotlar o’tkazishga yordam beradi. Bundan tashqari, dastur davomida to’g’ridan-to’g’ri amaliyotga, umumiy taqdimotlar va o’z sheriklarining bilimlarini tahlil qilishga urg’u berilganligi, ularni kelajakda tegishli sinf xonalariga olib kelishi mumkin bo’lgan vositalar bilan jihozlaydi.

“The English Speaking Nation: Summer Excellence Training” (ESN: ESET) – bu “English-Speaking Nation: Secondary Teacher Training Program (ESN: STT)” nomli O’zbekiston ingliz tili o’qituvchilarining sinfxona ingliz tili darajasini va ingliz tili o’quv ko’nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan umummilliy tashabbusning bir qismi hisoblanadi. Bosqichma-bosqich struktura orqali, dastur uch yil mobaynida O’zbekistonda 15 000 nafar ingliz tili o’qituvchisini qamrab olishni maqsad qilgan. “The English Speaking Nation” – AQShning O’zbekistondagi elchixonasining Davlat ishlari qo’mitasi va O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi o’rtasida ta’lim islohotini amalga oshirishga qaratilgan hamkorlik dasturi hisoblanadi. Xalqaro ta’lim sohasidagi nodavlat notijorat tashkiloti – Xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika Kengashlari, “The English Speaking Nation” dasturi uchun amalga oshiruvchi hamkori bo’lib xizmat qiladi.

ESN: STT haqida qo’shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi ilovaga tashrif buyuring: https://www.esn-teachers.org/.

So’rovnomalar uchun, esn@americancouncils.org yoki Telegramdagi @ESNProgram ga murojaat qilishingiz mumkin.

Xalqaro ta’lim Amerika kengashlari xalqaro ta’lim, akademik almashinuvlar va chet elda til o’rganish sohasida yetakchi tashkilot hisoblanadi va ilmiy, professional va madaniy almashinuvlar, til o’rganishlar, ta’limni rivojlantirish va tadqiqotlar orqali xalqaro aloqalar va o’zaro hamfikrlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Amerika Kengashlarining Toshkentdagi ofisi 2018-yilda qayta ochildi va ayni paytda mamlakat bo’ylab “Future Leaders Exchange” (FLEX), “American Windows”, “Uzbekistan Business Leaders” (UBL), “Central Asia University Partnership Program” (UNiCEN) kabi 13 ta dasturli portfolioga ega. Amerika Kengashlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun @ACCELS Telegram boti orqali yoki info.uz@americancouncils.org email adresi orqali ofisimiz bilan bog’lanishingiz mumkin.