
AQShning Toshkentdagi elchixonasi, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda, Qarshi shahridagi “Barkamol avlod” jamoat markazida “Amerika burchagi”ni 2021-yil 26-mart kuni rasman ochdi.
Qarshidagi “Amerika burchagi” xuddi AQShning Toshkentdagi elchixonasida joylashgan “Amerika markazi” hamda O’zbekiston Milliy kutubxonasi qoshidagi “Amerikaga darcha” taqdim etadigan resurslar bilan ta’minlovchi, poytaxt shahardan tashqarida barpo etilgan birinchi markazdir. Qarshidagi “Amerika burchagi” AQSh hukumati tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan 600 dan ortiq ochiq madaniy markazlarga ega yirik tarmoqning bir qismi bo’ldi.
“Barkamol avlod” markazining ikkinchi qavatida joylashgan, kompyuter laboratoriyasi, kutubxonaga ega sinf xonasi, konferensiya zali va o’quv maslahat xonasini o’z ichiga olgan 230 kvadrat metr maydonga ega ushbu Burchak tashrif buyuruvchilar uchun bepul xizmat ko’rsatadi. Burchakda kompyuterlar, yuqori tezlikdagi Internetga ulanish va boshqa zamonaviy texnologiyalar kabi ko’plab manbalarga ega Amerikaga xos samimiy va ijodiy muhit yaratildi.
Qarshidagi “Amerika burchagi” ingliz tili ona tili hisoblangan shaxslar ishtirokidagi dasturlar orqali ingliz tilini o’rganishni targ’ib qiladi, shuningdek, bosma va raqamli ingliz tilidagi manbalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Burchak, shuningdek, Amerika Qo’shma Shtatlaridagi bakalavriat va magistraturada ta’lim olmoqchi bo’lganlarga maslahat xizmatlarini bepul ko’rsatadigan “EducationUSA” uchun markaz bo’lib xizmat qiladi. Burchak faoliyati suhbat klublari, munozara guruhlari, virtual dasturlar, filmlar namoyishi va ingliz tilini o’rganish tadbirlarini o’z ichiga oladi.
Qarshidagi “Amerika burchagi” haftaning seshanba-payshanba kunlari soat 10:00 dan 18:00 gacha, juma va shanba kunlari esa soat 10:00 dan 17:00 gacha ishlaydi. Tashrif buyuruvchilar o‘zlariga qulay bo‘lgan vaqtlarda oldindan ro‘yxatdan o‘tmasdan kelishlari mumkin.
Bizning dasturlarimiz haqida qo’shimcha ma’lumot olish uchun Facebook, Instagram, YouTube va Telegram dagi sahifalarimizga obuna bo’ling.
Bog’lanish uchun ma’lumot
“Barkamol avlod” markazi
180100 Qarshi shahri
I. Karimov ko’chasi, 219-uy, 2-qavat
Elektron manzil: americancornerqarshi@gmail.com