Namangandagi Amerika burchagi

Photo of the space in Namangan. Books and beanbags

AQShning Toshkentdagi elchixonasi “Istiqbol zamon bolalari” maktabi (IZB) bilan hamkorlikda 2023-yil may oyida “Amerika burchagi” deb ataluvchi markazni Namangan shahrida rasman ochdi.  Namangandagi Amerika burchagi – bu madaniy dasturlar va axborot olish markazi bo’lib, u yerda ingliz tili o’rganishni takomillashtirish hamda Qo’shma Shtatlar va Amerikada o’qish imkoniyatlari haqida ma’lumot olish imkoni mavjud.

“Istiqbol zamon bolalari” maktabining birinchi qavatida joylashgan, 126 kvadrat metr maydonga ega ushbu maskan Elchixonaning Toshkent tashqarisida ochgan ikkinchi Amerika burchagi bo’lib, bunday markazning birinchisi 2021-yil mart oyida Qarshi shahrida katta muvaffaqiyat bilan `ishga tushirilgan.

Namangandagi Amerika burchagida zamonaviy texnologik asbob-uskunalar, jumladan, 3D printer, majlis-konferensiyalar zali, elektron va an’anaviy kitoblar, ingliz tilidagi bir qator ta’limiy va madaniy manbalar, internetga ulangan kompyuterlar mavjud. Shuningdek, unda Amerika Qo’shma Shtatlaridagi bakalavriat va magistraturada ta’lim olmoqchi bo’lganlarga bepul maslahat beruvchi “EducationUSA” markazi ham joylashgan.  Burchakda muntazam ravishda mamlakatga tashrif buyurgan amerikalik mutaxassislar bilan uchrashuvlar, suhbat klublari o’tkaziladi va ingliz tilidadi filmlar namoyish etiladi.

Namangandagi Amerika burchagi dushanbadan payshanbagacha hamda shanba kunlari soat 10:00 dan 19:00 gacha ochiqdir. Mehmonlar markazga o’zlariga qulay vaqtda oldindan xabar qilmagan/ro’yxatdan o’tmagan holda kelishlari mumkin.

Dasturlarimiz haqida ko’proq ma’lumot olish uchun bizni Facebook, Instagram, YouTube va Telegram ijtimoiy tarmoqlarida kuzatib boring.

Bog’lanish uchun ma’lumot:

“Istiqbol zamon bolalari” maktabi,
1-qavat, Tinchlik ko’chasi, 7-uy (Do’stlik tennis kortiga yaqin)
160100 Namangan, O’zbekiston
Email: acn@americancouncils.org