Barcha tadbirlar quyidagi mavzular (JPG 1.95 MB – Rus tilida) bo’yicha kechki soat 4 dan 5 gacha shaxsan uchrashuvda hamda Facebook tarmog’ida jonli tarzda olib boriladi:
- Siz boshlang’ich yoki o’rta ta’lim bo’yicha o’qituvchimisiz va talabalaringizning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qiziqasizmi? 9-avgustdagi sessiyamizga tashrif buyuring! Mavzu: “Yosh talabalarda fikrlash qobiliyatini o’stirish”. Ro’yxatdan o’tish 7-avgust kuni tugaydi.
- Siz muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan cho’chib turgan universitet talabasimisiz? U holda 16-avgustda bo’ladigan sessiyamizga yoziling! Mavzu: “Talabalarda o’ziga nisbatan ishonchsizlikka barham berish”. Ro’yxatdan o’tish 14-avgust kuni tugaydi.
- Siz xotin-qizlarning ilm-fan va texnologiya sohasida martabaga erishishini istaysizmi? Unda 23-avgustdagi sessiyamizga marhamat! Mavzu: “Xotin-qizlarni STEM uchun ruhlantirish”. Ushbu sessiyaga 21-avgustgacha ro’yxatdan o’tish mumkin.
- AQShda o’qishga qiziqasizmi? U holda 30-avgustdagi sessiyamizga keling! Mavzu: “AQShda fan va texnologiya sohasida o’qimochi bo’lgan talabalar uchun imkoniyatlar”. Ro’yxatdan o’tish 28-avgust kuni yakunlanadi.
Agar ACT ga kelmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda ro’yxatdan o’ting: http://bit.ly/2LqgrpO
Mabodo ACT ga kelolmasangiz, doktor Norman-MakKey bilan soat 4 da bo’ladigan jonli Facebook suhbatda savol bersangiz ham bo’ladi.
Birinchi 3 ta sessiya ingliz tilida ruschaga sinxron tarjima qilingan holda o’tadi. Oxirgi sessiya esa faqat ingliz tilida bo’ladi.