AQSh davlat departamenti
Matbuot kotibi idorasi
Matbuot kotibi Ned Prays
3-oktyabr 2021-yil
AQSh Davlat kotibi o’rinbosari Shermanning O’zbekiston tashqi ishlar vaziri Komilov bilan uchrashuvi
AQSh Davlat kotibining o’rinbosari Uendi Sherman bugun Toshkentda O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamda milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchi Viktor Mahmudov, Adliya vaziri Ruslanbek Davlatov va O’zbekiston Prezidentining Afg’oniston bo’yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashevdan iborat idoralararo delegatsiya bilan uchrashdi. Davlat kotibi o’rinbosari Tashqi ishlar vaziri Komilov va o’zbek xalqini O’zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan muborakbod etdi va O’zbekistonning Afg’oniston masalasidagi konstruktiv ishtiroki uchun minnatdorlik bildirdi. Kotib o’rinbosari va vazir Komilov vaksinalar tarqatish orqali COVID-19ga qarshi kurash bo’yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni muhokama qilishdi. Davlat kotibi o’rinbosari AQSh-O’zbekiston strategik sherikligining ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi hamda C5+1 formatida O’zbekistonning mintaqaviy va transmilliy masalalar bo’yicha yetakchiligini, shu jumladan uning 2030-yilgacha issiqxona gazlarini tashqariga chiqarishni kamaytirish bo’yicha ulkan maqsadlarni belgilash majburiyatini olqishladi. Kotib o’rinbosari Sherman, O’zbekiston o’z islohotlar dasturini amalga oshirar ekan, demokratik islohotlarni davom ettirish va inson huquqlariga hurmatni yanada oshirish muhimligini ta’kidladi. Davlat kotibi o’rinbosari Sherman Tashqi ishlar vaziri Komilovga va idoralararo delegatsiyaga O’zbekistonning davomiy hamkorligi uchun minnatdorlik izhor etdi.