COVID-19 ga oid ma’lumot

AQSh fuqarosi yoki AQSh doimiy rezidenti bo’lmaganlar uchun AQShga kelishning yangi talablari haqida ma’lumot uchun noimmigratsion vizalar bilan sayohat qiluvchilar uchun ma’lumotni ko’ring.

2021 yil, 6 dekabrdan boshlab AQShga ketayotgan ikki yosh va undan katta bo’lgan barcha aviayo’lovchilar, o’zlarining emlanganlik maqomlari va fuqaroliklaridan qat’iy nazar, reyslaridan bir (1) kalendar kuni ichida topshirilgan virusologik COVID-19 manfiy testini taqdim etishlari shart. Muqobil ravishda yo’lovchilar litsenziyaga ega tibbiy muassasa tomonidan berilgan, reyslaridan bevosita 90 kun avvalgi muddatda COVID-19 dan sog’ayganlari haqidagi hujjatni ham taqdim etishlari mumkin. Qo’shimcha ma’lumotlar uchun AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) veb-sahifasini va ko’p so’raladigan savollar sahifasini ko’rib chiqing.

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC)ning 2021 yil, 8 noyabrda kuchga kirgan barcha AQSh fuqarosi bo’lmagan va AQShga noimmigratsion vizalar bilan safar qilayotgan aviapassajirlar to’liq emlangan bo’lishlari va AQShga ketayotgan samolyotga o’tirishlaridan avval emlanganliklarining isbotini taqtim etishlari haqidagi Qarori o’z kuchida qoladi.

Oʻzbekistondagi ayrim COVID-19 test markazlari haqida maʼlumotni bu yerda topishingiz mumkin:

https://uz.usembassy.gov/u-s-citizen-services/covid-19-testing-facilities/

Эмлашга доир ва/ёки жўнаб кетаётган рейсдан аввал тест топширишга оид талаблардан истисно қилиш ҳақида қуйидаги саҳифадаги йўриқномага амал қилган ҳолда ариза топшириш мумкин.