Bu hisobotning ingliz tilidan o’zbek tiliga qilingan tarjimasidir. Texnik jihatdan tarjima aniq bo’lmasligi mumkin. Inglizcha asliyatni o’qish uchun mana bu yerni bosing.
QISQA HULOSA
O’zbekiston – konstitutsiyaviy respublika, va uning davlat siyosiy tizimi prezident Shavkat Mirziyoyev va uning tarafdorlari tomonidan boshqariladi. Sobiq bosh vazir Mirziyoyev 2016 yilda 88 foiz ovoz bilan prezidentlik saylovlarida g’olib bo’lgan. Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi o’zining saylovlarni kuzatish bo’yicha yakuniy hisobotida «saylov kampaniyasida raqobat bo’lmaganligini va saylovchilarga siyosiy alternativalarning haqiqiy tanlovi taqdim etilmaganligini» ta’kidladi, va evropalik kuzatuvchilar «milliy qonunchilikka va EXHTning majburiyatlariga zid bo’lgan jiddiy qoidabuzarliklar, shu jumladan bo’shqalarning nomidan ovoz berish va byulleten qutilariga bir talay byulletenlarni tashlash holatlari» haqida malumot berdilar. 2019 yil dekabrda Parlament saylovlari bo’lib o’tdi. EXHTning kuzatuvchilar missiyasining dastlabki xulosalariga ko’ra, saylovlar takomillashtirilgan qonunchilik asosida va mustaqil ovozlarga jiddiy to’sqinlik qilmagan holda o’tgan, ammo chinakam raqobat ta’minlanmagan va saylov kuni protseduralariga to’liq amal qilinmagan.
Jinoiy faoliyat tergovi va xavfsizlikni ta’minlash vakolatlari to’rt tashkilotga berilgan. Ichki ishlar vazirligi huquqni muhofaza qilish, tartibni saqlash va umumiy jinoyatlarni tergov qilish uchun mas’ul bo’lgan ichki ishlar xodimlarini nazorat qiladi. Shuningdek, u o’z xodimlarini, agar ular inson huquqlarini buzishda ayblanayotgan bo’lsa, tekshiradi va jazolaydi. Milliy gvardiya jamoat tartibini va diplomatik vakolatxonalar, radio va televidenie va boshqa davlat tashkilotlari xavfsizligini ta’minlaydi. Raisi bevosita Prezidentga bo’ysunadigan Davlat xavfsizlik xizmati milliy xavfsizlik va razvedka masalalari, hamda terrorizm, korruptsiya, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar savdosi bilan kurash va chegara nazorati masalalari bilan shug’ullanadi. Bosh prokuratura qonun ustuvorligini ta’minlaydi, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari va davlatning qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qiladi, jinoyatlar bo’yicha dastlabki tergovlarni olib boradi va jinoyatda ayblangan jismoniy va yuridik shaxslarni javobgarlikka tortadi. Fuqarolik idoralar odatda xavfsizlik kuchlari ustidan samarali nazoratni saqlab qolgan, ammo xavfsizlik xizmatlari fuqarolik tuzilmalariga kirib borgan. Fuqarolik idoralar xavfsizlik xizmatlar xodimlari bilan oshkor qilinmaydigan hamkorlikda bo’lib, fuqarolik vakolatlari doirasi va chegaralarini aniqlash qiyin. Xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, xususan ichki ishlar xodimlari va qamoqxonalar boshqaruvi mamuriyati qonunbuzarliklarga yo’l qo’ygani haqida xabarlar bor.
Inson huquqlariga oid muammolar quyidagilardan iborat: xavfsizlik kuchlari tomonidan hibsga olinganlarga nisbatan jismoniy va psixologik zo’ravonliklar, shu jumladan hibsga olinganlarning o’limiga sabab bo’lgan huquqbuzarliklar to’g’risida malumotlar; o’zboshimchalik bilan hibsga olish, bir kishilik kamerada saqlash va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish; siyosiy mahbuslar; mamlakat tashqarisida shaxsga qarshi siyosiy tazyiqlar; so’z, matbuot va internet erkinligini cheklash, shu jumladan tsenzura va ijtimoiy tarmoq raqamli platformalarini ishlashini sekinlashtirish; yig’ilishlar va uyushmalarni cheklash, shu jumladan fuqarolik jamiyatini cheklash, huquq himoyachilarini, jurnalistlarni hamda hukumatni tanqid qilgan boshqa fuqarolarni ta’qib qilinishi va hibsga olinishi; diniy erkinlikni cheklash; harakatlanish erkinligini cheklash; fuqarolarning o’z hukumatini erkin, adolatli va davriy saylovlarda tanlashga tegishli siyosiy ishtirokini cheklash; odam savdosi, shu jumladan majburiy mehnat; erkaklar o’rtasidagi jinsiy munosabatlarni kriminalizatsiyalash; lesbiyan, gomoseksual, biseksual, transgender, interseks va bir jinsli jinsiy aloqada bo’lgan shaxslarga nisbatan diskriminatsiya.
Huquqbuzarlik uchun jazo olmaslik keng tarqalganiga qaramai, yil davomida davlat tomonidan mansabdor shaxslarni o’z mansabidan suiiste’mol qilish ayblovi bilan qonun orqali ta’qib qilish holatlari ham biroz oshdi.
Birinchi bo’lim. Shaxsning daxlsizligi, shu jumladan:
a. Hayotdan o’zboshimchalik bilan mahrum qilish va boshqa noqonuniy yoki siyosiy sabablarga asoslangan qotillikdan ozodlik
Hukumat yoki uning agentlari o’zboshimchalik bilan yoki qonunga xilof ravishda qotilliklar sodir etganligi haqida xabarlar bo’lgan. Yanvar oyida Qashqardaryo viloyatining Chiroqchi tumani IIBda hibsda saqlanayotgan paytda kaltaklanish natijasida bir kishi vafot etdi va 21 sentyabr kuni ushbu ish bo’yicha ayblanayotgan 2 nafar ichki ishlar xodimi 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi. Bu o’limdan keyin boshqarma boshlig’ining birinchi o’rinbosari o’z lavozimidan bo’shadi.
Yana bir matbuotda 30 may kuni xabar berilgan xodisa o’g’irlikda ayblangan Alijon Abdukarimov 29 may kuni hibsxonada Andijon ichki ishlar xodimlaridan og’ir jarohatlar olgani haqida edi. Aytilishicha, ichki ishlar bo’limida kaltaklanganidan so’ng, Abdukarimov kasalxonaga yotqizilgan va u 11 iyun kuni vafot etgan. Bosh prokuratura uning ishi bo’yicha tergov boshlagan va natijada 13 iyun kuni 6 nafar ichki ishlar xodimlari hibsga olingan.
Keyinchalik prokuratura ularga qarshi ayblovlarni qo’zg’atdi va qo’shimcha 19 ta huquqni muhofaza qiluvchi xodim intizomiy jazoga tortildi. 27 noyabr kuni jinoyat ishlari bo’yicha Andijon viloyat sudi 6 nafar ichki ishlar xodimi 1 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinganligini e’lon qildi.
b. Bedarak yo’qolganlar
Davlat organlari tomonidan yoki ular nomidan bedarak yo’qolganlar haqida hech qanday habarlar bo’lmadi.
c. Qiynoq va boshqa shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazo
Mamlakatda huquq-tartibot idoralari xodimlarining xatti-harakatlarini tartibga soluvchi qonunlar mavjud va qiynoqlarga qarshi kurash, shu jumladan: «Ichki ishlar vazirligi xodimlari qiynoq, zo’ravonlik va boshqa shafqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi usullardan foydalanishlari mumkin emas.
Ichki ishlar vazirligi xodimi fuqarolarga og’riq, jismoniy yoki ma’naviy azob beradigan qasddan qilingan harakatlarning oldini olishga majburdir”. Qonunda qiynoq natijasida olingan dalillardan sud jarayonida foydalanish taqiqlangan. Bundan tashqari, qiynoqqa qarshi qonun va boshqa g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomaladan foydalanish javobgarligini o’z ichiga oladi.
Ushbu qonunni qabul qilinishidan oldin, qiynoqlarga aloqador shaxslarni javobgarlikka tortishda rasmiy to’siqlar mavjud edi. Ushbu cheklovlar olib tashlandi.
Shu yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qiynoqlarga qarshi qo’mitasi kuidagini qaid etdi: «qiynoqqa solish va yomon munosabatda bo’lish doimiy ravishda, davlat huquqni muhofaza qilish organlari roziligi va ularning tashabbusiga ko’ra, tergov va qamoqxona xodimlari tomonidan, asosan, o’z aybiga iqror bo’lishni ta’minlash yoki jinoyiy jarayonda foydalaniladigan ma’lumotlar olish uchun, davomiy ravishda amalga oshirilib kelmoqda». Bundan tashqari, sudlanuvchilar qiynoqqa oid ayblovlarni ko’targan bir qator jinoiy sud jarayonlari, shuningdek Jinoyat kodeksining 235 moddasiga binoan qiynoqqa solinganlikda ayblangan shaxslarning bir nechta sud ishlari, shu jumladan, 2018 yilda Ilhom va Rahim Ibodovlarni qiynoqqa solishda ayblangan Milliy xavfsizlik xizmatining 6 nafar xodimi va boshqalar ustidan sud jarayoni jamoatchilik uchun yopiq ravishda o’tgan. Ushbu holatlar bo’yicha sud qarorlari jamoatchilikka ma’lum qilinmagan.
2019 yil sentyabr oyida Xorazmda mahalliy xodimlar blogger Nafosat «Shabnam» Ollashkurovani Facebook-da mahalliy hukumatning korruptsiyasini va shu jumladan uy-joylarni noqonuniy buzish holatlarini tanqid qilgani uchun hibsga olishdi. Ollashkurova 10 kun ma’muriy hibsda o’tkazdi, shundan so’ng Urganch tuman fuqarolik ishlari bo’yicha sudi uni, xohishiga qarshi, Xorazm viloyati psixiatriya markaziga baholash va davolash uchun 6 oyga joylashtirishni buyurdi. Ollashkurova 2019 yil 28 dekabrda viloyat psixiatriya markazidan chiqarildi. Yanvar oyi o’rtalarida, u, idoralar rasmiylari uning turar joyiga tashrif buyurayotganini va oila a’zolariga uning ruhiy kasal deb tasniflanganligi sabably u istalgan vaqtda sud qarorisiz hibsga olinishi mumkinligini eslatib, uni ta’qib qilishni davom ettirayotganini xabar qildi. O’z havfsizligi uchun qo’rqqan Ollashkurova 18 yanvar kuni mamlakatdan qochib ketgan va boshqa mamlakatdan siyosiy boshpana so’ragan.
Forbes nashri va boshqa ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Navoiy viloyatidagi 11 sonli koloniyadagi mahbus Farrux Xidirov 27 iyun kuni kaltaklar va qaynoq suv bilan kuydirish natijasida vafot etgan. Huquq himoyachilarining so’zlariga ko’ra, o’limidan bir necha kun oldin Xidirov uyiga qo’ng’iroq qilib, jazoni ijro etish koloniyasi xodimlari undan pul talab qilayotganini aytgan. Xodimlar unga pul o’tkazish uchun bankdagi hisob raqamini berishgan. Huquq himoyachilari aytishi bo’icha, pulni ololmagach, uni qiynoqqa solishgan. Xidirov jarohatlariga dosh berolmay vafot etgangacha 8 kun kasalxonada o’tkazdgan. «Ezgulik» nodavlat tashkiloti uning ishi to’g’risidagi hisobotlarni e’lon qilgandan so’ng, Ichki ishlar vazirligi Qamoqxonalar bosh boshqarmasi raddini mahalliy internet-nashrlarda e’lon qildi. Xabarda aytilishicha: “Jasad prokuratura tomonidan tekshirilgan, tan jarohati aniqlanmagan va voqea yuzasidan tegishli ekspertiza tayinlangan. Videoda paydo bo’lgan qizarish kadavr dog’i bo’lib, tanaga zarar etkazish bilan bog’liq emas.”
Iyun oyida Surxondaryo viloyatida yashovchi shaxs mahalliy ommaviy axborot vositalariga «Milliy gvardiya zobitlari niqob kiymaganim uchun meni bo’g’dilar», deb aytgan. O’zlarining gaplari bo’icha, zobitlar uning uyi yonida unga murojaat qilishgan va COVID-19 favqulodda holati tufayli milliy ko’rsatmalarga muvofiq har doim jamoat joylarida niqob taqib yurish shartligini va uni niqobsiz holda suratga olishganini aytishgan. Aytilishicha, bitta zobit jabrlanuvchini militsiya mikroavtobusi ichiga kirishga majburlash jarayonida uni bo’g’gan.
12 iyul kuni Markaziy Osiyo bo’yicha tahliliy markaz va boshqa ommaviy axborot vositalari Surxondaryo viloyatining Jarqo’rg’on tumaniga kirish postidagi ichki ishlar xodimlari va Milliy gvardiya zobitlari sudyani kaltaklagani haqida xabar berishdi. Postda paydo bo’lgan tiqilinchdan keyin oxir-oqibat ichki ishlar xodimlari COVID-19 cheklovlari tufayli shaharga kirishni yopgan. Shaharga kirish uchun bir soat davomida kutib turgan sudya post xodimlariga murojaat qilgan, keyin xodimlar uni transport vositasidan tortib olib, kaltaklaganlar, bu uning miyasini chayqalishiga olib kelgan. 15 iyul kuni Bosh prokuratura shu postda ishlagan xodimlarga nisbatan 206 moddaga binoan jinoiy ish qo’zg’aganligini e’lon qildi.
Ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, 1 dekabr kuni Chimboylik Janabay Ismayılov Qoraqalpog’istonda, bo’sh deb o’ylagan taksiga o’tirmoqchi bo’lganida uning ichidagi mast holdagi 2 nafar ichki ishlar xodimi uni qattiq kaltaklangan va unga jarohatlar va ko’karishlar etkazgan va qo’lini sindirgan. Jabrlanuvchining oilasi murojaatlariga qaramay, yil oxirigacha bo’lgan malumotga ko’ra, bu 2 xodimga qarshi ish qo’zg’almagan.
Qamoq va xibsxonada saqlash sharoitlari
Qamoqxona sharoitlari ba’zida oziq-ovqat etishmovchiligi, haddan tashqari to’lib ketish, jismoniy zo’ravonlik, sanitariya sharoitlari va tibbiy xizmat etarli emas hollarda og’ir va hayot uchun xavf tug’dirgan.
Jismoniy holatlar: odamlarning haddan tashqari ko’payishi, shafqatsiz ravishda foydalanish va dori-darmonlar etishmasligi haqida xabarlar tez-tez qaytarilgan. 17 avgust kuni hukumat jazoni amalga oshirish tizimida 22 867 mahbus borligini xabar qildi, ular 43 qamoqxonada va 11 tergov izolyatorida saqlangan. 43 ta qamoqxonadan 18 tasi «yopiq koloniyalar» va 25 tasi «ochiq» turdagi koloniyalar. Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko’ra, qamoqxonalar sig’imi 56 foizni tashkil etgan.
Umuman olganda, mahbuslar sifatsiz ichimlik suvi va oziq-ovqat bilan ta’minlangan. Oila a’zolari tashrif buyurganda ko’pincha hibsga olingan yaqinlariga oziq-ovqat olib kelishga tog’ri keladi. So’nggi ikki-uch yil davomida ozodlikka chiqqan siyosiy mahbuslar Human Rights Watch va boshqa tashkilotlarga kaltaklangani va boshqa qiynoqqa solingani, shu jumladan qamoqxonada stress holatida bo’lgani haqida xabar berishmoqda.
Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko’ra, mahbuslar ishdan tashqari soatlarda ochiq havoda mashq qilish, psixologik davolanish va xavfsiz mehnat sharoitlariga haqli. Bundan tashqari, mahbuslar ish haqi va boshqa mehnat imtiyozlarini olish huquqiga ega. Jiddiy kasallik bo’lsa, mahbuslar shifokorning maslahati bilan qo’shimcha telefon imtiyozlari va oilaviy tashriflariga ega bo’lishlari mumkin. Qoidalarda, shuningdek, mahbuslar talab bo’yicha va olti oydan ko’p bo’lmagan vaqt oralig’ida tibbiy ko’rikdan o’tishlari kerakligi aytilgan. Ushbu qoidalarning bajarilishi to’g’risida hech qanday ochiq ma’lumot mavjud emas.
Qamoqxonalar ma’muriatining xabar berishicha, Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining sil kasalligi bo’yicha dasturi va OIV/OITSni davolash va oldini olish dasturlari qamoqxonalarda faol amalga oshirilib kelmoqda. Ammo xalqaro ekspertlar qamoqxonalardagi yuqumli kasalliklar darajasi jamoatchilikka ma’lum emasligini va u joylarda sil va OIV/OITS darajasi umumiy aholining orasidagi darajadan yuqori bo’lishi mumkin deb hisoblashadi. Davolash rejalariga va boshqa dasturlarga rioya qilinmaganligi hukumatning infektsiya darajasini pasaytirish bo’yicha harakatlariga putur etkazmoqda.
Fuqarolik jamiyat faollari qamoqxona ma’murlari COVID-19 bilan bog’liq xavfsizlik choralariga etarlicha etibor bermayaptilar degan xavotirni ko’tarishdi va bunday choralar yo’qligi sababli yoshi kattaroq va tibbiy jihatdan ojizroq mahbuslarning infeksiya yuqtirish xavfi yuqori ekanligini aytishdi.
11 may kuni Inson huquqlari bo’yicha Ombudsman idorasi, hukumat tomonidan boshqariladigan «Yuksalish» nodavlat tashkiloti bilan birgalikda, jazoni ijro etish muassasalarida COVID-19dan himoya darajasini baholash bo’yicha jamoatchilik kuzatuvlarini o’tkazishni boshlaganligini e’lon qildi. Huquq himoyachilarining so’zlariga ko’ra, mart oyidan boshlab COVID-19 ga qarshi olib borilgan karantin va cheklov harakatlari choralari davomida mahbuslarning oila a’zolari xat qabul qilish, qamoqxonalarga tashrif buyurish va mahbuslar bilan telefon orqali muloqat qilish huquqidan ayrilishdi.
22 may kuni e’lon qilingan qarorida, Vazirlar Mahkamasi Ichki ishlar vazirligiga kuydagil ma’lumotlarni nashr etishni buyurgan: jazoni ijro etish muassasalar va tergov hibsxonalarida hibsga olingan shaxslar soni; jazoni ijro etish muassasalari va tergov izolyatorlari soni; jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqarilgan tovarlar turlari va bunday tovarlarning pul qiymati; jazoni ijro etish muassasalarida va tergov hibsxonalarida ushlab turilgan shaxslar orasida o’limlar soni; jazoni ijro etish muassasalarida majburiy tibbiy choralar qo’llanishi maqsadida ushlab turilgan mahkumlar soni.
Bir huquq himoyachisining ta’kidlashicha, qamoqxonalar ma’muriati qamoqxonalardagi mahbuslarni, ko’pincha diniy ayblov bilan sudlanganlarni, yangi jinoyatlar, masalan, jinoiy jamoalar tashkil etish yoki taqiqlangan tashkilotlarda qatnashish kabi jinoyatlarda ayblashni davom ettirmoqda. Bunday ayblovlar qamoq muddatini uzaytirish uchun asos bo’lib xizmat qilmoqda. Qonunga ko’ra, qamoqxona ma’muriati mahbuslarga qarshi yangi ayblovlar qo’yishi mumkin, natijada yangi qamoq muddatlari kelib chiqmoqda. Faollar buni ko’pincha muddatning «uzaytirilishi» deb atashadi, ammo aslida bu amaldagi mahbusga chiqarilgan yangi jazo. Masalan, yil davomida 11 nafar diniy mahbus (har biri 20 yillik qamoq jazosini o’tamoqda) ushbu amaliyotga binoan qo’shimcha 10 yillik qamoq muddatini olgan.
Ma’muriyat: Inson huquqlari bo’yicha Ombudsman idorasi va Bosh prokuratura hibsga olinganlardan va jamoatchilikdan kelib tushayatgan shikoyatlarini tekshirishi mumkin. Ombudsman idorasi ayrim mahbuslarga tegishli tavsiyalar berishi mumkin, shu jumladan zo’ravonliksiz sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoni jinoyatga ko’proq mos kelitirish maqsadida ularni yumshatish uchun o’zgartirishi mumkin. Hibsga olingan yoki ozod qilingan mahbuslarning ayrim oila a’zolari Ombudsman ularning shikoyatlariga javob bermaganligini aytdi. 17 iyun kuni Ommaviy axborot vositalari «Otkritaya liniya» tashabbus guruhining ko’ngillilari Ombudsmanning iste’fosini talab qilib norozilik namoyishi o’tkazganligini xabar qildi. Namoyishchilar va mahbuslarning oila a’zolari aytishicha, mahbuslar qamoqxona ma’murlari, shu jumladan yuqori lavozimli idoralar rasmiylari tomonidan muntazam ravishda ta’qib qilinib kelmoqda, qo’rqitilmoqda, kaltaklanmoqda va kamsitilmoqda va psixologik qiynoqqa solinmoqda, Ombudsman esa oilalarning yordam so’rab qilgan iltimoslarini muntazam ravishda e’tiborsiz qoldirmoqda.
Ba’zi huquq himoyachilari advokatlar o’z mijozlari bilan uchrashishda hech qanday muammoga duch kelmaganliklarini bildirishdi, boshqalari esa bunga qo’shilmastan, qamoqxonalardagi mahbuslar oldiga kirish cheklangan va nazorat ostidaligini aytishdi.
Qamoqxonalar ma’muriyati odatda oila a’zolariga yiliga ikki-to’rt marta to’rt soatgacha mahbuslar bilan uchrashishga ruxsat berishgan. Shuningdek, ma’muriyat qamoqxona turiga qarab yiliga ikki-to’rt marta bir kundan uch kungacha uzoqroq tashriflarga, shuningdek tunab qolishga ruxsat berishgan. Mart oyidan boshlab tashrif buyurishda COVID-19 cheklovlari o’rnatilgan. Hukumat ba’zi diniy va siyosiy mahbuslarni rasmiy qamoqxonalarga emas, balki koloniyalarga ko’chirdi. Koloniyalar ko’pincha mahbuslarga muntazam ravishda kelib-ketishlari va ko’proq oilaviy aloqada bo’lishlari uchun imkoniyat beradi. Ba’zi mahbuslarga koloniya ichida yoki tashqarisida ishlab pul topishga ruxsat berilgan.
Hukumat mahbuslar har qanday dinni tutish huquqiga ega ekanligini ta’kidlagan, ammo ba’zi mahbuslar oila a’zolariga qamoqxona ma’murlari qamoqxona jadvaliga zid bo’lgan diniy marosimlarni o’tkazishga ruxsat bermaganliklari haqida shikoyat qilgan, bularni ichiga ertalabki namozlar ham kirgan. Ba’zi faollar bu holat yaxshilanganini aytgan bo’lsalar, boshqalari cheklash davom etayotganini aytishdi.
Barcha mahbuslarga Ramazon singari diniy bayramlarni tutish taqiqlab qo’yilgan, ularga ro’za tutish mumkin emas. Garchi ba’zi qamoqxona kutubxonalarida Qur’on va Injil nusxalari bo’lgan bo’lsa-da, oila a’zolari barcha diniy mahbuslarga diniy materiallar bilan tanishishga ruxsat berilmagani haqida shikoyat qilishni davom etmoqda.
Rasmiy hukumat protseduralariga ko’ra, mahbuslar «diniy ibodatlarda va oilaviy munosabatlarda, masalan, nikohda qatnashish» huquqiga ega. Shuningdek, yaqin qarindoshlar qamoqxona ma’muriyatidan ularning oila a’zolarining sog’lig’i va intizomiy holati to’g’risida og’zaki va yozma ma’lumot olish huquqiga ega. Mahbuslarning oila a’zolari, hukumat ularga mahbuslarning holati yoki sog’lig’i tohrisidagi ma’lumotlarni aks ettirgan hujjatlardagi yozuvlaribilan tanishishga ruxsat bermayatganligi to’g’risida xabar berishni davom etmoqda.
Mustaqil kuzatuv: Ba’zi mustaqil kuzatuvchilar qamoqxona tizimning ba’zi qismlariga, shu jumladan sudgacha bo’lgan qomoqxonalari, ayollar qamoqxonalari va qamoqxona turidagi yashash joylariga kirish huquqi cheklanganligi haqida xabar berishgan. Ammo Ezgulik mahbuslar bilan uchrashishda hech qanday muammo bo’lmaganligini xabar qildi. UNICEF muntazam ravishda mamlakatdagi 4 voyaga etmagan jinoyatchilar koloniyalariga tashrif buyurib turdi. Xalqaro Qizil Xoch Jamiyati 2013 yildan beri hibsga olinganlarbilan uchrashish uchun tashrif buyurmagan.
d. O’zboshimchalik bilan hibsga olish yoki qamash
Konstitutsiya va qonun o’zboshimchalik bilan hibsga olish va qamoqda saqlashni taqiqlaydi va har qanday shaxsning hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishining qonuniyligiga qarshi chiqish va sudda haqqini talab qilish huquqini beradi. Hukumat har doim ham ushbu talablarga rioya qilmadi.
Hibsga olish va ushlab turilganlarga etibor berish
Qonunga binoan sudya ayblanuvchilarni yoki gumon qilinuvchilarni hibsga olish to’g’risidagi har qanday qarorni ko’rib chiqishi shart. Sudyalar ko’p holatlarda hibsga olishga sanktsiya bergan. Sudlanuvchilar hibsga olingan paytdan boshlab yuridik maslahat olish huquqiga ega. Xususiy yuridik maslahat yollamaydiganlar uchun davlat tomonidan tayinlangan advokatlar mavjud. Advokatga ega bo’lish huquqi har doim ham ta’minlanmagan va ba’zan ayblanuvchilarni ushbu huquqdan voz kechish yozma bayonotlarga imzo qo’yishga majbur qilishgan. Himoyachilarni qo’rqitish va ishdan bo’shatish hollari juda salbiy ta’sir ko’rsatdi va siyosiy mahbuslarning yuridik maslahat olish imkoniyatini pasaytirdi.
Ba’zi himoyachilar mijozlarga murojaat qilishda qiyinchiliklarni, hibsga olingan shaxslar bilan uchrashish uchun huquqni muhofaza qilish muassasalarida shaxsiy uchrashuv joylari yo’qligini va ularning mijozlari ishi to’g’risida ma’lumot olish imkoniyati yo’qligini ta’kidladilar.
Qonun uy qamog’idan sudgacha qamoqda saqlashning bir turi sifatida foydalanishga ruxsat beradi. Qonun xibsga olinganlarga sudga qadar qamoqhonada qolish yoki sudgacha ozod qilinishini belgilashni sudyadan so’rashga ruxsat beradi. Vakillar ko’pincha ushbu tinglovlarga ruxsat beradi, lekin odatda prokurorlarning talablarini qondiradi va shu bilan sud nazorati ruhini pasaytiradi. Hibsga olish organi hibsga olingan shaxsning qarindoshini u hibsga olinganligi to’g’risida xabardor qilishi va hibsga olingan kundan boshlab 24 soat ichida so’roq qilishi shart.
1 aprelda hibsga olinganlarni himoya qilishning majburiy protseduralari, shu jumladan hibsga olinganlar bilan bog’liq harakatlarni videoyozuvga olish va hibsga olinganlarga protsessual huquqlarini tushuntirish joriy etildi. Shuningdek, yangi tartibda ichki ishlar xodimlari 24 soat ichida hibsga olingan shaxsning hibsga olinishi va joylashgan joyi to’g’risida oila a’zolarini yoki boshqa tayinlangan shaxslarni xabardor qilishi shartligi belgilab qo’yilgan. Ommaviy axborot vositalari va huquq himoyachilarining ma’lumotlariga ko’ra, ushbu himoya choralari yaxshi qo’llanilmagan va hibsga olinganidan keyin ichki ishlar xodimlari tomonidan hibsga olinganlar ustidan zorovonlik qilinishi haqida xabarlar tez-tez uchragan.
Fuqarolik jamiyati xabar berishicha, organlar xodimlari gumondorlarni oila a’zolari yoki advokatlarga hibsga olinganligi to’g’risida xabar berishdan oldin ularga jinoyat sodir etkanini tan olishiga erishish uchun jismoniy zo’rlik ko’rsatgan yoki qiynoqqa solgan. Fevral oyida Ombudsman idorasi 2019 yilgi yillik hisobotini e’lon qildi, unda huquqni muhofaza qilish muassasalaridagi so’roq qilish xonalaridagi kameralar tez-tez o’chirilganligi yoki hibsga olinganlar kameralar ko’rolmaydigan joylarida qiynoqqa solinayotgani va so’roq qilinganligi ta’kidlangan. Hisobotda bunday ishlarni ko’rib chiqish uchun maxsus tergov qo’mitasini tuzish talab qilingan. Ombudsmanning 29 may kunidagi gapiga ko’ra idoraga kelib tushgan qiynoqlarga oid shikoyatlarning 80-90 foizi qamoqxona tizimida emas, balki tergov hibsxonalarida sodir bo’lgan holatlarga oid.
10 avgustda Prezident Mirziyoyev hibsga olinganlarning hibsga olinganda himoyachilar bilan shaxsiy uchrashuv huquqini ta’minlash, guvohlarni so’roq qilish paytida advokatlarning ishtirokini ta’minlash, noqonuniy ravishda qo’lga olingan dalillardan foydalanishni taqiqlash orqali mahbuslarni qiynoqqa solishni bartaraf etish mexanizmlarini joriy etishga va aybdorlikni tan olish to’g’risidagi bitimlardan foydalanishni joriy etishga qaratilgan farmonni imzoladi.
Gumon qilinuvchilar sukut saqlash huquqiga ega va ularga advokat yordamidan foydalanish huquqiga egaligi to’g’risida xabar berilishi kerak. Rasmiy ayblovsiz hibsga olish 48 soat bilan cheklangan, ammo prokuratura sudyadan hibsni qo’shimcha 48 soatga uzaytirishni so’rashi mumkin, shundan so’ng shaxs ayblanishi yoki ozod qilinishi kerak. Sudyalar odatda bunday so’rovlarni qondirishadi va bunday muddatni uzaytirgan sudya ko’pincha sud jarayonini ham boshqaradi, bu esa qonunbuzarliklarni yashirishga imkoniyat yaratadi. Huquq himoyachilarining so’zlariga ko’ra, organlar hodimlari gumonlanuvchilarni hibsga olishning ruxsat etilgan muddatidan keyin ham ushlab turishadi. Rasmiy ayblovlar qo’yilgandan so’ng prokuror gumonlanuvchini garov evaziga ozod qilish to’g’risida (yoki shaxs yoki jamoat tashkilotining kafilligi asosida), tergov hibsxonasida qolish yoki uy hibsida saqlash to’g’risida qaror qabul qiladi. Hibsga olish sudini olib boruvchi sudya, sud jarayoni davomida sudyalar qatorida o’tirishi mumkin.
Qonun dastlabki tergov qamoqxonalari ma’murlaridan mahbusning iltimosiga binoan mahbus va Inson huquqlari bo’yicha vakolatxona vakili o’rtasida uchrashuv tashkil etishni talab qiladi. Ma’muriyat qamoqxonalarda ushlab turilganlarga Ombudsman idorasi va Bosh prokuratura idoralariga maxfiy shikoyatlar berishga ruxsat berdi.
Ma’murlar ayblov e’lon qilgandan so’ng, tergov davom etayotganda gumon qilinuvchilar sudga qadar uch oygacha hibsda ushlab turilishlari mumkin. Qonun, tegishli prokurorning iltimosiga binoan, tergov muddatini etti oygacha uzaytirishga ruxsat beradi, u shuningdek mahkumni sudgacha garov ostida ozod qilishi mumkin. Inson huquqlari faollarining aytishlaricha, hukumat ko’pincha ushbu huquqiy himoyaga e’tibor bermagan. Hibsga olingan va jinoyatda ayblanayotganlar «to’g’ri xulq-atvor» kafolatini bergan bo’lsalar va sudga kelishga va’da bersalar sudga qadar garovsiz ozod qilinishlari mumkin.
Qarorga binoan barcha advokatlar qayta litsenzia olish uchun imtihondan o’tishlari kerak. So’nggi yillarda inson huquqlari faollari va mustaqil jurnalistlarning vakillari bo’lgan bir necha tajribali va bilimdon advokatlar qayta litsenziyalash imtihonini topshirganlaridan keyin, yoki Adliya vazirligi nazorati ostidagi advokatlar uyushmasining, ular professional etika normalarini buzganliklari to’g’risidagi xati tufayli, litsenziyalaridan mahrum bo’lishdi.
Mamlakatda aholining jon boshiga advokatlarning soni nisbatan kam, va faollarning ta’kidlashicha, bunga sabab – advokatlarning sudyalar va prokurorlarga nisbatan ish haqi, obro’si va ta’sir darajasining pastligi.
30 noyabr kuni Prezident Milliy gvardiya, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligiga advokatlarning mijozlar bilan bo’lgan aloqalarini kuzatib borish huquqini beruvchi qonunni imzoladi. Prokuror yoki tergovchining roziligi bilan hukumat xodimlari (shu jumladan prokurorlar, tergovchilar va davlat organlari) sudlanuvchi va uning advokati o’rtasida telefon va boshqa telekommunikatsiya vositalari orqali olib bo’rilgan suhbat, xabar va boshqa ma’lumotlarga ega bo’lishlari mumkin. Ular ushbu suhbatlarni yozib olishlari hum mumkin. Ba’zi hollarda, hibsga olingan gumonlanuvchilardan o’z ishlarini ommaviy ravishda muhokama qilmaslik to’g’risidagi bitimni imzolash talab qilingan. Inson huquqlari bo’yicha advokatlarning shikoyatiga ko’ra hukumat hodimlari ushbu taktikani advokatlar va ularning mijozlari tashqi yordam olishlariga yo’l qo’ymaslik yoki ularning ishi to’g’risida oshkoralikni kuchaytirmaslik uchun qollashadi.
O’zboshimchalik bilan hibsga olish: Blogerlar va faollar ba’zida o’zboshimchalik bilan hibsga olindi. Iyul oyida mahalliy ichki ishlar xodimlari Qoraqalpog’istonda sud chaqiruvisiz jurnalistlarni noqonuniy ravishda hibsga olgan va so’roq qilgan va mahalliy hokimiyat vakilining sog’lig’i to’g’risida «yolg’on» xabar berishda ayblab ularning telefonlari va noutbuklarini olib qo’ygan. Bosh prokuratura bu mahalliy ichki ishlar xodimlarini «noqonuniy harakatlarini» tanqid qilgan.
O’tgan yillardan farqli o’laroq, diniy guruhlar bu yili o’z a’zolarini o’zboshimchalik bilan hibsga olinmagani haqida xabar berishdi.
Hukumat diniy jinoyatlar yoki hukumatga qarshi jinoyatlar uchun sudlanganlarning ism-shariflari ko’rsatilgan profilaktik kuzatuv ro’yxatlaridan foydalanishni bosqichma-bosqich bekor qildi. 2019 yilda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2016 yildan beri diniy sabablarga ko’ra sudlangan 20 mingdan ortiq mahbusni kuzatuvlar ro’yxatidan chiqarib tashlashini e’lon qildi. Kuzatuv ro’yxatida qancha odam qolgani noma’lum.
Ilgari, kuzatuv ro’yxatidagi shahslar so’roq uchun ichki ishlar organlariga qatnab turishi majbur edi, ularga pasport va sayohat vizalari berilmasedi va ba’zi hollarda smartfonlarni sotib olish va ulardan foydalanishni taqiqlagan edi.
Qonunda diniy ekstremizmda ayblanib hukm qilingan mahbuslarning qamoqdagi hujjatlarini ko’rib chiqadigan komissiya mavjud. 26 avgust kuni Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ayrim mahbuslar avf etilishi yoki Mustaqillik kuni sharafiga ozod qilinishini e’lon qilgan videoni tarqatdi. Tashqi ishlar vazirligi ta’kidlaganidek, afvlanuvchilarning katta qismi «diniy ekstremizm» da ayblanib sudlanganlar. Video va unga qo’shib berilgan matbuotdagi malumotlarga ko’ra, hukumat 2016 yilda sobiq prezident Karimov vafot etganidan beri 4500 mahbus ozod yoki avf qilingan, shu jumladan 1584 diniy mahbus (ulardan 1215 shaxs ozod qilingan va 369 shaxsning jazo muddati qisqartirilgan). 27 avgust kuni, mamlakat mustaqilligi kuni oldidan qo’shimcha 113 mahbus, jumladan 105 diniy mahbus, afv etildi. 7 dekabr kuni Konstitutsiya kuni munosabati bilan hukumat 104 mahbusni, shu jumladan 21 diniy mahbusni, ozod qildi, shu bilan 2016 yildan beri ozod qilingan diniy mahbuslarning soni 1710 kishini tashkil etdi. Yana bir boshqa komissiya «xato qilib taqiqlangan tashkilotlarga a’zo bo’lgan» shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqadi. Komissiya fuqarolarni barcha jinoiy javobgarlikdan ozod qilish huquqiga ega bo’lsa-da, kuzatuvchilar xabar berishicha, komissiya ko’rib chiqqan ko’p hollarda bu vakolatni qo’llamagan.
Sudgacha hibsda saqlash: Prokurorlar odatda jinoiy protseduralarning ko’p jihatlari, shu jumladan sudgacha hibsda saqlashni amalda qo’lladilar. Ushlab turilganlarga bunday huquqni beradigan qonunga qaramay, ma’murlar mahbuslarni sudgacha qamoqda ushlab turish muddati yoki asosliligini shubha ostiga qo’yish uchun sudga murojaat qilishga imkon bermaganlar. Hukumat ayblov qo’ymagan taqdirda ham, militsiya va prokuratura xodimlari ayblovsiz ushlab turilishi mumkin bo’lgan vaqtni cheklashdan qochib, ularni gumondor emas, balki guvoh sifatida ushlab turishga harakat qildi. Qamoqxona tizimini nazorat qiluvchi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarida ushlab turilganlar soni to’g’risida ma’lumot bermadi yoki mustaqil tashkilotlarga kirishga ruxsat bermadi.
Mahbusning sudda hibsda saqlashning qonuniyligini shubha ostiga qo’yish qobiliyati: Qonun bo’yicha, hibsga olinganlar yoki ilgari hibsga olinganlar o’zlarining hibsga olinishlarining qonuniyligini isbotlash uchun sudga shikoyat qilishlari mumkin. Ba’zida, murojaatlar arizachining iltimosiga binoan jamoatchilik uchun ochiq bo’lgan. Yangi dalillar kamdan-kam eshitildi. Apellyatsiya sudlari avvalgi sud protseduralarini ko’rib chiqdilar va da’vogarlardan o’zlarining aybsizligi yoki aybdorligiga iqror bo’lishlarini talab qildilar. Apellyatsiyalar kam hollarda sudlar o’zlarining dastlabki qarorlarini bekor qilishiga olib keldi.
e. Adolatli ochiq sud muhokamasini rad etish
Konstitutsiya sud tizimini tashkil etadi; ammo sud tizimi to’liq mustaqillik va xolislik bilan ishlamaydi. Bosh prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari vaqti-vaqti bilan sud organlari xodimlariga kerakli hukmlarni chiqarish uchun noo’rin bosim o’tkazdilar. Muddat qancha bo’lishidan qat’iy nazar, sudyalar Oliy sud kengashi tomonidan o’zboshimchalik bilan ishdan bo’shatilishi mumkin va bu ularni siyosiy bosimga olib kelishi mumkin.
Sudyalar Oliy sud kengashi tomonidan Senat bilan kelishilgan holda tayinlanadi. Qonunga ko’ra, ayrim sharoitlarda «umrbod» tayinlanishlar mumkin. Qonunda «Sudyalar belgilangan tartibda dastlabki besh yillik muddatga, muntazam 10 yillik va keyingi noma’lum muddatga tayinlanadi yoki saylanadi» deb belgilangan. Belgilangan muddatiga qaramay, Oliy sud kengashi sudyalarni ishdan bo’shatishi mumkin. 20 avgust kuni kengash OAV vakillarini o’zining birinchi yig’ilishga taklif qilgan va bu yig’ilishda 19 yangi sudyani tayinlashga tegishli muhokama olib borgan.
Sud jarayoni
Qonun adolatli va ochiq sud bo’lish huquqini beradi, lekin amalda bu har doim ham shunday bo’lmadi. Jinoyat kodeksida aybsizlik taxmin bo’lishi ko’rsatilgan. Sud tizimi ma’muriyati sud jarayonlarini rasman jamoatchilikka ochiq qilgan va sud jarayonlarini kuzatish uchun xalqaro kuzatuvchilarga umuman ruxsat berilgan, ammo sudyalar yoki boshqa rasmiy xodimlar o’zboshimchalik bilan ba’zi ishlar boicha jarayonlarni kuzatushga ruhsat bermagan, hatto fuqarolik ishlari bo’yicha ham. Sudyalar sud majlislarini istisno holatlarida, masalan, davlat sirlari bilan bog’liq yoki jabrlanuvchilarni va guvohlarni himoya qilish uchun yopishi mumkin. Odatda, sud haqida jarayon boshlanishidan atigi bir yoki ikki kun oldin e’lon qilinadi va sud majlislari otkazilishi tez-tez kech qoldiriladi.
Odatda sud jarayonlariga bitta professional sudyadan va ishchilar jamoalari qo’mitalari yoki mahalla qo’mitalari tomonidan tanlangan ikkita maslahatchilar hay’ati raislik qildi. Sud maslahatchilari kamdan-kam gapiradilar. Odatda professional sudya prokurorlarning protsessual qarorlar va hukmlar bo’yicha tavsiyalarini qabul qiladi.
Ayblanuvchilar sud muhokamalarida qatnashish, guvohlarni savolga tutish va dalillarni taqdim etish huquqiga ega, lekin sudyalar ko’pincha qo’shimcha guvohlarni chaqirish yoki sudlanuvchini qo’llab-quvvatlovchi dalillarni hujjatlarga kiritish talablarini rad etishdi.
Sudda ko’rilgan jinoiy ishlarning aksariyati aybdorlik hukmiga olib kelgan bo’lsada, oqlashlar soni ko’paydi. Oliy sudning veb-saytida yozilishicha, oqlovlar soni 2016 yildagi 6 dan 2017 yilda 263 taga, 2018 yilda 867 taga, 2019 yilda 859 taga ko’paygan (2019 yilda qabul qilingan 27 603 ta ayblovchi hukmga solishtirganda).
BMTning sudyalar va advokatlar mustaqilligi bo’yicha maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan o’zining sentyabr oyida mamlakatga tashrifidan keyingi matbuot anjumanida 2019 yilda Oliy Sud kengashining tashkil etilishi, oqlashlarning ko’payishi va bu borada yaxshilanish jarayonining yo’lga qo’yilishini, jamoatchilikning sud qarorlaridan foydalanish imkoniyati, mamlakatda sud mustaqilligini ta’minlash yo’lidagi muhim qadam ekanligini ta’kidladi. Uning iyun oyida e’lon qilingan rasmiy hisobotida korruptsiya hali ham dolzarb bo’lib qolayotgani va bir qator aralashuvlar sud hokimiyatining boshqa hokimiyat tarmoqlaridan mustaqilligiga (institutsional mustaqillikka ta’sir) va ayrim sudyalarning ishlarni ko’rib chiqishdagi mustaqilligiga (shaxsiy mustaqillikka ta’sir) salbiy ta’sir etayotgani ta’kidlangan. Hisobotda «prokurorlar jinoiy sud ishlarida muhim rolni saqlab qolishgan va Bosh prokurorni tayinlash va lavozimidan ozod etish jarayonlari sud hokimiyatiga qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan haddan tashqari siyosiy ta’sirni oldini olish uchun etarli kafolatlar bermaydi va butun prokuratura organlarining institutsional mustaqilligi darajasini savol ostiga qo’yadi» deya ta’kidlangan.
BMTning maxsus ma’ruzachisi hisobotida shuningdek kuydagilar ta’kidlangan: «advokatlarning etishmasligi, ayniqsa Toshkentdan tashqarida, odil sudlovga erishishga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatadi va advokatlar bilan mijozlar urtasida muloqat jarayoni bir qator to’siqlarga ega, ayniqsa tergov hibsi davrida.» Ba’zi advokatlar, masalan, terroristik jinoyatlarda ayblangan yoki siyosiy mahbuslarni himoya qilayotganlar, hibsxonalarda mijozlar bilan uchrashishdan oldin ta’qib va noqonuniy tintuvlarga duch kelayatgani haqida xabar berishgan. Bundan tashqari, hisobotda ta’kidlanishicha, advokatlar hukumat idoralarida mavjud bo’lgan ma’lumotlar, fayllar va hujjatlarbilan tanishish imkoniyatiga ega emaslar. Hisobotda aytilishicha, ko’p holatlarda advokatlarga ayblov e’lon qilinishidan oldin ish materiallari bilan tanishish va guvohlarni chaqirish yoki so’roq qilish imkoniyati berilmagan. Davlat xavfsizligi bilan bog’liq ishlarda advokatlar ayblov xulosasi yoki yakuniy qaror bilan tanishish imkoniga ega bo’lmaganlar. Hisobotda aytilishicha, bu, sudlanuvchilarni amalda har qanday samarali yuridik yordamdan mahrum bo’lganligi sababli, teng huquqlilik tamoyilining jiddiy buzilishiga olib kelgan.
Hukumat zarurat bo’lganda yuridik maslahatchi va tarjimonlarni bepul taqdim qilgan. Ishonchli xabarlarga ko’ra, davlat tomonidan tayinlangan himoyachilar muntazam ravishda o’zlarining mijozlari uchun emas, hukumat manfaatlari yo’lida harakat qilishgan, chunki ularning daromadlari davlatga bog’liq va ular davlat tomonidan jazodan qo’rqishgan.
2019 yilda Adliya vazirligi huquqiy ongni oshirishga ko’maklashish va bepul yuridik maslahat va amaliy yuridik yordam berish maqsadida, shu jumladan e-maslahat.uz onlayn portalining faoliyati orqali, «Madad» nodavlat notijorat tashkilotini ro’yxatdan o’tkazdi.
Qonunga binoan prokuror suddan hibsga olish to’g’risida order talab qilishi kerak va sudlar bunday talablarni kamdan-kam hollarda rad etadi. Prokuratura hibsga olish to’g’risida buyruq olgandan keyingi jarayonda katta kuchga ega. Prokuratura tergovni boshqaradi, jinoiy ishlarni tayyorlaydi, sudyalarga hukmlarni tavsiya qiladi va sud qarorlari, shu jumladan hukmlar ustidan shikoyat qilish haqiga ega. Rasmiy ayblovlar qo’yilgandan so’ng prokuror gumonlanuvchini garov puli evaziga ozod qilish, tergov hibsxonasida saqlash yoki uy hibsida saqlash to’g’risida qaror qabul qiladi. Garchi Jinoyat kodeksida aybsizlik taxmini belgilab qo’yilgan bo’lsa ham, prokuror tavsiyalari ustunlik qiladi. Agar sudyaning hukmi prokurorning tavsiyasiga to’g’ri kelmasa, prokuror hukm ustidan yuqori sudga shikoyat qilishi mumkin. Sudyalar o’zlarining hukmlarini ko’pincha faqat iqrorlik va guvohlarning ko’rsatmalariga asoslanib, ba’zi hollarda, aytilishicha, hukumat iddaolari to’monidan zo’rovonlik, oila a’zolariga tahdid yoki boshqa majburlash usullari bilan chiqargan. Ushbu amaliyotlardan, xususan, diniy ekstremizmga tegishli ishlar bo’icha keng foydalanilgan. Himoyachilar ham, prokurorlar ham sudyalarga aybga iqrorlikni rad etishga va qiynoqqa oid da’volarni tekshirishga tegishli talablarni to’pshirishlari mumkin.
Hukumat ikkala tomon rozilik bergan taqdirda, sud muhokamalarini jonli efirda uzatishda davom etdi, bunday eshittirishlar odatda ma’muriy huquqbuzarliklar yoki iqtisodiy ishlar bilan bog’liq bo’lgan mayda ishlarga cheklab qo’yildi.Oliy sud qarorlarini o’z veb-saytida e’lon qilishga urinishiga qaramay, quyi darajadagi sudlar odatda o’z qarorlarini e’lon qilmaydilar va bu esa advokatlarga oldingi dalillarni ko’rishlariga qiyinchilik yaratadi.
Qonun sudlanuvchilarga apellyatsiya berish huquqini beradi, ammo apellyatsiya shikoyati kamdan-kam hollarda sudining qarorini bekor qilinishiga olib keladi. Ba’zi hollarda, apellyatsiya shikoyati jazo muddatini qisqartirilishiga yoki shartli ravishda ozod qilinishga olib kelgan.
Siyosiy mahbuslar va qamoqdagilar
Avgust oyida hukumat 4 nafar taniqli mahbusni ozod qildi. Shulardan uchtasi (Rustam Abdumannopov, Iskandar Xudayberganov va Akrom Malikov) Toshkentdagi «Ezgulik» inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti va boshqa mahalliy huquq himoyachilari tomonidan mamlakatda qolgan 3 siyosiy mahbus deb hisoblangan. Ozod qilingan 4chi mahbus taniqli diniy mahbus Ruxitdin Faxrutdinov edi. Yana qancha diniy mahbuslar hibsda qolayotgani noma’lum.
O’tgan yillar davomida, hukumat tinch siyosiy shaxslarni nishonga olgan va ularni terroristik va ekstremistik faoliyatda yoki hukumat diniy fundamentalistik tashkilot deb ataydigan tashkilotlarga a’zolikda ayblagan. Nodavlat tashkilotlar vakillari hibsga olingan bunday shaxslarning sonini mustaqil ravishda tekshira olmayotganliklarini aytishdi. Yil davomida bunday hibsga olishlar to’g’risida xabar olinmadi.
Davlat vakillari ba’zan siyosiy mahbuslar va qamoqdagilarga boshqa mahbuslar kabi himoya imkonini bermagan, shu jumladan uzoq vaqt aloqa qilmaslik, tanlangan advokatlar bilan uchrashishni cheklash va ulardan ba’zilarini ruhiy jihatdan qo’rqitish. Hukumat ba’zida inson huquqlari yoki Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi kabi insonparvarlik tashkilotlariga bunday shaxslarning oldiga kirishiga ruxsat bermadi.
Avvalgi ko’p siyosiy mahbuslarga ko’ra, hukumat ozod qilingan mahbuslarga ularning jamiyatga qaytishlariga yordam berish uchun shartli ravishda nafaqa beradi, garchi ba’zilar va’da qilingan imtiyozlarni olmaganlarini habar qilishdi.Bunday nafaqalar yashash joyiga borish xarajatlari, sog’liq uchun foydalar va mamlakatda shaxsni aniqlashning asosiy turi bo’lgan ichki pasportni rasmiylashtirishni o’z ichiga oladi. Ozodlikga chiqarilganda, mahkumlar o’zlarining ozod qilinish shartlarini tushunganliklarini tasdiqlovchi hujjatga imzo chekadilar. Bu, odatda, bir yilgacha chet elga chiqishni taqiqlashni o’z ichiga oladi. Bir necha sobiq mahbuslar ma’murlar ularga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish sharti bilan jarima undirganlarini ma’lum qildilar. To’lov shartlariga rioya qilmaslik shartlar bekor qilinishiga olib kelishi mumkin. Masalan, sobiq mahbuslardan biri ozod qilinganidan keyin 18 oy davomida hukumatga oylik ish haqining 20 foizini to’lashi talab qilingan.
2019 yilda yuqori darajadagi hukumat vakillari vaqti-vaqti bilan mamlakatning turli mintaqalariga tashrif buyurib, ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarga, masalan sobiq mahbuslarga, tushuntirish ishlarini olib borishdi va ushbu siyosat saqlab qolinishini ta’kidlashdi. COVID-19 bilan bog’liq harakatlarni cheklashlar va butun mamlakat bo’ylab chiqarilgan qat’iy karantin protokollari hukumat vakillarining bunday tashriflarni amalga oshirish qobiliyatiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. O’tgan yillarda, sobiq mahbuslar farzandlarini bolalar bog’chalariga joylashtirish, uy-joy bilan ta’minlanishga tegishli yordam olishda duch kelayatgan qiyinchiliklar, shuningdek ularni shartli ravishda ozod qilish shartlariga bog’lik xavotirlarini bildirishgan.
Ba’zi sobiq siyosiy mahbuslarning ta’kidlashicha, qog’ozda ular hanuzgacha jinoyatchilar deb hisoblanadi, chunki ular ozod etilganidan keyin hukumat ularni to’la oqlamagan. 3 nafar sobiq siyosiy mahbus, jumladan 13 yillik qamoq jazosining 11 yilini o’tab, 2017 yilda ozod qilgan A’zam Farmonov, 2019 yilda 3 muvaffaqiyatsiz marta Adolatni Tiklash nomli nodavlat tashkilotni ro’yxatdan o’tkazishga uringan. 9 mart kuni Adliya vazirligi nodavlat tashkilotni yangi Xukukiy Tayanch nomi bilan ro’yxatdan o’tkazdi; bu NNT siyosiy mahbuslarning noqonuniy hibsga olinishiga tegishli holatlarni ko’rib chiqishni, shu jumladan ularga tegishli rasmiy ma’lumotlarni berishni va ayiblardan oqlash, bekor qilish yoki boshqa usullar bilan ozod qilishni talab qildi.
Amnistiya: Hukumat har yili amnistiya e’lon qiladi va diniy ekstremizm yoki boshqa jinoyatlar uchun qamalgan shaxslarni ozod qiladi. Yil davomida 5 alohida holatda, Prezident Mirziyoyev diniy ekstremizm yoki boshqa sabablarga ko’ra hibsga olingan 243 mahbusni ozod qildi yoki jazo muddatini qisqartirdi.
Mamlakatdan tashqaridagi shaxslarga qarshi siyosiy tazyiq
Qirg’iziston 9 avgust kuni jurnalist Bobomurod Abdullaevni Toshkentga ekstraditsiya qildi. Xabarlarga ko’ra, O’zbekiston hukumati jurnalistni hukumatga qarshi jinoyatlar bo’yicha ikki ayblov bilan ayblagan. Abdullaev maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik to’g’risidagi bitimni imzolagandan so’ng, u ozod qilindi va ayblovlar bekor qilindi (2.a bo’limiga qarang).
Fuqarolik sud ishlarini yuritish va himoya vositalari
Fuqarolar fuqarolik sudlariga mansabdor shaxslar tomonidan tergovchilar, prokurorlar va sudyalardan tashqari, inson huquqlari buzilganligi to’g’risida da’vo qo’zg’atishlari mumkin. Fuqarolik jamiyati o’tmishda sudyalar tomonidan qabul qilingan pora ularning sud qarorlariga ta’sir qilganini ma’lum qildi.
Mulkni qaytarish
Toshkent va boshqa viloyatlardagi eski, sobiq Sovet davrida qurilgan ko’p qavatli binolarni va xususiy uylarni buzish bo’yicha shaharlarni yangilash bo’yicha hukumat kampaniyalari o’n minglab fuqarolarni o’z uylari va bizneslaridan haydab chiqargan. 14 fevral kuni Surxondaryo janubidagi dastur doirasida uylari buzilishga tushgan bir qishloq aholisi bilan ichki ishlar xodimlari o’rtasida janjal kelib chiqgan.
Shuningdek, fevral oyida Qarshida bir ayol uyining noqonuniy buzilishiga qarshi norozilik bildirish uchun o’zini viloyat prokuraturasi oldida yoqib yuborgan va qattiq tan jarohati olgan. 28 avgust kuni Toshkentdagi mahallada 100 dan ortiq aholi ko’p qavatli uy qurilishi rejasiga binoan buzilishga tushgan o’z hususiy avtogarajlarini himoya kilish uchun bir necha oy davom etgan norozilik namoyishini boshlagan.
f. Shaxsiy hayot, oila, uy yoki yozishmalarga asossiz yoki noqonuniy aralashuv
Konstitutsiya va qonun shaxsiy hayotga, oilaviy hayotga, yozishmalariga o’zboshimchalik bilan yoki noqonuniy aralashishni taqiqlasada, hokimiyat idoralari ushbu taqiqlarni hurmat qilmadilar. Qonunda prokurorlarning elektron kuzatuv olib borish uchun ruxsat olish to’g’risidagi arizalarini ma’qullash talab etiladi, ammo bunday ruxsatnomalarni sud tomonidan ko’rib chiqish uchun hech qanday qonun mavjud emas.
6 avgust kuni noma’lum hakerlar bir vaqtning o’zida bir nechta bloggerlar va jurnalistlarning, shu jumladan https://t.me/nobody_cares_but (10 000 obunachi) https://t.me/insider_uz (7 000 obunachi), https://t.me/kurbanoffnet (7 000 obunachi) Telegram kanallari egalarining va jurnalistlar Zafarbek Solixonov va Anora Sodiqova Telegram akkauntlariga hujum uyushtirdilar. Bloggerlar va jurnalistlar keyinchalik Internetda bu hujumga izoh berib hakerlarning maqsadi nafaqat so’z erkinligiga tajovuz qilish, balki keyinchalik ularga qarshi ishlatilishi mumkin bo’lgan shaxsiy ma’lumotlarni olish ekanligini aytishdi. «Biz bu hujum aniq shaxslarga qaratilganini bilamiz, shuning uchun asosiy nishon pul emas deb aytish mumkin», deb yozgan jurnalist va blogger Eldar Asanov o’zining Telegram-kanalida (8 000 obunachi).
Hukumat 2019 yilda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va ular bilan ish yuritishga bog’liq masalalarni hal qiladigan yagona nizomni qabul qildi. Ilgari ko’plab qonunlar va qarorlar hukumat tomonidan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish va ular bilan ish yuritishni tartibga solgan, bu esa muvofiqlashtirishni murakkablashtirgan. Ushbu qonun mamlakatning shaxsiy ma’lumotlar to’g’risidagi qoidalarini xalqaro standartlarga muvofiq unifikatsiyalashga qaratilgan birinchi urinish bo’ldi.
Diniy guruhlar a’zolari uylariga va ro’yxatdan o’tmagan jamoat yig’inlariga reydlar o’tkazilgani to’g’risida hech qanday ma’lumot yo’q.
Hukumat taxminan 12 000 mahalla qo’mitasidan potentsial «ekstremistlar» haqida ma’lumot manbai sifatida foydalanishda davom etmoqda. Qo’mitalar turli xil ijtimoiy qo’llab-quvvatlash funktsiyalarini, shu jumladan qariyalarga, yolg’iz oila boshilarga yoki ko’p bolali oilalarga ijtimoiy yordamni tarqatuvini ta’minlaydi; oiladagi zo’ravonlik holatlarida kerakli yordam beradi; va aholi o’rtasidagi nizolarni ko’rib chiqadi, ammo shu bilan birga ular mahalliy hukumat va huquqni muhofaza qilish organlariga mahalliy jamiyat a’zolari to’g’risida ma’lumot berishning bir usuli bo’lib xizmat qilmoqda. Qishloq joylaridagi mahallalar shahardagi mahallalarga qaraganda ko’proq obruga ega.
Fevral oyida Prezident Mirziyoyev o’z farmoni bilan Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligini tashkil etdi. Yangi vazirlik zimmasiga ayollar, oila va ijtimoiy tuzilmalar masalalarida davlat idoralari va mahallalar o’rtasida yaqin hamkorlikni ta’minlash vazifasi yuklatilgan.
Ikkinchi Bo’lim. Fuqaro erkinliklariga hurmat, shu jumladan:
a. So’z erkinligi, shu jumladan matbuot uchun
Konstitutsiya va qonunchilikda so’z erkinligi, shu jumladan matbuot erkinligi uchun ham huquq mavjud, lekin hukumat onlayn va oflayn OAV uchun ushbu huquqlarni chekladi.
So’z erkinligi: Hukumat odamlarning hukumatni tanqid qilish yoki umumiy ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarni muhokama qilish imkoniyatiga nisbatan rasmiy va norasmiy cheklovlar qo’lladi. Qonun prezidentni tanqid qilishni cheklaydi va prezidentni ochiqchasiga haqorat qilish jinoyat hisoblanadi, va bunday jinoyat besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qonun diniy mojaro va etnik nizolarni qo’zg’atadigan yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag’darish yoki ag’darishni targ’ib qiluvchi maqolalarni nashr etishni taqiqlaydi.
9 avgust kuni Qirg’izistonning Bishkek shahrida mahalliy hukumat vakillari o’zbekistonlik jurnalist Bobomurod Abdullaevni O’zbekiston hukumatining iltimosiga binoan hibsga oldi. Abdullaevga O’zbekiston Jinoyat kodeksining 158 (Prezidentga qarshi jinoyat) va 159 (Konstitutsiyaviy tuzumni ag’darishga urinish) moddalari bo’yicha ayblov e’lon qilindi. Ayblovlarga ko’ra Abdullaev «Qora Mergan» ismli O’zbekiston hukumati vakillariga qarshi korruptsiya ayblovlarini nashr etuvchi taxallus ostida yozuvchi muallif bo’lgan. 22 avgust kuni Qirg’iziston vakillari Abdullaevni majburan O’zbekistonga qaytarib berishdi. U maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik to’g’risidagi shartnomani imzolagandan so’ng ozod qilindi, va bir necha hafta o’tgach hukumat ayblovlari bekor qilindi.
Matbuot va ommaviy axborot vositalari erkinligi, shu jumladan Internetdagi ommaviy axborot vositalari erkinligi: Hukumat ommaviy axborot vositalari materiallarini nazorat qilib turgani uchun ular erkin faoliyat yuritishmagan. Barcha xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari tashkilotlari ro’yxatdan o’tishlari va ularning asoschisi, bosh muharriri va xodimlarining ismlarini ko’rsatishlari shart. Bosma ommaviy axborot vositalari ham, hukumatga nashrlarning bosma nusxalarini taqdim etishi shart. Qonun barcha xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari tashkilotlari o’zlarining ma’lumotlarining to’g’riligi uchun javobgar bo’lishlari, chet ellik jurnalistlarning mamlakatda rasmiy akkreditatsiyasiz ishlashlari taqiqlanganligi va xorijiy ommaviy axborot vositalarining ichki ommaviy axborot vositalari to’g’risidagi qonunlariga bo’ysundirilganligini ta’kidlaydi. Hukumat ba’zi xorijiy jurnalistlar va ommaviy axborot vositalarining mamlakatda ishlash imkoniyatidan mahrum qilish uchun akkreditatsiya qoidalaridan foydalangan. Masalan, hukumat Ozod Evropa/Ozodlik Radiosining akkreditatsiya talabini rad etishda davom etdi.
Boshqalar, jumladan BBC, Amerika Ovozi va Eurasianet, akkreditatsiya olishgan.
Yanvar oyidan davlatning Milliy ommaviy axborot vositalarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi ish boshladi. Fondining asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalariga media-bozorda teng huquqlarni yaratish va ta’minlashda yordam berish va jurnalistlar va bloggerlar huquqlarini ilgari surishdir.
COVID-19 pandemiyasi paytida bosma gazeta va jurnallar bir necha oy davomida nashr etilisholmadi. Ularning o’rniga Kun.uz va Daryo.uz kabi mashhur onlayn ommaviy axborot vositalarida, shuningdek Telegram ijtimoiy xabarlar ilovasidagi kanallar orqali reportajlar ko’paytirildi.
20 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) etakchi yangiliklar veb-saytlari Kun.uz, Gazeta.uz va Podrobno.uz larga Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilingan rasmiy COVID-19 statistikasining to’g’riligi to’g’risida shubha bildirganlari uchun ogohlantirish xati yubordi. AOKA tomonidan yuborilgan maktubda: «tasdiqlanmagan ma’lumotlarning nashr etilishi va bu borada bildirilgan munosabat jamoatchilik orasida noto’g’ri fikrning shakllanishiga olib keldi» deb ta’kidlangan. AOKA maktubida «kelajakda bunday tekshirilmagan ma’lumotlarning nashr etilishi jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi» haqida ogohlantirildi. Keyinchalik, AOKA bosh direktori Asadjon Xodjayev 26 noyabr kuni Kun.uz, Daryo.uz va Gazeta.uz kabi bir qator ommaviy axborot vositalarini notog’ri ma’lumot tarqatishda ayblab, yana bir «jiddiy huquqiy oqibatlar» bilan qo’rqitdi.
29 dekabr kuni Prezident Mirziyoyev parlamentga yillik murojaatida ommaviy axborot vositalarining erkinligini qo’llab-quvvatladi va “Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda ro’y berayotgan keng ko’lamli o’zgarishlarni xolis yoritish bilan bir qatorda hukumat va jamoatchilikni e’tiborini joylardagi dolzarb muammolarga jalb qilmoqda va barcha darajadagi rahbarlarni ushbu muammolarni hal qilishga undamoqda. Bugungi kunda ular tobora «to’rtinchi kuchga» aylanib bormoqda» deb aytdi.
Qonunda bloggerlarni e’lon qilayatgan ma’lumotlarining to’g’riligi uchun qonuniy javobgarlik ko’zda tutilgan va shaxsning «sha’ni va qadr-qimmatini» kamsitishi mumkin deb hisoblanadigan xabarlar taqiqlangan.
Hukumat diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizmni targ’ib qilish hamda etnik va diniy adovatni qo’zg’atishni taqiqlaydi.
Davlat nazorati ostidagi gazetalardagi maqolalar hukumat nuqtai nazarini aks ettiradi. Hukumatning asosiy gazetalarida tanlangan xalqaro yangiliklar chop etildi. Hukumat 30 foizdan ortiq xorijiy mulkka ega bo’lgan yuridik shaxslarga ommaviy axborot vositalarini ochishni taqiqlab qo’ydi. Hukumat reklama, munajjimlar bashoratlari va ba’zi mahalliy yangiliklarni chop etuvchi, shu jumladan hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini kam miqdorda tanqid qiluvchi cheklangan tirajli bir nechta xususiy gazetalarni nashr etishga ruxsat berdi. Hukumat nazorati ostidagi ba’zi bosma nashrlarda mahalliy rahbariyat idoralarni ochiq tanqid qilgan maqolalar chop etildi.
Mustaqil deb taxmin qilingan bir nechta veb-saytlar doimiy ravishda hukumatning nuqtai nazarini tarqatdi. Hukumat tasarrufidagi O’zbekiston kanali 24 soat faoliyat yuritadigan yangiliklar kanali bo’lib, u o’zbek, rus va ingliz tillarida voqealar va yangiliklarni yoritadi.
Zo’ravonlik va ta’qib: Ichki ishlar va xavfsizlik xizmati organlari bosma va eshittirishlar olib boradigan jurnalistlarga qarshi hibsga olish, ta’qib qilish va qo’rqitish choralarini kuchaytirdi.
COVID-19 pandemiyasidan oldin va uning paytida ba’zi jurnalistlar ularni hamda bloggerlarni kundalik ravishda ta’qib qilinishi to’g’risidagi xabarlarga asoslanib, ommaviy axborot erkinligi nuqtai nazaridan «salbiy tendentsiya» haqida aytishgan. Ba’zi jurnalistlar, Prezidentning ommaviy ravishda jurnalistlar va bloggerlar mamlakatni isloh qilish jarayonining muhim qismidir deganiga qaramay, xavfsizlik xizmatlari pandemiyani ommaviy axborot vositalariga «kuch kimdaligini» ko’rsatish uchun ishlatgan deb aytmoqda.
Aprel oyida Ma’rifat gazetasi muxbiri Sharifa Madrahimova, mahalliy bozorlarda COVID-19 karantini paytida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining nazorati to’g’risida hisobot berish uchun hujjatli videofilmni suratga olganidan keyin, hibsga olingan.
May oyida, Sardobadagi yuzlab qishloq aholisini ko’chirilishiga olib kelgan to’g’onning qulab tushganidan so’ng, ommabop sport kanalining 2 nafar jurnalisti, davlat yangiliklari kanali ushbu voqeani qanday yoritganini tanqid qilgani uchun, ishdan bo’shatildi. Bobur Akmalov (muharrir) va Jamoliddin Babajanov (prodyuser) o’z fikrlarini «Sport» kanalida 18 may kuni efirga uzatilgan radio dasturida bildirganlar.
26 iyul kuni Prokuratura Qoraqalpog’iston parlamentining raisi, senator Musa Yerniyazovning COVID-19 testi ijobiy natijani berganidan so’ng uni o’limi to’g’risida tasdiqlanmagan xabarlarni chop etgani uchun uchta Qoraqalpog’iston yangiliklar veb-saytlarining bosh muharrirlarini tergov suhbatiga chaqirgan. Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligi xuddi shu hikoyani joylashtirgan Qoraqalpog’istondagi bloggerni tergov suhbatiga chaqirgan. Blogger va uchta internet-nashr, keyinroq, senatorning o’limi haqidagi hisobotlarini qaytarib olishdi. Toshkentda joylashgan veb-sayt ham ushbu xabarni e’lon qildi, ammo keyinroq «bu tasdiqlanmagan ma’lumotlar xakerlik natijasida e’lon qilindi» deb da’vo qildi. Qoraqalpog’istondagi bloggerlar va jurnalistlar xabar berishlaricha, mintaqada umuman ma’lumot tarqatish «qattiq cheklangan» va mahalliy hokimiyat COVID-19 kasalligi va o’limlarning haqiqiy sonini yashirib kelmoqda.
22 avgust kuni ichki ishlar xodimlari Farg’onaning mahalliy rahbariyatni o’zgartirishga tez-tez chaqirib turgan mashhur vloggerni hibsga oldilar (u erda ko’pchilik hokimni korruptsioner deb atashadi).
Rahbariyat Farg’ona viloyatining So’x tumanida yashovchi va YouTube-da ko’p obunachilarga ega bo’lgan 22 yoshli Dadaxon Haydarovni 10 kunga hibsga olgan. Otasining so’zlariga ko’ra, organ xodimlari Haydarovni ota-onasining uyidan olib vertolyot bilan Farg’ona shahriga olib ketishgan.
May oyida noma’lum shaxslar Farg’ona viloyatidagi voqeani o’rganayotgan «Effect Uz» internet-nashrining jurnalistiga hamrohlik qilgan operatorga hujum qilishgan. Jurnalistning ommaviy axborot vositalariga aytishicha, «noma’lum shaxslar (kamera) operatorining ko’ziga gaz ballonini sepib, avtomobil oynalarini sindirishgan. Bundan tashqari, tajovuzkorlar nashrning mulki bo’lgan videokamerani o’g’irlashgan». Operator hujum natijasida jarohat olgan.
Tsenzura yoki bashriyot tarkibini cheklash: Jurnalistlar va davlat ommaviy axborot vositalaridagi bosh tahririyat xodimlari vazifalariga tsenzurani olib borish ham kiritilgan. Ko’pgina hollarda hukumat bosh muharrir lavozimiga tayinlash uchun tanlangan shaxslarni shu ommaviy axborot vositasida asosiy tsenzura faoliyatiga ma’sul qilib qo’yadi. Hukumatni o’rtamiyona tanqid qilishning o’tmishdagi tendentsiyasini davom ettirgan holda, Kommersant.uz va Nuz.uz kabi internet nashrlari uylarni buzilishlari, ekologik muammolar, elektr energiyasining uzilishi, valyuta, savdo va qora bozor kabi mavzularda ba’zi tanqidiy hikoyalarni nashr etishdi. Bundan tashqari, adabiy jurnal bo’lgan Adobiyat gazetasi hali ham «qora ro’yxat» da bo’lgan va boshqa joylarda nashr etish imkoniyatlari cheklangan mualliflarning hikoyalarini nashr etgan.
2019 yilda hukumat 2018 yildan beri to’silgan xususiy Kun.uz veb-saytini faoliyatiga to’siqni echdi. Veb-sayt hukumatni tanqid qiluvchi maqolalar, jumladan, viloyat va tuman rahbariyati xodimlarining noqonuniy uy buzilishlariga aloqadorligi haqida maqolalarni chop etgan.
Davlat va xususiy gazetalarning tahririy mazmunlari o’rtasida ko’pincha farq kam bo’lgan. Jurnalistlar cheklangan darajada surishtiruv reportajlar bilan shug’ullanishgan. Vaqti-vaqti bilan keng o’qiladigan tabloidlar hukumat siyosatini o’rtamiyona tanqid qiladigan yoki hukumat uchun nozik deb hisoblagan odam savdosi kabi muammolarni muhokama qiladigan maqolalarni chop etgan.
Bo’xton/Tuhmat to’g’risidagi qonunlar: Jinoyat va ma’muriy kodekslarda tuhmat va bo’htonlar uchun katta miqdordagi jarimalar qo’llaniladi. Hukumat jurnalistlarni, huquq himoyachilarini va prezidentni yoki hukumatni tanqid qilgan boshqa shaxslarni jazolash uchun tuhmat, bo’hton va g’iybatda ayblagan. Ba’zi bloggerlar va faollar, shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda hukumatni, qonuniy ta’qibga uchramay, ochiq tanqid qilgan.
Internet erkinligi
Hukumat, umuman, Internetga, shu jumladan yangiliklar va ijtimoiy media saytlariga kirishga ruxsat bergan. COVID-19 pandemiyasining dastlabki oylarida, fuqarolar onlayn ijtimoiy forumlarda hukumatning munosabati to’g’risida shikoyat qila boshlaganlarida, hukumat ijtimoiy tarmoqlarga, xususan, Facebook-ga kirishni cheklab qo’ydi, Internet xizmati tez-tez uzilib turdi. Foydalanuvchilar ta’kidlashlaricha, hukumat saytni bloklamagan bo’lsa-da, sahifalarni yuklash va tarkibni ko’rish juda qiyin bo’lib qoldi. Foydalanuvchilar Facebook-ning faoliyati yaxshilanganini faqat avgust oyida, butun mamlakat bo’ylab karantin bekor qilingandan keyin, qayd etdilar. Ommaviy axborot vositalari to’g’risidagi qonunda veb-saytlar ommaviy axborot vositalari sifatida belgilab qo’yilgan bo’lib, ular rasmiy idoralarda ro’yxatdan o’tishlari va ularning asoschisi, bosh muharriri va xodimlarining ismlari ko’rsatilgan bo’lishi shart. Hukumat Forum 18 – inson huquqlari to’g’risidagi yangiliklar veb-saytini to’sib qo’ydi.
Bir nechta faol onlayn forumlar ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilarga sharhlar yozish va bir qator ijtimoiy muammolar bo’yicha munozaralarni o’qish imkonini bergan. Ushbu forumlarda ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchi bo’lish uchun jismoniy shaxslar shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etishlari shart. Hukumat ushbu ma’lumotni to’plashga urinib ko’rganligi aniq emas, lekin qonun qoidalariga ko’ra Internet kafe egalari mijozlarning brauzer tarixini ro’yxatdan o’tkazishlari kerak.
Mart oyida hukumat jinoyat kodeksiga COVID-19 ga nisbatan «yolg’on» ma’lumot tarqatishga tegishli taqiqlarini qo’shib o’zgartirdi. 31 mart kuni Qoraqalpog’iston viloyatidagi Ellikqal’a markaziy davlat kasalxonasi travmatologiya shifokori doktor Alimardon Sultonov mahalliy tez tibbiy yordam xizmatiga qo’ng’iroq qilib, Qoraqalpog’istonda koronavirus bilan kasallanganlar bor-yo’qligini so’radi. Shundan so’ng o’z ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida din va e’tiqod erkinligini ochiq muhokama qilgani bilan tanilgan Sultonovni so’roq qilish uchun kasalxonaga besh nafar rasmiy xodimlar kelishgan. Ular Sultonovdan unda diniy matnlar bor-yo’qligini so’rashdi. Uning so’zlariga ko’ra, kompyuterida musulmoncha matnlar bo’lgan, va ular musodara qilingan. Yangi jinoyat kodeksiga binoan unga qarshi, ularning aytishi bo’icha, yolg’on ma’lumot tarqatgani uchun jinoiy ish qo’zg’atilgan. 23-noyabr kuni Qoraqalpog’iston Ellikalanskiy tumani sudi uni «diniy mazmundagi materiallarni noqonuniy tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish» va «karantin va boshqa xavfli infektsiyalarning tarqalishi to’g’risida ma’lumot tarqatish” aybi bilan, mart oyidan beri hibsda bo’lgan vaqtini inobatga olgan holda, harakatlanish erkinligini 14 oyga cheklash haqida hukm qildi.
Mavjud farmonga muvofiq, «.uz» domenini olmoqchi bo’lgan barcha veb-saytlar hukumatning Matbuot va axborot agentligida ro’yxatdan o’tishlari shart. Farmon odatda faqat hukumatga tegishli yoki hukumat nazorati ostidagi veb-saytlarga tegishli. Muxolifat veb-saytlari va xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari yoki ommaviy axborot vositalariga tegishli veb-saytlar domen nomlari mamlakat tashqarisida ro’yxatdan o’tgan.
Hukumat «taqiqlangan ma’lumotlar»ni o’z ichiga olgan veb-saytlarga kirishni cheklash tartib-qoidalarini joriy qildi. Ushbu qoidalarga ko’ra, veb-sayt yoki blog mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi va hududiy yaxlitligini zo’rlik bilan ag’darishga chaqiruvchi faoliyati; urush, zo’ravonlik va terrorizm, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g’oyalarini tarqatish; davlat siri bo’lgan yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan ma’lumotlarni oshkor qilish; yoki milliy, etnik yoki diniy adovatga olib keladigan ma’lumotlarni yoki pornografiyani tarqatish yoki giyohvand moddalarni iste’mol qilishni targ’ib qilish uchun to’silishi mumkin. Adliya vazirligining ma’lumotlariga ko’ra, hukumat veb-saytlarni yoki bloglarni sud qarorisiz to’sish huquqiga ega.
Akademik erkinlik va madaniy tadbirlar
Hukumat akademik erkinlik va madaniy tadbirlarni cheklashni davom etdi. Hukumat vakillari vaqti-vaqti bilan universitet ma’ruzalarini kafedra mudiri tomonidan tasdiqlashni talab qilgan, va universitet professor-o’qituvchilari odatda o’z-o’zlarini tsenzura qilishgan.
b. Tinch yig’ilish va uyushma erkinliklari
Ba’zan hukumat tinch yig’ilishlar va uyushmalar erkinligini cheklab qo’ydi.
Tinch yig’ilishlar erkinligi
Konstitutsiya va qonun yig’ilishlar erkinligini ta’minlaydi. Hukumat ushbu huquqni cheklab qo’ygan bo’lsa-da, ba’zida shaxslarga bu erkinlikdan jazo choralarisiz foydalanishga imkon beradi.
20 mart kuni Andijon viloyat sudi musulmon olimi va inson huquqlari faoli Musajon Bobojonovni nikoh marosimini o’tkazgani (ro’yxatdan o’tmagan diniy nikoh marosimi) uchun 15 kunlik qamoqqa hukm qildi. Nikoh ijro etishning o’zi noqonuniy emasligiga qaramay, Bobojonovga ma’muriy kodeksning 201-moddasi – «yig’ilishlar, mitinglar, ko’cha namoyishlarini tashkil etish, o’tkazish tartibini buzish» – bilan jazo tayinlandi. Bobjonovning advokati, huquq himoyachilari va mahalliy bloggerlarning aralashuvidan so’ng sud uning jazo muddatini besh kunga qisqartirdi.
Hukumat mitinglar, yig’ilishlar va namoyishlarni to’xtatib qo’yish yoki taqiqlash huquqiga ega. Qonun namoyishlar uchun ruxsat olishni talab qilsa-da, aksariyat namoyishchilar ruxsat olish uchun arizalarni topshirmasdan namoyishlarda qatnashgan. Ba’zi hollarda hukumat yig’ilishlar, mitinglar va namoyishlarni tashkil etish tartibini buzganligi yoki ruxsat etilmagan tadbirlarni o’tkazishda joy, boshqa binolar yoki materiallar bilan yordam bergani uchun fuqarolarga katta miqdordagi jarimalar, qo’rqitish, o’zboshimchalik bilan hibsga olish yoki boshqa suiiste’mol tusdagi choralarini ko’rgan.
100 dan ortiq ishtirokchiga mo’ljallangan «ommaviy tadbirlar» tashkilotchilari, bunday tadbirni e’lon qilish yoki o’tkazishdan oldin, Ichki ishlar vazirligi bilan xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha shartnoma tuzishlari shart. Hukumat ushbu talabni shu jumladan xususiy korporativ tadbirlarga nisbatan ham keng qo’llagan.
Uyushmalar erkinligi
Qonun uyushma erkinligini ta’minlasada, hukumat ushbu huquqni cheklashni davom ettirdi. Davlat organlari NNT faoliyatlari, xalqaro miqyosda moliyalashtirilgan NNTlar va tartibga solinmagan islomiy va ozchiliklarning diniy guruhlarini nazorat qilishga intildi. Mustaqil fuqarolik ko’rsatuvchi jamiyat, xususan inson huquqlari himoyachilari uchun faoliyat muhiti cheklangan bo’lib qoldi, lekin bir qancha faollar hukumat amaldorlari bilan hamkorlik yaxshilanganini haqida xabar qilishdi. Bir qancha mustaqil NNTlar ilgari sud qarorlari yoki mansabdor shaxslarning boshqa e’tirozlari sababli mahalliy ro’yxatdan o’tish uchun to’siqlarga duch keldilar.
Nodavlat notijorat tashkilotlarini ro’yxatdan o’tkazilishini nazorat qiluvchi Adliya vazirligi, nodavlat notijorat tashkilotlardan ularga a’zo bo’lmaganlar, shu jumladan chet elliklar ishtirokidagi katta yig’inlarni va materiallar tarqatilishi rejalangan har qanday tadbirni o’tkazish uchun vazirlikning roziligini olishni talab qiladi; undan tashqari nodavlat notijorat tashkilotlari tepada keltirilgan har bir tadbirning mazmuni va ko’lami to’g’risida vazirlikni yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
Hukumat davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati uchun huquqiy asosga ega. Qonunga muvofiq fuqarolar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalar davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan nazorat qilish huquqiga egadirlar.
Tuzilishi mumkin bo’lgan guruhlarning turlari bo’yicha qonuniy cheklovlar mavjud. Qonunda amaldagi byudjeti va mablag’lari bo’lgan tashkilotlar hukumat tomonidan rasmiy ro’yxatdan o’tkazilishi talab qilinadi. Qonun Adliya vazirligidan ro’yxatdan o’tishni kutayotgan yangi tashkilotlar uchun olti oylik imtiyozli davrga ruxsat beradi, va shu vaqt ichida hukumat ularni «tashabbus guruhlari» deb tasniflaydi. Bir necha NNTlar olti oydan ko’proq vaqt davomida tashabbus guruhlari sifatida faoliyat ko’rsatishda davom etdi.
2018 yilda hukumat NNT faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan bir qator qoidalarni chiqardi. Endi nodavlat notijorat tashkilotlarini tadbirlarni o’tkazish uchun Adliya vazirligini ruhsati kerak emas, ammo ular baribir vazirlikka dasturlarni o’tkazish rejalari to’g’risida xabar berishlari kerak. Rejalashtirilgan tadbirlar to’g’risida vazirlikni xabardor qilishning minimal muddati: chet el fuqarolari ishtirokisiz tadbir boshlanishidan 10 kun oldin va chet el fuqarolari ishtirokidagi tadbir boshlanishidan 20 kun oldin. Vazirlik nodavlat notijorat tashkilotlariga faqat ular so’ragan tadbirni o’tkazishga ruhsat berilmasagina yozma xabar beradi. Shuningdek, qonunga ko’ra, nodavlat notijorat tashkilotlari har yili hukumatga hisobot topshirishlari shart. 2018 yilda Adliya vazirligi nodavlat, notijorat tashkilotlari faoliyatini monitoring qilish va o’rganish to’g’risidagi nizomni qabul qildi, unda NNT faoliyatini monitoring qilish va o’rganish bo’yicha alohida tartib o’rnatilgan.
Qonun Adliya vazirligiga nodavlat notijorat tashkilotlarini faoliyatini tekshirish va audit o’tqazish huquqini beradi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarini ro’yxatdan o’tkazishda tegishli katta muammolar tufayli ko’plab taniqli va obro’li tashkilotlar davlat ro’yxatdan o’tmaganlar. Natijada, fuqarolik jamiyati bo’g’ilib qolmoqda va me’yoriy talablarning ko’pligi mamlakatda bunday tashkilotlarning ro’li oshishiga xalaqit bermoqda.
18 yanvar kuni, Ezgulik bloger va faol Nafosat Olloshkurovaga vatanidan qochib ketishda yordam berganidan ko’p o’tmay, hukumat vakillari Jizzax viloyatidagi Ezgulik filialining ro’yxatdan o’tganlik to’g’risidagi guvohnomasini, nizomini, kompyuterlarini va boshqa hujjatlarini olib qo’yishdi. Ezgulikning so’zlariga ko’ra, prokuratura tintuv o’tkazish uchun orderi borligini aytgan, ammo so’ralganda uni taqdim etmagan. Ertasi kuni prokuratura filial rahbari Zifa Umrzoqovaga qarshi korruptsiya ishini qo’zg’adi. Iyun oyida Jizzax Jinoyat ishlari bo’yicha sudi uni ikki yillik «harakatlanishni cheklash»ga hukm qildi. Ushbu ish apellyatsiya tartibida ko’rib chiqilishi rejalashtirilgan, sud majlisi 2021 yil 11 yanvarga belgilangan.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga binoan, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi tartib-qoidalarni buzganlik hamda «boshqalarni noqonuniy NNT ga jalb qilganlik» uchun katta miqdorda jarimalar qo’llaniladi. Qonunda ushbu atama hukumat tomonidan faoliyati to’xtatilgan yoki yopilgan NNT yoki shunchaki rasmiy ro’yxatdan o’tmagan NNTlarga taalluqli ekanligi aniqlanmagan. Ma’muriy kodeksga ko’ra, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlariga siyosiy faoliyat, ularning ustavlariga mos kelmaydigan faoliyat yoki hukumat oldindan ma’qullamagan faoliyat bilan shug’ullanganlik uchun jazo choralari ham qo’llaniladi.
Ro’yxatdan o’tgan NNTlar mahalliy va xorijiy donorlardan grant olishga haqi bor. Grant qabul qiluvchi tashkilotlar o’zlarining grantlari to’g’risida Adliya vazirligini xabardor qilishlari va vazirlikka bu mablag’larni qanday sarflanishi haqida batafsil ma’lumot berishlari kerak. Vazirlikning roziligidan so’ng, hukumat tomonidan boshqa tasdiqlash talab qilinmaydi.
Vazirlik NNTlardan yillik moliyaviy hisobotlarini ham talab qiladi.
Parlamentning nodavlat, notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash fondi asosan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun grant tanlovlarini o’tkazishni davom ettirdi. Ba’zi fuqarolik jamiyati tashkilotlari fondni birinchi navbatda hukumat tomonidan tashkil etilgan nodavlat tashkilotlarini qo’llab-quvvatlayotgani uchun tanqid qildilar. Qonunda hukumat to’monidan keng tarzda «ekstremistik» deb topilgan tashkilotlarga a’zolik uchun jinoiy javobgarlik ko’zda tutilgan.
c. Din erkinligi
https://www.state.gov/religiousfreedomreportda Davlat Departamentining Xalqaro Diniy Erkinlik to’g’risidagi hisobotiga qarang.
d. Harakat erkinligi
Konstitutsiya va qonunlar ichki harakat erkinligi, chet elga sayohat, emigratsiya va vatanga qaytish erkinligini ta’minladi va hukumat umuman olganda ushbu huquqlarni hurmat qiladi.
Davlat ichida harakat qilish: Mamlakat ichida harakat qilish: Hukumat fuqarolardan mamlakat ichida sayohat qilish yoki mamlakatni tashqarisiga chiqishdan oldin ichki pasportlarida doimiy yashash muhriga ega bo’lgan muhrni talab qildi. Hukumat ba’zan viza olish jarayonida ichki va xorijiy safarlarni va emigratsiya jarayonini kechiktirdi. Ilgari, mamlakatning boshqa joylaridan Toshkent shahriga yoki Toshkent viloyatiga ko’chib o’tish uchun shaxslar mahalliy hokimiyat idoralaridan ruxsati olishlari talab qilingan.
13 may kuni Prezident Toshkent shahrida yashash joyida ro’yxatdan o’tkazishni tartibga soluvchi o’zgartirilgan qonunga va xususan «Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy ro’yxatga olinishi lozim bo’lgan» fuqarolar toifalarining ro’yxatiga imzo chekdi. Yangi qonun fuqarolarga «to’g’ridan-to’g’ri» birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlarining manzillarida ro’yxatdan o’tishga imkon beradi va er-xotin ro’yxatini saqlab qolish uchun nikohdan keyin kamida bir yil birga yashash shartini bekor qiladi. Toshkent va Toshkent viloyatida joylashgan davlat organlari va tashkilotlarida besh yildan va undan ortiq vaqt davomida doimiy ravishda ishlab kelayatgan mutaxassislar (ayrim istisnolardan tashqari), ularning oila a’zolari bilan birgalikda, doimiy ro’yxatdan o’tish huquqiga ega bo’lishlari to’g’risida yangi shart kiritildi. 1 sentyabrdan boshlab Toshkentga yoki Toshkent viloyatiga boshqa viloyatlardan tashrif buyurgan aholi vaqtincha ro’yxatdan o’tish uchun arizasiz 15 kungacha yashab turishi mumkin, oldin bu muddat 10 kun bo’lgan.
Hukumat mehmonxonalardan chet ellik mehmonlarni har kuni hukumat ro’yxatdan o’tkazishni talab qiladi. Hukumat xususiy uylarda turgan chet elliklardan kelgan kundan boshlab uch kun ichida manzillarini ro’yxatdan o’tkazishni talab qiladi. Yaqinda davlat organlari ushbu ro’yxatdan o’tish tartibini soddalashtirdi, va bu chet elliklarga onlayn portal orqali ro’yxatdan o’tishga imkon beradi.
Xorijiy sayohatlar: 2019 yilda hukumat Sovet davridan qolgan va fuqarolarga chet elga sayohat qilish uchun zarur bo’lgan chiqish vizasini rasmiy ravishda bekor qildi. Chet elga sayohat qilish uchun fuqarolar Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan alohida pasportni olishlari shart. Ushbu pasport kattalar uchun 10 yillik, voyaga etmaganlar uchun esa besh yillik amal qilish muddatiga ega, bundan oldin esa barcha yoshdagilar pasportlariga ikki yil amal qiladigan chiqish vizasi bostirilardi. Asosan, pasportlar Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligidan tashqarida sayohat qilish yoki emigratsiya qilish uchun berilgan.
Endi poytaxtda yashovchi qizlar va ayollar chet elga sayohat qilish uchun ruxsat olish uchun migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’limlari bilan suhbatlashishlari shart emas. Bundan tashqari, qizlar va ayollar endi chet elga sayohat qilish uchun turmush o’rtog’ining ruxsati yoki vakolatli shaxsning kafolati, mahalladan spravka yoki har qanday boshqa hujjatlarga muhtoj emaslar.
e. Ichkaridan ko’chirilgan shaxslar
9 dekabr kuni hukumat Suriyadagi 98 nafar «turmush o’rtog’i yoki otasining xatosi tufayli og’ir musibat chekkan» o’zbekistonlik ayollar va bolalarni vataniga qaytarganini e’lon qildi. Hukumat ularga yordam berishga va ularning jamiyatga qaytishi uchun zarur yordamni ko’rsatishga va’da berdi.
f. Qochqinlarni himoya qilish
Hukumat qochoqlar, boshpana izlovchilar, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, qaytib kelgan qochoqlar va boshqa tashvish uyg’atuvchi shaxslarni himoya qilish va ularga yordam ko’rsatishda BMTning Qochqinlar bo’yicha Oliy Komissari (UNHCR) idorasi va boshqa gumanitar tashkilotlar bilan hamkorlik qilgan.
Zo’rlab qaytarib olib kelish/chiqarib yuborish: Hukumat qochoqlarni irqi, dini, millati, ma’lum bir ijtimoiy guruhga a’zoligi yoki siyosiy fikri tufayli hayoti yoki erkinligi tahdid ostida bo’lgan mamlakatlarga chiqarib yuborilishidan yoki qaytarilishidan ma’lum darajada himoya qiladi. 2018 yilgi Qochqinlar ishlari bo’yicha Oliy komissarligi nashrining yozishicha, “O’zbekiston Markaziy Osiyoda va MDHda 1951 yilgi Qochqinlar to’g’risidagi konventsiya va uning 1967 yilgi Protokolini imzolamagan yagona davlatdir. Bundan tashqari, boshpana izlovchilar va qochoqlar bilan ishlash bo’yicha milliy qonunchilik mavjud emas. Aksincha, boshpana izlovchilar ishlari migratsiya qonunchiligiga muvofiq ko’rib chiqiladi”. Yil davomida sodir bo’lgan boshqa mamlakatga qaytarilish yoki chiqarib yuborish holatlari haqida ma’lum emas.
Boshpana olish: Qonunda boshpana olish yoki qochqin maqomi berilishi ko’zda tutilgan va hukumat qochqinlarni himoya qilish tizimini yaratgan.
Yil davomida 14 nafar shaxs (10 ta holat) BMT Qochqinlar ishlari bo’yicha Oliy komissarligi vakolati ostida qolgan. UNHCR – mamlakatdagi vakolatxonasi bo’lmaganligi sababli mintaqaviy vakolatxonalari orqali – BMT Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) Toshkentdagi vakolatxonasi bilan kelishilgan holda, BMTTD shartnomasi asosida faoliyat olib bo’rayotgan xodimlar orqali va BMT doimiy coordinatori nazorati ostida quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi: mavjud qochoqlarga qochqinlar guvohnomalarini berish, ularning huquqlari bilan bog’liq vaziyatnlarni kuzatib borish va zarurat tug’ilganda ularga maslahat berish va yordam harakatlarini amalga oshirish, ayrim qochoqlarga ularning ma’lum zaifligi asosida moddiy yordam ko’rsatish. COVID-19 pandemiyasi tufayli, qochoqlarning aksariyati o’zlarining yashash vositalaridan mahrum bo’lishdi va may oyida UNHCR mamlakatdagi barcha qochoqlarga bir martalik moliyaviy yordam ko’rsatdi.
Bundan tashqari, UNHCR yoki BMTTD xodimlari boshpana izlovchilar kelganda ularga maslahat yordami berishadi.
g. Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar
Ilgari, Tojikistonlik ba’zi qochqinlarning rasmiy ravishda fuqaroligi bo’lmagan yoki ular rasmiy ravishda fuqaroligini yo’qotishlari mumkin bo’lgan, chunki ko’plari Tojikiston yoki O’zbekiston pasportiga emas, balki faqat sobiq Sovet pasportiga ega bo’lishgan. Ikki fuqaroligi bo’lmagan ota-onadan tug’ilgan bolalar, ikkala ota-onada ham yashash ruxsat guvohnomasi bo’lgan taqdirda, O’zbekiston fuqaroligini olishlari mumkin.
13 mart kuni Prezident fuqarolik to’g’risidagi yangi qonunni imzoladi. 13 sentyabrga qadar yangi qonun to’liq kuchga kirmagan bo’lsa-da, 1995 yil 1 yanvardan oldin mamlakatda doimiy yashash huquqi berilgan ro’yxatdan o’tgan fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga fuqarolik berish to’g’risidagi qoidalar 1 apreldan kuchga kirdi. UNHCRning Markaziy Osiyodagi vakolatligining ma’lumotiga ko’ra, mamlakatda yashovchi 97 mingdan ortiq fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning 49 228 nafari yangi qoidadan foydalangan va fuqaro sifatida tan olinishini kutmoqda. O’zining 17 martdagi bayonotida UNHCR ushbu qonunni mamnuniyat bilan qabul qildi va uning loyihasini ishlab chiqish paytida milliy hokimiyat organlariga tavsiyalar berishdagi rolini ta’kidladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi idorasi 19 mart kuni mamlakatni yangi qonun qabul qilinganligi bilan tabriklab, bu 2024 yilgacha Birlashgan Millatlar Tashkilotining fuqaroliksizlikni tugatish bo’yicha global sa’y-harakatiga qo’shilgan muhim hissa ekanligini ta’kidladi.
29 dekabr kuni Prezident Mirziyoyev parlamentga yil yakuni murojaatida 2005 yildan buyon mamlakatda istiqomat qiluvchi fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga O’zbekiston fuqaroligini berish rejalarini e’lon qildi. Ommaviy axborot vositalari bu yana 20 ming kishiga fuqaro bo’lish imkoniyatini beradi deb yozishdi.
Uchinchi Bo’lim. Siyosiy jarayonda qatnashish erkinligi
Konstitutsiya va qonun fuqarolarga yashirin ovoz berish yo’li bilan va umumiy va teng saylov huquqi asosida o’tkaziladigan erkin va adolatli davriy saylovlarda o’z hukumatini tanlash imkoniyatini beradi. Mamlakatda erkin va adolatli saylovlar o’tkazilmadi, so’z erkinligini cheklandi va siyosiy muxolifat bostirildi.
Saylovlar va siyosiy qatnashuv
Yaqingi saylovlar: Sobiq prezident Karimov 2016 yil sentyabr oyida vafot etdi va 2016 yilda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo’lib o’tdi. Muvaqqat prezident va bosh vazir Shavkat Mirziyoyev 88 foiz ovoz bilan saylovda g’olib bo’ldi. Saylovda Mirziyoyevdan tashqari yana 3 nafar nomzod prezidentlik uchun saylovoldi tashviqotini olib borishdi. 2016 yilgi maxsus prezident saylovlari uchun hukumat birinchi marta EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosini (DIIHB) qisqa va uzoq muddatli kuzatuvchilarini to’liq ko’lamli kuzatuv missiyasini o’tkazishga taklif qildi. EXHT/DIIHB ma’lumotlariga ko’ra, 2016 yilgi prezident saylovlari saylov tizimidagi muntazam kamchiliklar hanuzgacha saqlanib qolganligini va davlat ishtirokchilarining ustun mavqei va asosiy erkinliklarning cheklanishi siyosiy plyuralizmga putur etkazishda davom etishini ko’rsatdi. Saylovchilarda haqiqiy siyosiy alternativalari bo’lmadi. Faqat ro’yxatdan o’tgan siyosiy partiyalargina o’z nomzodlarni ko’rsatishi mumkin bo’ldi. Hukumat mavjud ro’yxatdan o’tgan siyosiy partiyaga aloqador bo’lmagan nomzodlarning nomzodlarini olmaslik uchun yangi siyosiy partiyalarni ro’yxatga olishni rad etdi. Nomzodlar o’zaro bahslarda ishtirok etmadilar.
Shunday sharoitlar chinakam raqobat bo’lmasligiga olib keldi. Yuqori darajada cheklangan va boshqarilgan ommaviy axborot vositalari muhiti tufayli, saylovchilar davlat tomonidan belgilangan fikrdan tashqari boshqa nuqtai nazarlarga ega bo’lolmadilar. EXHT / DIIHB hisobotida saylov kunidagi jiddiy qonunbuzarliklar, shu jumladan saylov qutilarining to’ldirilganligi va boshqa odamlar tomonidan ovoz berish holatlari aytilgan.
Eng so’nggi parlament saylovlari 2019 yil dekabrida bo’lib o’tdi. EXHT kuzatuvchilar missiyasining dastlabki xulosalariga ko’ra, saylovlar takomillashtirilgan qonunchilik asosida va mustaqil ovozlarga nisbatan bag’rikenglik sharoitida bo’lib o’tdi, lekin ular hali ham chinakam raqobat va saylov kuni tartibiga to’la hurmat ko’rsatilmagan.
Hukumat 2019 yilda saylov kodeksini yangiladi va saylov oldi kampaniyalarni va saylov jarayoni boshqaruvini tartibga solish uchun saylovga oid barcha qonunlarni yagona hujjatga birlashtirdi. Saylovga oid qonunlarni birlashtirish bilan bir qatorda, qonunda «bitta saylovchi-bitta ovoz» tamoyilini oldinga surish uchun saylovchilarning yagona elektron ro’yxati ishlab chiqilgan. Shuningdek, huquqbuzarlik yoki unchalik og’ir bo’lmagan jinoyatlar uchun qamalgan mahbuslarga ovoz berish cheklovlari bekor qilindi.
Siyosiy partiyalar va siyosiy ishtirok: Siyosiy partiyalar va siyosiy ishtirok: Qonun mustaqil siyosiy partiyalarga ruxsat beradi. Adliya vazirligi partiyalarni nazorat qilish bo’yicha keng vakolatlarga ega va davlat siyosatga qarshi bo’lganlariga moliyaviy va huquqiy yordamni to’xtatib qo’yishi mumkin. Beshta ro’yxatga olingan siyosiy partiyalar mavjud. Hukumat 2008 yilda tashkil etilgan ilgari Ekologik harakat deb nomlangan Ekologik partiyaga yangi siyosiy partiya sifatida ro’yxatdan o’tishga ruxsat berdi. Qonun chinakam mustaqil siyosiy partiyalarni tashkil etish, nomzodlarni ko’rsatish va kampaniyalar o’tkazishni qiyinlashtiradi. Qonun Adliya vazirligiga sud qarorisiz partiyalarni olti oygacha to’xtatib qo’yishga ruxsat beradi. Shuningdek, hukumat mavjud partiyalarning moliyalashtirilishi va ommaviy axborot vositalarida yoritilishini nazorat qilish bilan boshqardi.
Qonunda sudyalar, prokurorlar, davlat xavfsizlik xizmati xodimlari, qurolli kuchlar a’zolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning siyosiy partiyalarga kirishlari taqiqlanadi. Qonunda din yoki etnik kelib chiqadigan partiyalar; mamlakat suvereniteti, yaxlitligi yoki xavfsizligiga, va shuningdek fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiqadigan; urush yoki ijtimoiy, milliy yoki diniy adovatni targ’ib qiladigan; yoki hukumatni ag’darishga intililadigan partiyalarni taqiqlaydi. Shuningdek, qonun Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy tashkiloti nafratni targ’ib qiladi va terrorizmni qoralaydi deb taqiqlaydi.
2005 yil Andijondagi zo’ravonlikdan so’ng hukumat bir qancha siyosiy partiyalarni taqiqladi yoki ro’yxatdan o’tkazishni rad etdi. Sobiq partiya rahbarlari quvg’inda qolishdi va ularning partiyalari kuchli ichki bazaga ega bo’lmasdan qiyinchiliklarga uchradilar.
Ayollar va ozchilikni tashkil qiluvchilarning ishtiroki: Hech qanday qonunlar ayollarning va ozchilik jamoalari a’zolarining siyosiy jarayonlarda ishtirok etishini cheklamaydi, va ular bu jarayonlarda qatnashdilar. 2019 yil dekabr oyida bo’lib o’tgan parlament saylovlari ayollar egallagan o’rinlar sonini ikki baravarga ko’paytirdi – 24 dan 48 gacha. Ayollar parlament a’zolarining 32 foizini tashkil etdi. Milliy ozchiliklar Konstitutsiya bo’yicha to’liq siyosiy huquqlarga ega va siyosiy partiyalar ozchiliklarning tillarida tashviqot materiallarini tayyorladilar. Markaziy saylov komissiyasining nizomi nogironlarning saylovda mustaqil ravishda ishtirok etishlarini ta’minlaydi. Bundan tashqari, Markaziy saylov komissiyasi ba’zi byulletenlarni ko’rlar shriftida nashrdan chiqarishi mumkin.
To’rtinchi Bo’lim. Korruptsiya va hukumatda oshkoralikning yoqligi
Qonunchilikda amaldorlarga korruptsiya uchun jinoiy jazo ko’zda tutilgan, ammo hukumat qonunni samarali amalga oshirmadi va amaldorlar ko’pincha korruptsiya bilan shug’ullanib, jazosiz qoldi.
29 iyun kuni Prezidentning farmoni bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha milliy siyosat ishlab chiqish va amalga oshirish vakolati berilgan Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi tashkil etildi. Agentlik shuningdek quyidagilarni amalga oshirishi mumkin: byudjet xarajatlari, davlat aktivlarini sotish, davlat xaridlari, investitsiya loyihalari va davlat dasturlarini amalga oshirishga tegishli malumotlar va hujjatlarni so’rash, olish va tadqiq qilish; korruptsiya holatlari bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslarning xatlarini ko’rib chiqish va ularning buzilgan huquqlarini tiklash va manfaatlarini himoya qilish choralarini ko’rish; korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar bo’yicha ma’muriy tekshiruvlar o’tkazish; va ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo’jalik boshqaruvi organlari va ularning rasmiy xodimlarining qarorlarini, agar ularda korruptsiya belgilari aniqlansa, bajarilishini to’xtatib turish yoki bekor qilish to’g’risida majburiy buyruqlar berish. Agentlik Prezidentga bo’ysunadi va Parlamentning Qonunchilik palatasida hisobot beradi.
Korruptsiya: 24 iyun kuni organ xodimlari Toshkentning Chilonzor tumani hokimiyatidagi kapital qurilish bosh boshqarmasi boshlig’ini 50 ming AQSh dollari miqdorida pora olganlikda ayblab hibsga oldilar (aytilishcha dastlab 1,4 million AQSh dollar so’ragan). Xabarlarga ko’ra, pora qimmat er uchastkasini ro’yxatdan o’tkazishga yordam olish uchun berilgan. Tergovchilar hibsga olingan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210 moddasi (pora olish) bo’yicha jinoiy ish qo’zg’ashdi.
19 noyabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha davlat agentligi 2020 yilda davlat hizmatchilarining korrupsiya huquqbuzarliklari natijasida etkazilgan zarar 200 milliard so’mdan (20 million AQSh dollari) oshganligi to’g’risida xabar berdi. Agentlik ma’lumotlariga ko’ra, huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan korrupsiyaga oid 838 ta jinoyat ishi ochilgan bo’lib, ular doirasida 454 ta holat bo’icha 647 ta mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ularning aksariyati (40,3 foiz) mulkni o’g’irlashda ayblangan. Jinoiy javobgarlikka tortilganlarning 4 nafari davlat darajasidagi, 15 nafari viloyat darajasidagi, 626 nafari shahar va tumanlar darajasidagi mansabdor shaxslardir. Bundan tashqari, 7 nafari shahar hokimining o’rinbosarlari, 57 nafari Sog’liqni saqlash vazirligining xodimlari, 8 nafari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining xodimlari, 15 nafari Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining xodimlari, 89 nafari Xalq ta’limi vazirligining xodimlari, 36 nafari Maktabgacha ta’lim vazirligining xodimlari, 13 nafari Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosidan, 59 nafari Ichki ishlar vazirligining xodimlari, 2 nafari Milliy gvardiyadan, 6 nafari Davlat soliq qo’mitasidan va 3 nafari Mudofaa vazirligidan. Bundan tashqari, korrupsiyada ayblanayotganlar orasida 34 ta bank rahbarlari va 184 ta davlat ulushi bo’lgan korxonalarning rahbarlari bor.
1 dekabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyalari sakkiz milliard so’m (766 ming AQSh dollari) miqdorida pulni o’zlashtirgani haqida xabar berdi. Agentlik ma’lumotlariga ko’ra, “Bir nechta sudyalar va ularning yordamchilari Toshkent shahar yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan til biriktirdilar. Ular yo’l harakati qoidalarini buzish bo’yicha ma’muriy ish qo’zg’atmasdan taxminiy besh mingta soxta qarorni qabul qilishdi. Ular ishlarni tomonlarning ishtirokisiz ko’rib chiqdilar va ba’zi ma’muriy ishlarni maqsadli yo’q qilib davlat byudjetiga zarar etkazdilar». Agentlik Bosh prokuratura tomonidan Toshkent shahar ma’muriy sudining sudyalari va boshqa xodimlariga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atilganligi haqida xabar berdi.
17 dekabr kuni ommaviy axborot vositalarida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko’mir etkazib berishda 1525 ta korruptsiya holatlari aniqlangani va bu jinoyatdan zarar 59 milliard so’mni (5,6 million AQSh dollari) tashkil qilgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, hisobotga ko’ra, prokuratura va soliq organlari ko’mirni sotib olish va sotish bilan bog’liq 110 ta jinoiy holatni aniqlaganlar.
Xalqaro bosimga javoban, 5 fevral kuni hukumat 2016 yildan beri «konstitutsiyaga qarshi faoliyatni rejalashtirish» va ekstremistik tashkilotda qatnashganlikda ayblanib qamoqda bo’lgan Aramais Avakianni ozod qildi.
Arman millatiga mansub xristian Avakianga qarshi ayblov mahalliy hokimiyat uning muvaffaqiyatli baliqchilik xo’jaligini majburlash yo’li bilan egallab ololmaganidan so’ng qo’yilgan edi.
Moliyaviy oshkorlik: Ba’zi davlat xodimlary qonunga binoan tashqi manbalardan olingan daromadlarini oshkor qilishlari shart, ammo bunday ma’lumotlar oshkor qilinmagan. Ko’pgina hizmatchilar tashqi manbalardan daromad olsalar-da, ularning daromad hisobotlari so’roq qilinganligi yoki qonunga rioya qilmagani uchun ularga sanktsiyalar qo’llanilganligi to’g’risida xabarlar bo’lmagan.
Beshinchi Bo’lim. Hukumatning taxmin qilingan inson huquqlari buzilishini xalqaro va nohukumat tashkilotlari tomonidan tergov qilinishiga munosabati
Mamlakatda bir nechta inson huquqlarini himoya qilish guruhlari ish olib bordi, lekin hukumat ko’pincha ularning inson huquqlari bilan bog’liq ishlari bo’yicha o’z xulosalarini olib borish, tergov qilish va nashr etishlariga to’sqinlik qildi. Hukumat amaldorlari ularining fikrlariga ancha qo’shilishdi, lekin ular ba’zida hukumat inson huquqlari va fuqarolik jamiyati faollariga qarshi tazyiq o’tkazdilar va qo’rqitdilar. Hukumatning fuqarolik jamiyati to’g’risidagi qarorlari va ma’muriy buyruqlari uning o’sishini rag’batlantirishga harakat qildi va Adliya vazirligi inspektorlarining harakatlari borasida ayrim protsessual qoidalar va ba’zi yangi cheklovlarni taklif qildi (2.b bo’limga qarang).
Hukumat 2 mahalliy inson huquqlari bo’yicha nodavlat tashkilotni – «Ezgulik» va O’zbekiston mustaqil inson huquqlari tashkiloti – ro’yxatdan o’tkazildi. Ezgulik vakillari yil davomida hukumat vakillari bilan hamkorlik yaxshilanganligi haqida xabar berib turishdi. Hukumat boshqa aksariyat mahalliy guruhlar tomonidan yuborilgan ro’yxatdan o’tish talablarini rad etishda davom etdi.
Faollarni ta’qib qilish holatlari sodir bo’lgan. Aytilishicha, 4 sentyabr kuni o’zlarini jurnalist deb tanishtirgan uch notanish shaxs inson huquqlari masalalarida suhbatlashish uchun mahalliy inson huquqlari faoli Haitboy Haydarovning Xorazmdagi uyiga tashrif buyurgan. Bu uch shaxs uni fotosuratga olishni va jurnalist Bobomurod Abdullaev (avgust oyida mamlakatga ekstraditsiya qilingan) haqida ma’lumot talab qilishni boshlaganlarida, Haydarov xavotirga tushib, ularning jurnalist hujjatlarini ko’rishni iltimos qilgan. Keyin ular uni qo’rqitib, unga Abdullaev bilan qaerda va qachon ishlaganligi to’g’risida «aytib berish» yaxshiroq bo’lishini va kerak bo’lsa «olib ketishlari» mumkinligini aytishgan.
Xalqaro nodavlat tashkilotlar, shu jumladan inson huquqlariga e’tibor qaratadigan tashkilotlar, qonuniy ro’yxatdan o’tishda to’siqlarga duch kelishgan. Davlat ro’yxatidan o’tmagan xalqaro tashkilotlarga mahalliy bank hisob raqamlarini ochish yoki ulardan foydalanishga ruxsat berilmagan, xalqaro nodavlat tashkilotlarning ishchilariga mamlakatda qonuniy yashashi va ishlashi uchun kerak bo’lgan vizalarning amal qilish muddatlari qisqartirilgan va Oliy sudning ba’zi tashkilotlarni taqiqlanganligi haqidagi qarorini o’zgartirish uchun sharoit yaratilmagan va shu bilan ularni qayta ro’yxatdan o’tishi uchun ruxsat olish imkoniyati ta’minlanmagan.
Inson huquqlari himoyachilari va siyosiy muxolifat faollari odatda xavfsizlik idoralari ularning telefon qo’ng’iroqlari va ishlarini yashirin kuzatib borishadi deb taxmin qilishadi.
Hukumat vakillari mahalliy inson huquqlari himoyachilari bilan norasmiy muloqat olib borishgan, ularning ba’zilari hokimiyat bilan bevosita aloqada bo’lish orqali, jamoatchilikga bu holatlar haqida e’lon qilmaslik sharti bilan, inson huquqlarini buzish holatlarini hal qilish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Inson huquqlari bo’icha davlat tashkilotlari: Inson huquqlari bo’yicha Ombudsman idorasining maqsadlari insonning asosiy huquqlariga rioya qilinishini taminlashga yordam berish va jamoatchilikni bu huquqlar haqida xabardor qilishga ko’maklashish, qonunchilikni inson huquqlari bo’yicha xalqaro me’yorlarga muvofiqlashtirishga ko’maklashish va suiiste’mol qilingan holatlarni hal qilishdan iborat. Ombudsman idorasiga unga murojaat qilgan fuqarolar o’rtasida kelib chiqadigan nizolarni mediatsiya qilish va davlat idoralarining qarorlarini o’zgartirish yoki kuchda qoldirish bo’yicha tavsiyalar berish vazifalari yuklangan, ammo uning tavsiyalari majburiy emas. Ombudsman idorasiga qamoqxonalarni kutilmagan ravishda tekshirishga ruxsat berilgan va uning hukumat tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga qarshi suiiste’mol qilinish holatlarini tekshirish bo’yicha alohida bo’limi mavjud.
Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz – bu davlat idorasi bo’lib, jamoatchilik va mansabdor shaxslarni inson huquqlari va demokratiya tamoyillariga o’rgatish va hukumatning inson huquqlari to’g’risida ma’lumot berish borasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishini ta’minlash uchun javobgardir.
Jenevada joylashgan BMTning Majburiy yoki zo’rlash oqibatida yo’qolish bo’yicha ishchi guruhi 2019 yilgi hisobotida avvalgi yillardan beri echimini topmagan ettita holat bo’icha ishlar borligini ta’kidladi. 2019 yil sentyabr oyidagi hisobotida ishchi guruh ushbu mamlakatga tashrif buyurish iltimosini takrorladi. Iltimos birinchi marta 2011 yilda, va iltimos bo’icha eng so’nggi rasmiy eslatma esa 2019 yil yanvar oyida yuborilgan.
Oltinchi Bo’lim. Kamsitish, ijtimoiy huquqbuzarliklar va odam savdosi
Ayollar
Zo’rlash va oilaviy zo’ravonlik: 2019 yilda Prezident Mirziyoyev ayollarga nisbatan jinsiy, jismoniy, iqtisodiy va ruhiy zo’ravonlikning huquqiy ta’rifini beradigan, shuningdek, ta’qib va zo’ravonlik qurbonlarining huquqlarini belgilaydigan oiladagi zo’ravonlik to’g’risidagi qonunni imzoladi. Qonun, shuningdek, idoralararo vazifalar doirasini aniqlab berdi, unig ichiga, jumladan, Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mahalla qo’mitalari tarmog’i va ayollarni oiladagi zo’ravonlikdan himoya qilish sohasida faoliyat yuritadigan nodavlat tashkilotlar kiradi. Shunga qaramay, jinoiy va ma’muriy kodekslarda jazoga oid tegishli qoidalar hali mavjud emas. Himoyalash to’g’risidagi buyruqlar chiqarilishi mumkin, ammo faollar ularning jabrlanuvchiga foydasi yo’qligini aytishdi. Faollardan birining aytishi bo’icha: «Himoya buyruqlarida «profilaktik suhbatlar» o’tkazilishi va jabrlanuvchi huquqbuzar bilan yarashishi belgilangan. Demak, himoya buyruqlari jinoyatchilarga oiladagi zo’ravonlik holatlarida javobgarlikdan qochishga yordam beradi.”
31 may kuni Farg’onada 22 yoshli yigit 17 yoshli Evelina ismli qizni, unga etibor bermagani uchun, qattiq kaltakladi, natijada qiz kasalxonaga yotqizdi. Jabrlanuvchi bu haqida Facebook-da yozganidan so’ng, ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Facebook-dagi e’lon kunining ertasiga, hujum ikki hafta oldin sodir etilgan bo’lsa-da, Ichki ishlar vazirligining Tergov departamenti bu holat bo’icha ayblovlarni tekshirish uchun jinoiy ish ochganini e’lon qildi. Vazirlikning e’lonidan ikki kun o’tgach, Evelina hujumchi bilan «kelishuv» imzolaganini xabar qildi, faollarning fikricha u kelishishga majburlangan.
Madaniy me’yorlar ayollarga va ularning oilalariga jinsiy zo’rlash haqida ochiqchasiga gapirishga to’sqinlik qiladi. 27 mart kuni jurnalist va mamlakatdagi oilaviy zo’ravonlikka qarshi kurashishga qaratilgan mustaqil nemolchi.uz (jim bo’lmang) loyiha asoschisi Irina Matvienko Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidan (AOKA) «veb-sayti O’zbekistonning milliy mentalitetiga javob bermaydi va millatning, ayniqsa yoshlarning ma’naviy va ma’rifiy ongiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin» degan bildirishnoma oldi. AOKA Matvienkoga loyihaning ma’muri sifatida bir qator qonunlarni, masalan Yoshlarga oid davlat siyosati, Bolalarni sog’lig’iga zarar etkazuvchi ma’lumotlardan himoya qilish to’g’risida va Axborot tarqatish to’g’risidagi qonunlarni, buzganligi to’g’risida xabar berdi. AOKA, jinsiy zo’rlash haqida eslatib o’tadigan, oiladagi zo’ravonlik to’g’risida anonim ravishda nashr etilgan hikoyani alohida ta’kidladi. Ushbu holatga jurnalistlar va inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari e’tibor qaratishdi. Shundan so’ng, 14 aprel kuni AOKA, Prezident Mirziyoyevning katta qizi tomonidan tashkil etilgan Milliy ommaviy axborot vositalarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish davlat fondi aralashuvidan so’ng, qonun buzilishi to’g’risidagi bildirishnomasini bekor qildi.
Oiladagi zo’ravonlik qurbonlari uchun hukumat va ayrim nodavlat tashkilotlar tomonidan boshqariladigan boshpanalar va yordam so’ragan jabrlanganlar uchun murojaat uchun ishonch telefon raqamlari mavjud. Oiladagi zo’ravonlik qurbonlari reabilitatsiya va moslashish markazlarida boshpana olishi mumkin. Mahalla va oila ishlari vazirligining ma’lumotlariga ko’ra, ishonch telefoniga kuniga o’rtacha 50 dan 60 gacha qo’ng’iroq tushadi. Boshpanalardagi ayollar vazirlik hisobidan hamda Parlament huzuridagi fond mablag’lari hisobidan oziq-ovqat, dori-darmon va gigiena vositalari bilan ta’minlanadi.
Aprel oyida O’zbekistonning gender tengligi bo’yicha komissiyasi, BMTning Aholi fondi (UNFPA) va Fuqarolik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash markazi bilan birgalikda, COVID-19 karantin davrida ishonch telefoni xizmatini ishga tushirdi. Ishonch telefonining maqsadi ayollar huquqlarini himoya qilish va ularga nisbatan tazyiq va zo’ravonlikning oldini olishdir.
May oyida hukumat «Zo’ravonlikka yo’l yoq» Telegram-kanalini ishga tushirdi, va kanal 4 000 obunachiga ega bo’ldi. Ichki ishlar vazirligi 11 maydan 18 maygacha yangi holatlar, kelib tushgan qo’ng’iroqlar va berilgan himoya buyruqlari ko’payganligini ma’lum qildi.
COVID-19 cheklovlari oiladagi zo’ravonlikga tegishli shikoyatlar sonini ko’paytirdi. Jizzaxda joylashgan «Oilaviy zo’ravonlik qurbonlari reabilitatsiya va adaptatsiya» nodavlat tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, yanvar-noyabr oylari davomida 2019 yilgi davrga nisbatan uch baravar ko’p shikoyatlar kelib tushgan, va bu joriy qilingan cheklovlar bilan bog’liq.
Boshqa zararli an’anaviy amaliyotlar: Mamlakatning ayrim hududlarida ko’pxotinlilik norasmiy ravishda qo’llanib kelmoqda. Qonun ko’pxotinlilik uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va jarimalar bilan jazolaydi, ammo bunday hollarda ayollar jazolanmaydi. Qonunda ro’yxatdan o’tgan nikohdagi ayollarga nisbatan beriladigan huquqlar, shu jumladan mulk, meros yoki bolani saqlash huquqlari, ro’yxatdan o’tmagan poligamiya nikohdagi ayollarga berilmaydi, bu, turmush o’rtog’i vafot etganda yoki munosabatlarni tugatganda, ularga tazyiq o’tkazish va huquqlaridan mahrum qilish holatlariga olib keladi.
Jinsiy zo’ravonlik: Qonun jinsiy zo’ravonlikni aniq taqiqlamaydi, lekin erkak yoki ayolning biznes yoki moliyaviy jihatdan majbur qilsa ayolni jinsiy munosabatlarga majburlash noqonuniydir. Ijtimoiy normalar, hisobotning yo’qligi va qonuniy murojaatlar yo’qligi muammoning qanchaligini aniqlashni qiyinlashtirdi. Hukumatning qonunni bajarish va jinsiy zo’ravonlikni oldini olish borasidagi harakatlari noma’lum.
Aholini nazorat qilishdagi majburlash: Majburiy abort qilish yoki majburiy sterilizatsiya haqida xabarlar bo’lmadi.
Kamsitish: 2019 yilda Prezident jinsiy tenglik to’g’risidagi qonunni imzoladi, bu mamlakat uchun birinchi marotaba hisoblanadi. Qonunda sog’liqni saqlash, ta’lim, fan, madaniyat, mehnat va ijtimoiy himoya sohasida teng imkoniyatlar bilan ta’minlaydi.
2019 yilda hukumat Prezidentning ayollarning mehnat huquqlari kafolatlarini kuchaytirish to’g’risidagi farmoniga binoan og’ir sanoat, qazilmalar, neft-gaz korxonalari va qurilishda ishlaydigan ayollarga qo’yilgan taqiqni bekor qildi. Hukumat ayollarning ishga kirishda kamsitilganligini yoki shunday ish uchun kam haq to’langanligini aniqlash uchun foydalanilishga juda kam ma’lumot berdi.
Bolalar
Tug’ilishni ro’yxatdan o’tkazish: Fuqarolik mamlakat hududida tug’ilganidan yoki ota-onasining fuqaroligidan kelib chiqadi. Hukumat odatda barcha tug’ilishlarni darhol ro’yxatdan o’tkazdi.
Tibbiy yordam: Hukumat o’g’il va qiz bolalarga teng miqdorda subsidiyalangan tibbiy yordam ko’rsatadi, rasmiy ro’yxatdan o’tgan manzilga ega bo’lmaganlar, masalan ko’cha bolalari va mehnat migrantlarning bolalari davlat sog’liqni saqlash muassasalarida tibbiy yordam olish huquqiga ega emas.
Bolalarga nisbatan zo’ravonlik: Bolalaga nisbatan zo’rovonlikdan huquqiy himoya mavjud. Jamiyatda odatda bolalarga nisbatan zo’rovonlik ichki oilaviy ish deb hisoblangan. Bu borada, shu jumladan hukumatning bundai zo’rovonlikga qarshi harakatlari to’g’risida, etarli rasmiy ma’lumotlar mavjud emas.
Erta va majburiy nikohlar: 2019 yilda hukumat ayollarning nikoh yoshi uchun eng kam qonuniy yoshini 17 yoshdan 18 yoshgacha oshirdi va nikoh yoshini har ikki jins uchun tenglashtirdi. Tuman hokimliglari, istisno holatlarda, nikoh yoshini bir yilga tushirishlari mumkin. Ba’zi qishloq joylarda, 15 yoshga to’lgan yoki undan kichik yoshdagi qizlar davlat tomonidan rasman tan olinmaydigan diniy marosimlarda erkaklarga uylanganlar.
Bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish: Qonun bolalarni «har qanday ekspluatatsiya» dan himoya qiladi. Bolani fohishalikka jalb qilish pul jarimasi va besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Rozilik bilan jinsiy aloqada bo’lishning eng kichik ruhsat berilgan yoshi – 16 yosh. Jinsiy zo’rlash uchun jazo 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. Bolalar pornografiyasini tayyorlash, namoyish etish va tarqatish jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Muassasalardaga bolalar: UNICEF ma’lumotlariga ko’ra, 20 mingdan ortiq nogiron bolalar muassasalarga joylashtirilgan. Ta’lim maqsadlari uchun turar-joy muassasalariga joylashtirilgan bolalarning soni anja ko’p. Davlat statistika qo’mitasining 2017 yilda e’lon qilingan so’nggi hisobotlarida ko’rsatilishicha, turar-joy muassasalariga joylashtirilgan barcha bolalarning 84 foizini nogiron bolalar tashkil etadi, ular orasida eng katta guruhni 7 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan bolalar tashkil etadi.
Xalqaro bola o’g’irlash: Mamlakat 1980 yilgi Gaaga konventsiyasining xalqaro bolalarni o’g’irlashning fuqarolik jihatlari to’g’risidagi konventsiyasiga qo’shilgan. Davlat departamentining xalqaro ota-onalarning bolalarni o’g’irlash to’g’risidagi yillik hisobotiga qarang: https://travel.state.gov/content/travel/en/International-Parental-Child- Abduction/for-providers/legal-reports-and-data/reported-cases.html.
Antisemitizm
Antisemitizm xatti-harakatlari yoki yahudiylarga nisbatan kamsitish shakllari to’g’risida xabarlar bo’lmadi. Ro’yhatdan o’tgan sakkizta yahudiy jamoalari mavjud. Shu dindagilar asosan Toshkent, Samarqand, Farg’ona vodiysi va Buxoroda istiqomat qiladigan yahudiylarning soni 10 mingdan kamni tashkil qildi. Ularning soni asosan iqtisodiy sabablarga ko’ra emigratsiya tufayli pasayishda davom etdi.
Odam savdosi
Davlat Departamentining odam savdosi to’g’risidagi hisobotiga qarang: https://www.state.gov/trafficking-in-persons-report/.
Nogiron insonlar
Qonun nogironlarga nisbatan kamsitishni taqiqlaydi, ammo nogironlik asosida ijtimoiy kamsitish yuz berdi.
Agar nogironlar uchun binolarga, shu jumladan xususiy do’konlar va restoranlarga kirish imkoni bo’lmasa, qonun jarima solish imkon beradi, ammo jarimalar to’lash to’g’risida hech qanday ma’lumot mavjud emas.
Nogironlar faollarining ta’kidlashicha, kirish imkoniyati etarli emas, masalan, so’nggi yillarda qurilgan ko’plab o’rta maktablarda tashqi yo’laklar mavjud, ammo nogironlar aravachasi foydalanuvchilari harakatini osonlashtiradigan ichki tuzilmalar yo’q.
16 oktabr kuni Prezident Mirziyoyev nogironlar huquqlari to’g’risidagi yangi qonunni imzoladi. Qonun xalqaro standartlarga va BMTning Nogironlar huquqlari to’g’risidagi konvensiyasi talablariga asoslangan. Boshqa qoidalar qatorida u «nogiron» o’rniga «qobiliyati cheklangan shaxs» atamasini kiritdi. Qonun nogironlar uchun yaxshilangan imtiyozlarni, shu jumladan nogironlik to’g’risidagi arizani ko’rib chiqish muddatini 3 oydan 10 kungacha qisqartirishni, ta’minlaydi.
Sog’liqni saqlash vazirligi nogironlar tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini nazorat qildi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi nogironlarni ish bilan ta’minlashga ko’maklashdi. Ta’lim va ruhiy salomatlik muassasalarida suiiste’mol qilish holatlari to’g’risida ma’lumot yo’q.
Qonun kamida 20 kishi ishlaydigan davlat muassasalari va xususiy korxonalarni nogironlar uchun ish joylarining kamida 3 foizini zaxiralashga majbur qiladi. Faollarning ta’kidlashicha, ushbu qonun kamdan-kam hollarda amalga oshirilgan yoki umuman qo’llanilmagan. Faollar nogironlik bo’yicha nafaqalar va pensiyalar miqdori, rasmiy ravishda belgilangan yashash minimumi yo’qligi sababli, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar ehtiyojlariga etarli emasligini ta’kidladilar.
COVID-19 pandemiyasi nogironlar uchun atrof-muhitni yanada qiyinlashtirdi, chunki dastlabki pandeniya paytida jamoat va xususiy transportning to’xtashi nogiron bolalar va kattalar uchun oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini keltirib chiqardi. Shu tufayli nogironlar mahalla qo’mitalari tomonidan epizodik ravishda yordam tariqasida berilgan oziq-ovqat mahsulotlariga tayanib qolishdi.
Nogironlar huquqlari bo’icha faollarining ta’kidlashicha, nogironlarni kamsitish holatlari yuzaga kelgan, va taxminan 8500 nafar nogiron kattalar (631 000 dan ortiq 16 dan 60 yoshgacha bo’lgan nogironlar sonidan) ish bilan ta’minlangan va nogironlarning taxminan 75 foizi qashshoqlik chegarasida yashaydi. Toshkent shahri nogironlar uchun 2500 ta uy-joy ajratdi. Hukumat ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari, shahar zonalari va aholi turar joylari, aeroportlar, temir yo’l stantsiyalari va boshqa inshootlarda nogironlarga kirish imkoniyatini ta’minlashni talab qilgan, ammo hech qanday davlat dasturlari amalga oshirilmagan va faollar nogironlar uchun infratuzilma bilan bog’liq qiyinchiliklarni borligini bildirishgan.
Ko’zi ojiz yoki ko’rish qobiliyati cheklangan o’quvchilar ba’zida Sovet davrida nashr etilgan eskirgan brayl shriftidagi kitoblar asosida dars o’tishadi, ammo aniq miqdordagi kompyuterlar ko’rish qobiliyati cheklanganlar uchun moslashtirilgan va ba’zi yangi brayl kitoblari maktablarga sovg’a qilingan. Davlat tomonidan ajratilgan kvota tizimi natijasida oliy o’quv yurtlarida nogironlar soni sezilarli darajada oshdi. 2017 yilda faqat 50 nafar nogiron oliy o’quv yurtlariga qabul qilingan. 2019 yilda ularning soni 1659 tani tashkil etdi, va bu yil oxiriga kelib 2200 taga etdi.
Milliy / irqiy / etnik ozchilikni tashkil qiluvchilar
Qonun fuqarolikni olish uchun o’zbek tilini bilishni talab qilmaydi, lekin til ko’pincha nozik masala bo’lib kelgan. O’zbek tili davlat tilidir va Konstitutsiya prezidentning uni bilishini talab qiladi. Shuningdek, qonunda rus tili «millatlararo muloqot tili» ekani beldirilgan.
Xabarlarga ko’ra, rasmiylar hukumatdagi byurokratiya va biznesdagi yuqori lavozimlarni etnik o’zbeklar uchun saqlab qo’ygan, ammo bu hollar mustasnolar ko’p bo’lgan.
Ijtimoiy zo’ravonlik yoki etnik ozchilik guruhlari a’zolariga nisbatan kamsitish holatlari bo’yicha shikoyatlar kam uchradi.
Jinsiy yo’nalishga va jinsiy identifikatsiya asosida zo’ravonlik, kamsitish va boshqa huquqbuzarlik holatlari
Jinoyat kodeksining 120-moddasi erkaklar o’rtasidagi o’zaro kelishilgan jinsiy aloqani jinoiy javobgarlikka tortiladi, ushbu jinoyat 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qonun ayollar o’rtasida o’zaro kelishilgan jinsiy aloqa uchun jinoiy javobgarlikka tortmaydi.
Jamiyatda, odatda, bir jins vakillari o’rtasidagi jinsiy aloqa tabu mavzusi sifatida qabul qilinadi. Ma’lum lesbiyan, gomoseksual, biseksual, transgender va interseks (LGBTI) tashkilotlar mavjud emas. Jinsiy orientatsiya va identifikatsiya bilan bog’liq chuqur salbiy ijtimoiy munosabat LGBTI quruhlarining so’z erkinligini cheklab qo’ydi va ularni kamsitishga olib keldi. Qonun LGBTI shaxslarini uy-joy, ish bilan ta’minlash, fuqarolik to’g’risidagi qonunlar va sog’liqni saqlash kabi davlat xizmatlaridan foydalanish sohasida kamsitishni taqiqlamaydi.
Mamlakatning 2018 yildagi Umumiy davriy tahlilidan so’ng hukumat LGBTI maqomidan jinoiy javobgarlikni olib tashlash bilan bog’liq tavsiyalarni rad etdi va LGBTI muammolarini «o’zbek jamiyati uchun ahamiyatsiz» deb atadi.
LGBTI faollari xabar qilishlaricha, ichki ishlar organlari tomonidan ta’qiblar davom etmoqda, ular, mish-mishlarga ko’ra, LGBTI shaxslarini shantaj sxemalarida tuzoqqa tushirish uchun ishlatishadi. 24 noyabr kuni OAV ichki ishlar xodimlari Oliy sud raisining yordamchisini gomoseksual aloqalarda ayblab hibsga olgani haqida xabar berishdi. Ma’lumotlarga ko’ra, yordamchi o’zaro aloqalarni sir tutish uchun undan 17 ming AQSh dollari undirib olgan sherigi bilan uzoq muddatli aloqada bo’lgan. Yordamchi pul to’lashni davom ettirishdan bosh tortganida, sherigi ikkalasining jinsiy aloqasi paytidagi videoni tarqatgan. Bir ommaviy axborot vositasi, deyarli barcha vazirliklarda, shu jumladan xavfsizlik xizmatlarida ochiqchasiga gomoseksual bo’lmagan shaxslar borligini ta’kidlab, bu davlat hizmati sohasidagi gomoseksual munosabatlarning birinchi hodisasi emasligini yozgan.
OIV va OITS Ijtimoiy stigma
Qonun OIV infektsiyasini yuqtirganlarni kamsitishlardan himoya qiladi va ularga bepul tibbiy xizmatni ta’minlaydi. UNAIDS-ning ma’lumotiga ko’ra, 2019 yil holatiga ko’ra, 50 ming kishi OIV bilan infektsiyalangan, shu jumladan 14 yoshdan kichik bo’lgan bolalarni soni 6000 nafar. OIV bilan infektsiyalangan kattalarni antiretrovirus terapiyasi bilan qamrab olish 58 foizni, infektsiyalangan bolalarni qamrab olish esa 91 foizni tashkil etdi. OIV bilan infektsiyalanganligi ma’lum bo’lgan shaxslar, OIV holati ma’lum bo’lganidan keyin, ular davlat idoralari xodimlari, sog’liqni saqlash xodimlari, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, turar joy egalari va ish beruvchilar tomonidan ijtimoiy izolyatsiya va kamsitishlarga duch kelganlari haqida xabar berishgan. Harbiylar OIV bilan infektsiyalangan deb topilgan harbiy xizmatdagilarni hizmatdan bo’shatgan. Ba’zi LGBTI jamoatchilik faollarining xabar berishicha, kasalxonalar bo’limlari OIV bilan kasallangan bemorlarning shaxsiy tarixini ko’rib chiqib, ularni giyovandlar, gomoseksuallar yoki fohishabozlik bilan shug’ullanadiganlar toifasiga kiritadilar. Xabarlarga ko’ra, shifoxona mutasaddilari ba’zan OIV bilan infektsiyalangan bemorlarning fayllarini «gomoseksual» deb belgilab, erkaklar o’rtasidagi o’zaro kelishilgan jinsiy aloqa jinoyat hisoblangani sabali, ularni ko’rib chiqish uchun ichki ishlar idoralariga yuborishgan.
1 noyabr kuni Respublika OITS markazi direktori mamlakatda OIV diagnostikasi bo’yicha 78 laboratoriya, shu jumladan OITS markazlarida 15 ta laboratoriya va 63 ta tumanlararo laboratoriyalar mavjudligini xabar qildi. Laboratoriyalarni test tizimlari va reaktivlar bilan ta’minlash uchun davlat har yili sakkiz milliard so’mdan (766 000 AQSh dollari) ko’proq mablag’ ajratdi.
Yettinchi Bo’lim. Ishchilarning huquqlari
a. Uyushish erkinligi va jamoaviy bitim tuzish kelishuvlari
Qonun ishchilarga mustaqil kasaba uyushmalarini tuzish va ularga a’zo bo’lish va jamoaviy bitimlar tuzish huquqini beradi. Shaxslar ushbu huquqlardan foydalana olmadilar, chunki mamlakatda faoliyat ko’rsatadigan mustaqil kasaba uyushmalari yo’q. Qonun ish tashlash huquqini ham ta’minlamaydi va taqiqlamaydi, lekin uyushmalarning kamsitilishini taqiqlaydi. Kasaba uyushmalari to’g’risidagi qonunda ishchilar kasaba uyushmaga a’zoligi sababli ishdan bo’shatilmasligi mumkin, ammo kasaba uyushmasi faoliyati uchun ishdan bo’shatilgan ishchilar qayta tiklanishi kerakligi aniq aytilmagan. Jamoat ishlarida ko’ngillilar va shaxslar tomonidan hujjatlashtirilgan shartnomasiz ishlaydigan ishchilar huquqiy himoyaga ega emaslar.
Hukumat tomonidan amaldagi qonunlarni ijrosini ta’minlashi to’g’risida ochiq ma’lumot mavjud emas, chunki mustaqil kasaba uyushmalar tuzishga urinish hollari bo’lmagan. Uyushmalar erkinligi to’g’risidagi qonunlarni buzganlik uchun jazolar nazarda tutilgan.
Jazo choralari boshqa qonunlardagi fuqarolik huquqlarini inkor etish bilan bog’liq jazolar bilan mutanosib emas, masalan, diskriminatsiyaga tegishli jazolar. Hukumat «kasaba uyushmalari, ularning faoliyati huquqlari va kafolatlari» to’g’risidagi qonunga o’zgartirishlar kiritdi. Kasaba uyushmalarining huquqiy himoyasiga qaramay, ishchilar mustaqil kasaba uyushmalarini muvaffaqiyatli tashkil etmagan yoki ularga qo’shilmaganlar. Ishchilar mustaqil alternativ kasaba uyushmalarini yaratish urinishlari qatag’on qilinishidan xavotirlanishgan. Kasaba uyushmalari markazlashgan, hukumat tomonidan nazorat qilingan va unga qaram bo’lib qolmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, Davlat kasaba uyushmalari federatsiyasi 35000 dan ortiq asosiy tashkilotlar va 14 mintaqaviy kasaba uyushmalarini birlashtirgan. Mintaqaviy va sanoat kasaba uyushmalari davlat boshqaruvida qoldi.
Hukumat tomonidan tashkil etilgan kasaba uyushmalari o’z a’zolari nomidan mustaqil bitim kelishuvlarni amalga oshirmagan. Hukumat vazirliklari, shu jumladan Qishloq xo’jaligi vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishgan holda, davlat xizmatchilari uchun ish haqi va ayrim tarmoqlarda ishlab chiqarish kvotalarini belgilashni davom ettirdilar. Hukumat avvalgi yillarga qaraganda ko’proq tarmoqlarda narxlarni belgilashni imkonini bozorga berishga harakat qildi. Rivojlanayotgan xususiy sektorda menejment ish haqini o’zi o’rnatadi yoki ishga qabul qilinayatgan shaxslar bilan yakka tartibda muzokaralar orqali o’rnatadi. Mehnat masalalariga tegishli arbitraj etarli darajada rivojlanmagan.
b. Majburiy yoki shartli mehnatni taqiqlash
Qonun majburiy yoki shartli mehnatni barcha turlarini taqiqlaydi, faqat o’g’irlik, firibgarlik yoki soliq to’lashdan qochish kabi jinoyatlar uchun qonuniy jazo yoki qonunda belgilangan holatlar bundan mustasno. Jinoyat kodeksining ayrim bo’limlari, tuhmat qilish va milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qo’zg’atish kabi jinoyatlar uchun jazo sifatida majburiy mehnatga yo’l qo’yadi. Hukumat qonunni amalda tatbiq etdi, ammo jazo boshqa shunga o’xshash og’ir jinoyatlar uchun, masalan odam o’g’irlash uchun, jazolar bilan mutanosib emas.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Mehnat vazirligi) inspektorlari majburiy mehnat to’g’risidagi qonunlarni bajarish vakolatiga ega. Majburiy mehnat yoki odam savdosi bilan bog’liq masalalar bo’yicha etakchi lavozim – odam savdosi va majburiy mehnat bo’yicha Milliy komissiyaning maxsus ma’ruzachisi. Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) paxta terimida bolalar va majburiy mehnat bo’yicha uchinchi tomon monitoringi ko’lamini kengaytirdi.
Davlat tomonidan kattalarni mehnatga majburlash boshqa sohalarda ham saqlanib qoldi. Hukumat tomonidan 2018 yilda taqiqlanganiga qaramay, mahalliy hokimiyat o’qituvchilar, talabalar (shu jumladan bolalar), xususiy korxonalar xodimlari va boshqalarni qurilish va paxtadan tashqari qishloq xo’jaligining boshqa turlarida ishlashga, bog’lar, ko’chalar va binolarni tozalashga majbur qilganligi haqida xabarlar davom etmoqda. Hokimiyat vakillari vaqti-vaqti bilan ushbu ishlarni hashar, jamoat manfaati uchun ixtiyoriy ish deb belgilab, mehnatga majbur qilishgan.
Hukumat majburiy mehnatning barcha turlariga qarshi kurashish harakatlarini kuchaytirdi. Yil davomida hukumat jamoatchilikni majburiy mehnatga, shu jumladan yillik paxta terimiga majburlashni taqiqlanganligi to’g’risida xabardor qildi. Bundan tashqari, hukumat har yili paxta yig’im-terimi uchun davlat ishlab chiqarish kvotalarini bekor qildi. Odatda terimchilar kambag’al oilalar, ishsizlar va yolg’iz onalar singari zaif guruhlardan iborat bo’lgan.
Paxta ishlab chiqarish kvotalarini bekor qilish uzoq vaqtdan beri mamlakatdagi majburiy mehnat masalalaribilan shug’ullanadigan xalqaro tashkilotlar tomonidan talab qilingan. Natijada, mahalliy hokimiyatlar endi, oldingi yillarda majburiy mehnatning asosiy omili bo’lgan, hosilni yig’ib olishga belgilangan ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini bajarish uchun etarli ish kuchini safarbar etish uchun javobgar emaslar. Hukumat paxta «klasterlari»ni kengaytirish orqali paxta sektorini xususiylashtirishga qaratilgan qadamlarni davom ettirdi. Paxta klasterlari – bu to’g’ridan-to’g’ri yoki ma’lum bir tuman paxtakor fermerlari bilan shartnoma tuzish orqali paxtani etishtirish uchun hukumatdan erdan foydalanish imtiyozlarini oladigan, vertikal ravishda birlashtirilgan xususiy korxonalar (daladan tayyor mahsulotgacha).
XMT yillik paxta terimida «muntazam ravishda» majburiy mehnatga oid hech qanday dalil topmadi, shu bilan birga 102 000 turli xil majburiy mehnat holatlari aniqlangan, bu ko’rsatgich o’tgan yillarga nisbatan ancha kamaygan.
Majburiy mehnat va odam savdosini tugatish bo’yicha hukumatning harakatlarini nazorat qilish uchun javobgarlik Odam savdosi va majburiy mehnat bo’yicha milliy komissiy zimmasiga yuklangan. Komissiya odam savdosi bo’yicha, Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi, va majburiy mehnat bo’yicha, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri boshchiligidagi, kichik qo’mitalarga bo’lingan. Ikkalasi ham komissiya raisining o’rinbosari vazifasini bajaradi. Shuningdek, Senat raisi sifatida ishlagan Tanzila Narbaeva komissiya uchun maxsus ma’ruzachi vazifasini bajarishda davom etdi. Hukumat vakolatiga ega bo’lgan maxsus ma’ruzachi to’g’ridan-to’g’ri Prezidentga bo’ysunadi. Komissiyaning hududiy bo’limlari majburiy mehnat va odam savdosi bilan bog’liq qonunlar va me’yoriy hujjatlar ijrosi bo’yicha Komissiyaga hisobot beradi.
4 dekabr kuni Odam savdosi va majburiy mehnat bo’yicha milliy komissiya 170 ta davlat hizmatjilari mehnat qonunchiligini buzganliklari uchun 654 million so’m (63 ming AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortilganligi, shu jumladan, besh nafar tuman hokimiga paxta terimi paytida majburiy mehnatga yo’l qo’ygani uchun tanbeh berilganligi va ular, shu vaziyat takrorlansa, ishdan bo’shatilishi va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantiriganligi to’g’risida xabar bergan. 170 davlat xizmatchilaridan 42 si, shu jumladan korxona rahbarlari, hokimlar va ularning o’rinbosarlari, Ma’muriy javobgarlik kodeksining 51 moddasi (mehnatga majburlash) bo’yicha jinoiy javobgarlikka tortildilar. Shuningdek, Davlat mehnat inspektsiyasi tomonidan 540 dan ortiq fuqaroning mehnat shartnomalari nizomlari bajarilmaganligi, 34 ish joyi sharoitining yomonligi va 17 ish haqini o’z vaqtida to’lamaganlik holatlari aniqlangan. Paxta terimi mavsumi boshlanganidan buyon Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga majburiy mehnatga oid 790 ta murojaat kelib tushdi. Fuqarolik jamiyati faollari 26 ta shikoyat yuborishdi, shu jumladan 6 aniqlangan majburiy mehnat holati bo’yicha mtasaddilarga jarima solindi.
Hukumat barcha iqtisodiy sohalarda majburiy mehnatdan foydalanish bo’yicha rasmiy taqiqlarni saqlab qoldi va ushbu qoidalarni amalga oshirish uchun harakat qildi. Majburiy mehnatdan foydalanishga nisbatan qo’llaniladigan ma’muriy jazolarga birinchi jinoyat uchun jarima kiradi. Ikkinchi huquqbuzarlik uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Hukumat, shikoyatlarga qanday javob berganini baholash uchun, XMTga real vaqt rejimida mehnat qonunchiligi buzilishi to’g’risida xabar berish mexanizmini ko’rib chiqishga ruxsat berdi. Hukumat qo’shimcha ravishda xalqaro tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va mahalliy faollar bilan uchrashib, majburiy mehnat masalasini ommaviy ravishda muhokama qilish va fikrlarni almashish, shu jumladan paxta terimida majburiy mehnatga munosabatini yaxshilashga imkon beradigan taklif va tanqidlarni olish uchun harakat qildi. Hukumat majburiy mehnat bilan bog’liq muammoni tan oldi va uni yo’q qilish uchun yordam so’radi.
Shuningdek, Davlat Departamentining Odam savdosi to’g’risidagi hisobotiga qarang: https://www.state.gov/trafficking-in-persons-report/.
c. Bolalar mehnatini taqiqlash va ishga kirish uchun minimal yosh
Qonun bolalar mehnatining eng yomon shakllarini taqiqlaydi. Qonunda mehnatga yaroqlilikning eng kichik yoshi 16 yosh deb belgilab qo’yilgan va mehnat 18 yoshdan kichiklarning o’qishiga xalaqit bermasligi kerak deb belgilangan. Qonunga ko’ra, 15 yoshdan kichik bolalar ishlashiga yo’l qo’yilmaydi, ammo bu qoidaga har doim ham rioya qilinmagan. 15 yoshdagi bolalar, ota-onalarining ruxsati bilan, maktabdan bo’sh paytida haftasiga ko’pi bilan 24 soat, mashg’ulotlar paytida esa haftasiga 12 soat ishlashlari mumkin. 16 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalar maktabdan bo’sh paytida haftasiga 36 soat, mashg’ulotlar paytda haftasiga 18 soat ishlashlari mumkin. Farmonlarda 18 yoshga to’lmagan bolalar uchun taqiqlangan xavfli ishlar ro’yxati keltirilgan va ish beruvchilar tomonidan belgilangan xavfli sharoitlarda, shu jumladan er osti, suv ostida, xavfli balandliklarda ishlash va paxtani qo’lda terish, shu jumladan xavfli uskunalar bilan paxta terish uchun bolalar mehnatidan foydalanish taqiqlangan.
Bolalar kichik oilaviy qishloq xo’jaligi faoliyatida; oilaviy korxonalarda, masalan, novvoyxonalar va maishiy xizmat do’konlarida; va ba’zi turdagi xizmatlarni taqdim etishda ish bilan ta’minlangan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining inspektorlari bolalar mehnati to’g’risidagi qonunlarni amalga oshirish vakolatiga ega va ular qonunni ijrosini samarali bajarmoqdalar. Jazolar odam o’g’irlash kabi boshqa o’xshash jinoyatlar uchun jazolar bilan mutanosib emas. Hisobotlarda bolalar mehnati keng tarqalmaganligi ko’rsatilgan, garchi paxta terimi kuzatuvchilari paxtani etishtirish va yig’ishda alohida holatlarni aniqladilar, shuningdek tijoriy jinsiy ekspluatatsiyaga tegishli alohida holatlar ham aniqlangan.
Hukumat majburlagan bolalar mehnati to’g’risida hech qanday ma’lumot yo’q. Paxta terimida talabalardan foydalanishga qarshi hukumat tomonidan qo’yilgan taqiq amalda qolmoqda.
Shuningdek, Mehnat Departamentining Bolalar mehnatining eng yomon shakllari bo’yicha xulosalari https://www.dol.gov/agencies/ilab/resources/reports/child-labor/findings va Mehnat Departamenti Bolalar mehnati yoki majburiy mehnat qo’llanishi natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ro’yxatiga https://www.dol.gov/agencies/ilab/reports/child-labor/list-of-goods qarang.
d. Ishga va kasbga nisbatan kamsitishlik
Qonunlar va me’yoriy hujjatlar ish va kasbga nisbatan irqiga, jinsiga, diniga va tiliga qarab kamsitishni taqiqlaydi. Mehnat kodeksiga ko’ra, davlat muhofazasiga loyiq yoki alohida ish joy sharoyitlarini talab qiladigan shaxslarga, shu jumladan ayollar, bolalar va nogironlarga nisbatan munosabatdagi farqlar diskriminatsiya deb hisoblanmaydi. Qonun, sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatishi sababli, ayollarga 98 turli xil sohalardagi 355 ta kasbda ishlashni taqiqlaydi. Qonunda jinsiy orientatsiya yoki gender identifikatsiya, yoshi, siyosiy fikri, milliy kelib chiqishi yoki fuqaroligi yoki ijtimoiy kelib chiqishiga qarab diskriminatsiya taqiqlanmagan. OIV bilan kasallangan shaxslarga ma’lum kasblarda, shu jumladan tibbiyot sohasida, bemorlar bilan bevosita aloqada bo’lishni yoki qon yoki qon mahsulotlari bilan ishlashni talab qiladigan, shuningdek kosmetologiya yoki sartaroshlik sohasida ishlash qonuniy ravishda taqiqlanadi. Ushbu qonunlar va qoidalarning davlat tomonidan bajarilishini aniqlash uchun jamoatchilikka ma’lum bo’lgan ma’lumotlar etarli emas, va hukumatning noqonuniy kamsitish holatlarini ko’rib chiqish bo’yicha harakatlari to’g’risidagi ma’lumotlar yo’q.
Jazolar fuqarolarning huquqlari bilan bog’liq qonunlardagi jazolarga mutanosib, masalan saylovlarga aralashuv uchun jazolarga.
Mehnat kodeksi ishga arizachining sudlanganligi yoki yaqin qarindoshining sudlanganligi asosida ish bermaslikni taqiqlaydi.
e. Qabul qilingan ish sharoitlari
Qonunda eng kam ish haqining miqdori belgilangan. Yanvar oyida Prezident Mirziyoyev aholining 12 dan 15 foizigacha (4dan 5 milliongacha) kambahallik yoki undan ham past darajada yashab kelayatganini tan oldi. Qonunga ko’ra standart ish haftasi 40 soatni tashkil qiladi va 24 soatlik dam olish davri ko’zda tutilgan.
Qonunda yilgi to’lanadigan ta’til kunlari belgilangan. Qonunda mehnat shartnomalarida ko’rsatilgan yoki ishchining kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda belgilangan ish vaqtidan tashqari ish uchun to’lov belgilangan. Bunday kompensatsiya qo’shimcha ish haqi yoki ta’til shaklida berilishi mumkin. Qonunda belgilangan ish vaqtidan tashqari ish haqi kompensatsiyasi xodimning o’rtacha oylik ish haqi miqdorining 200 foizidan kam bo’lmasligi kerakligi aytilgan. Qo’shimcha ta’til vaqti haqiqiy ortiqcha ish vaqtidan kam bo’lmasligi kerak. Xodim yiliga 120 soatdan ortiq belgilangan ish vaqtigadan tashqari ish vaqtiga ega bo’lishi mumkin emas, lekin bu cheklash odatda bajarilmagan, ayniqsa davlat sektorida. Qonun majburiy qo’shimcha ish vaqtini taqiqlaydi. Hukumat ushbu qonunlarni rasmiy iqtisodiyotda samarali tatbiq etdi. Ish haqi va ishdan tashqari ish vaqtiga tegishli qonunlarni buzganlik uchun jazo shunga o’xshash jinoyatlar uchun, masalan firibgarlik uchun, jazo bilan mutanosib emas. Norasmiy iqtisodiyotda ushbu qonunlarning bajarilishi to’g’risida ma’lumot yo’q. Iyul oyida Telegram kanali orqali rasmiylarga yollangan ochiq maktubda tibbiyot xodimlari Prezident Mirziyoyev va’da qilgan kompensatsiya puli berilmaganligi va ish haqi ko’pincha kechiktirilayotganligi haqida aytishgan. Shuningdek, maktubda tibbiyot xodimlari o’rtasida COVID-19 testi muntazam olib borilmaganligi, va bu ularning virus tarqalish xavfini oshirishi haqida aytilgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, kasaba uyushmalari bilan kelishgan holda, mehnatni muhofaza qilish standartlarini o’rnatadi va amalga oshiradi. Qonunga muvofiq, sog’liq va xavfsizlik standartlari barcha sohalarda qo’llanilishi kerak. Hukumat ushbu qonunlarni rasmiy iqtisodiyotda samarali tatbiq etdi. Norasmiy iqtisodiyotda ushbu qonunlarning bajarilishi to’g’risida ma’lumot yo’q. Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlarni buzganlik uchun jazo jinoiy beparvolik kabi jinoyatlar uchun jazolarbilan mutanosib emas.
Ish beruvchilar mehnatni muhofaza qilish bo’yicha standartlar, qoidalar va meyorlarga hamda jamoaviy shartnomalar bo’yicha majburiyatlarga muvofiqligini ta’minlash uchun javobgardirlar.
20 oktyabrda minglab ishchilar qurilayotgan sanoat ob’ektida tartibsizliklar uyushtirishdi. To’polonlar ish beruvchi Enter Engineering Pte Ltd kompaniyasi o’sha kuni kechqurun ishchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlay olmaganidan keyin boshlandi, bu esa ishchilarning ish haqlari vaqtida to’lanib kelmayatgani bilan noroziliglariga qo’shildi. Qonunda, agar ish beruvchi ish joyida xavfsizlik choralarini etarli darajada ta’minlamagan bo’lsa, ishchilar xavfli ishni bajarishdan qonuniy ravishda bosh tortishlari mumkin va, agar ishchi ishdan bo’shashni xohlasa, ish beruvchi shu ish to’htatilgan davr uchun ish haqini to’lashi yoki ishdan bo’shash sababli to’lanadigan nafaqani to’lashi shart. Odatda ishchilar ushbu huquqdan foydalanmaydilar, chunki bu shart samarali qo’llab-quvvatlanmaydi va xodimlar ish beruvchilarning jazosidan qo’rqishadi. Qonun ishchining ish joyidagi jarohati, kasb kasalligi yoki boshqa sog’lig’iga etkazilgan shikastlanish bilan bog’liq holda hayoti yoki sog’lig’iga etkazilgan zarar uchun ish beruvchini fuqarolik javobgarligini talab qiladi. Bundan tashqari, kompaniya ishchilari talab qilganda kompaniya ma’muriyati ularga mehnat sharoitlari va ishdagi xavfsizlik holati, mavjud shaxsiy himoya vositalari, imtiyozlar va kompensatsiyalar to’g’risida ma’lumot berishga majbur.
Yil davomida mehnat inspektorlarning soni ko’paydi va jamoatchilikka kelib tushgan shikoyatlar, shuningdek ularga jazo choralarining soni ko’paydi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tartibiga ko’ra, mehnatga oid shikoyatlar besh ish kuni ichida tekshirishni kerak. Vazirlik yoki mahalliy hokimiyat idoralari korxonalarni tanlab tekshirishni boshlashi mumkin va baxtsiz hodisalar yoki shikoyatlarga javoban maxsus tekshiruvlar o’tkazib turishadi.
Inspektorlar kutilmagan tekshiruvlar o’tkazish va sanktsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega. Hisobotlarga ko’ra, odatda bandlik hujjatlashtirilmaydigan norasmiy iqtisodiyotning hajmi tufayli talablarni ijrosini ta’minlash notekis o’tgan. Mehnat inspektorlari sonining ko’payishiga qaramay, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida norasmiy sektorda talablarni bajarish va ko’plab qonunbuzarliklarning oldini olish uchun xodimlarning etarli soni mavjud emas.
Hukumat XMTning Munosib mehnatga oid mamlakat dasturini kengaytirishni davom etdi. Eng ko’p uchraydigan mehnat qoidabuzarliklari: shartnomasiz ishlash, e’lon qilingan to’lovlardan pastroq to’lovlar, kechiktirilgan to’lovlar va talablarga javob bermaydigan sanitariya-gigiyena sharoitlari.
Ko’pgina xodimlar yarim kunlik yoki kam daromadli rasmiy ishlarga ega bo’lgan va ko’pchilik norasmiy ravishda ishlashda davom etishgan. Hukumat iqtisodiyotning ko’p qismini norasmiy iqtisodiyotdan rasmiy iqtisodiyotga o’tkazish va norasmiy ravishda ishlayotganlarni mehnat va ijtimoiy himoya bilan ta’minlash bo’yicha ishlarni olib borgan.
Xususiy sektor ish beruvchilari tomonidan eng ko’p yol qo’yilgan qoidabuzarliklar ish haqi, ishdan tashqari ish vaqti va mehnat muhofazasi standartlarini buzish hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko’ra, ish joyidagi xavfsizlik standartlari mavjud bo’lsa-da, ishchilar ba’zi xavfli ish joylarida zarur himoya kiyimlari va uskunalarisiz ishlashadi. Mehnat xavfsizligiga tegishli qoidabuzarliklar tez-tez uchraydigan tarmoqlar, shuningdek xavfli sharoitlarda yoki zarur xavfsizlik uskunalari bo’lmagan ishchilarning aniq guruhlari to’g’risida aniqroq ma’lumot mavjud emas. Iyul oyida ommaviy axborot vositalarida shifokorlar, hamshiralar va karantin markazlarining ishchilari, agar ular COVID-19 bilan kasallansa, hukumatga qarshi da’vo qilmasliklari to’g’risidagi majburiyatini qabul qilishga zo’rlanganlari haqida xabar berilgan edi. Mart oyida mamlakat sanoat xavfsizligi standartlarini yaxshilash uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining Sanoat xavfsizligi bo’yicha davlatlararo kengashiga qo’shildi. Hukumat sanoat tarmoqlaridagi baxtsiz hodisalar bo’yicha statistik ma’lumot taqdim etmagan.