Xalqaro diniy erkinlik to’g’risidagi hisobot: O’zbekiston 2018-yil

Qisqacha umumiy ma`lumot

Konstitutsiya, din yoki e’tiqod erkinligini, hamda hukumat va dinning alohida bo’lishini ta’minlaydi. BMTning din yoki e’tiqod bo’yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahidning barcha o’n ikkita tavsiyalarini bajarish uchun may oyida parlament diniy erkinlik bo’yicha «yo’l xaritasini» tasdiqladi. Bu diniy tashkilotlarni ro’yxatdan o’tkazish qoidalari va ularning hisobot berish talablarini soddalashtirdi.  Hukumat, 17 ta taniqli diniy guruh bilan muammolarni muhokama qilish uchun, platforma sifatida maslahat organi – E’tiqodlar kengashini tuzdi.  Prezident afvi tufayli, hukumat diniy ekstremizmda ayblanib sudlangan 185 nafar  mahbusni ozod qildi. Sentabr oyida O’zbekiston Musulmonlar diniy boshqarmasi, imom Parpiyevni hukumat tomonidan tasdiqlangan diniy o’qituvlarni rad etgani uchun o’z lavozimidan bo’shatdi. Hukumat sakkiz yil ichida birinchi marotaba Toshkent yaqinida joylashgan Chirchiq shahridagi Presviterian diniy jamoasi tomonidan boshqariladigan Svet Miru cherkovini  ro’yxatga oldi. Iegova Guvohlari esa, o`z a`zolariga nisbatan militsiya xodimlarining ta’qiblari sezilarli darajada kamayganini ma’lum qilishgan: ta’qib 2017-yil 240 ta bo’lsa, 2018-yil 114 taga tushgan. Bir nechta manba’larga ko’ra, militsiya ro’yxatdan o’tmagan diniy guruhlarning yig’ilishlariga reydlar uyushtirishni yil oxirigacha davom ettirgan, yig’ilishlarda ishtirok etgan shaxslarni hibsga olgan, qonuniy va noqonuniy tintuv o’tkazib, noqonuniy diniy materiallarni shaxslarning shaxsiy uylaridan tortib olgan. Dekabr oyida hukumatni diniy guruhlarga qarshi reydlarni to’xtatishi haqida e’lon qilinganidan so’ng, bitta reyd haqida xabar berildi. Sudlar hibsga olingan shaxslarni jarima va qamoq jazosiga hukm qilishni davom ettirishgan; biroq birinchi marotaba yuqori sudlar ushbu hukmlarning ba’zilarini bekor qilgan. Hukumat tomonidan  ro’yxatga olish to’g’risidagi arizalari rad etilgan diniy guruh a’zolari, o’z diniy e’tiqodlari bilan jinoiy javobgarlikka tortilmasdan shug’ullanishga imkonsiz qolishgan. Davlat organlari ba’zi guruhlarning a’zolarini, shu jumladan, ro’yxatdan o’tmagan Iegova Guvohlarini jamoaviy sig’inish va boshqa diniy marosimlarda qatnashganliklari uchun jarimaga tortdi. Ta’lim vazirligi yangi kiynish tartibini e’lon qildi, bu maktablarda diniy kiyimbosh va ramzlar, masalan do’ppi, xoch va hijob kiyishni taqiqladi. Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, rahbariyat Toshkent Xalqaro Islom akademiyasida 100 dan ortiq qizga o`z hijoblarini yechishni buyurgan, aks holda haydalishlari mumkinligini aytgan. Qizlarga hijob o’rashga, erkaklarga soqol o’stirishga va bolalarning masjidlarga borishiga hukumatdan ruxsat berishini so’ragan to’qqiz nafar bloggerni militsiya hibsga olgan va jarimaga tortgan. Matbuot xabarlariga ko’ra, Toshkent tumani Xalq ta’limi boshqarmasi o’qituvchilarga o’quvchilarni namozga qo’yib yuborilishining oldini olish uchun juma kunlari maktab tadbirlarini rejalashtirishni buyurgan. Inson huquqlari faollarining xabar berishicha, militsiya mo`min-musulmonlarning shaxsini tekshirishni davom ettirgan va 18 yoshgacha bo’lgan shaxslarni ko’pgina masjidlarga kirishiga to’sqinlik qilgan. Rim-katolik rahbarlarining so’zlariga ko’ra, hukumat Farg’ona vodiysida katolik yoshlar uchun yozgi lagerni taqiqlab qo’yqan va katoliklarni yashirin kuzatgan. Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, hukumat diniy mazmunga ega bir nechta veb-saytlarga, jumladan xristian va islom diniga oid yangiliklarga kirishni ataylab to’sib qo’ygan.

Nodavlat tashkilotlar (NDT) va fuqarolar ba`zi shaxslarga nisbatan, xususan, musulmon aholisi orasida odamlarni diniy o’zgarishlariga qarshi ijtimoiy bosim o’tkazayotganliklarini xabar qilishda davom etmoqda. Xabarlarga ko’ra, nasroniylikni qabul qilgan o’zbeklar doimiy ravishda ta`zyiq va kamsitishlarga duchor bo’lganlar, shu jumladan hukumat ularning yangi e’tiqodlaridan voz kechishlarini va oila a’zolarini bunga ishontirishlari uchun bosim o’tkazgan. Prozelitizm sifatida qabul qilingan diniy guruhlarning a’zolari, shu jumladan evangelist xristianlar, ellikchilar va baptistlarning aytishlaricha, ular  hali ham kuchayayotgan jamoatchilik nazorati va kamsitilishga duchor bo’lishda davom etmoqdalar. Ba’zi diniy ozchiliklarning ta’kidlashicha, Islomni qabul qilishdagi ijtimoiy tamg’a, dafn marosimlarini o’tkazish qiyinlashgan.

Davlat departamentining yuqori lavozimli amaldorlari, shu jumladan Xalqaro diniy erkinlik bo’yicha elchi va diniy ozchiliklar bo’yicha maxsus maslahatchisi hukumat rahbarlari bilan uchrashishdi va hukumatning diniy erkinlikni yaxshilash yo’lidagi jiddiy qadamlarni tavsiya qildi. Qo’yilgan qadamlar orasida tinch diniy faoliyat bilan shug’ullangani uchun hibsga olinganlarni ozod qilish; ularning barchasi qonuniy faoliyat ko’rsatishi va jarima yoki reydga duchor bo’lmasliklari uchun, diniy asosdagi tashkilotlarni ro’yxatdan o’tkazish uchun talablar qo’yildi; ro’yxatdan o’tgan ibodat uylaridan tashqarida diniy guruhlarning a’zolariga o’z e’tiqodlarini erkin bajarishlariga ruxsat berish; elektron va qog’oz nusxadagi diniy adabiyotlarni olib kirish va ulardan foydalanishda cheklovlarni bekor qilish; va din haqida ommaviy chiqishlarni himoya qilish. Elchixona xodimlari hukumatni diniy vijdon mahbuslarini yillik amnistiyaga kiritishga va diniy erkinliklar va bag’rikenglik masalalari bo’yicha diniy guruhlar va fuqarolik jamiyati bilan muntazam ravishda uchrashib turishga chaqirdi.

28- noyabr kuni, 1998-yilda qabul qilingan Xalqaro diniy erkinlik to’g’risidagi aktga muvofiq, o’zgartirilgan holda, Davlat kotibi O’zbekistonni “Maxsus kuzatuv” ro’yxatiga qo’ydi. Diniy erkinlikni qo’pol ravishda buzganlik yoki unga yo`l  q`oyganlik to’g’risidagi ro’yxat.   O’zbekiston 2006-2017-yillarda alohida tashvish uyg’otadigan mamlakat sifatida belgilangan va Kotib hukumat diniy erkinligini hurmat qilish borasida sezilarli yutuqlarga erishganini aniqlagandan so’ng uni maxsus kuzatuv ro’yxatiga kiritgan.

1-bo’lim. Diniy demografiya

AQSh hukumati umumiy aholi sonini 30 million deb hisoblaydi (2018-yil iyul oyidagi taxmin). O’zbekiston hukumati statistikasi bo’yicha esa mamlakat aholisi 33 million kishini tashkil qiladi. AQSh hukumatining hisob-kitoblariga ko’ra, aholining 88 foizi musulmon, Tashqi ishlar vazirligi esa aholining 93-94 foizini musulmonlar deb hisoblaydi. Ularning aksariyati Hanafiy maktabining sunniylari. Hukumatning ma`lum qilishicha, aholining taxminan 1 foizi Ja’fariy maktabiga mansub shia ekanligini aytadi va ular Buxoro va Samarqand viloyatlarida joylashgan.  Hisobotlarga ko’ra, aholining qariyb 3,5 foizini rus pravoslavlari tashkil qiladi. Rossiya migratsiya statistikasi shuni ko’rsatadiki, bu raqam kamayishda davom etmoqda, chunki bu holat etnik ruslar va boshqa etnik slavyanlarning ko’chib ketishlari bilan bog’liq. Hukumatning ma`lum qilishicha, qolgan 3 foizni katoliklarning kichik jamoalari, etnik koreys xristianlari, baptistlar, lyuteranlar, yettinchi kun adventistlari, evangelist xristianlar, elliginchilar, Iegova guvohlari, buddistlar, bahoiylar, ongli Krishna Xalqaro jamiyatining a’zolari va ateistlar tashkil qiladi.  Yahudiy jamoasi a’zolarining s`ozlariga ko’ra, aralash ashkenazi va sefard (Buxoriy) yahudiylarining soni 10 000 dan kamroq kishini tashkil qiladi. Taxminan 6000 ashkenazi va 2000 dan kamroq Buxoro yahudiylari Toshkent, Buxoro, Samarqand va Farg’ona vodiysida jamlangan. Muhojirlik tufayli yahudiylar soni kamayishi davom etmoqda.

2-bo’lim. Hukumatning diniy erkinlikka bo’lgan munosabati

Huquqiy asos

Konstitutsiya din yoki e’tiqod erkinligi, shu jumladan, biron bir dinga e’tiqod qilmaslik erkinligini ta’minlaydi. Konstitutsiyaga ko’ra, ushbu huquqlar boshqa fuqarolarning, davlatning yoki jamiyatning qonuniy manfaatlariga, huquqlari va erkinligiga putur yetkazmasligi kerak. Qonun, milliy xavfsizlikni, ijtimoiy tartibni yoki axloqni saqlash uchun zarur bo’lgan hollarda diniy faoliyatni cheklashga yo’l qo’yadi. Konstitutsiya davlatning diniy jamoalar ishiga aralashmasligini ta’minlaydigan dunyoviy asosni o’rnatadi, davlat va dinni bir-biridan ajratadi va diniy printsiplarga asoslangan siyosiy partiyalarni taqiqlaydi.

Din to’g’risidagi 1998-yilda qabul qilingan qonunda din yoki e’tiqod erkinligi doirasi va cheklovlari batafsil bayon qilingan. Qonun ro’yxatdan o’tmagan diniy faoliyatni jinoyat deb belgilaydi; diniy nashrlarning mazmuni, tayyorlanishi va tarqatilishi va saqlanishini rasmiy tasdiqlashni talab qiladi; va prozelitizm va boshqa missionerlik faoliyatini taqiqlaydi.

Iyun oyida parlament «Ekstremizmga qarshi kurash to’g’risida»gi yangi qonunni tasdiqladi. Qonun hujjatlarida aytilishicha, bu fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, jamiyat va davlatni himoya qilish, konstitutsiyaviy tuzum va mamlakatning hududiy yaxlitligini saqlash, tinchlikni saqlash va fuqarolarning ko’p millatli va ko’p dinlararo uyg’unligini ta’minlashni maqsad qiladi. Qonunda ekstremizmga, shuningdek, ekstremistik faoliyatga qarshi kurashning asosiy tushunchalari, tamoyillari va yo’nalishlari ko’rsatilgan.

Jinoyat kodeksi ro’yxatdan o’tmagan «noqonuniy» bo’lgan guruhlar   va «ekstremistik» deb hisoblangan «taqiqlangan» guruhlarni bir-biridan farqlaydi. Terroristik guruh sifatida taqiqlangan tashkilotlarga a’zolik qilish jinoyat hisoblanadi. Bu jinoyi huquqbuzarlik, ya`ni, noqonuniy diniy guruhni tashkil etish yoki unda ishtirok etish uchun besh yilgacha qamoq jasozi, yoki to’rt milliondan sakkiz million so’mgacha (480 dollardan 960 dollargacha) jarima bilan jazolanadigan jinoyatdir. Qonun, shuningdek, boshqalarni noqonuniy diniy guruhlarga qo’shilishga ko’ndirishni aniq taqiqlaydi va uch yilgacha qamoq jazosini belgilaydi. Jinoyat kodeksi diniy ekstremistik, fundamentalistik, separatistik va boshqa taqiqlangan guruhlarni tashkil etganlik yoki qatnashganlik uchun 20 yilgacha qamoq jazosini ko’zda tutgan. Ehtimoliy diniy ekstremistik guruhlarning a’zolariga qo’yilgan ayblovlar terrorizm yoki konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish bilan bog’liq jinoyatlarni o’z ichiga olishi mumkin.

Qonunga ko’ra, barcha diniy guruhlar Adliya vazirligida (AV) ro’yxatdan o’tishi shart. Qonunga ko’ra, diniy tashkilot o’z faoliyatini Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazganidan keyingina amalga oshirishi mumkin. Qonunda bir qator talablar qo’yilgan, shu jumladan, markaziy ro’yxatdan o’tish uchun mamlakatning 14 ma’muriy bo’linmasining sakkiztasida doimiy qatnashish; Guruhga kiruvchi kamida 18 yosh va undan katta bo’lgan 100 nafar fuqaroning a’zolik ro’yxatini taqdim etish; va Adliya vazirligining mahalliy bo’limiga nizom hamda yuridik yoki jismoniy manzilni taqdim etish.

Muayyan hududda ro’yxatdan o’tish uchun murojat qilgan diniy guruhlar Vazirlar mahkamasi va mahalla qo’mitasiga hisobot beradigan Din ishlari bo’yicha qo’mitasining roziligini talab qiladi. Ular Qurilish vazirligi, Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati va Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Davlat yong’in xavfsizligi xizmati bo’limlaridan «kafolat xatlarini» taqdim etishlari shart.

Qonunda notarius tomonidan tasdiqlangan, yetakchi ta’sischilarning o’z dinlarini targ’ib qilish uchun zarur bo’lgan diniy ma’lumotlari, guruhning daromad manbalari va ro’yxatdan o’tish uchun DIQ roziligi to’g’risidagi hujjatlar talab qilinadi. Shuningdek, qonun, mahalliy hokimiyatlardan (hokimliklardan) guruhlarni o’z mintaqalarida ro’yxatdan o’tkazishga rozilik berishlarini va guruh hokimlik organlaridan barcha qonuniy talablarga javob beradigan tashkilotning yuridik va pochta manzillarini ko’rsatadigan bildirishnomani, shu jumladan asosiy arxitektura bulinmasidan, epidemiologiya xizmatlari, yong’in xizmatlari va mahalla qo’mitalaridan  ruxsat guvohnomalarini olishlarini talab qiladi. Taqdim etilgan sertifikatlarni tekshirgandan so’ng, hokimliklar ro’yxatdan o’tishga ruxsat beradi va hujjatlarni ko’rib chiqish uchun DIQga yuboradi. Qonunga ko’ra, Adliya vazirligi ro’yxatga olish to’g’risidagi arizani ko’rib chiqish uchun bir oydan uch oygacha vaqt olishi mumkin. Adliya vazirligi ro’yxatga olishni tasdiqlashi yoki rad etishi, yoki qaror chiqarmay ko’rib chiqishni to’xtatishi mumkin.

Qonunda aytilishicha, qayd qilingan diniy guruhlar butun mamlakat bo’ylab kengayishi va tegishli binolarga ega bo’lishi, diniy darslarni tashkil qilishi va diniy adabiyotlarga ega bo’lishi mumkin.

Qonun ro’yxatdan o’tgan guruhning faoliyatini u ro’yxatdan o’tgan joylar bilan cheklaydi. Qonun faqat ro’yxatdan o’tgan diniy guruhlarga maktablar ochish va ruhoniylarni o’qitish huquqini beradi. Ruhoniylarning alohida a’zolari O’zbekiston musulmonlari idorasidan akreditatsiya olishadi.

DIQ ro’yxatdan o’tgan diniy faoliyatni nazorat qiladi. DIQ qoshidagi Konfessiyalar kengashi tarkibiga musulmon, xristian va yahudiy guruhlarining sobiq vakillari kiradi. Unda qonunga rioya etilishini ta’minlash yo’llari, diniy tashkilotlar va dindorlarning huquqlari va majburiyatlari hamda din bilan bog’liq boshqa masalalar muhokama qilinadi.

Qonun ro’yxatdan o’tmagan diniy faoliyatni jinoyat deb belgilaydi. Ro’yxatdan o’tmagan diniy tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan har qanday diniy marosim – noqonuniydir.

Qonun NNTlarning faoliyatini, diniy jamoalarni hukumat tasniflashini cheklaydi.

Hukumat rasmiy ibodatdan tashqari diniy faoliyatni, shuningdek, 16 yoshdan kichik bolalar uchun ota-onalarining ruxsatisiz qilinadigan diniy faoliyatni ma’qullashi shart.

Qonunda ro’yxatdan o’tgan diniy tashkilotlar ro’yxatdan o’tgan manzilida diniy yig’inlar va boshqa diniy marosimlarni o’tkazilishidan 30 kun oldin hokimiyat idoralarini xabardor qilishlari talab qilinadi. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks barcha ro’yxatdan o’tgan diniy tashkilotlardan mahalliy hokimiyat idoralaridan ruxsat olishni talab qiladi va keyin, DIQ va Adliya vazirligi vakiliga diniy yig’ilishlar, ko’cha yurishlari yoki boshqa diniy marosimlarini guruhning ro’yxatdan o’tgan binosi (binolari) tashqarisida, shu jumladan ular oldida o’tkazilishidan 30 kun oldin xabardor qilishni talab qiladi va unga, shunungdek, chet ellik shaxslar yoki boshqa mintaqadagi sig’inuvchilar ishtirokidagi faoliyat ham kiradi. Ro’yxatdan o’tmagan guruhlarga har qanday diniy faoliyatni amalga oshirish taqiqlanadi.

Qonun jismoniy shaxslarni binolarni yoki boshqa mulkni ijaraga olgani yoki davlatning ruxsatisiz diniy guruhlarning to’planishlari, yig’ilishlari va ko’cha namoyishlarini tashkil qilgani uchun jazo belgilaydi. Qonunda bolalar va yoshlar uchrashuvlari, shuningdek, diniy qarashlar bilan bog’liq adabiy va boshqa ta’lim yig’inlarining ruxsatsiz o’tkazilishi jinoyat hisoblanadi. Ushbu qoidalarni buzganlik uchun ma’muriy jazo sifatida  9 215 000 dan 18 430000 so’mgacha (1 100 dan 2 220 AQSh dollarigacha) yoki 15 kungacha qamoq jazosi belgilangan.

Ma’muriy kodeks bo’yicha, barcha diniy tashkilotlardan DIQ, mahalliy sud idorasi va mahalliy Adliya vazirligi vakilini bir oy oldin guruhning ro’yxatdan o’tgan binosi (binolari) tashqarisida bo’lib o’tadigan diniy yig’ilishlar, ko’cha yurishlari yoki boshqa diniy marosimlardan shu jumladan boshqa hududdagi chet ellik shaxslar yoki ibodat qiluvchilar ishtirokidagi faoliyatlar bilan  xabardor qilishni talab qilinadi.

Qonunga ko’ra, davlat organlari, shu jumladan mahalla qo’mitalari va nodavlat va notijorat jamoat tashkilotlari, militsiya bilan hamkorlikda «ijtimoiy» faoliyatda gumon qilinganlarga qarshi kurashish bo’yicha keng vakolatlarga ega. Ushbu vakolatlarga ro’yxatdan o’tmagan diniy tashkilotlar faoliyatining oldini olish, fuqarolarning diniy erkinligiga rioya etilishini ta’minlash, diniy qarashlarning targ’ib etilishini taqiqlash va qonunga rioya qilish bilan bog’liq boshqa masalalar kiradi.

Qonun, barcha diniy shaxslar va rasmiy ravishda tan olingan diniy tashkilotlarning rahbarlik lavozimlarida xizmat qiladigan shaxslardan tashqari jamoat joylarida diniy kiyim kiyishni taqiqlaydi. Hukumat, qonunning ushbu qismini bajarmaydi; shaxslar jamoat joylarida diniy kiyimda ko’rinishlari mumkin.

Qonun prozelitizm va boshqa missionerlik faoliyatlarni taqiqlaydi. Jinoyat kodeksida prozelitizm faoliyati uchun uch yilgacha qamoq jazosi bilan jazolaydi va voyaga yetmaganlarni ota-onalarining ruxsatisiz diniy tashkilotlarga jalb qilishga urinishini taqiqlaydi.

Qonunda diniy guruhlardan diniy materiallarni nashr etish yoki tarqatish uchun litsenziya talab qilinadi. Qonun diniy nashrlarning mazmuni, tayyorlanishi, tarqatilishi va saqlanishi rasmiy tasdiqlangan bo’lishini talab etadi. Materiallar o`z ichiga kitoblar, jurnallar, gazetalar, risolalar, varaqalar, audiovizual mahsulotlar, shu jumladan CD va DVD disklar va internetda joylashtirilgan dunyoning turli dinlarining kelib chiqishi, tarixi, mafkurasi, ta’limoti, sharhlari va marosimlarini aks ettiruvchi materiallar kiradi. Injilni olish uchun, shaxslar guruhi tomonidan yoki alohida shaxs tomonidan hukumat tasdiqlagan Injil nusxasini sotib olishdan oldin, hukumat tomonidan rasmiylashtirilishi kerak bo’lgan «Injilni qo’llash» dasturini to’ldirishlari kerak.

Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksda bildirilishicha, jismoniy shaxslarning «diniy mazmundagi materiallarni noqonuniy ishlab chiqarishi, saqlashi, olib kirishi yoki tarqatishi» eng kam oylik ish haqining 20 dan 100 baravarigacha (3 686 000 dan 18 430 000 so’mgacha – 440 dan 2200 AQSh dollarigacha) jarimaga tortiladi. Xuddi shu jinoyatni sodir etgan hukumat mansabdor shaxslari uchun eng kam oylik ish haqining 50 dan 150 baravarigacha (1 100 dan 3,300 AQSH dollarigacha) miqdorida jarima belgilanadi. Ma’muriy kodeks materiallarni va «tegishli ishlab chiqarish va tarqatish vositalarini» musodara qilishga ruxsat beradi. Sudlar ma’muriy kodeksga binoan jarima soladilar. Agar shaxs jarimani to’lashga qodir bo’lmasa, sudlar ish haqini yig’ish to’g’risida qaror chiqaradilar. Jinoyat kodeksida ushbu xatti-harakatlarni ma’muriy kodeks bo’yicha chiqarilgan sud qaroridan keyin sodir etgan shaxslar uchun eng kam oylik ish haqining 100 dan 200 baravarigacha (18 430 000 dan 36 860000 so’mgacha – 2200-4400 AQSh dollari) miqdorida jarima yoki uch yilgacha bo’lgan «axloq tuzatish ishlari» belgilanadi. Amalda Jinoyat kodeksining buzilishi diniy adabiyot uchun kamdan-kam hollarda qo’llaniladi.

Davlat, taqiqlangan «ekstremistik diniy guruhlar»ga har qanday nashrlarni tarqatishni taqiqlaydi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik deb hisoblangan varaqalar yoki adabiyotlarni tarqatgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilib, besh yildan 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi. Qonunga ko’ra, hukumat tomonidan ekstremistik deb hisoblangan adabiyotlar yoki noqonuniy olib kirilgan yoki ishlab chiqarilgan har qanday adabiyotga ega shaxslar hibsga olinishi va jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak.

Qonun diniy prinsiplarni xususiy ravishda o’qitishni taqiqlaydi. Rasmiy ruxsat berilgan diniy maktablar va davlat tomonidan tasdiqlangan o’qituvchilar diniy ta`limni cheklaydi. Bolalar davlat maktablarida ixtiyoriy diniy ta’lim olishlari mumkin emas, o’quv dasturidagi diniy ma’lumotlar yoki «ma’rifat darslari» (milliy madaniyatni o’rganish) berilgan ba’zi darslar bundan mustasno.

Diniy ta’lim muassasalari Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tganidan va tegishli litsenziyani olganidan so’nggina faoliyat yuritish huquqiga ega bo’ladi. Diniy o’quv yurtlarida diniy fanlarni o’qitayotgan shaxslar davlat tomonidan tan olingan diniy ta’limga ega va o’qitishga ruxsat olgan bo’lishlari kerak. Ushbu qoidalar professional bo’lmagan shaxslarni boshqalarga din yoki e’tiqodning har qanday shaklini o’rgatish yoki hukumat tomonidan tasdiqlangan diniy o’qituvchilar tomonidan tasdiqlangan o’quv yurtlaridan tashqari hududlarda boshqalarga dars berishini noqonuniy deb biladi.

Qonun faqat ro’yxatga olingan, markaziy ma’muriy idorasi bo’lgan diniy guruhlarga diniy xodimlarni o’qitish va diniy darslarni o’tkazishga ruxsat beradi. To’qqizta madrasa, shu jumladan ayollar uchun, va rus pravoslav va protestant seminariyasi diniy kadrlar tayyorlash va o’rta ma’lumot olish uchun rasmiy ruxsatga egadirlar. Vazirlar mahkamasi madrasa bitiruvchilariga universitet darajasida o’qishni davom ettirishga imkon beradigan madrasa diplomlarini boshqa diplomlarga teng diplomlar deb hisoblaydi.

Qonun imomlarni tan olingan diniy ta’lim muassasasini tugatishini va hukumat tomonidan litsenziyalash uchun ro’yxatdan o’tishini talab qiladi. O’zbekiston Musulmonlari idorasi bitiruvchini ma’lum bir masjidga, keyinchalik imom bo’lishidan oldin, imom muovini sifatida tayinlaydi. Hukumat amaldorlarining so’zlariga ko’ra, turli dinlarning ruhoniylari, shu jumladan chet elda malaka olgan shia musulmonlari va yahudiy jamoalari litsenziyalangan binolarda xizmat qilishlari mumkin.

Qonun, diniy e’tiqodi asosida harbiy xizmatga e’tiroz bildirgan shaxslarga muqobil fuqarolik xizmatini o’tashga imkon beradi.

Mamlakat Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro tashkilotning ishtirokchisidir.

Hukumat amaliyotlari

2017-yilning oktyabr oyida mamlakatga tashrif buyurgan BMTning Diniy erkinlik va e’tiqod erkinligi bo’yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid tomonidan fevral oyida e’lon qilingan hisobotga ko’ra, din va e’tiqod erkinligi hukumat tomonidan haddan tashqari tartibga solingan va bu esa erkinlik ustidan xavfsizlikni ustuvorlashtirganini bildiradi. Ma’ruzachining ta’kidlashicha, hukumat o’z qonunlari va xalqaro majburiyatlariga xilof ravishda fuqarolarining o’z dinlari va e’tiqodlarini boshqalar bilan bemalol gaplashish, oshkora e’tirof etish yoki boshqalar bilan bo’lishish huquqlarini cheklashda davom etdmoqda. Uning so’zlariga ko’ra, Jinoyat kodeksining ekstremizmga qarshi kurashga oid har xil qoidalari keng qamrovli faoliyatlarni qamrab olgan va xalqaro huquq asosida himoyalangan faoliyatni cheklashi mumkin.  Shuningdek, uning ma`lum qilishicha, hukumat, vakolatli joydan tashqarida ibodat qilganlarga qattiq jazo qo’llagan.  Maxsus ma’ruzachi 12 ta tavsiyalar ro’yxatini taqdim etdi, ular 1998-yilda qabul qilingan «Din to’g’risida»gi qonunni qayta ko’rib chiqish, ro’yxatdan o’tish tartibini soddalashtirish va bolalar uchun diniy ta’lim berish masalalarini o’z ichiga olgan.

May oyida parlament BMTning maxsus ma’ruzachisi Shahidning barcha 12 ta tavsiyalarini bajarish maqsadida «Din va e’tiqod erkinligini ta’minlash yo’l xaritasini» tasdiqladi. Yo’l xaritasida, shuningdek, ularni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan mexanizmlar, ushbu chora-tadbirlarni bajarish muddati, mas’ul idoralar va kutilgan natijalar ko’rsatilgan. May va sentyabr oylarida davlat diniy tashkilotlarni ro’yxatdan o’tkazish uchun yig’imni eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan 20 baravarigacha kamaytirdi (18 430 000 dan 3 686 000 so’mgacha – 2200 dan 440 dollargacha); tashkiliy hisobotga bo’lgan talablarni yiliga to’rt martadan bir martagacha qisqartirish; va diniy tashkilotning faoliyatini faqat tashkilotning xohishiga ko’ra yoki sud qarori bilan to’xtatib qo’yish amaliyotini joriy etgan. Hukumat maslahat idorasini tashkil qilgan va bular Din ishlari bo’yicha qo’mita huzuridagi Diniy kengash, shu jumladan, Diniy ishlar bo’yicha qo’mitaning vakolatxonasi va mamlakatda ro’yxatdan o’tgan 16 ta diniy guruh uchun platforma, shu jumladan, diniy erkinlik masalasi bo’yicha tavsiyalarni ishlab chiqish uchun Yegova guvohlarini o`z ichiga oladi.

Hukumat ma’lumotlariga ko’ra, terroristik va ekstremistik faoliyatda ayblangan1503 kishi, yoki hukumat tomonidan diniy fundamentalistik tashkilotlarga tegishli shaxslar deb atalgan kishilar mamlakatning jazoni o’tash muassasalirida jazo muddatlarini o’tagan. Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari hukumat ekstremistik guruhlar deb nom bergan harakatlarda ishtirok etganlikda ayblanib, sudlangan 185 kishini avf qildi, bu 2017-yildagi 399 taga nisbatan taqqoslangan. NNT vakillarining so’zlariga ko’ra, ular mustaqil ravishda shunga o’xshash qamoqda qolganlar sonini aniq bilmaydilar.

Fuqarolik jamiyati guruhlarining ifoda etishicha, ular qonunda ko’rsatilgan ekstremizm tushunchasi haddan tashqari kengligidan xavotirda. NNT vakillarining ta’kidlashicha, hukumat «diniy ekstremizm» yoki yashirin islomiy faoliyatda ishtirok etganlikda ayblanib hibsga olingan va qamalganlar ustidan qiynoqlarni davom ettirmoqda.

19-sentyabr kuni hukumat prezidentning fuqarolarni terrorchilik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlarga qo’shilganliklari uchun jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun murojaat qilish tartibini yaratuvchi farmon chiqardi. Qarorga muvofiq, fuqarolar harbiy tayyorgarlikdan o’tmagan, terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etmagan yoki terrorizmni targ’ib qiluvchi ma’lumotlar tarqatmagan bo’lsa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi. Qaror yordamida ishlarni ko’rib chiqish uchun Respublika idoralararo komissiyasi tuzildi.

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, ma’murlar, diniy mavzular muhokama qilingan ijtimoiy yig’ilishlarni, xususan, erkaklar orasidagi yig’ilishlarni, diqqat bilan kuzatgan va bunday yig’ilishlarda ishtirok etgan bir necha kishini hibsga olgan. Diniy guruhlar va inson huquqlari faollarining xabar berishicha, huquq-tartibot idoralarining qurollangan xodimlari ro’yxatdan o’tmagan guruhlarning yig’ilishlariga reydlar uyushtirishgan va ularning a’zolarini hibsga olishgan. Sudlar kamsonli diniy guruhlarning a’zolarini tintuvlardan keyin ma’muriy hibsga olishga hukum chiqarishni davom ettirishgan, ba’zan esa uylar va idoralarni ruxsatsiz tintuv qilishgan.

Yil davomida Iegova guvohlari o’zlarining a’zolariga qarshi 114 marotaba «adovat xatti-harakatlarini» organlar tomonidan sodir etilganini qayd qilishgan va buning natijasida 233 kishi jabrlangan, militsiya hibsxonasida so’roq qilingan va bu esa oila a’zolariga nisbatan jismoniy zo’ravonlik tahdidlaridan tortib, uy reydlari, noqonuniy tintuv, shaxsiy mulkni tortib olish va ish joyidagi kamsitish kabi hollarni o`z ichiga oladi.   Iegova guvohlari 2017-yilda 240 shunga o’xshash xatti-harakatlarni qayd qilishdi va bunday xatti-harakatlar natijasida 480 kishi jabrlangan.

Ro’yxatdan o’tmagan Evangelist baptist jamoati vakillarining so`zlriga ko’ra, avgust oyida Namangan viloyatining Chust shahridagi shahar sudi pastor Alisher va uning yordamchisi Abrorni 10 kunlik ma’muriy qamoq jazosiga hukm qildi. Sudya Bahodir Kazakov ularni va olti nafar ayolni Alisherning uyida yig’ilgani uchun «noqonuniy diniy faoliyat» da aybdor deb topdi. Ma’murlar ayollarning har biriga 1 million so’mdan (120 dollar) jarima solishdi va ularning mobil telefonlari musodara qilindi.

Inson huquqlari guruhlarinig ma`lumotlariga ko’ra, avgust va sentyabr oylarida politsiya va maxfiy militsiya xodimlari mamlakatning kamida beshta viloyatidan to’qqizta bloggerni hibsga olishgan. Bloggerlar bir qator diniy va boshqa mavzularni muhokama qilganlar, bular orasida ayollarning hijob o’rashlari, erkaklarning soqol o’stirishi va bolalarning masjidda ibodat qilishlari kabi mavzular bor. Sudlar ularga jarimalar va ikki haftagacha qamoq muddatlarini belgilashgan. Toshkentlik bloggerlardan biri Adham Olimov (Musannif Adham nomi bilan ham tanilgan) jarimaga tortilib, unga 15 kunlik qamoq jazosi belgilandi. Mustaqil mahalliy axborot agentliklarining ma`lumotlariga ko’ra, blogerlar 6-11-sentyabr kunlari ozod qilingan. Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi veb-sayti va «Ozodlik» radiosining o’zbek xizmati ma’lumotlariga ko’ra, bloger Ziyodilla Kabirov (Ziyovuddin Rahim nomi bilan ham tanilgan) 10 kunlik ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi va 184 300 so’m (22 dollar) miqdorida jarimaga tortildi. Azon.uz diniy veb-saytiga sharhlar yozgani sababli blogger Otabek Usamov 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.

Xalqaro diniy erkinlikka oid Forum 18 NDTning  ma`lumotiga ko’ra, 17-iyul kuni Farg’ona sudi musulmon olimi va inson huquqlari faoli Musajon Bobojonovga «ekstremistik material» tarqatish va dindan foydalanib, jamoat tartibini buzishda ayblanib, uch yillik shartli qamoq jazosi berish to’g’risidagi tuman sudining qarorini bekor qildi. Ozodlik radiosi xabariga ko’ra, Bobojonov Andijon sharqidagi shaharda «Ezgulik» huquqni himoya qilish guruhining bo’limini boshqaradi.

Fevral oyida ikki musulmon opa-singillar Zulxumor va Mehriniso Hamdamovalar sakkiz yildan ko’proq vaqt qamoq jazosini o’tashganidan keyin ozod qilindi. Ma’murlar ularni 2009-yilda ruxsatsiz diniy yig’ilishlar o’tkazgani uchun hibsga olishgan. 2010-yilda yopiq sud jarayonida Jinoyat ishlari bo’yicha Qashqadaryo viloyat sudi opa-singillarni olti yarim yildan etti yilgacha qamoq jazosiga hukm qilgan. Ma’murlar ikkala opa-singillarni Jinoyat kodeksining konstitutsion tuzumini o’zgartirishga urinishi, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallarni saqlash va diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik va boshqa taqiqlangan tashkilotlarda ishtirok etganlikda ayblab hukm chiqarishgan.

Forum 18 xabariga ko’ra, tojikistonlik Zuboyd Mirzoraximov Toshkent orqali o’tayotganda, mobil telefonida Qur’on va Islomiy va’zhonliklarning elektron nusxasini saqlagani uchun besh yillik qamoq muddatining ko’p qismini o’taganidan keyin mart oyida ozod qilingan. Sud 2013-yilda Mirzoraximovni Jinoyat kodeksining kontrabanda materiallarni olib kirish, y`ani «diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizmni targ’ib qilish» moddasi bo’yicha aybdor deb topgan.”

Forum 18 xabariga ko’ra, 8-yanvar kuni Toshkent viloyatining Parkent tumanida sud Evgeni Kupaev, uning rafiqasi Natalya Kupaeva va boshqa 7 ta Yegova guvohlarini ko’chada diniy adabiyotni tarqatgani uchun 1 843 000 so’m (220 AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortgan. Forum 18 xabariga ko’ra, 25-fevral kuni Parkent tumanida militsiya katta leytenanti Xojiev boshchiligidagi guruh Kupaev va Natalya Kupaevani, Aliya Sodiqova va Elmira Davletshinalarni Qoraqalpoq qishlog’i odamlari bilan o’zlarining diniy e’tiqodlari to’g’risida mulohaza bo’lishib qaytayotganlarida avtobus bekatida hibsga olishgan. Ularning hammasi so’roq qilinganidan keyin darhol qo’yib yuborilgan. «Yegova guvohlari»ning Forum 18 ga ma`lum  qilishiclariha, militsiya xodimlari ularni patrul mashinasiga majburlab o’tqazib, militsiya bo’limiga olib borishgan va u yerda militsiya tomonidan so’roq qilingan, bir erkak militsiya xodimi barcha to’rt kishini, shu jumladan uch ayolni tintuv qilgan. Sodiqova va Davletshinalarga ayblov qo’yilmagan. 14-mart kuni prokuratura xodimlari Kupaev va Kupaevaga nisbatan  «diniy materiallarni noqonuniy tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish»da ayblab jinoiy ish ochishgan. 9-noyabr kuni Toshkent sudi ularning telefonlarini musodara qilishga buyurgan va Kupayev va Kupayevaning  har  birini eng kam oylik ish haqining 10 barobari – 1 843 000 so’m (220 dollar) miqdorida jarimaga tortishgan.

Yanvar oyida Yegova guvohlari Dilbar Odinayeva va To’rabek Asadovlarni  chaqiruv qog’ozi orqali militsiya bo’limiga chaqirishgan va ular so’roq qilingan. Jamoatchilik  manbalariga ko’ra, militsiya xodimi ularni qo’rqitib, Islomni qabul qilishni talab qilgan. Keyinchalik, hukumat organlari ularni ayblovsiz ozod qilishgan.

Fevral oyida Yegova guvohi Rajabbanu Xo’jaevaning bergan ma`lumotiga ko`ra, Buxoroda uning uyiga  mahalla vakillari va to’rt nafar militsiya xodimlari kelgan. Ular uning e’tiqodi to`grisida so’roqqa tutishgan va undan Qur’on o’qishni boshlashini talab qilishgan.

Fevral oyida Yegova guvohi Iroda Razikovna shuni xabar qildiki, Toshkent shahri militsiyasi uning uyida tintuv o’tkazgan va uni so’roq qilgan. Militsiya undan o’z e’tiqodlari va Islom dinini tark etish sabablari haqida tushuntirish xati yozishni talab qilgan.

Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari yig’ilishlarga reyd uyushtirishgan, u yerda diniy masalalarni muhokama qilishayotgan va ro’yxatdan o’tmagan diniy guruhlar va ijtimoiy yig’inlarning ishtirokchilarini hibsga olishgan. Ko’p manbalarning ma`lumotlariga ko’ra, militsiya xodimlari ro’yxatdan o’tmagan diniy guruhlarning yig’ilishlariga reydlar uyushtirishni davom ettirishmoqda, qonuniy va noqonuniy tintuv o’tkazish va noqonuniy diniy materiallarni shaxsiy uylardan tortib olgan. Dekabr oyida hukumatning diniy guruhlarga nisbatan reydlarni to’xtatishi haqida e’lon qilganiga qaramasdan yana bir reyd haqida xabar keldi.

2018-yildagi Yegova guvohlarining hisobotiga ko’ra, 28-mart kuni Qarshi tumanidagi Uzinavo qishlog’ida militsiya xodimlari olti nafar Yegova guvohlarining shaxsiy uydagi tinch yig’ilishlarini to’xtatdi. Guvohlarning aytishlaricha, militsiya xodimlari uyni noqonuniy tintuv qilishgan va o’zbek tilidagi Injil va boshqa diniy adabiyotlarni tortib olishgan. Militsiya xodimlari guruhni tungi soat 1:30 gacha militsiya bo’limida so’roqqa tutishgan. Xabarda aytilishicha, militsiya xodimi yuqori qon bosimi bilan kasal ikki ayolning tibbiy yordam so’rab murojaat qilganiga e’tibor bermagan. Militsiya xodimi ayblanuvchini so’roq qilgandan keyin qo’yib yuborgan va jinoiy ayblovlarni qo’zg’atmagan.

Forum 18 yangiliklar xizmatining xabar berishicha, 25-noyabr kuni 40 nafar fuqarolik kiyimidagi rasmiy, shu jumladan Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik  maxfiy xizmati, Adliya vazirligi va Yashnobod tumani militsiyasi Toshkentning Yashnobod tumanidagi Baptist Yakshanba ibodat marosimlariga reyd o’tkazgan. Jamoat ro’yxatdan o’tmagan Baptist cherkovlari kengashining bir qismi edi. Davlat organi vakillari binoda tintuv o’tkazib, qariyb 7 800 dona adabiyot va DVD larni musodara qilishdi.  Forum 18 ning xabar berishicha, militsiya xodimlari 14 kishini, shu jumladan 14 yoshli bolani Yashnobod militsiya bo’limiga olib borib, ularni sovuqda kutib turishga majbur qilishgan va shu paytda esa huquq tartibot organi vakillari ularni «ruxsatsiz yig’ilishda» qatnashganliklari to’g’risida bayonot berishlariga majbur qilishgan. Ular buni rad qilishganida esa, militsiya xodimlari ularni to’qqiz yarim soat davomida so’roqqa tutishgan. Forum 18 xabariga ko’ra, militsiya marosimda bo’lgan barcha shaxslarning ismlari, manzillari, ish joylari va boshqa shaxsiy ma’lumotlarini yozib olishgan va 27-noyabr kuni «pasport tekshiruvi» bilan ishtirokchilardan birining uyiga kelgan. Hukumat organlari vakillari keyinroq hamma shaxslarni ayblovsiz ozod qilishgan va musodara qilingan adabiyotlarni qaytarib berishgan.

Forum 18 ning xabar berishicha, 23-noyabr kuni militsiya xodimlari Urganchdagi Sharofat Allamovaning uyiga reyd uyushtirgan, u erda uning o`zi, uning ikki qizi va to’rt do’sti, shu qatorda uning cherkov pastori Ahmadjon Nazarov ham tushlik qilishayotgan bo’lgan. Militsiya xodimlari uyni ordersiz tintuv qildi va Yangi Ahdni musodara qilishdi. Forum 18 ma`lumotiga ko’ra, militsiya barcha ishtirokchilarni videoga oldi va ularning shaxsiy ma’lumotlari va manzillarini yozib oldi.  24-noyabr kuni Urganch militsiyasining Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bo’limi boshlig’i kapitan Muhammad Rahimov kechki ovqat qatnashchilaridan birini mahalla qo’mitasiga olib kelgan va unga mezbon va pastorni «ruxsatsiz diniy yig’ilishlar» o’tkazishda ayblash uchun ikki bolasini olib ketish bilan tahdid qilib bosim o’tkazishga harakat qilgan. Forum 18 ma`lumotiga ko’ra, bir ayol xodimlardan biri «noqonuniy xristian vahhobiylik» deb nomlangan arizasini imzolashdan bosh tortganida, militsiya uning qaynonasini militsiya bo’limiga olib borib, kelinini imzo qo’ymaguncha kaltaklashni buyurgan. Forum 18 ma`lumotiga k`ora, militsiya, Nazarovga ham arizani imzolashi uchun bosim o’tkazmoqchi bo’lgan, ammo u rad javobini bergan.

Forum 18 xabariga ko’ra, 30-sentyabr kuni, Toshkentda militsiya 40 nafar protestantdan iborat guruhning shaxsiy uyda ovqatlanish va Injilni o’rganish yig’ilishiga bostirib kirdi. Tintuv uchun sanksiyasiz, militsiya xodimlari ushbu guruhni hibsga olib, Injil va boshqa adabiyotlarni, shu jumladan DVD va kompakt-disklarni musodara qildilar, vaholanki guruh bu buyumlarni davlat tomonidan ro’yxatga olingan O’zbekiston Injil jamiyatidan qonuniy ravishda sotib olishgan edi. Forum 18 ning aytishicha, militsiya xodimlari guruhga «ruhiy bosim» qo’llagan; bir ayol va besh yoshli qizcha keyinchalik kasalxonaga yotqizilgan.

Mahalliy jamiyat a’zolarining so’zlariga ko’ra, iyul oyida Urganchda militsiya xodimlari tabriknomalarni bezab turgan yettita nasroniy o’spirinni hibsga olishgan. Xavfsizlik xizmatining o’nta xodimi mahalliy evangelist Nasroniy jamoasining rahbari Axmed Nazarovning kvartirasiga kirishgan, u yerda faqat Nazarovning rafiqasi Elena va o’spirinlar bo’lgan. Militsiya ommabop maqolalar yozilgan taqvimni, oltita tabriknomani, Xristian musiqasini o’z ichiga olgan daftarni, Injildan olingan o’zbek tilidagi iqtibosli daftarni va ikkita qog’oz bo’lakchasidagi qo’lyozma oyatni musodara qildi. Davlat organlari Nazarovni ruxsatsiz diniy yig’ilish o’tkazganlikda ayblab, musodara qilingan barcha materiallarni yo’q qildi. Umuman olganda, Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan, Nazarovning so’zlariga ko’ra, bittagina ro’yxatdan o’tgan «Koreys cherkovi» nomi bilan tanilgan diniy tashkilot bor edi. Nazarov Fergananews.ru saytiga ro’yxatdan o’tish uchun kerakli miqdordagi imzolarni to’plaganini aytdi, biroq Adliya vazirligining viloyat bo’limi xodimi unga «o’zbeklar ro’yxatdan o’tmaydi» ded aytdi.

Jamoa a’zolarining so’zlariga ko’ra, aprel oyida Qoraqalpog’iston viloyatining Chimboy shahrida mahalliy militsiya Umum-Nasroniy tug’ilgan kun bayramini nishonlash yig`ilishiga bostirib kirgan. Militsiya ishtirokchilarni mahalliy militsiya bo’limiga olib borib, ularni «noqonuniy diniy yig’ilish» o’tkazganlikda aybladi. Militsiya ularni ertasi kuni ertalab qo’yib yubordi. 13-iyul kuni mahalliy sudya voyaga yetmaganlardan tashqari barcha ishtirok etganlarni noqonuniy diniy faoliyat bilan shug’ullanishda aybdor deb topdi. Sudya barcha ayollarning har biriga 1 254 000 dan 1 672 000 so’mgacha (150 dan 200 dollargacha), uy egasiga esa 8 360 000 so’m (1000 dollar) miqdorida jarima to’lashni hukm qildi. Bunga aloqador 11 kishi besh kundan yetti kungacha ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi. Keyinchalik, Qoraqalpog’iston Oliy sudi ularni jarimalarni to’lashdan ozod qildi va musodara qilingan barcha mol-mulkni qaytarib berdi.

Hukumat «ekstremistik» deb ta’riflagan islomiy guruhlarni taqiqlashni davom ettirgan va o’z ichiga olgan 22 ta shunday diniy tashkilotlarga a’zolikni jinoyat deb e’lon qildi. Hukumat «ekstremistik» deb belgilagan guruhlar o’z diniy e’tiqodlariga  jinoiy javobgarlik xavfi ostida amal qilishga majbur bo’lganlar. Hukumatning aytishicha, diniy ekstremizmda gumon qilingan shaxslar yoki guruhlarga nisbatan qilgan hukumatning barcha xatti–harakatlari bu diniy erkinlik emas, balki  hokimiyatni ag’darish va dinlararo beqarorlik va nafratni qo’zg’otishning oldini olish masalasidir.

Inson huquqlari faollari va diniy jamoalar vakillarining so’zlariga ko’ra, hukumat imomlarning va’zlari mazmunini, shuningdek, O’zbekiston Musulmonlari kengashi (Muftiyat, mamlakatdagi sunniy musulmonlarning eng yuqori idorasi) tomonidan chop qilingan islomiy materiallar hajmi va mazmunini qayta ko’rib chiqishni davom ettirgan. Manba’larning ta’kidlashicha, hukumat muftiyatni DIQ orqali nazorat qilib, Muftiyat xodimlarini tanlab, ibodat qilish uchun tasdiqlangan va’zlarni tarqatgan. OAV manbalariga ko’ra hukumat jamoat oldida ibodat qilishga chaqiriqlarning hajmini qonuniy ravishda cheklamadi, lekin ko’plab masjidlar o’z ixtiyori bilan shunday qilganlar.

Sentabr oyida O’zbekiston Musulmonlari idorasi imom Fazliddin Parpiyevni Toshkentdagi Omina masjididagi lavozimidan bo’shatdi. Parpiyev prezidentga ko’proq diniy erkinlik berishni, jumladan ayollarning hijob kiyishi va erkaklarning soqollarini o’stirishlarini taqiqlashini bekor qilishni so’rab, video murojaatini yo’llagan. Juma xutbasida Parpiyev, shuningdek, yoshlar uchun masjidlarga borish va diniy ta’lim olish huquqi bo`yicha murojaat qilgan. Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan O’zbekiston Musulmonlar idorasi Parpiyevni ishdan bo’shatish sabablari haqida aniq ma’lumot bermagan bo’lsa-da, imom Ozodlik radiosi o’zbek xizmati bilan suhbatda ishdan bo’shashidan bir oz oldin davlat diniy ishlar bo’limi xodimi unga: “stenariydan og’ib ketmaslik kerak edi ” degan – bu esa uning Davlat siyosatida Islomga oid masalarda shubhasi borligidan darak. Musulmonlar idorasining to’rt yuqori lavozimli rasmiyi tomonidan imzolangan ishdan bo’shatish to’g’risidagi xatda aytilishicha, kengashning axloqiy komissiyasi Parpiyevning shartnomasini bekor qilish to’g’risida qaror qabul qilgan. Keyinchalik Parpiyev mamlakatdan chiqib ketgan, deya xabar beradi OAVlari.

Hukumat mahalla qo’mitasi qarorlari va diniy erkinlik bilan bog’liq faoliyatlarni, shu jumladan, mahalliy ro’yxatga olish to’g’risidagi qarorlarni ko’rib chiqmaganini aytdi, ammo xabarlarga ko’ra, muvofiqlashtirish davom etmoqda.

Yegova Guvohlarining so’zlariga ko’ra, may va sentyabr oylarida qabul qilingan yangi ro’yxatga olish qoidalari barcha guruhlar uchun 1998 yilda qabul qilingan qonun bilan bir xil to’siqlarni o’z ichiga olgan. DIQ ma’lumotlariga ko’ra, yil oxiriga kelib, mamlakatda olti xil konfessiyalarni ifodalovchi 2260 ta diniy tashkilot ro’yxatga olingan. Musulmon diniy guruhlari 2052 sunniy masjidi, to’rtta shia masjidi, 15 ta ilmiy markaz va 12 ta ta’lim muassasalari faoliyat yuritgan. DIQ ma’lumotlariga ko’ra, masjidlarning umumiy soni 2017 yildagi 2043 taga nisbatan solishtirganda  2056 taga etgan va bu 1998 yildan beri eng yuqori ko’rsatkichdir. Musulmon bo’lmagan 177 guruhga: 36 ta Pravoslav cherkovlari, beshta Katolik cherkovlari, Ellikchilar cherkovlari, 22 ta Baptist cherkovlari, to’qqiz Adventist cherkovlari, uchta Yangi Apostol cherkovlari, ikkita Lyuteran cherkovlari, bitta Yegova Guvohlari Qirollik Saroyi, bitta Xudo Ovozi cherkovi, 27 Koreys Protestant cherkovlari, ikkita Arman cherkovlari, sakkiz Yahudiy jamoalari, oltita Baxay markazlari, bitta Xari Krishna ibodatxonasi va buddistlar ibodatxonasi kiradi. Shunungdek O’zbekiston Injil jamiyati ham ro’yxatga olingan.

Yegova Guvohlarining xabar berishicha, hukumat bilan muloqot qilishda davom etishlariga  va a’zolarning soni o’sib borishiga qaramay, yangi jamoatlarni ro’yxatdan o’tkazishda ular muvaffaqiyatga erisholmaganlar. Yil oxirida ular Toshkentning chekkasida faqat bitta ro’yxatdan o’tgan ibodatxonaga ega bo’lib, ularning ta’kidlashicha, bu ularning ehtiyojlariga javob bermaydi.

Ko’plab diniy guruh vakillari, hukumatning ro’yxatdan o’tish talablariga javob bera olmaganliklarini, jumladan, markaziy ro`yhatni olish uchun mamlakatning 14 ma’muriy hududining sakkiztasida doimiy faoliyat yuritish zaruriati va 100 ta a’zoning ma’lum bir hududda ro’yxatdan o’tish uchun ariza berishlarini talab qilishganini aytishdi. Ularning ro’yxatdan o’tolmasliklari oqibatida esa ular mahalliy hokimiyat tomonidan ta’qib qilinib, «noqonuniy» diniy faoliyat bilan shug’ullanganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Oktyabr oyida Yegova Guvohlari davlat ro’yxatidan o’tkazishda ko’p bosqichli qadamlarning biri bo’lgan Yig’ilish zalini ochishga ruxsat so’rab Farg’ona va Qarshidagi mahalla qo’mitalariga murojaat qilishdi. Farg’onada mahalla qo’mitasi «Yegova Guvohlari yoshlar uchun xavfli, chunki ularning radikal qarashlari … Nasroniylar orasidagi qonunni buzgan … va (ular) ko’p mamlakatlarda taqiqlangan» deb javob berib, Yegova Guvohlarining so’roviga qat’iy rad javob bergan. Qarshida, mahalla qo’mitasi, rad etish sababini shaharda allaqachon ro’yxatdan o’tgan ikkita Xristian cherkovi (Koreys Evangelist cherkovi va Rus Pravoslav cherkovi) borligi bilan ta’kidlagan va Yegova Guvohlariga ushbu cherkov binolaridan xizmat uchun foydalanishni tavsiya qildi.

Oldingi yillarda bo’lgani kabi, Adliya Vazirligi diniy guruhlarning haqiqiy yuridik manzilni xabar qilmaganligi yoki barcha mahalliy hokimiyatlardan kafolat xati va zarur ruxsatnomalarni olmaganliklari sababli ro’yxatdan o’tishning rad etilishini tushuntirishda davom etmoqda. Ba’zi guruhlarning aytishicha, darhaqiqat ularning manzillari yo’q, chunki hukumat ularning ro’yxatdan o’tish arizasini tasdiqlashiga kafolat bermagani sababli ular mulkni sotib olishni istamaydilar. Boshqa guruhlarning ta’kidlashicha, mahalliy davlat organ vakillari o’zboshimchalik bilan manzillarni ma’qullashdan bosh tortadilar, chunki ular o’zbek millatiga mansub a’zolari bo’lgan xristian cherkovlarining mavjudligiga qarshi. Bunga javoban ba’zi guruhlar ishtirokchilar ro’yxatiga faqat rus familiyalarini taqdim etishganlari haqida xabar berilgan.

Oldin ro’yxatdan o’tishga uringan cherkovlarning ma`lumotlariga ko`ra ular hali ham ro’yxatdan o’tolmagan. Bularga Betani Baptist cherkovi, Life Water cherkovi, Toshkent Presviterian cherkovi, Yegova Guvohlarining Yig’ilish Zali, Uyushma cherkovi va Toshkentdagi Anapa cherkovi; Chirchiqdagi Elliginchi kun cherkovi; Emmanuel cherkovi va Mir (Tinchlik) cherkovi, Birlashgan cherkov va Nukus shahridagi (Yegovaning Guvohlari Yig`ilish Zali, Qoraqalpog’iston; Gulistondagi Xushxabar cherkovi; Urganch shahridagi Mustaqil cherkovlar va Ittifoq Evangelist cherkovlari; Andijondagi Elliginchi kun cherkovi; va Ettinchi kun Adventistlar cherkovi, Buyuk Grek Xristian cherkovi, Markaziy Protestant cherkovi, Miral Protestant cherkovi, Samarqand Presviterian cherkovi, Bizning Birodarlar cherkovi va Samarqanddagi Yegova Guvohlari Majlislar Zali. Navoiy va Angrendagi katolik jamoatlari 12 yillik muvaffaqiyatsiz urinishlardan so’ng o’z cherkovlarini ro’yxatdan o’tkaza olishmagan.

Aprel oyida Yegova Guvohi Fazliddin To’xtaev Buxoro shahridagi Shexonchi mahalla qo’mitasiga Yig’ilish Zalini ro’yxatdan o’tkazishga rozilik so’rab murojaat qilganini xabar qildi. To’xtaev tashkilot missiyasi va uning faoliyati to’g’risida tushuntirish uchun qo’mitaga Yegova Guvohlari haqida taqdimot to’plamini taqdim etdi. Taqdimotdan keyin mahalla kengashi rasmiylari militsiyaga rasmiy shikoyat bilan murojaat qilishdi. Keyinchalik To’xtaevga diniy materiallarni tayyorlash, saqlash, olib kirish va tarqatish ayblovi qo’yilib, u 1 722 400 so’m (210 dollar) miqdorida jarimaga tortilgan.

Sakkiz yil ichida birinchi marta hukumat Toshkentdan taxminan 50 km shimolda joylashgan Chirchiqdagi Svet Miru cherkovini, Presviterian diniy jamoasini ro’yxatdan o’tkazdi. Hukumat yahudiy jamoasining markaziy idorasini ro’yxatdan o’tkazishni taklif qildi, ammo a’zolar markaziy idorani ushlab turishi uchun mablag va jamoatchilikning qiziqishi yo’qligini e’tiborga olib taklifni rad etishdi.

Latifali xabarlarga ko’ra, kam sonli ro’yxatdan o’tmagan «mahalla masjidlari» asosan ro’yxatdan o’tgan masjidlarga yaqin yashamagan qariyalar yoki nogironlar tomonidan foydalanish uchun ishlay boshlagan. Mahalliy masjidlarning faoliyat ko`rsatishlari cheklangan bo’lib, ularga ro’yxatdan o’tgan imomlar tayinlanmagan.

Musulmon bo’lmagan va Pravoslav bo’lmagan diniy guruhlar mamlakatning shimoli-g’arbiy qismida joylashgan Qoraqalpog’istonda diniy faoliyatni amalga oshirishda alohida qiyinchiliklarga duch kelganliklarini ma`lum qilishgan, chunki barcha musulmon bo’lmagan va pravoslav bo’lmagan diniy jamoalar u erda huquqiy maqomga ega emasligini aytishdi. Aholisi taxminan ikki million kishidan iborat bo`lgan butun Qoraqalpog’istonda taxminan bitta ro’yxatdan o’tgan cherkov, Rus pravoslav cherkovining qavmi bo’lgan.

Yahudiy hamjamiyatining qo’shimcha ravvinlarni tan olinishi uchun qilgan harakatlariga qaramay, Adliya Vazirligi, 2014 yildan buyon faqat bitta buxorlik ravvinni akkreditatsiyadan o’tkazgan. Ashkenazi Yahudiylari jamoasida ravvin etishmovchiligi saqlanib qolmoqda. Yahudiy jamoatchiligi, ravvinlarning etishmasligini e’tiqod urf-odatlarni, diniy qiziqish va jamoa o’sishini cheklanganligini aytishdi. Yahudiylar o’zlarining jamoalari kelajagi haqida tashvishlanishda davom etmoqdalar, chunki ularning hozirgi avlod izdoshlari yo mamlakatdan chiqib ketishgan yoki vafot etganlar.

Ozchilik diniy guruhlarining vakillari, hukumat, ro’yxatdan o’tgan, ibodat uyi bo’lmagan jamoalarda tinch yig’ilishlar va boshqa diniy marosimlarni o’tkazishni taqiqlashda davom etayotganini va vakolatli joydan tashqarida ibodat qilganlarga qattiq jazo choralarini qo’llayotganini aytishmoqda.

Ba’zi hollarda, Xristianlarning, ruxsat etilgan yig’ilish joyidan 1000 kilometr (620 milya) dan uzoqroq masofada ajralib qolishi hollary davom etgan va ular xususiy «uy cherkovlarida» yig’ilishgan, bu esa, bunday yig’inlar noqonuniy bo’lib qolganligi sabably, ularni militsiya ta’qibi va tahqiridan himoyasiz qoldirgan.

Davlat hokimiyati idoralari ro’yxatdan o’tgan diniy guruhlarning vakillarini yoki ro’yxatdan o’tishga urinib, muvaffaqiyatsizlikga uchragan guruhlarning vakillarini diniy faoliyat bilan shug’ullanganliklari uchun, shu jumladan, Toshkent viloyatidagi yagona ro’yxatdan o’tgan ibodat uyidan tashqari joyda yig’ilganlari uchun Yegova Guvohlari a’zolarini jarimaga tortishni davom etishgan.

Iyul oyida davlat organi vakillari toshkentlik Yulduz Baltaevani noqonuniy diniy faoliyat bilan shug’ullangani uchun 10,334,400 so’m (1200 AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortgan. Baltaeva uchta qulog’i kar erkak kishi hamrohligida Chirchiq shahriga borgan. Bu erda mamlakatda ro’yxatga olingan yagona Yegova Guvohlari jamoatining diniy anjumani bor edi. DIQ ushbu konventsiyani ma’qullamaganligi sababli DIQ Baltaevaning ishtirokini va uning boshqalarga yordam berishini noqonuniy diniy faoliyat deb belgilagan.

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, xavfsizlik xizmatlari mahalliy masjidlarda Juma namozini o’qilish paytida ishtirokchilarni tasvirga tushirishda davom ettirishgan. Katoliklar masjidiga qatnashuvchilar ham bunday kuzatuv haqida xabar berishgan. Hukumat, Farg’ona vodiysida bolalarga yozgi lagerni xavfsizlikka tahdid solishini aytib, ularni taqiqlashni davom ettirgan. Boshqa jamoalar, shu jumladan Yegova Guvohlari, hukumat ularning ob’ektlarini kuzatuv ostida ekani haqida xabar berishgan.

Sentabr oyida Toshkent tumani xalq ta’limi bo’limi boshlig’i maktablarga xat yuboradi. Xatda maktab o’quvchilarini Juma namoziga qatnashmasliklari uchun  juma kunlari qo’shimcha maktab tadbirlarini rejalashtirish kerakligini aytdi, deya xabar beradi Ozodlik-ning Uzbek xizmati. Ma`lumotlarga ko`ra, musulmonlarning aytishlaricha, militsiya masjidga kirish joylarini o’rab olib, yoshlarning shaxsini tekshirishni boshlagan, shuningdek, 18 yoshga etmagan shaxslarni kirishini taqiqlagan. OAV-lari xabar berishlaricha, militsiya bu tadbirlarni Farg’ona vodiysi, Buxoro va Samarqandda keng ko’lamda amalga oshirgan.

17-oktyabr kuni inson huquqlari faoli Shuhrat G’aniyev Forum 18 ga bergan ma`lumotiga ko`ra Buxoro militsiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati masjidlarga borgan shaxslarni, ayniqsa, juma namozlari vaqtida ochiqchasiga kuzatib turishgan. Ganievning so’zlariga ko’ra, davlat organlari 18 yoshgacha bo’lgan yigit va o’g’il bolalarga alohida e’tibor berishadi. Ganievning izoh berishicha, ularning shaxsi aniqlangandan so`ng, ularning uylariga borib, ota-onalardan o`z farzandlarini masjidga borishiga to’sqinlik qilishlarini so`rab bosim o’tkazishadi. Ganievning Forum 18 ga xabar berishicha, u  iyuldan oktyabrgacha bo`lgan davr mobaynida erkak va o’g’il bolalarga daxldor 50 ga yaqin bunday holatlar haqida bilishini aytdi. Ganievning so’zlariga ko’ra, Buxoro viloyati rasmiylari yil davomida masjidlarga boradigan yosh Musulmon yigitlarga 2017 yilga nisbatan kamroq bosim o’tkazgan.

Mahalla qo’mitalari va imomlar ekstremistik faoliyatga yoki guruhlarga a’zo bo’lishi mumkin bo’lgan mahalliy aholini, shu qatorda, har kuni ibodat qiladigan yoki boshqa tarzda sodiqlikni namoyish etganlarni aniqlashni davom ettirishgan.  Muftiy ma’murlari ta’kidlashlaricha, ular va mahalla qo’mitasi a’zolari  oilalarning diniy ehtiyojlari nimadan iboratligini tekshirish uchun mahalla ularning uylariga muntazam ravishda tashrif buyurishgan.

Hukumatning, aksariyat qamoqxonalarda mahbuslarning ibodat qilishlari uchun maxsus joylar ajratayotgani va qamoqxona kutubxonalarida Qur’on va Injil nusxalarini saqlanayotgani aytdi. Mahbuslarning oila a’zolari va shu jumladan BMTning din va e’tiqod erkinligi bo’yicha maxsus ma’ruzachisi Shahid 2017 yil oktyabr oyida «Jaslik» qamoqxonasiga tashrifi chog’ida qamoqxona ma’murlari diniy ekstremizmda gumon qilingan mahbuslarga o’z dinlariga amal qilishlariga, shu jumladan, Qur’on o’qishga yoki yakka o’zi ibodat qilishga ruxsat bermaganligini ta’kidlagan. Shahidning so’zlariga ko’ra, hukumat mahbuslarning kuniga besh mahal namoz o’qishiga ruxsat bermadi va Ramazon ro’zasini tutish uchun ish va ovqatlanish tartibini o’zgartirishni rad etdi. Ushbu cheklovlar yil oxirigacha o`z kuchida qoldi.

Hukumat, ziyoratchilar o’z xarajatlarini to’lagan bo’lsa-da, musulmonlarga haj va umra ziyoratlarida ishtirok etishlari uchun  moddiy-texnik ta’minotni, shu jumladan charter reyslari bilan ta’minlashni davom ettirganlar. 2017 yilda bo’lgani kabi, hukumat 7,200 nafar ziyoratchilarga ruxsat berdi, bu mamlakatning Saudiya Arabistoni tomonidan taqsimlangan joylarning uchdan bir qismi. Umuman olganda, diniy idoralar 40 yoshdan oshgan kishilarning Hajga borishini cheklashni davom ettirishgan. Joylarda mahalla qo’mitalari, tuman ma’muriyatlari, Davlat xavfsizlik xizmati va DIQ va Muftiyat tomonidan nazorat qilinadigan davlat Haj Komissiyasi potentsial ziyoratchilarni tekshirishga jalb qilingani tug`risida ma`lumot berilgan. Inson huquqlari guruhining ma`lumotiga ko`ra, Farg’ona vodiysi va Qoraqalpog’istonda ichki aloqalarga va poraxo’rlika murojaat qilmasdan Haj safarida qatnashish juda qiyin bo’lib qolgan. 2017 yilda tashkil etilgan komissiya Haj safarida ishtirok etish huquqini ko’rib chiqishni davom ettirdi. Yangi tartibga ko’ra, ziyoratchilarning ro’yxatlari hokimliklarga taqdim etiladigan mahalla qo’mitalariga murojaat qilishlari talab etiladi. DIQ milliy aviakompaniyalarning Jidda shahriga parvozlarini muvofiqlashtirish uchun hokimliklar ro’yxatidan foydalanadi. Yil davomida hukumat, 2017 yildagi 10 mingga nisbatan, 18 000 ziyoratchiga Umra ziyoratiga borishga ruxsat berdi. Sentyabr oyidan boshlab, hukumat, Umra ziyoratiga borishni istagan musulmon ziyoratchilar soniga qo’yilgan barcha cheklovlarni olib tashladi.

Ro’yhatdan o’tgan Xristian guruhi va Bahayi jamiyati vakillarining ma`lum qilishicha bolalar jamoat tomonidan homiylik qilinadigan tadbirlarda, jumladan Yakshanba maktabi va ota-onalarining ruxsati bilan tadbirlarda, masalan Yakshanba maktablariga qatnashish imkoniga ega bo’lganlar. Guvohlar har ikkala ibodatxonada qatnashuvchi bolalar soni ko`pligi to’g’risida xabar berishda davom etdilar.

Hukumat tomonidan boshqariladigan yirik mehmonxonalar cheklangan miqdordagi xonalarni Quron va Injil kitoblari bilan ta’minlashni davom ettirdi. Hukumatning xabar berishicha, 1000 ta Qur’on kitobi mehmonxonalarda mavjudligini ta`minlangan. Oldindan buyurtma qilinganidan so’ng, mehmonxonalarda  boshqa muqaddas kitoblar, ibodat matolari va Makka yo’nalishini ko’rsatuvchi ko`rsatmalarni ham taqdim etdilar. Barcha aeroportlar va temir yo’l stantsiyalari binolarida kichik ibodat xonalari bor.

Fuqarolik jamiyati kuzatuvchilarining fikriga ko’ra, davlat organlari musulmonlarga ketma-ket ikkinchi yil Ramazonni ochiqchasiga nishonlashga ruxsat berdi va ommaviy iftorliklar soni o’tgan yildagiga nisbatan ko’p bo’ldi.

Hukumat erkaklar va ayollar o’rtasida Qur’on qiroati bo’yicha ko’p bosqichli musobaqalarni, undan keyin Hadis (Muhammadning so’zlarini o’z ichiga olgan Islomiy an’analar to’plami) musobaqalariga homiylik qildi.

Sentyabrda Ta’lim vaziri davlat va xususiy maktablardagi barcha o’quvchilar uchun soch va kiyim uzunligini, kiyim-kechak rangini va poyabzal turini tartibga soladigan kiyim tartibini belgiladi. Hukumat do’ppilar va xochlar kabi barcha turdagi diniy ramzlarni qat’iyan taqiqladi.Tartib qoidalar talabalariga hijob kiyishni taqiqlashni davom ettirdi. Sentyabr oyida, o’quv yilining boshida, davlat organi vakillari Toshkent Xalqaro Islom Akademiyasida yuzdan ortiq qizlarni haydash tahdidi ostida hijoblarini echishga majbur qilishdi, deya xabar beradi BBC-ning O’zbek xizmati.

Ayrim musulmonlarning fikriga ko’ra, hukumat diniy printsiplarni xususiy ravishda o’qitishni taqiqlangani, diniy jamoalarning a’zolarini «noqonuniy ravishda bir dinni boshqasiga o’qitganlik» uchun hibsga olinish va jazolanish hollariga olib keldi. Ularning so’zlariga ko’ra, taqiq; o’z e’tiqodlarini muhokama qilish, yoki din masalalari bo’yicha fikr almashish uchun yig’ilgan odamlarning uchrashuvlarini o’z ichiga oladi. Ba’zi bir musulmonlar diniy munozaralar ma`n etilgan deb hisoblashadi, chunki hech kim «prozelitizm» yoki diniy printsiplarni yakka tartibda o’qitganlik uchun jazolanishni xohlamaydi.

DIQ diniy guruhlarga DIQ tomonidan ruxsat berilmagan diniy adabiyotlarni saqlashni taqiqlab qo’ydi va ularga jazo berishda davom etdi. Davlat organlari ozchilik diniy guruhlariga tegishli bo’lgan uylarni, idoralarni va joylarni tintuv qilishni davom ettirishgan, ba’zida esa tegishli tintuvga ruxsat berilmagan va sudlar bunday guruhlarning a’zolarini ma’muriy hibsga, shu jumladan, Injilni saqlaganlik uchun jarimaga tortgan. Davlat organlari ekstremistik deb hisoblangan va diniy adabiyotlarni rasmiy ruxsatisiz olib kirish, yoki nashr etishga uringan ayrim islomiy nashrlarni cheklashni davom ettirgan. Shuningdek, hukumat «ekstremistik» deb hisoblagan adabiyotlarni saqlagan shaxslarni hibsga olishni davom ettirishgan.

Hukumat organlari islom diniga oid nashrlarning kirishni nazorat qilishni davom ettirgan va har bir mahalliy nashrda uni nashr etish vakolati manbasini ko’rsatgan holda ariza berishni talab qilishgan. Bozor xaridorlarining so’zlariga ko’ra, imkon qadar, kamdan-kam hollarda, oz miqdorda import qilingan Arabcha asarlarni kitob olib-sotarlaridan, ikkinchi darajali do’konlardan yoki bura bozorlarida kitob sotuvchilardan olish mumkin edi, ammo har qanday DIQ tomonidan maxsus tasdiqlanmagan adabiyotlar esa juda noyob bo’lgan.

Yegova Guvohlarining so’zlariga ko’ra, bir qator davlat idoralari, shu jumladan Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bojxona xizmati va mahalliy militsiya,  adabiyotlarni musodara qilishni davom ettirgan va va ba’zi hollarda diniy adabiyotlarni va uni ishlab chiqarishda ishlatiladigan jihozlarni buzib tashlashgan.

Yegova Guvohlarining ma’lumotlariga ko’ra, 26-may kuni Jizzaxda Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash departamenti direktori Bobur Boymurodov Yegova Guvohi Muborak Abdurahmonovani diniy mazmundagi materiallarga ega bo’lgani va bo’lishishgani haqida so’roq qilgan. Davlat xizmati organlari uning mobil telefonini tortib olishgan, diniy adabiyotlar va videolarning elektron nusxalarini topishgan va unga qarshi ma’muriy ayblov qo’zg’ashgan. Hisobotda aytilishicha, 31-may kuni militsiya xodimlari alohida uch nafar Yegovaning Guvohlarini: Dilafruz Sheraliyeva, Nasiba Umarova va Sarvinoz Esonkiliyevani hibsga olib, so’roq qilishgan. Militsiya ularning uyali telefonlarini tekshirib, ularga Abdurahmonova bilan diniy mazmundagi suhbatlariga iqror bo`lib ariza yozishga majbur qilishgan. 3-iyun kuni militsiya xodimlari Jamshid Umatovni so’roq qilishdi va unga Abduraxmonovadan mobil telefon orqali diniy mazmundagi ma’lumotni olganligi to’g’risida iqror bo`lib ariza berishini aytishgan. 4-iyun kuni militsiya xodimlari shuningdek Jamshidning singlisi Dilnavoz Umatovani so’roq qilishdi va unga bayonot berishlarini aytishdi.

Jamoat a’zolarining so’zlariga ko’ra, aprel va may oylarida davlat organi vakillari Yegova Guvohlarining Samarqand va Farg’onadagi shaxsiy uylaridagi ibodat yig’ilishlariga va Qarshidagi uyga ikki marta reyd o’tkazgan. Davlat organi vakillari, shuningdek, Urganch va Toshkent viloyatining Yangiyo’l tumanlaridagi Yegova Guvohlari uylarida diniy adabiyot izlab reydlar uyushtirishgan.  Yangiyo’l tintuvidan so’ng sud mahalliy jamoaning ikki a’zosiga ma’muriy kodeksda diniy materiallarni ishlab chiqarish, saqlash, olib kirish va tarqatishni taqiqlovchi modda bo’yicha 921,500 so’m (110 AQSh dollari) miqdorida jarima solgan.

Forum 18 ning xabar berishicha, Gayrat Ziyoho’jaevning 12-iyun kuni quyi sud tomonidan «jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid mavjud» deb, matnlarni baham ko’rgani uchun, chiqarilgan hukmini, garchi u matnlarni taqiqlanmagan o’zbek veb-saytidan yuklab olgan bo’lsa ham,17-iyul kuni Toshkent shahar sudi hukmini o’z kuchida qoldirgan. Sud uning telefoni va kompyuterini yo’q qilishni buyurgan. Ziyaho’jaev darhol ozod qilingan. BBC jurnalistlarining so`zlariga ko’ra, sud uni yil oxirigacha yana kelishini talab qilgan.

Jamoat a’zolarining so’zlariga ko’ra, iyul oyida Navoiy viloyati Uchquduq tuman sudining ma’muriy sudyasi baptistlar Igor Jerebyatnikov va Isxok Urazovga turli xristian materiallarini, shu jumladan uchta Bibliyni, «Bibliya hikoyalari» ning bir nusxasini va «Muqaddas Bitikdan hikoyalar» ning bir nusxasini saqlashgani uchun jarimaga tortgan. «Sudya materiallarni yo’q qilishni buyurgan.

Jamoat a’zolarining m`lum qilishicha, oktyabr oyida Toshkent viloyatining Bo’stonliq tuman militsiyasining 20 ga yaqin xodimi 40 nafar protestantdan iborat guruhga, jumladan etnik koreys cherkovi va boshqa protestant cherkovlarining a’zolariga, Qizl-Su shahridagi protestantlar markazidagi yig’ilishiga reyd uyushtigan. Militsiya hodimlari markazni tintuv qilgan va cherkov mulkiga tegishli ko’plab buyumlarni, jumladan noutbuk, gitara, osma projektor, karnay, uchta mikrofon, uchta elektr choynak, musiqa stendlari, yozuv taxtasi va ikkita xristian kitobini musodara qilishgan. Militsiya rasmiy musodara qilish hujjatlarini taqdim etmagan.

Forum 18 xabariga ko’ra, militsiya hodimlari, hukumat do’konlaridan sotib olingan Bibliyaning ruxsat berilgan nusxalarini saqlashda gumon qilingan shaxslarni jarimaga tortdi va u buyumlarni musodara qildi. Forum 18 xabar berishicha, 19-noyabr kuni Namangan viloyatining sharqida joylashgan Pop shahrida, militsiya xususiy uyda ovqatlanish va Bibliya kitobini o’qish uchun yig’ilgan protestantlarning bir guruhiga nisbatan reyd o’tkazgan. Militsiya Bibliya kitobi, bukletlar, xristian filmlari, qo’shiqlar va va’zlarni o’z ichiga olgan DVD va kompakt disklarni musodara qildi. Forum 18 xabariga ko’ra, musodara qilingan barcha adabiyotlar davlat ro’yxatidan o’tgan O’zbekiston Bibliya Jamiyatidan sotib olingan. Militsiya sakkiz kishini hibsga olib, ularni Pop shahri militsiya bo’limiga olib bordi va u erda ertasi kuni ertalab soat 3 gacha ularni so’roq qildi. Hisobotda aytilishicha, militsiya protestantlarning aksariyatini aybni tan olgan degan bayonomalarga imzo qo’yishga majbur qilgan va diniy adabiyotlarni noqonuniy saqlaganliklari uchun jinoiy  javobgarlikka tortishlari mumkinligini aytgan.

Yegova Guvohlarining JW.org onlayn xabar xizmatining ma`lumotiga ko’ra, mart va noyabr oylari mobaynida Oliy sud, quyi sudning to’rtta qarorini bekor qilgan, buning natijasida Bibliyaga asoslangan adabiyotlar va Bibliya elektron versiyalarini saqlagani uchun ular jarimaga tortilgan. Veb-sayt xabariga ko’ra, Qoraqalpog’iston Avtonom Respublikasi sudi ham  shuningdek, shaxsni diniy materiallarni saqlashda aybdor deb topib, unga jarima solib, quyi sud qarorini bekor qilgan.

Yegova Guvohlariga xabariga ko’ra, 2-may kuni Samarqand militsiyasi etti nafar Guvohlarni diniy yig’ilish o’tkazish uchun to`plangan paytda, shaxsiy uyiga reyd o’tkazgan. Militsiya barcha ishtirokchilarning shaxsiy buyumlarini tekshirgan va bir kishidan Hikmatlar kitobini va bir kishidan elektron diniy nashrlarni o’z ichiga olgan mobil telefonlarni musodara qilgan. 22-may kuni, sud ikkita guvohning ma’muriy kodeks moddasi bo’yicha javobgarligini belgilab, ularning har biriga 861 200 so’m (100 AQSh dollari) miqdorida jarima solgan.

Yegova Guvohlarining so’zlariga ko’ra, 24-mart kuni Samarqandda militsiya xodimlari to’qqizta Guvohlar diniy yig’ilish uchun to`plangan xususiy uyga reyd uyushtirgan va “Yegova Guvohlari» adabiyotlarining elektron nusxalarini o`z ichiga olgan telefonni tortib olgan.

DIQ ham Xristian, ham Islomiy adabiyotlarni olib kirishiga to’sqinlik qilishni davom etmoqda.

Dindorlarning so’zlariga ko’ra, davlat vakillari qonuniy ravishda olib kirilgan yoki mamlakatda ishlab chiqarilgan o’zbek va rus tillaridagi diniy adabiyotlarni, shuningdek, ibodat tasbehi va tutatqi kabi diniy ashyolarni musodara qillish va ba’zi hollarda yo’q qilishni davom etmoqda.

Ro’yxatdan o’tgan ozchilik diniy jamiyatlarining vakillari, davlat organi vakillari bojxona qonunlarini buzganlik uchun diniy adabiyotlarni musodara qilishni davom ettirganliklarini xabar qildilar.

Hukumat, diniy mazmundagi bir nechta veb-saytlarga, shu jumladan Xristian va Islomga oid yangiliklar saytlariga va Forum 18 tomonidan boshqariladigan veb-saytlarga kirishni to’sishda davom etmoqda.

Hukumat, DIQ tomonidan ko’rib chiqilgan va ma’qullanganidan so’ng, diniy adabiyotlarni nashr etish, olib kirish va tarqatishni quyidagi guruhlarga  ruxsat berishni davom ettirgan: bular O’zbekiston Bibliya jamiyati, Muftiyat, Toshkent Islom universiteti, Toshkent Islom instituti va Rus Pravoslav idoralari, To’liq Evangeliya, Baptist va Katolik cherkovlaridir.

Xristian guruhlari o’z e’tiqodlarini amalga oshirishlari uchun Bibliyaning o’zbek tilidagi yagona tasdiqlangan nusxasidan ko’ra ko’proq narsa kerakligini aytishdi. Diniy rahbarlarga o’zlarining diniy ta’limotlari va asoslarini o’zbek tilida tushuntirish uchun boshqa muhim diniy materiallar va matnlardan foydalana olmayotganliklarini aytishdi.

Musulmon vakillarining so’zlariga ko’ra, ba’zi rasmiy imomlarning aytishicha, ular bolalarga Islomni o’rgata olmaydilar, chunki hukumat davlat tomonidan nazorat qilinmaydigan barcha diniy ta’limni taqiqlagan. 2017 yilda hukumat jamoatchilik uchun arab tili va Qur’onni o’rganish bo’yicha pullik kurslarni ma’qulladi, ammo iyun oyida u bu kurslarda kattalar ishtirokini chekladi.

«O’zbekiston 24» telekanalining xabar berishicha, birinchi yarim yillikda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari 116 noqonuniy islomiy ta’lim muassasalarini (xujralarni) aniqlagan. Uzbekistan 24 xabar berishicha, 2017 kalendar yili uchun taqqoslanadigan raqam 33 hujrani tashkil qiladi. Davlat organlari har bir muassasaga nisbatan reyd uyushtirgan va ularni yopgan. Yozda hukumat bir qator uyushgan er osti hujralarini aks ettiruvchi er osti masjidlarining xavfliligi haqida film suratga olishgan. OAV-ning ma’lumotlariga ko’ra, Andijon viloyatida Nosirbek Turg’unov uyining yerto`lasida diniy maktab ochgan va u erda 5-6 yoshli o’g’il bolalar dinni o’rganishgan. Filmda aytilishicha, Turg’unov o’quvchilarni tor xonaga qamab qo’ygan, ularni ovqatdan mahrum qilgan va jismoniy jazoni qo’llagan. Filmda hikoya qilinishicha, tergov tomonidan Turg’unovning ilohiyotshunoslik bo’yicha rasmiy ma’lumoti bo’lmagani oshkor qilingan. Uning aytishicha, u Islom haqida bilimini ota-onasidan olgan.

Hukumat Islom universitetini va Islom tarixiy obidalarini saqlashni moliyalashtirishni davom ettirdi. Hukumat tomonidan taqiqlanganligi sababli mamlakatdagi hech bir diniy muassasa xususiy mablag’ni ololmaydi. Aprel oyida Prezident qarori bilan O’zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi tashkil etildi.  Akademiyaning ta’kidlashicha  asosiy maqsad; mamlakatning diniy o’quv yurtlarini (universitetlar va madrasalar) yuqori malakali o’qituvchilar va murabbiylar bilan ta’minlash, olimlarning tadqiqotlari va kasbiy mahoratini oshirish, aspirantlarga Qur’onshunoslik, Islom huquqi, hadis va kalom ilmi va shuningdek ilmiy-tadqiqot, o’quv va ijtimoiy faoliyatda ishtirok etishdan iboratdir.

Davlat tomonidan mamlakat ichkarisida shia imomlarning alohida o’qitilishini taqiqlash davom etmoqda va davlat mamlakatdan tashqarida olingan ta’limni tan olmaydi.

Vashingtonda 25-iyul kuni bo’lib o’tgan tadbirda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov «yangi diniy siyosat xalqaro standartlar va shartnomalarga to’la mos keladi» deb aytdi, ammo bu yondashuv bilan «jamoat xafsizligi, jamoat tartibi,yoki ma’naviy huquqlar va boshqa  fuqarolar  haqida gap ketganda, diniy huquqlar mutlaq emas» [.] » Uning so’zlariga ko’ra, yangi tuzilgan yo’l xaritasida diniy missionerlik va prozelitizm taqiqlanadi, chunki bunday faoliyat «tinchlik va jamiyatdagi kelishmovchiliklarga» olib kelishi mumkin, bu diniy tinchlikka tahdid soladi va uning mamlakatidagi dinlar orasida nafratni qo’zg’atishi mumkin. Dekabr oyida Vashingtonda bo’lib o’tgan tadbirda, O’zbekistonning AQShdagi Elchisi Javlon Vahobov amalda «bizning [diniy] qonunlarni oshirishda ba’zi bir qiyinchiliklar mavjud edi, ayniqsa mintaqaviy va mahalliy miqyosda, ammo ularning barchasi bir nechta hodisalarga qadar kamaygan va tabiatan tizimli emas”. Vaxobov, shuningdek, O’zbekiston ro’yxatdan o’tmagan diniy tashkilotlarga qarshi reydlarni to’xtatish va ro’yxatdan o’tish tartibini soddalashtirish majburiyatini olgan.

Davlat tomonidan nazorat qilinadigan va ta’sirida bo`lgan OAV-ri missionerlarni jamiyat uchun xavf tug’dirishda va fuqaroviy nizolarni qo’zg’ashda ayblashni davom ettirgan.

Hordiq Plyus hukumatparast gazetasining 29-martdagi sonida «Oh, bechora odamlar … Din ibodatdir, bu jinoyat emas!» maqolasi paydo bo’ldi. Muallif aytadi: «Turli missionerlik jamiyatlari haqida nima deyish mumkin?» «Biz oq va qora ranglarni ajrata olmaydigan ko’plab yoshlarni ular tomonidan jalb qilinganini unutmadik.»

9-iyun kuni «Xordiq Plyus» nashrida militsiya xodimlari Anna Mologina (Yehovaning Guvohi) va uning onasi Svetlana Mologinaning (Yegova Guvohi emas) uyida tintuv o’tkazayotgani tasvirlangan. Militsiya xodimlari bosma adabiyotlarni tortib olishgan va davlat organlari jinoiy ish qo’zg’atishgan. Maqolada aytilishicha, O’zbekistondagi har qanday noqonuniy missionerlik faoliyati jazolanishi kerak.

Khordiq Plus nashrining 29-martdagi sonida aytilishicha, Yegovaning Guvohi Matyakubova Zamira o’z e’tiqod qiluvchi do`stlari  orasida «targ’ibot olib borgan». Ushbu maqolaning ta`kidlashicha, missionerlik faoliyati qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi to’g’risida so’z yuritgan.

Rossiyaning «Sputnik» Internet-nashrining ma`lumot berishicha 26-iyuldagi «Adliya Vaziri mamlakatda dinlararo tinchlikni ta’minlashga yordam beradi» nomli maqolasida, Vazir Davletov missionerlik va prozelitizm dinlarni taqqoslash va ijtimoiy keskinliklar va qarama-qarshiliklarga olib keladi, deb aytdi. Vazir shuningdek, “Chet eldan tashrif buyuradigan ko’plab ekspertlar ushbu taqiqni olib tashlashimiz kerakligini aytishmoqda. Ammo bu biz uchun printsipial masaladir.”-deb qayd etdi.

Ozodlik Radiosi-ning xabar berishicha, hukumat 5-sentyabr kuni Toshkentda bo’lib o’tgan «flesh-mob namoyishi» ni taqiqlagan, unda, Young Zapik nomi bilan tanilgan qo’shiqchi «Hijobdagi go’zal qiz» qo’shig’ini debyut qilishni rejalashtirgan edi. Keyinchalik Young Zapik ushbu qo’shiqni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

Oktyabr oyida hukumat Markaziy Osiyodagi yagona hizmat qilib turgan Buddist ibodatxonasi va mamlakatda kichik, asosan koreys, Buddistlar jamoasi uchun yagona qonuniy ibodat joyi bo’lgan Toshkentdagi Buddistlar ibodatxonasini buzish to’g’risida mart oyida chiqarilgan buyruqni bekor qildi. Shahar hokimiyati, shahar yo’lini kengaytirish uchun sayyohlar tashrif buyuradigan joy, shuningdek Birma va Tailandning Buddist diniy amaldor rohiblari ziyorat qilishini ma’qullashgan ma’badni buzishni buyurdi. Buddistlar jamiyati a’zolari prezidentning virtual portalida va mahalliy diplomatlar va jurnalistlar bilan norozilik aktsiyasini ro’yxatdan o’tkazgandan so’ng hukumatning o`zgarishi yuz berdi.

Yil oxirida mamlakatda uchta davlat islom universitetlari bor edi: Toshkent Islom instituti, Toshkent Islom universiteti va Buxoroda Mir-i- Arab madrasasi. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, Islom universitetlarida 593 kishi tahsil olgan (509 Toshkentda va 84 Buxoroda).

III bo’lim. Diniy erkinlikni ijtimoiy hurmat qilish holati

Jamiyat faollari va inson huquqlari guruhlarining xabar berishicha, aksariyat musulmon aholisi orasida Islomni qabul qilishga qarshi ijtimoiy bosim bo’lgan. Diniy jamoa a’zolarining aytishicha, Xristianlikni qabul qilgan etnik o’zbeklar ta’qib va kamsitishlarga duch kelgan. Ba’zilarning ta’kidlashicha, Islomni qabul qilishdagi ijtimoiy tamg’a dafn qilish marosimlarida qiyinchiliklarga olib kelgan va jamiyatdagi musulmonlar ularni odamlardan uzoq qabristonlarga ko’mishga majburlagan, yoki faqatgina islomiy marosimlar orqali ko’mishga ruxsat berishgan.

Fevral oyida guvohlarning so’zlariga ko’ra, ota o’z qizini Chirchiqdagi Yegova Guvohlarining Yig’ilish Zalidagi diniy yig’ilishdan chiqarib yuborgan. Guvohlarning so’zlariga ko’ra, ayolning otasi uyiga qaytib, Islomga qaytishini talab qilib, uni omma orasida urib, kaltaklagan. Jamoat a’zolarining so’zlariga ko’ra, uning ota-onasi Yegovaning Guvohlari  bo’lgan qarindoshlari va boshqa e`tiqod qiluvchi yaqinlariga tahdid qilishgan. Militsiya xodimlari uni so’roq qilishgan va u bilan uning diniy e’tiqod qarashlari xususida suhbatlashgan.

O`zini prozelitizm deb hisoblagan diniy guruhlarning a’zolari, shu jumladan evangelist Xristian, Baptist va Elliginchi kun Xristian Cherkovlarining ma`lum qilishicha, ular ijtimoiy tekshiruv va kamsitishlarga duch kelishda davom etishmoqda. Ularning so’zlariga ko’ra, ularning qo’shnilari muntazam ravishda militsiyaga qo’ng’iroq qilib, ularning fa`oliyati to’g’risida hisobot berishgan.

Yegova Guvohlari a’zolarining so’zlariga ko’ra, may oyida aksilterrorchilik militsiyasi xodimlari, ularning hamkasblari diniy video tarqatganliklari tug`risida shikoyat qilishganidan keyin, Buxoroda Lazizbek Isomov va Ilvos Ashrapovni ularning rahbari bilan birga hibsga olishgan. Militsiya ularning telefonlarini tortib olib, ularning uylarida Yegova Guvohlari adabiyotlarini qidirib tintuv o`tqazishgan. Sudya Isomovni va Ashrapovni videoni tarqatgani uchun 516 720 so’m ($ 62) miqdorida jarimaga tortilishi to’g`risida hukm chiqargan.

IV bo’lim. AQSh Hukumati siyosati va hamkorlik

Hukumatning mansabdor shaxslari, AQSh Davlat departamentining yuqori martabali mulozimlari va AQShning boshqa yuqori lavozimli amaldorlari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvlar va rasmiy yozishmalarda mamlakat rahbariyati bilan diniy erkinlik masalalari muhokama qilindi. Sentyabr oyida AQShning Xalqaro diniy erkinlik bo’yicha elchisi ushbu mamlakatga tashrif buyurdi va mamlakatning yuqori lavozimdagi rahbariyati, jumladan Prezident, Tashqi Ishlar Vaziri va parlament a’zolari bilan uchrashdi. Elchi Musulmonlar uchun diniy huquqlar va imtiyozlar, jumladan diniy ta’lim va bolalar uchun kiyim-kechak, Xristian tashkilotlarining ro’yxatdan o’tishi va o’z cherkovlarini rivojlantira olmasliklari, shuningdek, Yegova Guvohlari jamoasini muntazam va doimiy ravishda ta’qib qilinishi bilan bog’liq o’z xavotirlarini qayd etdi. U Prezident rahnamoligida olib borilayotgan diniy erkinlik islohotlari uchun hukumatga minnatdorchilik bildirdi va «yo’l xaritasi» ning amalga oshirilishi butun mamlakat bo’ylab diniy erkinlikning to’liq himoyasini ta’minlaydi, deb ta`kidladi. Iyun oyida Diniy Ozchiliklar ishlari bo’yicha Davlat Departamentining Maxsus Maslahatchisi mamlakatga tashrif buyurdi va shu qatorda vijdon tutqunlari, diniy guruhlarni ro’yxatdan o’tkazishga to’sqinlik qilish va terrorizmga qarshi nizomlarning haddan tashqari keng qo’llanilishini o’z ichiga olgan masalalarni Tashqi ishlar vaziri, DIQ va parlamentning etakchi a’zolari bilan muhokama qildi.

Yil davomida AQSh elchisi va Muvaqqat ishlar vakili, odamlarni diniy e’tiqodi uchun qamoqqa olinishi, diniy ozchilik guruhlarini ro’yxatdan o’tkazishda byurokratik to’siqlar va diniy guruhlarga reydlar o`tqazilganligi bo`yicha o`z tavtishlarini bildirish uchun hukumatning yuqori matabali rahbarlari, shu jumladan Prezident, Tashqi ishlar vaziri va Inson huquqlari milliy markazi mansabdor shaxslari va DIQ vakillari bilan uchrashdi. Elchi, shuningdek, diniy adabiyotlardan foydalanish imkoniyati yo’qligi va diniy guruhlarga nisbatan umumiy taqib qilish masalasini ko`tarib chiqdi. Hukumatning turli darajalarida va turli forumlarda AQSh  mansabdor vakillari hukumatni diniy guruhlar a’zolariga ro’yxatdan o’tgan ibodat uylaridan tashqarida erkin e’tiqod qilishlariga ruxsat berish va dinlarga asoslangan tashkilotlarni ro’yxatdan o’tkazish talablarini yumshatish uchun hukumatni din to’g’risidagi qonuniga o’zgartirish kiritishni talab qilishni davom etdilar. Ular hukumatdan din to’g’risidagi ommaviy tushunchani himoya qilishni ta’minlashga va yozma qog`oz shaklida, ham elektron nusxalarda diniy adabiyotlarni olib kirish va foydalanishda cheklovlarni olib tashlashni talab qilishdi. Shuningdek, ular diniy guruhlar va diniy e’tiqodga asoslangan yordam beruvchi xorijiy tashkilotlarining ro’yxatdan o’tish bilan bog’liq qiyinchiliklari va davlat organlari vakillari bilan diniy adabiyotlarni musodara qilish va cheklash masalalarini muhokama qildilar. AQSh hukumati din erkinligini oshirishning aniq qadamlari sifatida diniy erkinlik bo’yicha yo’l xaritasini qabul qilishni va din to’g’risidagi qonunni qayta ko’rib chiquvch qonun loyihasini qo’llab-quvvatladi.

Elchixona xodimlari ko’pincha diniy erkinlik to’g’risidagi sud ishlarini chet ellik diplomatik hamkasblari bilan, monitoringi bo’yicha harakatlarni muvofiqlashtirish va politsiya ma’lumotlarini olish uchun hukumat rasmiylari bilan bog’lanish masalalarini muhokama qildilar.

Vashingtonda bo’lib o’tgan Vazirliklarning Diniy erkinlikni rivojlantirish bo`yicha iyul oyidagi o`zinig nutqida, Davlat Kotibi “Diniy erkinlik gullab-yashnaganda, mamlakat gullab-yashnaydi. Bir misol sifatida bugungi kunda biz O’zbekistonning yanada erkin jamiyat sari qadam tashlayotganini olqishlaymiz. Diniy erkinlik darajasi avvalgidan ko’ra kattaroq bo’lganligi ularning mamlakatiga, ularning jamiyatiga va mintaqaga ijobiy ta’sir ko’rsatishiga ishonchimiz komil ”deb aytdi.

Elchihona o`zinig jamoatchilik bilan ishlash fa`oliyatida va shaxsiy uchrashuvlarida Xristian guruhlarning ibodat uylarini ro’yxatdan o’tkaza olmasliklari saqlanib qolayotgani, evangelist Xristianlar va Yegova Guvohlariga o’z e’tiqodlarini jamoat oldida ochiq muhokama qilishga va musulmon ota-onalarning o’z farzandlarini masjidga olib borish yoki ularni o’z diniy e`tiqodida tarbiyalashiga e’tiborini qaratdi.

Elchixona xodimlari va AQShga tashrif buyurgan rasmiy shaxslar, jumladan, AQSh Davlat kotibining Demokratiya, Inson Huquqlari va Mehnat masalalari bo’yicha yordamchisining o’rinbosari, diniy guruhlar va fuqarolik jamiyati vakillari hamda mahbuslarning qarindoshlari bilan vijdon va e’tiqod erkinligi masalalarini muhokama qilish uchun uchrashdi. Elchixona faoliyati Baptist va Katolik Cherkovlari rahbarlari bilan cherkovlarni ro’yxatga olish bo’yicha uchrashuvlar va Yegova Guvohlari a’zolari bilan dindorlarning uylarida militsiya tekshiruvlari bilan bog’liq muammolarni hal qilish masalasidagi uchrashuvlarni o`z ichiga oladi. Shuningdek, ular muhojirdagi Buxoro yahudiylari va hanuzgacha Buxoroda yashayotgan yahudiylar bilan uchrashib, o’zlarining jamiyati kelajagi bilan bog’liq xavotirlarini muhokama qilishdi va Buddistlar bilan davlat tomonidan ibodathonani buzish taklifi muhokama qilindi.

Oktyabr oyida Muvaqqat Ishlar vakili elchixonaning veb-saytida Xalqaro Diniy Erkinlik Kuniga bag’ishlangan mualliflik fikrlarni joylashtirdi. Ushbu nashr mamlakatning bir qator yirik veb-saytlari tomonidan qayta nashr etildi.

28-noyabr kuni, 1998 yilda qabul qilingan Xalqaro diniy erkinlik to’g’risidagi aktga muvofiq, unga kiritilgan o’zgartirishlarni inobatga olgan holda, AQSh Davlat Kotibi  diniy erkinlikning qo’pol ravishda buzilganligi yoki unga yo’l qo’yilgani uchun O’zbekistonni Maxsus Kuzatuv Ro’yxatiga kiritdi.  O’zbekiston 2006-2017 yillarda alohida tashvish uyg’otadigan mamlakat sifatida belgilangan edi, biroq Davlat kotibi O’zbekiston hukumati tomonidan diniy erkinliklarni hurmat qilish borasida sezilarli yutuqlarga erishganini aniqlagandan keyin Maxsus kuzatuv ro’yxatiga ko’tarilgan.