2017-yil xalqaro diniy erkinlik bo’yicha O’zbekistonga oid hisobot

Umumiy ma’lumot

Konstitutsiya din va e’tiqod erkinligini, hukumat va dinning ajratilishini ta’minlaydi. Konstitutsiyaviy huquqlar boshqa fuqarolarning, davlatning yoki jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga tajovuz qilmasligi kerak. Qonun milliy xavfsizlikni, ijtimoiy tartibni yoki axloqni saqlash uchun zarur bo’lgan hollarda diniy faoliyatni cheklash imkonini beradi. Qonun diniy guruhlarni hukumat ro’yxatidan o’tkazishni talab qiladi va ro’yxatga olinmagan guruhlarning diniy faoliyatini noqonuniy deb e’lon qiladi. U bir qator diniy guruhlarni «ekstremist» deb taqiqlaydi. Qonunchilik jamoatda nutq so’zlash, yoki boshqa dinga chorlashni cheklaydi, diniy adabiyotlarni senzuradan o’tkazadi, barcha turdagi va formatdagi diniy materiallarni saqlashni cheklaydi. Ro’yxatga olinmagan diniy guruhlarning yig’ilishlari, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qonuniy va qonunga xilof ravishda olib borilgan diniy materiallarni olib qo’yish (jumladan, uyali telefonlar va nodavlat tashkilotlarning diniy materiallarini o’z ichiga olgan narsalar) shaxsiy turar-joylardan olib qo’yilishi, jarimalar solish, tuzatuv ishlari va qamoq jazolariga olib keldi. 2-fevral kuni, hukumat Buxoro shahridagi tartibsizliklar uchun 20 nafar shia musulmonni hibsga oldi. Hukumat ulardan ba’zilarini zudlik bilan ozod qilib, beshtasini 15 kunga qamoq jazosiga hukm qildi va keyinchalik ulardan to’rt nafarini jarimaga tortdi va bir kishini besh yillik qamoq muddatiga hukm qildi. Hukumat rasmiylari kontrabandaviy diniy materiallarni qidirib, xalqaro qatnovlarda kelgan, yoki milliy chegaralarni kesib o’tayotgan shaxslarga nisbatan bojxona tekshiruvlarini olib bordi. Nodavlat tashkilotlarning (NDT) hisobotlarida ko’rsatilishicha, qamoqxona ma’murlari mahbuslarni qiynagan va ba’zi turmalarda ekstremistik diniy faoliyatni tashkil etishda ayblab, ularning jazo muddatlarini uzaytirgan.

Biroq, NDT kuzatuvchilari ma’lum qilishlaricha, kuzda qamoqxona ma’muriyatlarida diniy mahkumlarga nisbatan qamoq jazosini o’zboshimchalik bilan uzaytirish amaliyoti to’xtatilgan. May oyida, O’zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi (IGIHRDU) «diniy ekstremizm» uchun ko’p yillik qamoq jazosini o’tab bo’lganidan keyin ozod etilishi kerak bo’lgan uchta aka-ukalarning jazo muddati uzaytirilganini xabar qildi. Diniy ekstremizmda ayblangan mahbuslar o’zlarining dinlariga amal qila olmadilar. Hukumat tomonidan rad etilgan ro’yxatga olish arizalari bo’lgan diniy jamoalarning a’zolari, shu jumladan, «ekstremistik» deb nomlangan 22 tashkilot diniy e’tiqodlarini jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkinligi xatari borligi uchun amalga oshira olmaganlar. Vakolatli organlar ryxsat berilgan joylardan tashqarida ibodat qilayotgan shaxslarga nisbatan qattiq jazo choralarini qo’llashni davom ettirdilar va hukumat sunniy bo’lmagan musulmonlarni va boshqa diniy guruhlarni va ularning ibodat joylarini ro’yxatdan o’tkazmadi. Oxirgi sakkiz yil ichida hukumat yangi, sunniy bo’lmagan musulmon ibodatxonasini ro’yxatdan o’tkazgan emas. Ma’murlar diniy faoliyat bilan shug’ullanish uchun ro’yxatdan o’tishga urinib ko’rgan ba’zi guruh a’zolarini, jumladan Yahovaning Shohidlarini ham jarimaga tortgan. Oxirgi 11 yil mobaynida, bir necha guruhlar har yili shunday qilishga harakat qilib keldilar, lekin o’z jamoatlarini ro’yxatdan o’tkaza olmadilar. Yahudiy jamoati mamlakatning 14 ma’muriy tuzilmasidan kamida sakkizta (12 viloyatlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent shahri) sinagogalarni talab qiladigan tartibga binoan markaziy idorasini ro’yxatdan o’tkazolmadi. Iyun oyida bo’lib o’tgan oliy martabali mulozimlar yig’ilishidan so’ng, Prezident Shavkat Mirziyoyev dinni tartibga solish bo’yicha hukumatning yangi yondashuvini e’lon qildi. Yoz davomida va kuzda, ommaviy axborot vositalari va diniy guruhlar ma’muriyatlarni 16 yoshgacha bo’lgan bolalar va o’smirlarga o’zlarining ota-onalari bilan birga masjidlarda diniy mashg’ulotlarni o’tkazishga ilk bor ruxsat berganlarini ma’lum qildilar. Fuqaro jamiyat guruhlari, forma kiygan politsiyachilar musulmonlarning ibodatini nazorat qilishni qisqartirganini va ular o’rniga shtatdagi ofitserlar tomonidan almashtirilganini aytdilar. Shuningdek, fuqaro jamiyat guruhlarining aytishicha, hukumat xavfsizlik nazorati bir necha ming nomlarni ro’yxatidan olib tashlagan. Hukumat hajga borish uchun murojaat etuvchilar sonining ko’payishiga imkon berdi; Ramazon iftorliklarini ochiq bayram qilishlariga ruxsat berdi. 7-dekabr kuni, Konstitutsiya kuni munosabati bilan, Prezident 2700 nafar mahkumni, shu jumladan, 763 «diniy mahbusni” ozod qildi va bu mamlakat tarixidagi vijdon mahkumlarining birdaniga eng ko’p ozod qilinadigan afv bo’ldi. Mahkumlarning turmush sharoitlarini kuzatuvchi yetakchi fuqarolik jamiyati birlashmasi 7000 mahbusni diniy ayblovlar bo’yicha ushlab turilishini taxmin qilmoqda. An’anaviy etnik diniy e’tiqodlardan va amaliyotlardan chetga chiqqan shaxslarning militsiya ta’qibiga uchraganliklarini xabar qilishda davom etmoqdalar. Ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlariga ko’ra, NDT va diniy jamoalar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ro’yxatga olinmagan xristian guruhlarining uchrashuvlarini chuqur nazorat qilib, reydlar o’tkazib, a’zolarini hibsga olganlar. Hukumat diniy adabiyotlarni faqat ro’yxatdan o’tgan yuridik manzildan kirishiga ruxsat beradi. Sudlar shaxslarni va diniy guruh a’zolarinining diniy materiallar va adabiyotlarining shaxsiy kolleksiyalarini musodara qilish uchun sud tomonidan tasdiqlangan hujjatlar bilan uylarini tintish, keyin ma’muriy ta’qib qilish va jarimaga tortishni davom ettirdi. Shia jamoati a’zolari, Pentikostalchilar, Evangelist baptistlar, Yettinchi kun adventistlari va Yahovaning Shohidlarining barchasi militsiya xodimlari shaxsiy uylarini shaxsiy yig’ilishlarni to’xtatish yoki kontrabanda adabiyotlarini qidirish uchun reyd qilganliklarini ma’lum qildilar.

Mart oyida, Iyegova guvohlari BMTning Inson huquqlari bo’yicha kengashiga murojaat qilib, hukumatning diniy e’tiqodga qarshi inson huquqlarini bir necha bor buzganliklarini da’vo qilishdi. Hukumat Farg’ona vodiysidagi katolik yoshlar uchun yozgi lagerni bekor qildi va katoliklarning sig’inish uchun yig’ilishlarini kuzatdi. Yil davomida yangi ibodatxonani ro’yxatdan o’tkazishga harakat qilgan barcha ozchilikni tashkil qiladigan diniy guruhlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

NDT va xususiy shaxslar, xususan, ko’pchilik musulmon aholi orasida dinni o’zgartirishga qarshi ijtimoiy bosim o’tkazish davom etgani haqida ma’lumot berdi. Xristianlikni qabul qilgan etnik o’zbeklar davomli ta’qiblar va kamsitishlarga duch kelganlar, jumladan, milliy va mahalliy hokimiyatlardan ularning yangi imonlarini rad etish va ularning oila a’zolariga ularni ishontirish, bosim o’tkazishlari uchun undaganlar. Diniy e’tiqod guruhlari dinni o’zgartirishga chaqirishda tanilib, jumladan, yevangelistlar, baptistlar va Pentikostal xristian cherkovlari deb hisoblangan diniy guruhlar a’zolari ijtimoiy jihatdan ko’proq tekshiruv va kamsitishlarga duch kelishda davom etganlar. Bir qator ommaviy axborot vositalari boshqa dinga chaqiruvchilarni tanqid qilib va «noan’anaviy» deb hisoblagan kam sonli diniy guruhlarni nomaqbul deb tanqid qilgan televizion dasturlarni ko’rsatishda davom etmoqdalar.

Davlat departamentining yuqori lavozimli mulozimlari hukumat amaldorlari bilan uchrashdi va hukumat diniy erkinlik bo’yicha o’z bayonotini yaxshilashi uchun, jumladan, diniy amaliyotda cheklovlarni olib tashlash va ozchilikni tashkil qiladigan dinlarga nisbatan sabrni oshirish bo’yicha aniq qadamlar qo’yishni tavsiya qildi. Elchixona xodimlari hukumatni yillik amnistiyani diniy tutqunlarga ham qo’llashga chaqirdilar, shuningdek, diniy jamoalarni ro’yxatga olishni cheklash, diniy harakatlarni cheklashlar va diniy adabiyotlarni nashr etish va tarqatishda cheklashlarni muhokama qilish uchun davlat amaldorlari bilan uchrashdilar.

2006-yildan buyon, O’zbekiston diniy erkinlikning qo’pol buzilishi bilan shug’ullangan, yoki ularga nisbatan hech qanday choralar ko’rmagani uchun 1998-yilgi Xalqaro diniy erkinlik to’g’risidagi qonunga muvofiq «Maxsus xavotirga molik mamlakati» (CPC) deb nomlanib kelgan. Yaqinda, 22-dekabr kuni Davlat kotibi O’zbekistonni CPC sifatida qayta tanitdi va AQShning muhim milliy manfaatlariga mos ravishda tayinlangan sanksiyalarni bekor qildi.

I bob. Diniy demografiya

AQSh hukumati jami aholini 32 million atrofida (2017-yil iyul) deb taxmin qiladi. 1989-yilgi aholini ro’yxatga olish ma’lumotlariga ko’ra, oxirgi marta diniy e’tiqod va a’zolikka oid ma’lumotlar to’plangan, aholining taxminan 93 foizi musulmon bo’lgan. Ularning ko’pchiligi Hanafiy maktabi sunniylaridir; Hukumat aholining qariyb 1 foizini Buxoro va Samarqand viloyatlarida joylashgan Ja’fari maktabiga mansub shialar deb aytadi. Aholining taxminan 4 foizi rus pravoslavlari, ruslarning migratsiya statistikasi ma’lumotlariga ko’ra, bu raqam etnik ruslar va boshqa etnik slavyanlar ko’chib ketayotgani sayin kamayib borayotganini ta’kidlaydi.

Xalqning qolgan 3 foizi Rim katoliklarining kichik jamoalari, etnik koreys xristianlari, baptistlar, lyuteranlar, yettinchi kun adventistlari, yevangelistlar, Pentekostallar, Iyehova guvohlari, buddistlar, Bahoiylar, Xalqaro Krishna dinlarining a’zolari va ateistlardir. Yahudiy jamoati taxminan 6000 Ashkenazi va 2000 dan kamroq Buxoro yahudiylari bo’lib, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Farg’ona vodiysida joylashgan. Yahudiylar ko’chib ketayotganligi sababli ularning aholisi pasayib bormoqda.

II bo’lim. Hukumatning diniy erkinlikni hurmat qilishi

Huquqiy asos

Konstitutsiya din va e’tiqod erkinligini, shu jumladan, biron bir dinga e’tiqod qilmaslik erkinligini ko’zda tutadi, lekin cheklovlarni ham o’z ichiga oladi. Konstitutsiyaviy huquqlar boshqa fuqarolarning, davlatning yoki jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga tajovuz qilmasligi kerak. Qonun milliy xavfsizlikni, ijtimoiy tartibni yoki axloqni saqlash uchun zarur bo’lgan hollarda diniy faoliyatni cheklash imkonini beradi. Konstitutsiya davlat tomonidan diniy jamoatlar ishlarida davlatga va dinni bir-biridan ajratib turadigan davlat tomonidan aralashmaslikni ta’minlaydigan va dinga asoslangan siyosiy partiyalarni taqiqlovchi fuqarolik asos yaratadi.

Qonun ro’yxatga olinmagan diniy faoliyatni jinoyat deb hisoblaydi; diniy adabiyotlarning mazmunini, ishlab chiqarilishini va tarqatilishini rasmiy jihatdan tasdiqlanishini talab qiladi; va boshqa dinni targ’ibot qilishni va boshqa missionerlik faoliyatini taqiqlaydi.

Ma’muriy va jinoiy kodekslarda diniy faoliyat to’g’risida qonun va boshqa nizomlarni buzganlik uchun sanktsiyalar belgilangan. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksda diniy materiallarni noqonuniy ishlab chiqarish, saqlash, yoki import qilish jazolanadi. Diniy e’tirozlar, ko’cha marosimlari, yoki boshqa diniy marosimlarni jinoyat deb hisoblaydi, va xususiy shaxslarni, binolarni, yoki boshqa mol-mulkni ijaraga berish yoki davlat ruxsatisiz diniy guruhlarni ko’cha namoyishlari o’tkazishi uchun jazolaydi. U ruxsat etilmagan diniy faoliyatni, qonunga muvofiq ravishda diniy tashkilotni to’g’ri ro’yxatdan o’tkazilmaslikni, shuningdek, bolalar va yoshlar uchrashuvlarini, shuningdek, kasbiy, adabiy va ibodat bilan bog’liq boshqa ta’lim guruhlarini qo’llab-quvvatlashni jazolaydi. Ushbu qoidalarni buzganligi uchun jarimaning miqdori eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan 100 barobarigacha (172,240 so’m) (21 AQSh dollari) yoki 15 kungacha qamoq jazosi bilan jazolanadi, lekin boshqa qonun buzilishlar faqat jarima solish bilan cheklanadi.

Jinoyat kodeksida ro’yxatdan o’tmagan guruhlar «noqonuniy» va «taqiqlangan» guruhlar «ekstremistik» deb hisoblangan. Terroristik deb topilgan guruhlarga a’zo bo’lish taqiqlangan jinoyat deb hisoblanadi. Bunday noqonuniy diniy guruhni tashkil etish yoki unda ishtirok etish besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki to’rt milliondan sakkiz million so’m (500-1000 AQSh dollari) miqdorida jarima solinishi mumkin bo’lgan jinoyatdir. Qonun, shuningdek, boshqalarni noqonuniy diniy guruhlarga qo’shilishni targ’ibot qilganlarni uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini beradi. Jinoyat kodeksida diniy-ekstremistik, fundamentalistik, separatist yoki boshqa taqiqlangan guruhlarning faoliyatini tashkil etish yoki ularda ishtirok etish uchun 20 yilgacha qamoq jazosi berish nazarda tutilgan. Ekstremistik guruhga qo’shilishdan tashqari, diniy ekstremizm ayblovlariga konstitutsion tuzumni ag’darishga urinish va terrorizmni kiritish mumkin.

Jinoyat kodeksi boshqa dinga da’vat qilshni jazolaydi – ma’lum bir dindorni boshqa dinga o’tkazish uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi, ota-ona ruxsatisiz voyaga yetmaganlarni diniy tashkilotlarga jalb qilish harakatlarini taqiqlaydi; ruhoniylar, rasmiy e’tirof etilgan diniy tashkilotlarning vakillaridan tashqari shaxslar jamoat joylarida diniy kiyim kiyishi taqiqlanadi. Ro’yxatdan o’tmagan diniy tashkilot tomonidan o’tkaziladigan har qanday diniy xizmat noqonuniy hisoblanadi.

Qonun barcha diniy guruhlarni Adliya vazirligida (MOJ) ro’yxatdan o’tishlarini talab qiladi. Qonun talablariga ko’ra, har bir guruh, guruhga mansub bo’lgan 18 yosh yoki undan katta yoshdagi kamida 100 nafar fuqarolar ro’yxatini va yuridik, jismoniy manzilga ega bo’lgan nizomni Adliya vazirligining mahalliy filialiga taqdim etishi shart. Qonunda diniy tashkilot o’z faoliyatini faqat Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazganidan keyingina amalga oshirishi mumkinligi ta’kidlangan. Diniy ta’lim muassasalari Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olinganidan keyin tegishli lisenziyani olish huquqiga ega bo’ladilar. Diniy ta’lim muassasalarida diniy fanlarni o’qitayotgan shaxslar diniy ta’limga ega bo’lishi va o’z faoliyatini hukumatning tegishli idorasi ruxsati bilan amalga oshirishlari kerak. Ushbu qoidalar avvalo yuridik shaxs sifatida ro’yxatga olinmasdan boshqalarni dinga o’rgatish, yoki e’tiqodning har qanday shaklini qo’llashni noqonuniy hisoblaydi.

Qonun ro’yxatga olish talablarini, masalan, markaziy ro’yxatdan o’tkazish uchun mamlakatning sakkizta ma’muriy bo’linmasida doimiy ishtirok etishi va muayyan hududda ro’yxatga olish uchun 100 a’zoga murojaat qilishni talab qiladi. Da’vogarlar, shuningdek, Din ishlari bo’yicha qo’mitaning va mahalla qo’mitasining roziligini talab qiladilar. Hukumat mahalla qarorlari va faoliyatlarini ko’rib chiqmasligini ta’kidlaydi, biroq hisobotlarda ular orasidagi munosabat davom etib kelayotgani aytiladi.

Qonun, shuningdek, yetakchi asoschilarning e’tiqodlarini targ’ib qilish uchun zarur bo’lgan diniy ta’limga egaliklarini, guruhning daromad manbalari va Diniy ishlar qo’mitasining ro’yxatidan o’tkazilish to’g’risidagi rozilik hujjatlarini notarial tasdiqlashni talab qiladi. Qonunchilik mahalliy hokimiyat organlaridan o’z hududlarida guruhlarni ro’yxatga olishini talab qiladi, guruh mahalliy hokimiyat organlaridan yuridik va pochta manzillarini ko’rsatuvchi «kafolat xati» ni taqdim etishini talab qiladi, bu esa tashkilotning barcha qonuniy talablariga javob berishi kerak (jumladan, asosiy arxitektura bo’limi , sanitariya-epidemiologiya xizmatlari, yong’inga qarshi xizmat ko’rsatish va mahalliy tanlab olingan mahalla qo’mitalari). Qonunga ko’ra, Adliya vazirligi ro’yxatga olish arizasini ko’rib chiqish uchun bir oydan uch oygacha vaqt olishi mumkin. Adliya Vazirligi ro’yxatdan o’tkazishni ma’qullashi, yoki rad etishi, yoki qaror chiqarishni ko’rib chiqishni to’xtatishi mumkin. Ro’yxatdan o’tgan diniy guruhlar butun mamlakat bo’ylab tegishli binoga ega bo’lishi, diniy ta’lim berishi va diniy adabiyotlarga ega bo’lishi mumkin.

Qonunda ro’yxatga olingan guruhlar o’z faoliyatlarini ro’yxatdan o’tgan joylardagina olib borishlari ko’rsatilgan. Qonun faqat ro’yxatga olingan diniy guruhlargagina maktablar tashkil etish va ruhoniylarni o’qitish huquqini beradi.

Diniy ishlar qo’mitasi ro’yxatga olingan diniy faoliyatni nazorat qiladi. Uning qoshidagi Konfessiya kengashi tarkibiga o’tmishda musulmon, xristian va yahudiy guruhlarining sobiq vakillari kiradi, u diniy tashkilotlar va mo’minlarning qonun, huquq va majburiyatlari hamda din bilan bog’liq boshqa masalalarni hal qilish usullarini muhokama qiladi.

Qonunga ko’ra, davlat organlari, shu jumladan mahalla qo’mitalari, nodavlat va notijorat tashkilotlari, militsiya bilan hamkorlikda shubhali “jamoaga qarshi faoliyat» ga qarshi keng ko’lamli vakolatlarga ega. Ushbu vakolatlar ro’yxatga olinmagan diniy tashkilotlarning faoliyatiga to’sqinlik qilish, fuqarolarning diniy erkinliklarga rioya etilishini ta’minlash, diniy qarashlarni targ’ib qilishni taqiqlash va qonunga rioya qilish bilan bog’liq boshqa masalalarni ko’rib chiqishdan iboratdir.

Qonun diniy guruhlarga materiallarni nashr qilish yoki tarqatish uchun lisenziya olishni talab qiladi. Diniy ishlar qo’mitasi ishlab chiqarilgan barcha materiallarni ko’rib chiqadi va tarqatishdan oldin tarqatishga ruxsat beradi. Materiallarga kitoblar, jurnallar, gazetalar, broshuralar, varaqalar, audio va video materiallar, jumladan, CD va DVD disklari va Internetga joylashtirilgan materiallar, jumladan, dunyoning turli dinlarining kelib chiqishi, tarixi, mafkurasi, ta’limoti, sharhlari va marosimlari kiradi. Davlat «ekstremistik diniy guruhlarning» har qanday nashrlarni tarqatishini taqiqlaydi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremist deb hisoblangan varaqalar yoki adabiyotlarni tarqatgan shaxslar jinoiy ta’qiblarga duch kelib, besh yildan 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi. Yozda hukumat diniy idoralari diniy xizmatchilar tomonidan qo’llaniladigan diniy adabiyotlarning ro’yxatini kengaytirdi. Injilni olish uchun Injilning tasdiqlangan nusxasini sotib olishdan oldin, “Injil ariza» ni to’ldirish kerak va bu hukumat tomonidan tekshiriladi.

Qonun hukumat tomonidan ekstremist deb o’ylangan mualliflar tomonidan yozilgan adabiyotga ega bo’lgan, yoki noqonuniy ravishda olib kirilgan yoki ishlab chiqarilgan har qanday adabiyotga ega bo’lgan shaxslarni hibsga olish va ta’qib qilishni ko’zda tutadi. Ma’muriy kodeks jismoniy shaxslarga eng kam oylik ish haqi 130,240 so’m (16 AQSh dollari) miqdorida jarima solinishi bilan «diniy mazmundagi materiallarni noqonuniy ishlab chiqarish, saqlash, olib kirish yoki tarqatish»ni jazolaydi. Ayni shunday jinoyatni sodir etgan davlat amaldorlari uchun jarima eng kam oylik ish haqining 50 dan 150 barobarigacha qilib belgilangan. Ma’muriy kodeks materiallarning musodara qilinishiga hamda «ularni ishlab chiqarish va tarqatishning tegishli vositalarini» musodara qilishga ruxsat beradi. Jinoyat kodeksida ushbu jinoyatlarni sodir etgan shaxs eng kam oylik ish haqining 100 barobaridan 200 barobarigacha miqdorda jarima olish, yoki uch yilgacha tuzatish ishi bilan ma’muriy kodeksga binoan jazolanadi. Amalda esa, adabiyotlar uchun jinoiy kodeksni buzish kamdan-kam qo’llaniladi. Sudlar ma’muriy kodeks bo’yicha jarimalar soladi. Agar shaxs jarimani to’lashga qodir bo’lmasa, sudlar ish haqi (oylik maosh) hisobidan qoplash to’g’risida buyruq beradi.

Qonunda faqat ro’yxatga olingan markaziy ma’muriy diniy guruhlar diniy xodimlarni o’qitish va diniy ta’lim berishiga ruxsat beriladi. Diniy xodimlarni tayyorlash va o’rta ta’limga ega bo’lish uchun to’qqizta madrasa, jumladan, ularning biri ayollar uchun, shuningdek, pravoslavlar va protestantlar seminari rasmiy ravishda tasdiqlangan. O’zbekiston hukumati homiyligidagi Musulmonlar idorasi 2018-yilda oltita diniy ta’lim maktablarini ochishni rejalashtirmoqda.Vazirlar Mahkamasi madrasadan olgan diplomlarni boshqa diplomlarga teng deb hisoblaydi, bu esa madrasani bitiruvchilarga oliy o’quv yurtlarida ta’limni davom ettirishlariga imkon beradi. Bundan tashqari, Toshkent islom instituti va Toshkent islom universiteti oliy diniy ta’lim dasturlarini taqdim etadi. Qonun davlat tasdiqlamagan xususiy diniy ta’lim berishga ruxsat bermaydi va qonunbuzarliklar uchun jarima soladi. Qonun diniy ta’limni rasman tasdiqlangan diniy maktablarga va davlat tasdiqlagan o’qituvchilar bilan cheklaydi. Qonun davlat maktablarida diniy fanlarni o’qitishni taqiqlaydi.

Qonun imomlardan taniqli diniy ta’lim muassasasini tugatib, hukumat tomonidan lisenziya olish uchun ro’yxatdan o’tishni talab qiladi. O’zbekiston musulmonlari idorasi imom bo’lishidan oldin ularni imomga yo’rdamchi qilib yo’llaydi.

Qonun diniy e’tiqodlariga asoslangan harbiy xizmatga e’tiroz bildiradiganlarga muqobil fuqarolik xizmatini ko’rsatishga ruxsat beradi. Qonun e’tiqodga asoslangan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini cheklaydi, ya’ni hukumat diniy jamoatlarni shu yo’l bilan tasniflaydi. U diniy faoliyatni rasmiy ibodatdan tashqarida 16 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun ota-ona ruxsatisiz diniy faoliyat olib borishni taqiqlaydi.

Mamlakat fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro tashkilotning ishtirokchisidir.

Hukumat amaliyoti

Xulosa paragrafi: NDT lar, diniy tashkilotlar va BMT ning diniy e’tiqod va e’tiqod erkinligi bo’yicha maxsus ma’ruzachisi kabi ekspert kuzatuvchilarning ma’lumotlariga ko’ra, hukumat fuqarolarning o’z dini, e’tiqodi, yoki boshqalar bilan ochiqcha e’tiqod qilishini cheklashda davom etmoqda. O’zining O’zbekistondagi dastlabki sayohat hisobotida maxsus ma’ruzachi aytishicha, «diniy e’tiqod va e’tiqod erkinligi buzilishlarining asosiy sabablaridan biri bu diniy ekstremizmning haddan tashqari keng talqin qilinishidir”. Hukumat «ekstremistik» deb ta’riflangan Islomiy guruhlarni ta’qiqlashda davom etdi va 22 ta diniy tashkilotni o’z ichiga olgan guruhlarga a’zolikni jinoyat deb e’lon qildi. Hukumat diniy ekstremizmda gumon qilingan shaxslar yoki guruhlarga nisbatan o’z harakatlarini diniy erkinlik masalasi emas, balki fuqarolik hokimiyatni ag’darishga to’sqinlik qilish va diniy beqarorlik va nafratni qo’zg’ashni taqiqlash masalasi deb ta’kidladi. NDT lardan olingan xabarlarda ko’rsatilishicha, qamoqxona ma’murlari mahbuslarga zo’ravonlik qilganlar, ayrimlarni qamoqxonalarda ekstremistik diniy faoliyatni uyushtirishda ayblab, jazo muddatini uzaytirgan. Davlat vakillari mahbuslarni «diniy ekstremizm»da ayblab, ularni dinlariga amal qilishlariga ruxsat bermadi.

Hukumat ro’yxatga olingan ibodatxonalar mavjud bo’lmagan jamoalarda ibodat qilish uchun yig’ilishlarni taqiqlash davom etdi va vakolatli joydan tashqarida ibodat qilayotganlarga nisbatan qat’iy jazo choralari joriy etdi.

Takroriy ravishda sakkiz yil davomida hukumat sunniy bo’lmagan musulmonlarni ibodat qilish uyini ro’yxatdan o’tkazmadi. Yahudiy jamoati kamida mamlakatning 14 ta ma’muriy bo’linmasining kamida sakkizta sinagogalar bo’lishini (yoki boshqa ibodatxonalar) talab qiladigan qoidalar tufayli markaziy idorani ro’yxatdan o’tkaza olmadi. Ma’murlar diniy faoliyat bilan shug’ullanish uchun ro’yxatdan o’tishga urinib ko’rgan ba’zi guruh a’zolarini, jumladan Yahovaning Shohidlarini ham jarimaga tortdi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ro’yxatga olinmagan diniy guruhlarning yig’ilishlarini bostirdilar va diniy masalalar muhokama qilingan ijtimoiy yig’inlar ishtirokchilarini hibsga oldilar. Diniy ishlar qo’mitasi senzura qilmagan diniy adabiyotlarga ega bo’lish juda qattiq jazoga tortildi va taqiqlandi.

Ma’murlar ozchilikni tashkil qiluvchi diniy guruhlar a’zolarining uylarini, idoralarini va joylarini tekshirishda davom etdilar, ba’zan tekshirish uchun kerakli hujjatlarsiz ushlab, sud orqali bu kabi guruhlarning a’zolarini ma’muriy jazolarga tortdilar. Hukumat ekstremist deb atalgan ayrim islom nashrlariga kirishni cheklashda davom etdi va diniy adabiyotlarni rasmiy ruxsatisiz olib kirish yoki nashr etishga urinayotgan shaxslarni hibsga oldi. Shuningdek, hukumat «ekstremist» deb hisoblagan adabiyotlarga ega bo’lgan shaxslarni hibsga olish davom etmoqda. Davlat nazoratidagi ommaviy axborot vositalari missionerlarni va boshqa dinni targ’ibot qiladigan shaxslarni jamiyatga xavf tug’diradigan va boshqalar uchun xavfli deb tanitdi.

Hukumat «ekstremist» deb ta’riflangan Islomiy guruhlarni taqiqlashda davom etdi va 22 ta diniy tashkilotni o’z ichiga olgan guruhlarga a’zolikni jinoyat deb e’lon qildi. Hukumat «ekstremist» deb atagan guruhlar o’zlarining diniy e’tiqodlarini jinoiy ta’qib xavf ostida bo’lishdan qo’rqib amalga tadbiq eta olmadilar. Hukumat diniy ekstremizmda gumon qilingan shaxslar yoki guruhlarga nisbatan o’z harakatlarini diniy erkinlik masalasi emas, balki fuqarolik hokimiyatni ag’darishga to’sqinlik qilish va diniy beqarorlik va nafratni qo’zg’ashni taqiqlash masalasi bo’lgan NDT ma’lumotlariga ko’ra, hukumat «diniy ekstremizm» yoki yashirin islomiy faoliyatda ishtirok etishda gumon qilinib hibsga olingan va qamalgan shaxslarni jismonan qiynashni davom ettirgan.

BMTning din erkinligi bo’yicha maxsus ma’ruzachisi, sentyabr oyida mamlakatga 2012-yildan buyon ilk bor tashrif  buyurgan Ahmed Shohidga ko’ra, din erkinligi yoki etiqod muayyan ravishda davlat tomonidan boshqarib turilgan va favsizlikni ozodlikdan ustun ko’rgan. Ma’ruzachi hukumat o’z fuqarolarining o’z dinlarini, e’tiqodlarini, yoki e’tiqodlarini o’z huquqlari va xalqaro majburiyatlariga zid ravishda erkin so’zlash, ommaviy e’tiqod qilish, yoki boshqalar bilan bo’lishish huquqlarini cheklashda davom etganini aytdi. Unga ko’ra, ekstremizmga qarashli jinoiy kodlar turli xil faoliyatlarni o’z ichiga oladi va xalqaro huquqda himoya qilinadigan faoliyatlarni cheklashga imkon beradi. Shuningdek, u hukumat vakolatli joy tashqarisida sig’inuvchilarga nisbatan qattiq jazo choralarini joriy etganini va sakkiz yil ichida sunniy bo’lmagan musulmon ibodatxonalarini ro’yxatga olmaganini aytdi.

Ozchilikni tashkil qilgan diniy guruhlarining vakillari hukumatning ro’yxatdan o’tgan bir ibodatxona uyi bo’lmagan jamoatlarda ibodat va boshqa diniy tadbirlarni o’tkazish uchun tinch yig’ilishlarni taqiqlashni davom ettirganini aytdilar. Ba’zi holatlarda, xristianlar vakolatli yig’ilish joyidan 1000 kilometrdan ziyod (620 milya) uzoqda bo’lib, shaxsiy «uy cherkovlarida» yig’inlar o’tkazib, politsiya tomonidan zo’ravonlikka duch kelgan hollar bo’ldi, chunki shunday yig’ilishlar hanuzgacha noqonuniy hisoblanadi.

Yil mobaynida qamoqxona islohotlarini amalga oshirilishlarini tekshiruvchi yetakchi fuqarolik jamiyati tashkilotidan olingan ma’lumotga ko’ra, mamlakatdagi qamoqxona tizimi diniy e’tiqodi yoki amaliyotiga bog’liq ayblovlar bilan taxminan 7000 mahbusni ushlab turdi. Prezidentning 7-dekabr kuni qilgan ma’ruzasiga ko’ra, qamoqxona aholisining soni 57000 kishini tashkil etgan.

Ozchilikni tashkil qiluvchi diniy guruhlar mahalliy hokimiyat tomonidan ta’qibga uchraganliklari sababli diniy faoliyatlarini ro’yxatga olish va amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelishda davom etdilar.

26-mayda, mustaqil guruh Toshkent shahar jinoyat ishlari bo’yicha sudi 11 nafar musulmonni «diniy ekstremizm» bilan ayblab, ularni besh yildan olti yilgacha ozodlikdan mahrum etishga hukm etgani haqida xabar qildi. Ma’lumotlarga ko’ra, sudlanuvchilarning bildirishicha, tergov davomida hukumat ularni qiynoqqa solgan, jismoniy zo’rlagan va ularning oila a’zolarini ta’qib qilgan. Sud va prokuror qiynoqqa oid da’volarni rad etdi.

Qamoqxona ma’murlari diniy ekstremizmda ayblangan mahbuslarni qamoqxonada ekstremistik hujumlar tashkil qilish bilan yoki qamoq muddatlarini uzaytirish uchun asos bo’lgan boshqa jinoyatlar bilan ayblashda davom etmoqda. Mustaqil ommaviy axborot vositalari va huquq himoyachilarining xabarlariga ko’ra, ma’murlar diniy ekstremizm uchun qamalgan mahbuslarni ichki tartibsizliklar qilishda ayblab, ularni amnistiya uchun ariza berish huquqiga ega emasligini aytganlar.

May oyidagi ma’lumotga ko’ra, «diniy ekstremizm» va konstitutsion tuzumni ag’darishga urinish uchun qamoq jazosini o’tayotgan Abdukarim, Ahmadillo va Abduvohid Mirzayevlar yanvar va aprel oylarida oldingi jazolari tugaguniga qadar qo’shimcha qamoq jazosini oldilar. 2009-yilda, sudlar Abdukarim Mirzayevni sakkiz yilga hukm qildi; Ahmadillo Mirzayevni 2006-yilda besh yilga va 2009-yilda yana olti yilga; va Abduvohid Mirzayevni 2006-yilda 11 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Oila a’zolarining aytishlariga ko’ra, qamoqxona ma’murlari ularning uchchalovini qiynoqlarga solishgan va ularning sig’inishlari uchun joy berishni rad etishgan.

Sentyabr oyida, militsiya ayollarning klubini muntazam ravishda uyushtirib, diniy masalalarni va islomni qo’shnilar bilan muhokama qiladigan sunniy musulmon ayolning xususiy uyida reyd uyushtirdi. Shayxontohur tuman ma’muriy sudi lisenziyasiz diniy ta’limni tashkil etganlikda ayblab, unga 13,8 million so’m (1680 AQSh dollari) jarima soldi.

Shia jamoatchiligi vakillarining aytishicha, 2-fevral kuni Buxoro shahrida Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) va militsiya xodimlari mahalliy restoranda yig’ilgan 20 shia musulmon ustiga tartibsizlik uchun deb reyd uyushtirdi. Centre1, surgundagi muhojir jurnalist tomonidan tashkil etilgan mustaqil matbuot nashrining xabar berishicha, rasmiylar zudlik bilan 15 kishini ozod qilganlar, lekin ularning besh nafarini- Jahongir Quljonov, Shavkat Azimov, Alibek Xusanov, Jamshid Hasanov va Sharof Sharapovni – ayolni ta’qib qilish, politsiya buyruqlariga bo’ysunmaslikda ayblab ularni 15 kunlik qamoq jazosiga hukm etgan. Qamoqqa olinganlarning xabar qilishlaricha, rasmiylar qamoqda ularni jismoniy ravishda qiynoqqa solganlar, ularni yakka qamoqxonaga qo’yganlar va advokatlardan foydalanishga ruxsat bermaganlar. Vakillar ularning uylarini tintib, ruxsat etilmagan diniy adabiyot va materiallarni topgan, shu jumladan, Moskva Imomi Amin Raminning video lavhalari, rus tilida shia islom tarixi va imonning asosiy tamoyillariga bag’ishlangan ma’ruzalar turkumi bo’lgan. May oyida, hukumat Qulijonov va Azimovni noqonuniy ravishda jamoat birlashmasi yoki diniy tashkilot tuzganlikda aybladi.

Bir oy o’tgach, rasmiylar Qulijonovni jamoat tartibiga tahdid solgan materiallarni saqlash, ishlab chiqarish va tarqatish bilan aybladi. 22-avgust kuni, Buxoro viloyat sudi sudyasi, Azimov va Qulijonovga noqonuniy diniy tashkilotga a’zo bo’lishda ayblov bo’yicha 8 million 190 ming so’m (1000 AQSh dollari) miqdorida jarima to’lashga qaror chiqardi. Noyabr oyida, Buxoro sudi, Qulijonovni noqonuniy diniy materiallarni saqlash va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonunni buzganlikda ayblab, uni besh yilga ozodlikdan mahrum qildi. Huquq himoyachilarga ko’ra, jinoiy javobgarlikka tortilgan ayblovlar diniy qarama-qarshilikka dalil bo’lib, shikoyatga o’rinlidir, chunki shunga o’xshash ma’lumotlar rasmiy ruxsatnomalari bo’lgan masjidlarda ishlatilgan. Huquq himoyachilariga ko’ra, shialar bo’yicha malakali mutaxassisning yetishmasligi noto’g’ri talqin qilishga olib keldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev sunniy musulmon jamoalari bilan aloqalarni yaxshilash bo’yicha bir necha qadamlarni qo’ydi: hukumat 16 ming kishini potentsial diniy ekstremistlarni kuzatish ro’yxatidan olib tashladi; diniy mahbuslar bilan reabilitatsiyani boshlash uchun qamoqxonalarga imomlarni jo’natdi; va Islomning kunlik amaliyotiga, shu jumladan, yoshlarning masjidlarda ishtirok etishi uchun ibodat qilishlariga qarshi sanktsiyalarni olib tashladi. Toshkent xalqaro aeroportida ilk marotaba tahorat olish uchun ajratilgan maxsus Islom xonasi ochildi; hukumat, shuningdek, poyezd stansiyalarida ibodat xonalari ochishni rejalashtirgani haqida e’lon qildi.

Hukumat yaqinda masjidlarga o’n yildan ziyod vaqt davomida ilk marotaba namozga chaqirish uchun karnaylardan foydalanishga ruxsat berdi. Noyabr oyida hukumat jamoatchilik uchun arab tili va Qur’on o’rganish bo’yicha pullik kurslar ochilishini ma’qulladi. 7-dekabr kuni, Konstitutsiya kuni sharafiga, Prezident 2700 nafar mahkumni (mamlakat tarixidagi diniy mahkumlarining eng ko’p ozod qilingani), shu jumladan 763 nafar «diniy mahbusni» afv etdi.

Diniy guruhlar va huquq himoyachilari, qurollangan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ro’yxatga olinmagan guruhlarning yig’ilishlariga hujumlarini davom ettirdilar va ularning a’zolarini hibsga olishdi deb hisobot berdilar. Sudlar kam sonli diniy guruhlarning a’zolarini ma’muriy jihatdan qamashda davom etib, ularnining uylari va ish joylarini, ayrim hollarda tintuv uchun yaroqli ruhsatsiz tintishgan.

Mart oyida, Markaziy Osiyoda diniy huquqlarni buzilishini kunma-kun kuzatib keluvchi, Osloda faoliyat yurituvchi Nodavlat tashkiloti, Forum 18 ning bildirishicha, 28 fevral kuni uch nafar militsiya xodimi, jumladan, terrorizmga qarshi kurash ofitseri, Protestant oila Andrey va Tursuna Lining Toshkent viloyati Uchtepa tumanidagi yashash joyiga, pasport tekshiruvi o’tkazish yo’li bilan kirdilar. Ofitserlar ikkita rus tilidagi Injilni, ikkita o’zbek tilidagi Injilni va rus tilidagi muvofiqlikni (Injil indeksi) musodara qildilar. Ular shuningdek, ikkita mobil telefon va noutbukni olib qo’ydilar. Li, Injilni rasman ro’yxatdan o’tgan Injil jamiyatidan sotib olganini aytdi. Rasmiylarning Forum 18 ga bergan ma’lumotlariga ko’ra, musodara qilingan materiallar diniy ekspert tomonidan ayblov qaror qabul qilinishidan oldin ko’rib chiqilmoqda.

Forum 18 Baptist cherkovlari kengashining xabar berishicha, 11 mart kuni Toshkent shahar, Yashnobod tumani terrorizmga qarshi militsiyasining ikki nafar xodimi Baptistlar oilasi Konstantin va Susanna Binkovskiylarning uyiga reyd uyushtirdi. Er-xotinning aytishlaricha, ofitserlar Navro’z bayrami arafasida xavfsizlikni oldini olish sababli muntazam tekshiruvning bir qismi bo’lgan. Biroq, Binkovskiyning uyiga kelganlar darhol, uy egalaridan diniy adabiyot bor-yo’qligini so’rashgan. Ofitserlar oilaviy Injilni, boshqa xristian kitoblarni va yozuvi bor daftarni musodara qilgan, lekin qidiruvni rasmiylashtirmagan. Xuddi shu kuni ofitserlar Konstantin Binkovskiyni Yashnobod tumani militsiya bo’limiga olib ketganlar. Susanna Binkovskiyning so’zlariga ko’ra, ofitserlar ularni so’roq qilishgan va ularga reid to’g’risida ommaviy axborotga aytmaslikni buyurganlar. Baptistlar internetda reid va adabiyotlarni olib qo’yish haqida ma’lumotni e’lon qilgandan so’ng, o’sha ofitserlar Binkovskisning uyiga qaytib kelib, er-xotinni hibsga olish bilan tahdid qilishgan.

Forum 18 ning hisobotiga ko’ra, 6 aprel kuni, hukumat rasmiylari tomonidan ro’yxatdan o’tgan Navoiy Baptistlar cherkovi a’zosi Alla Dobronravovaning uyiga, uning qizi va kuyovi mehnon bo’lib kelgan paytda reyd uyushtirdiganlar. Militsiya xristian materiallarini, jumladan, beshta kitob, ikkita qo’shiq kitobi, ikkita DVD va ikkita shaxsiy daftarni musodara qilgan. Shuningdek, ofitserlar Dobronravovaga diniy materiallarni ishlab chiqarish, yoki taqsimlash niyatida mamlakatga noqonuniy olib kirish, saqlash yoki import qilish ayblari qo’yilishliklari mumkinligini aytganlar. Jismoniy shaxslar uchun bu taxminan 3,4 mln. so’m (420 AQSh dollari) va 17,2 mln. so’m (2100 AQSh dollari) miqdoridagi jarimalar qo’yiladi, va shuningdek materiallarni va ularni ishlab chiqarishda yoki tarqatishda ishlatiladigan barcha narsalar musodara qilinadi.

20-aprelda, Nukus jinoiy ishlar sudi faqat Marat, Jo’ldosboy, Atamurat va Salamat teb tanitilgan to’rtta protestant kishini xususiy turar-joyda sig’inganliklari uchun 15 kunlik qamoq jazosiga hukm qildi. Forum18 xabar berishicha, rasmiylar 5 may kuni to’rt kishini qamoqdan ozod qildilar. Centre1 ma’lumotlariga ko’ra, SNB xodimlari oziq-ovqatni taqiqlash yo’li bilan ularni jazolaganlar.

May oyida, Forum 18 hukumat rasmiylari Xorazm viloyatida Turkmanistondan kelgan ikki nafar protestan ayolga qarshi jarimaga solganliklarini bildirishgan.

Bojxona xodimlari ular Turkmanistonga qaytib ketish paytlarida ularni tintib, ularning uyali telefonlarida xristian materiallarini topishgan. Materiallar orasida o’zbek tilida ashulalar, maslahatlar va Injil bo’lgan. Vakillar ayollarning mobil telefonlarini va pasportlarini musodara qilib, ularni ketishiga to’sqinlik qilganlar.

Keyingi bir necha kun davomida amaldorlar har kuni bir necha soatdan so’roq qilish uchun ayollarni chaqirishgan. Keyinchalik ma’murlar ularni ma’muriy Kodeksga muvofiq 172,240 so’m (21 dollar) jarima solganlar va ularni Turkmanistonga qaytarishlariga ruxsat berganlar.

18 iyun kuni, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar huquq-tartibot idoralari tomonidan Baptistlar cherkovi Kengashi tomonidan tashkil etilgan va taxminan 200 kar a’zolari ishtirok etgan ibodat yig’iniga reid qilganlar. 21 iyul kuni, Qarshi shaxar sudi ruxsat etilmagan ibodat qilish ayblovi bilan cherkovnin besh a’zosi – Viktor Toshpo’latov, Mixail Baliqboev, Jahongir Shodmonov, Svetlana Andreychenko va Munira G’azievalarning ishlarini ko’rib chiqdi. Sud Toshpo’latov va Balikboyevni besh kunlik qamoq jazosiga hukm qildi. Ularning qolgan uchtasiga 449,325 so’m (56 dollar) jarima solindi.

Diniy erkinlik himoyachilarining aytishicha, 23 iyul kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrining 25 nafar militsiya xodimi Ahmadjon va Elena Nazarovlav uyida 27 nafar mahalliy protestantlarlar yakshanba kuni ertalab ibodat uchrashuvi paytida norasmiy ravishda reid o’tkazgan. Guvohlarga ko’ra, ayrim ofitserlarda avtomatik qurol olib, faqat ularning oltitasi militsiya kiyimini kiygan olganlar. Militsiya bolalarning Injilini, yozuvlari bo’lgan shaxsiy daftarni, xristian qo’shiqlari yozilgan qog’oz varaqlar va uchta mobil telefonni musodara qilgan. Ofitserlar barcha ibodat qiluvchilarni ushlab, Urganch shahar militsiyasiga olib ketishgan, u erda, jabrlanganlarning so’zlariga ko’ra, ular u yerda ta’qiblanganlar va ayollarni tintish uchun kiyimlarini yechishmoqchi bo’lganlar.

Avgust oyida, Forum 18 ga ko’ra, militsiya Pastor Ahmadjon Nazarov va boshqa protestant uchrashgan uyga reyd uyushtirgan. Ishtirokchilar so’roq qilish uchun militsiya bosh qarorgohiga olib ketilga va qo’yib yuborilganlar. Oktyabr oyida, hakam Baxtiyor To’rebaev avgust oyida hibsga olingan ba’zi bir xizmatchilarni, jumladan, Nazarovni jarimaga tortdi va boshqalarga ogohlantirishlar berildi.

10 noyabr kuni, Andijonda militsiya mahalliy davlat ro’yxatidan o’tgan Baptist cherkovi a’zosi Irina Stepanovaning shaxsiy uyiga reid qilgan. Rasmiylar, u «kvartirasida qurolni noqonuniy saqlagan» deb da’vo qilishgan. Rasmiylar uch Injil, bitta Baptist qo’shiq kitobi, xristian jurnallari, bukletlar, CD va DVD disklari hamda oltita shaxsiy daftarlarni musodara qilgan. Andijon militsiyasi Stepanova ustidan ish ochgan va taxminan 3,4 mln. so’m (420 dollar) va 25,8 mln. so’m (3 150 AQSh dollari) miqdorida jarima solinishi mumkinligini aytgan.

Forum 18 ga ko’ra, 19 noyabr kuni 14 nafar rasmiylar Stanislav Kimning Urganchdagi shaxsiy uyiga yakshanba kuni ertalab ibodat qilish paytida reyd uyushtirgan. Militsiya to’qqiz nafar kishini hibsga olgan va ularni ikki soat davomida militsiya bo’limida tahdid qilishgan. Rasmiylar xristian kitoblarini musodaraqilgan va boshqa ibodat qiluvchilarni militsiya so’rovi uchun qo’lga olganlar. Ularning uchtasi jarimaga tortilgan, ikkitasi 15 kunlik qamoq jazosiga hukm qilingan. Qolgan to’rt nafari qamoqdan ozod qilingan.

Ommaviy axborot vakillarini habar berishlaricha, rasmiylar diniy masalalar bo’yicha, xususan, erkaklar orasida muhokama qilingan ijtimoiy uchrashuvlarni yaqindan kuzatib borganlar va bunday yig’ilishlarda ishtirok etishlari uchun bir necha odamni hibsga olishgan. Bir misolda, militsiya o’ndan ortiq baptistlar kechki ovqat xizmatiga yig’ilgan Nukusdagi xususiy uyga reyd uyushtirgan. Militsiya hech qanday diniy material topmagan, lekin ro’yxatdan o’tgan binodan tashqarida noqonuniy ibodat qilish uchun jarimaga bergan.

Huquq himoyachilari va diniy jamoatchilik vakillarining fikriga ko’ra, hukumat imomlarning ma’ruza qilishlarini, shuningdek, O’zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan e’lon qilingan islomiy materiallarning hajmi va mazmunini (mamlakatdagi eng oliy sunniy musulmon vakolatxonasi) ko’rib chiqdi.

Hukumat Din ishlari bo’yicha qo’mita orqali muftiylikni nazorat qilishni va Muftiyat xodimlarini tanlashni ta’minladi. Hukumat ko’plab masjidlar bunga yo’l qo’ygan bo’lsada, jamoatninamozga chaqirig’ini qonuniy ravishda cheklamagan.

Hukumat ko’p qamoqxonalarda mahbuslar uchun ibodat qilish uchun maxsus joylarni ajratib berishni davom ettirdi va qamoqxona kutubxonalarida Qur’on va Injil nusxalari bor edi. Mahbuslarning oila a’zolarining xabar berishicha va BMTning diniy e’tiqod va e’tiqod erkinligi bo’yicha maxsus ma’ruzachisi oktyabr oyida maksimal xavfsizlikni ta’minlovchi Jasliq qamoqxonasida bo’lganida, qamoqxona ma’murlari diniy ekstremizmda gumon qilinib mahbuslarni o’zlarining diniga, shu jumladan Qur’on o’qish yoki alohida ibodat qilishga ruxsat berilmagan. BMTning maxsus ma’ruzachisiga ko’ra, mahbuslar kuniga besh marta namoz o’qishga yoki Ramazon ro’zasi uchun ovqatlanish tartibini o’zgartirishdan bosh tortganlar.

Raymiylar ro’yxatdan o’tgan diniy guruhlarning vakillarini, yoki ro’yxatga olishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan guruhlarning vakillarini diniy faoliyat bilan shug’ullanish uchun, jumladan, Toshkent viloyatidagi yagona ro’yxatdan o’tgan ibodatxonalaridan boshqa joyda yig’ilishganlari uchun Yahova Shohidlarining a’zolarga jarima solishda davom etib kelganlar. Oktyabr oyida, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Yahova guvohlari a’zolari Bayrambay Begjanov va Jinard Alekboevalarning uylariga reyd uyushtirib, diniy adabiyot va diniy adabiyotlari bor uyali telefonni musodara qildi. 3 oktyabr kuni, Toshkent viloyatining Chirchiq shahar sudi ularning ikkisini diniy materiallarni noqonuniy ishlab chiqarish, saqlash va tarqatishda aybladi va ularga shu borada 1,497,750 so’m (190 AQSh dollari) va 2,995,500 so’m (370 AQSh dollari) miqdorida jarimaga qo’ydi.

Toshkentda, 4 fevral kuni, rasmiylar o’z e’tiqodlarini boshqalar bilan baham ko’rishganligi uchun Yahova shohidlari a’zosi Lidiya Sisoyevani hibsga oldi. Rasmiylar uning shaxsiy buyumlarini qidirib topib, uyali telefon va planshet kompyuterini tortib olishdi; keyinchalik ma’muriy kodeksga ko’ra u jarimaga tortildi. 14 fevral kuni, militsiya ikki Yahova Shohidlari a’zolari Svetlana Andreeva va Alfiya G’aniyani tinch yo’lda boshqalarni dinga charirayotagida hibsga oldi.

Militsiya xodimlari ikkita uyali telefon va planshet kompyuterni musodara qilishdi, ikki ayolni keyinchalik ma’muriy kodeksga ko’ra jarimaga tortishdi.

Farg’onada, 2 iyul kuni militsiya xodimlari ikki Yehova guvohlari a’zolari- Anastasiya Berezeva va Gulnora Islomqulovani dinga targ’ibot qilganlaridan so’ng ularni hibsga oldilar va keyinchalik ma’muriy kodeksga ko’ra jarimaga tortdilar.

Yil davomida Yahovaning Shohidlari o’z a’zolariga nisbatan «dushmanlik harakati» ni qayd etdilar: ular militsiya tomonidan qamoqlarda kamsitilganlar, ularning oila a’zolariga nisbatan jismoniy zo’ravonlik ko’rsatilgan, uylarida reydlar o’tkazilgan, noqonuniy ravishda qidiruv va shaxsiy mol-mulkni musodara qilish 2016-yildagi 264 ga nisbatan 245 taga kamaygan. Mart oyida, xalqaro Yehova Shohidlari tashkiloti BMT ning Inson huquqlari bo’yicha kengashiga a’zolarining mamlakatga e’tiqod qilish huquqlari qo’pol tarzda buzilishi haqida ariza berganlar.

Ko’pgina diniy guruh vakillari hukumatning ro’yxatga olish talablariga javob bera olmaganliklarini xabar qildilar, bu mamlakatning 14 ta ma’muriy bo’linmasining sakkiztasida ma’muriy ro’yxatga olish va 100 kishi ma’lum bir joyga ro’yxatdan o’tish uchun ariza berish zarurligini talab qiladi. Ularning ro’yxatdan o’ta olmasliklari «Noqonuniy» diniy faoliyat bilan shug’ullanishdan boshqa iloji qoldirmadi.

O’tgan yillardagidek, Adliya vazirligi ro’yxatga olishni rad etishni diniy guruhlarning nomaqbul yuridik manzilini xabar qilish, yoki kafolatli xatlar va barcha mahalliy hokimiyatlardan zarur ruxsatnomalarni olish uchun da’vo qilish bilan izohladi.

Ayrim guruhlarning manzillari yo’qligi sababi ular ro’yxatdan o’tishlariga garov yo’qligi uchun doimiy manzillari yo’qligini bildirdilar. Boshqa guruhlarning aytishlaricha, mahalliy hokimiyat idoralari manzillarni tasdiqlashni o’zbek millatiga mansub bo’lgan nasroniy cherkovlarining mavjudligiga qarshi bo’lib o’zboshimchalik bilan to’xtatgan. Bunga javoban, ba’zi guruhlar jamoat a’zolik ro’yxatlarini faqat rus familiyalar bilan to’ldirganlar.

Oldin ro’yxatdan o’tishga uringan cherkovlar ro’yxatga olinmaganligicha qolgan. Ular orasida Toshkent shahrining Mirzo Ulug’bek tumanidagi Baytaniya baptistlar cherkovi; Chirchiqdagi Pentekostal cherkovi; Qoraqalpog’istonning Nukusdagi Emmanuel cherkovi va Mir (tinchlik) cherkovi; Guliston shahridagi Hushxabar cherkovi; Andijon shahridagi Pentekostal cherkovi; Samarqanddagi Adventistlar cherkovi, Buyuk Greys xristian cherkovi, Markaziy protestant cherkovi va Miral protestant cherkovi. Navoiy va Angrendagi katolik jamoatlar 11 yillik muvaffaqiyatsiz urinishlaridan so’ng o’z jamoatlarini ro’yxatdan o’tkaza olmadilar.

Yahovaning Shohidlari, hukumat bilan muloqot qilishda davom etishlariga qaramay, ularning soni ortib borishiga qaramay, yangi jamoatlarni ro’yxatga olishda muvaffaqiyat qozona olmaganliklarini aytishdi. Hozirgi kunda ular faqatgina Toshkentning chekkasida, ularning ehtiyojlariga mos kelmaydigan bitta joyga ega.

Din ishlari bo’yicha qo’mita ma’lumotlariga ko’ra, ro’yxatga olingan sunniy masjidlar soni      2042 ni tashkil etdi, bu 1998 yildan beri eng ko’pidir. Anecdotal xabariga ko’ra, ro’yxatga olinmagan «mahalla masjidlari» ning kichik soni asosan katta masjidlarga yaqin bo’lmagan joylarda yashovchi qariyalar, yoki nogironlar tomonidan ishlatilib kelinmoqda. Mahalla masjidlari o’z vazifalarida cheklangan bo’lib, ularga ro’yxatga olingan imomlar tayinlanmagan.

Musulmon bo’lmagan va pravoslav bo’lmagan diniy guruhlar Qoraqalpog’istondagi diniy faoliyatlarini amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklarni boshdan kechirishni davom ettirganliklarini xabar qilishdi, unga sabab barcha musulmon va pravoslav dinida bo’lmagan jamoalar bu erda huquqiy maqomga ega emaslar.

Yahudiy jamoati markaziy idorani ro’yxatdan o’tkaza olmadi, chunki qonunning talablariga binoan, mamlakatning 14 ta ma’muriy bo’linmasidan kamida sakkizta ibodatxonalari bo’lmagan. Jamiyatning qo’shimcha rabbialarni olishga bo’lgan urinishlariga qaramasdan, Adliya vazirligi faqat 2014 yilda bitta rabbi Buxoroda akkreditatsiyadan o’tkazgan va shu vaqtga qadar boshqa rabbi saylanmagan. Yahudiy jamoatining a’zolari, rabbi etishmovchiligining cheklangani tufayli imoniy dasturlar, diniy qiziqish va jamiyatning o’sishi nochorligi haqida gapirdilar. Yahudiylar hozirgi avlod tarafdorlari ko’chib ketgandan keyin yoki vafot etgandan so’ng o’z jamoalarining kelajagi qanday bo’lishidan havotirdaliklarini aytdilar.

Hukumat mamlakat ichkarisida shia imomlarini o’qitishni taqiqlab qo’ydi va mamlakatdan tashqarida olingan ta’limni tan olmaslikda davom etdi.

Ommaviy matbuotining xabar berishicha, xavfsizlik xizmatlarii mahalliy masjidlarda juma namozlari qatnashchilarini videoga olish orqali musulmon jamoalarini nazorat qilishni davom ettirdi. Katoliklar jamoatidagi dindorlar ham kuzatuvlar haqida xabar berishdi va xavfsizlik tahdidlarini bahona qilib, hukumatlar Farg’ona vodiysidagi bolalar yozgi lagerini bekor qildi. Yahovaning Shohidlari kabi boshqa jamoatlar ham ularning joylarini ham kuzatilganligini qayd qildilar.

Hukumat va mahalliy imomlar tashqi ta’sirga ega deb hisoblangan diniy sadoqatni namoyish qilishni to’xtatishni davom ettirdi. Misol uchun, ommaviy axborot vositalari rasmiylar Surxondaryo va Farg’ona vodiysida ayollar hijob kiyganligi uchun so’roqqa tutishdi va ularni bo’ynining orqa qismidagi ro’molni bog’lashning an’anaviy tarzda takrorlanishiga undashdi.

Fuqarolik jamiyati kuzatuvchilarining fikrlariga ko’ra, oxirgi xotiralarda birinchi marta musulmonlar Ramazon iftorligini jamoat orasida nishonlashga ruxsat berildi. Freedom House nodavlat tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, ko’p yillar davomida birinchi marta, Ramazon oyida hukumat kechasi bilan namoz o’qishga ruxsat berdi.

Davlat nazorati ostidagi va using ta’siridagi ommaviy axborot vositalari missionerlarni jamiyatga xavf tug’dirish va fuqaroviy nizolarni keltirishda ayblashda davom etdi. 18 may, Qarshida mintaqaviy davlat telekanali aholini o’z mahallalarida oilaviy va ijtimoiy birlikni buzishga olib kelishi mumkin bo’lgan zararlar Yahovaning Shohidlariga qarshi hujjatli filmni da’vlat efirda ko’rsatdi. Mintaqaviy organlar, shuningdek, markaziy maydonda afishalar bilan “missionerlarga qarshi marafon» tashabbusi bilan chiqdilar.

Mahalla qo’mitalari va imomlari ekstremistik faoliyatda yoki guruhlarda, shu jumladan kundalik ibodat qilgan yoki faol ravishda dinga sadoqat ko’rsatgan mahalliy aholini aniqlashda davom etdi. Muftiylik idora rasmiylarining aytishicha, ular va mahalla qo’mitasi a’zolari oilalarning ma’naviy ehtiyojlarini tekshirish uchun muntazam ravishda uylarga tashrif buyurishgan.

Xarajatlarini o’z zimmasiga olgan bo’lsa-da, hukumat cheklangan miqdordagi musulmonlarni Umra va Haj ziyoratiga jalb etish uchun moddiy-texnik ta’minotni, shu jumladan, charter reyslarini ta’minlashni davom ettirdi. Hukumat Hajga boruvchi hojilar sonini o’tgan yilgi 5200 dan 7,500 ga ko’paytirdi. Bu o’sish, 26 yil muqaddam mamlakat tashkil etgandan beri ilk bor o’sishiga qaramasdan, Saudiya Arabistoni tomonidan ruxsat etilgan raqamning mamlakatning qariyb uchdan bir qismini tashkil qildi. Diniy organlar odatda 40 yoshdan oshgan kishilarga Hajga kirishni cheklashda davom ettirdilar. Mahalla qo’mitalari, tuman ma’murlari, Milliy xavfsizlik xizmati va Din ishlari bo’yicha qo’mita va Muftiy tomonidan boshqariladigan Davlat Haj komissiyasi, ziyoratchilarni tekshirishga jalb qilinganliklari aytilgan. Inson huquqlari bo’yicha jamoatchilik manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko’ra, Farg’ona vodiysida va Qoraqalpog’istonda, hajda ishtirok etish shaxshiy tanishlar yoki pora bermasdan o’tirish juda qiyin. Rasmiylar, ishtirok etish huquqini qayta ko’rib chiqish uchun komissiya tuzganlar.

Hukumat islomiy nashrlarni ishlatishni nazorat qilishda davom etdi va har bir nashrda nashr etish manbaini ko’rsatadigan bayonot talab qildi. Bozordagi xaridorlarning fikriga ko’ra, juda oz bo’lsa-da, ishlatilgan narsalar do’konlarida yoki kichik bozorchalarida kitob sotuvchilardan olib kirilgan arab tilidagi kitoblar xarid qilish mumkin, biroq Din ishlari bo’yicha qo’mita tomonidan tasdiqlanmagan adabiyot juda kam.

Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, bojxona xizmati va mahalliy militsiya kabi bir qator davlat idoralari diniy adabiyotlarni va uni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan asbob-uskunalarni musodara qilishda va ayrim hollarda ularni yo’q qilishda davom etdilar.

Din ishlari bo’yicha qo’mita xristian va islomiy adabiyotlarni import qilishni to’xtatishda davom etdi.

Sig’inuvchi kishilarning fikriga ko’ra, rasmiylar qonuniy ravishda olib kelinadigan o’zbek va rus tillarida diniy adabiyotlarni, yoki mamlakatda ishlab chiqarilgan diniy adabiyotlarni musodara qilishda va ba’zi holatlarda yo’q qilishda davom etishdi, shuningdek, namozxonlar tasbehi yoki tutatqilar kabi diniy narsalar.

Ro’yxatdan o’tgan ozchilikni tashkil qiluvchi diniy jamoalarning a’zolari mamlakatga kirish va mamlakatdan chiqib ketishda qiyinchiliklarga duch kelayotganligini bildirishgan, chunki rasmiylar bojxona qonunlarini buzgan holda diniy adabiyotlarni olib qo’yishadi. Forum 18 yanvar oyida Toshkent aeroportida bojxona xodimlari Umra ziyoratidan qaytgan ziyoratchilarning Qur’on va boshqa musulmon kitoblarini musodara qilganini habar berdi.

Hukumat diniy mazmunga ega bo’lgan bir nechta veb-saytlarga, jumladan xristian va islom bilan bog’liq yangiliklar saytlariga va Forum 18 tomonidan boshqariladigan veb-saytlarga kirishni taqiqlashda davom etdi.

1-iyun kuni, 23 yillik loyihadan so’ng, davlat tarjimonlari o’zbek tilidagi birinchi to’liq Injil matnni yakunladilar. Hukumat keyinchalik 3000 nusxani nashr etishga ruxsat berdi va bu albatta mahalliy talabni qondirish uchun etarli bo’lmaydi.

Hukumat quyidagi guruhlarga diniy adabiyotlarni nashr etish, import qilish va tarqatishni, Din ishlari bo’yicha qo’mita tomonidan ko’rib chiqilganidan va tasdiqlaganidan keyin ruhsat bergan: O’zbekiston Injil kitob jamiyati, muftiylik, Toshkent islom universiteti, Toshkent islom instituti va boshqa rus pravoslavlar ofislari, To’liq evangel, Baptist va Rim-katolik cherkovlari.

Xristian guruhlari, ularning imonlarini amalda qo’llash uchun ular o’zbek tilidagi yagona tasdiqlangan nushasidan ko’proq narsalar kerakligini aytdilar. Diniy rahbarlar, o’zlarining diniy ta’limotlarini va asoslarini o’zbek tilida tushuntirish uchun boshqa muhim diniy materiallarga va matnlarga kirish imkoniga ega emasligini ta’kidladilar.

Iyun oyida, oliy darajadagi musulmon mulozimlarining yig’ilishidan so’ng, prezident Shavkat Mirziyoev dinni tartibga solish bo’yicha hukumatning yangi yondashuviga chaqirdi. Natijada ommaviy axborot vositalari va diniy guruhlar hukumat tomonidan 16 yoshgacha bo’lgan bolalar va o’smirlarning yozdan boshlab ilk martotaba masjidlarda ota-onalar bilan birga ibodat qilishlari uchun ruxsat berilganligini habar qilishdi. Fuqarolik jamiyati guruhlari oddiy formali militsiyasi musulmonlarning ibodatlarini nazorat qilishni qisqartirganini va ularning o’rnini formasiz militsiya hodimlari almashtirganini ta’kidladilar.

Noyabr oyida, Toshkent shahridagi «Ko’kcha» masjidi, 2005 yildan buyon ilk marotaba, azon ovoz kuchaytirgich karnaylar orqali aytildi.

Ro’yxatga olingan xristianlar guruhi va Bahaiy jamoasining vakillari bolalarni ota-onalarining ruxsati bilan jamoat homiyligi ostida o’tkaziladigan, masalan, yakshanba maktablari kabi tadbir va xizmatlarda ishtirok eta oldilar. Guvohlarning aytishicha, har ikkala ibodatxonada ham ko’plab bolalar ishtirok etishgan.

Iyun oyida, diniy idoralar Buxoro shahrida ko’proq imomlarni tayyorlash uchunyangi diniy seminariyani ochib berdi va hokimiyat muftiy idorasi bilan birgalikda diniy mavzular bo’yicha jihod va sharia kabi onlayn darslarni boshladi.

Matbuotda xabar berilishicha, yangi yildan boshlab rasmiylar mehmonxonalarning kamida 10 foiz xonadonni Islomiy ibodat joynamoz va Qur’on, Injil va Tavrot kabi diniy kitoblar bilan ta’minlashi va 30 foyiz honalar Makkaga yo’nalishni ko’rsatuvchi ko’rsatkichlar bilan ta’minlanishi kerakligini aytdilar.

Hukumat Islom universitetini va islomiy tarixiy obidalarni saqlab qolish uchun mablag’ ajratishni davom ettirdi. Mamlakatda hech qanday islomiy diniy institutlar hukumat tomonidan taqiqlanganligi sababli xususiy mablag’ bilan ta’minlanmagan. Iyun oyida, hukumat Burhoniddin Naqshband so’fiy ibodatxonasi binosida Toshkent islom universitetining filiali ochishni tasdiqladi. Rasmiylarning ta’kidlashicha, chet eldagi diniy maktablarda o’zlarining malakalarini oshirgan sunniy din peshvolari ro’yxatdan o’tgan binolarda voizlik qilishlari mumkin.

III bob. Din erkinligining ijtimoiy hurmat holati

Huquq himoyachilari va inson huquqlari guruhlari aksariyat musulmon aholisi o’rtasida dinni o’zgartirishni to’xtatishga qarshi ijtimoiy bosimning mavjudligini tan oldilar. Xristianlikni qabul qilgan etnik o’zbeklar tazyiq va kamsitishga duch kelganlari haqida xabarlar bo’lgan. Ba’zilarning aytishicha, Islom dinidan chiqish o’ziga yarasha ijtimoiy tomondan siqadi, o’liklarni dafn qilishda qiyinchiliklarga olib keldi va bunday guruhlarni uzoq qabristonlarda ko’mishga, yoki faqat dafn marosimlari boshqa diniy urf-odatlar bilan bajarishga majbur qildi.

Boshqa dinga undash bilan taniqli diniy guruhlar ijtimoiy jihatdan ko’proq qiyinchiliklarga uchrashdi va ularning qo’shnilari muntazam ravishda militsiyaga ularning faoliyati haqida hisobot berish uchun qo’ng’iroq qilishdi.

31 yanvar kuni, Podrobno.uz hukumat saytidagi maqolada Yahova Shohidlarining tanqidiy targ’ibotlari chop etilgan bo’lib, tashkilotning faoliyati «ekstremistik va totalitar» va «ko’p mamlakatlarda taqiqlangan» deyilgan.

IV bo’lim. AQSh hukumati siyosati va ishtiroki

Davlat amaldorlari bilan uchrashuvlar va rasmiy mulohazalarda, Davlat departamentining yuqori lavozimli mulozimlari va boshqa AQShning yuqori martabali mulozimlari diniy erkinlik masalalari haqida mamlakat rahbariyatiga murojaat qilishdi. Ular vijdon tutqunlari, diniy guruhlarni ro’yxatga olish uchun to’sqinliklar va terrorizmga qarshi kurashning keng ko’rinish qonunlarini prezident, tashqi ishlar vaziri va Din ishlari bo’yicha qo’mita bilan, shu kabi boshqa muammolarni ko’tarishdi. Elchixona xodimlari bir nechta davlat amaldorlari, shu jumladan Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz va DDin ishlari bo’yicha qo’mita bilan uchrashib, shaxslarning diniy e’tiqodlari uchun qamoqqa tashlanishiga oid xavotirlar bildirishdi. AQSh mulozimlari hukumatni diniy qonunga o’zgartirishlar kiritishni: ozchilikni tashkil qiladigan diniy guruhlarining a’zolari dinlariga ro’yhatdan o’tmagan ibodatxonalarida erkinlik bilan sig’inishlariga, diniy e’tiqodga asoslangan tashkilotlarni ro’yxatiga olish talablarini enqillashtirish, diniy adabiyotlarni olib kirish va qog’oz, ham elektron nusxalarda foydalanishga cheklashlarni olib tashlashni da’vat etishda davom etdilar. AQSh rasmiylari hukumatni BMTning Inson huquqlari bo’yicha kengashining diniy erkinlik to’g’risidagi 16/18-sonli rezolyutsiya (2011 yilda qabul qilingan), shu jumladan diniy erkinlik va bag’rikenglik masalalariga bag’ishlangan seminarlar o’tkazishga chaqirgan. Shuningdek, ular diniy guruhlar va e’tiqodga asoslangan xorijiy yordam tashkilotlari duch keladigan qiyinchiliklarni, ularning ro’yxatga olinishi va diniy adabiyotlarini yo’q qilish masalalarini ham muhokama qildilar. AQSh rasmiylari muammolarni hal qilish va din erkinligi sharoitlarini yaxshilash bo’yicha tavsiyalarni amalga oshirish uchun birgalikda ishlashi mumkin bo’lgan aniq qadamlarni aniqlash uchun Tashqi ishlar vazirligi ishtirok etishini davom ettirdi.

Elchixona shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari bo’yicha mas’ul organlari, jumladan, diniy e’tiqod va e’tiqod erkinligi bo’yicha maxsus ma’ruzachilarga maslahat bergan. Elchixona vakillari chet ellik diplomatik hamkasblari bilan diniy erkinlik masalalarini ko’proq ko’rib chiqdilar va sud ishlarini monitoring qilish bo’yicha harakatlarni muvofiqlashtirish va militsiya ishi bo’yicha yangiliklarni olish uchun hukumat amaldorlariga murojaat qildilar.

Elchixona jamoatchilik va shaxsiy uchrashuvlarda, elchixona xristian jamoalarning ibodatxona uyini ro’yxatdan o’tkazolmasliklari, Evangelik xristianlar va Yehova guvohlari e’tiqodlarini ochiqdan-ochiq jamoatchilikda muhokama qilish va bir necha shialar sunniy musulmonlarning bid’atchilarga ishonishini aytgani uchun jazolanganlarini aytganlar. Elchixona xodimlari va AQSh rasmiylari vakillari diniy guruhlar va fuqarolik jamiyati vakillari va mahbuslarning qarindoshlari bilan vijdon va e’tiqod erkinligini muhokama qilish uchun uchrashdilar. Elchixona Baptist va Katolik cherkovlari rahbarlari bilan ro’yhattan o’tish bo’yicha masalalar haqida, Yahova Shohidlarining a’zolari bilan ibodat qiluvchilarning uylardagi militsiya reydlarini kuchayishi to’g’risida, Buxoro muhojir yahudiylari va Buxorodagi yahudiylar bilan ularining jamoatchiliklarining kelajagi haqidagi tashvishlarini muhokama qilish, va shuningdek, hukumat tomonidan qo’yilgan xavfsizlik choralarni muhokama qilish uchun boshqa jamoalarga murojaat etish to’grisida ish olib bordi.

2006 yildan buyon, O’zbekiston diniy erkinlikning qo’pol buzilishi bilan shug’ullangan yoki ularga nisbatan hech qanday choralar ko’rmagani uchun 1998 yilgi Xalqaro diniy erkinlik to’g’risidagi qonunga muvofiq «Maxsus tashviqot mamlakati» (CPC) deb nomlanib kelgan. Yaqinda, 22 dekabr kuni Davlat kotibi O’zbekistonni CPC sifatida qayta tanitdi va AQShning muhim milliy manfaatlariga mos ravishda tayinlangan sanksiyalarni bekor qildi.